Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment” lardan ma'ruza mashg‘ulotlarida tinglovchilarning mavjud bilim
darajasini o‘rganishda, yangi ma'lumotlarni bayon qilishda, seminar,
amaliy
mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma'lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash,
shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya
etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan
kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
“Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod tinglovchilarda
yangi axborotlar
tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida
qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod tinglovchilar uchun xotira mashqi vazifasini
ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy
tushunchalari mazmuni
yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi;
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta'lim
oluvchilarga tarqatiladi
yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;
ta'lim oluvchilar individual tarzda
matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda tinglovchilar
yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Dostları ilə paylaş: