3. Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Тalabalar mustaqil ishini tashkil
etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy
tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1.Тalabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va
auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
2.Тalabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich,
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
3. Тalabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi
muxim jixatlarga e’tibor qaratish:
- talabaning o’qish bosqichi;
- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik
darajasiga;
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy, grafik tayyorgarlik darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va xajm
jixatidan o’zgarib borishiga;
- mustaqil ish fan xususiyati xamda talabaning akademik o’zlashtirish
darajasiga va qobiliyatiga mos xolda tashkil etish.
4. Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar. Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari
lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega
bo’lish;
zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni
aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar xamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini taxlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta
ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar
davrasida ximoya qilish.