«Ot» so‘z turkumini o‘qitish. Otning predmet nomini bildirishi, kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlami xotirada tiklash maqsadida qayta xotiralash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi. Takrorlash jarayonida «predmet» tushunchasiga kengroq to‘xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan ko‘rish yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar (masalan, ovqat, imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (masalan, toshqin, zilzila, momaqaldiroq),harakat nomlari (bilim, terini),belgi-holat nomlari {baxillik, saxiylik, ozodalik, tashvish)ham tushuniladi.
«Ot» so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma’lumot berish bilan boshlanadi. 0‘quvchilar Toshkent, Buxoro, «G'uncha», «0'zbekiston ovozi», Ro‘zimurodova, gul, qo'shiq, non, tuz, go'zallik, sog'lik, san’at, nafosat singari otlarning har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash hnkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil ishlami bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar:
Kim? nima? so'roqlariga javob bo ‘lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlami atab keladigan so 'zlar ot turkumiga kiradi. Atoqli otlar o‘rganilar ekan, awalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi, berilgan so‘zlarni: 1) kishilammg ismi, familiyasi, taxallusini ifodalovchi otlar, 2) jug‘rofiy nomlar, 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari (masalan, O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi, «Yakkabog‘» davlat xojaligi, Botanika instituti, «Bahor» ansambli va h.k), 4)planeta va yulduzlaming nomi (masalan, Quyosh, Yupiter, Mars, Hulkar va h.k), 5)tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalamnng nomlari (masalan, Mustaqillik maydoni, «Ikki eshik orasi» romani, «Tong yulduzi» gazetasi, «Gulxan» jurnali va h.k.},6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar (masalan, Boychibor, Yo'lbars, Xumorva h.k.) singari guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlami mustaqil davom ettirish, «beigi nomi + turdosh ot» qolipli qo‘shma toponimlar masalan, Yangiyo'l, Qorabog1, Qorako‘1, Qiziltepa, Tinch okeani, Qizil dengiz, Orol dengiziva h.k.), «belgi nomi + atoqli ot» qolipli jug‘rofiy nomlar (Shimoliy Kavkaz, 0‘rta Osiyo, Markaziy Amerika, Shimoliy Qozog ‘istonva h.k.) ro‘yxatni tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilaming imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Ot so‘z turkumini o‘qitishda otlarning ma’no guruhlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Otlar ifodalab kelgan ma’nosiga ko‘ra: mahsulot nomlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb- hunami ifodalovchi otlar, shaxsni boshha jihatlariga ko'ra atovchi otlar, hayvonot otlari, daraxt va o 'simlik nomlari, narsa-buyum otlari, modda-ma 'dan, xomashyoni anglatuvchi otlar, o ‘rin-joy (makon) otlari, payt (zamon)ni anglatuvchi otlarkabi guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar o‘z navbatida yana bir necha guruhchalarga bo‘linishi mumkin. Masalan, kasb-hunarni ifodalovchi otlaming dehqonchilik, hunarmandchilik, shifokorlikkabi tarmoqlari mavjud.
0‘quvchilaming so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamaligiga ko‘ra guruhlash, ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlami kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, - dosh, -kor, -zor, -shunoskabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug‘atini (masalan, mexanik-haydovchi, muxandis-pedagog, metodist- o'qituvchiva h.k.) tuzish, ulaming imlosi ustida ishlash kabi ijodiy- amaliy topshiriqlar bajariladi.
Otlaming yana bir ma’no guruhi o‘rin-joy (makon) otlaridir. 0‘quvchilar bino, inshoot, muassasa, tashkilot, narsa-buyumlami atovchi so‘zlar predmetlik va o‘rin-joy (makon) ma’nolarini ifodalab kela olishi sababli, ular ttima?va qayer? so‘roqlariga javoh bo‘la oladigan so‘zlar ham otlar ekanligini bilishlari lozim. Shuni nazarda tutib, bir o‘rinda nima?ikkinchi o‘rinda qayer?so‘roqlariga javob bo‘la oladigan gap juftlari tuzish, (masalan, Yangi uy qurib bitkazildi— Bolali uy-bozorkabi), gaplarda ajratilgan so‘zlaming ma’nosiga e’tibor berib, ulaming bino-inshootlar yig‘indisini yoki o‘rin-joyni atab kelishini aniqlash, aholi istiqomat qiladigan o‘rin-joy nomlari ishtirokida gaplar tuzish, ma’muriy-mintaqaviy boMinishni ifodalovchi otlaming ma’nolarini sharhlash, ulami atoqli otlar bilan biriktlrib, so‘z birikmalari tuzish, sharqona dunyo tomonlarini atovchi otlar ro‘yxatini tuzish kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.