O’quv-uslubiy majmua


«Keyingi bo‘g‘iimi top» o‘yini



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə23/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Keyingi bo‘g‘iimi top» o‘yini. Berilgan bo‘g‘inlar ishtirokida so‘z tuzish tushuntiriladi va qaysi o‘quvchi ko‘p so‘z tuza olsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi. Masalan, bo, bu, jo’, ni, lo, sa.
  1. bo la, bobo, bozor, bodom;


  2. bo‘ym, bo‘ri, bo‘liq, bo‘zchi;


  3. jo‘ja, jo‘ra, jo‘xori, jo‘na;


  4. nima, nizom, nigoh, nido, nihol;


  5. iola, loyiq, lochin, lobar, loviya, lozim;


  6. savob, sarob, saxovat, sadoqat, sahifa...




«Talaffuzdan adashmang» o'yini. 0‘qituvchi o‘quvchilarga h va x yoki f-p tovushlari ishtirok etuvchi so‘zlardan aytishni topshiradi. 0‘quvchilar 2 guruhga bo‘linib topshiriqni bajarishlari mumkin. Shunda kim so‘zni noto‘g‘ri aytsa o‘yindan chiqadi. Mavzu asosida so‘zni aytgan o‘quvchi shu so‘zni doskaga yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. Belgilangan vaqtda eng ko‘p to‘g‘ri so‘z aytgan o‘quvchi o'yinda g‘olib hisoblanadi. Namuna:
Shoh — davlat boshlig’i, podshoh
Shox—novda, daraxtning shoxi.
Xil-xil — saralangan, tanlangan.
Hil-hil- ezilib pishgan.
Uhladi - xafa bo‘Idi, «uh» tortdi.
Uxladi - uxlamoq, dam olmoq.
Hol - ahvol (hol)ni so‘radi.
Xol - odam tanasida bo‘ladigan xol.
Fonetikani o‘rgatishda nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish yuzasidan tashkil etiladigan o‘yinlar ham o‘quvchilarga juda katta qiziqish bag‘ishlaydi. Bu malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida sinf o‘quvchilarini 2-3 guruhga ajratib, har bir guruhdan ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanadi. Qaysi guruhda shu malakalarga ega o‘quvchilar miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
7-ma’ruza. Leksikologiya bo’limini o’qitish metodikasi
Reja:
1. Leksikologiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. So’z, uning lug’aviy ma’nosi, ma’no ko’chish yo’llari ustida ishlash usullari.
2. So’zlaming shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini o’qitish orqali o’quvchilar nutqini o ’stirish metodikasi. O’zbek tili lug’at tarkibi qatlamlari ustida ishlash usullari.
3. Frazeologiyani o’qitishning maqsad, vazifalari va metodlari. Frazeologik birliklar o’quvchilar nutqini o’stiruvchi vosita sifatida.
4. Leksikografiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Lug’at va uning turlarini o’qitishning o’ziga xosligi. Lug’at tarkibidan to’g’ri foydalanish omillari.
5. Leksik tahlil metodikasi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin