O’quv-uslubiy majmua


«Sifat» so‘z turkumini o‘qitish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə32/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Sifat» so‘z turkumini o‘qitish. Sifat, uning lug‘aviy shakllari, yasalishi 6-sinfda o‘rganiladi. Ammo bu so‘z turkumiga oid dastlabki ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda berilganligini inobatga olib, mazkur so‘z turkumini o‘rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlami o‘quvehilar xotirasida eslash bilan boshlanadi. Berilgan so‘z birikmalarini o‘qish, qanday? qanaqa? qachongi? kabi so‘roqlami qabul qiluvchi so‘zlarni aniqlash, shu so‘zlami imkoniyat doirasida ulaming ma’nodoshi bilan almashtirib so‘z birikmalari hosil qilish (masalan, bahorgi ish-ko ‘klamgi ish), shaxs va narsa-hodisalaming belgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta’mi, xususiyati, hajm-shakli) ni ifodalovchi so‘zlarni ro‘yxat qilish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish, matnni o‘qib, shunday so‘zlami aniqlash singari topshiriqlar «Sifat» so‘z turkumi yuzasidan egallangan bilimlami ular xotirasida tiklashga xizmat qiladi.
Shundan so‘ng o'quvchilar e’tibori tub va yasama sifatlarga qaratiladi. 0‘quvchilar berilgan sifatlami tub va yasamalarga ajratadilar; yasama sifatlarda sifat yasovehi qo‘shimchalarni aniqlaydilar; berilgan sifat yasovehi qo‘shimehalar yordamida qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qiladilar; ulaming imlosi ustida ish olib boradilar.
«Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta muhim masalalardan biri qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o‘rganishda «ot+fe’l+ar», «sifat+fe’l+ar», «son+fe’l+ar» qolipli hosilalar ustida ishlash (masalan, muzyorar, ertapishar, beshotar), «Imlo lug‘ati» dan bu sifatlarni ajratib yozish, bitta tushunchani, belgini ifodalab kelgan «ot+ot», «sifat+ot» qolipli qo‘shma sifatlar (masalan, bodomqovoq, sarviqomat, ko'kko'z, qorasoch, oq ko'ngil) ustida ishlash; tarkibida nim, yarim, umum, -aro, rang so‘zlari boigan qo‘shma sifatlar ro‘yxatini davom ettirish; berilgan juft fatlami qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan almashtirish, juft va takroriy sifatlar ro‘yxatini tuzish; ular orasida chiziqehaning qo‘yilishi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
«Sifat darajalari» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar sifatlar belgining ko‘lamini ifodalab kelishiga ko‘ra: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja kabi to‘rt guruhga ajralishmi, ulaming hosil bo‘lishini, ma’nosi, imlosi va talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajadagi sifatlar ro‘yxatini tuzish, ulaming ma’nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi qo‘shimchalaming o‘zaro sinonimik munosabatga kirishishi kabi ijodiy - amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda -roq qo‘shimchasini shunga yaqin ma’no anglatuvchi -ish, -mtir, -imtir qo‘shimchalari, biroz so‘zi bilan almashtirish (masalan, qoraroq—qoramtir—bir oz qora, qizilroq— qizqish-biroz qizil), orttirma daraja hosil qilgan ma’lum bir vosita (masalan, eng) o‘mida shu ma’noni beruvchi boshqa vositani (masalan, juda g'oyat, nihoyat, behad, cheksiz, g'oyatda, nihoyatda) qo‘llash, sifat yasovchi qo‘shimchalami uning sinonimlari bilan almashtirish ( masalan, -li, -ba-mazali, bamaza; -li, -digan— yoqimli— yoqadigan, ajablanarli-ajablanadigan; -li, -lik — chiroyli-chiroylik; - lik, -dor, -kor - aybli-aybdor, gunohli—gunohkor; -gi, -ki, -qi, -dagi - pastki-pcistdagi, kuzgi-kuzdagi; -k, -uk, -ik, -ak, -aq, -gan - chirik- chirigan, siniq—singan; -kir, -gir, -g‘ir, -qir, -ag‘on - chopqir- chopag‘on-topqir-topag'on); sinonim so‘zlaming mavjud antonim- larini topish (masalan, aqlli-beaql-aqlsiz, mazali-bemaza-mazasiz) kabi ishlar o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
«Son» so‘z turkumini o‘qitish. Maktabda «Son» so‘z turkumini o‘qitishdan ko‘zlanadigan amaliy maqsad o‘quvchilami predmetning son-sanog‘ini ifodalovchi so‘zlar olamiga olib kirish ulardan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish, imlo savodxonligini oshirish va talaffuz me’yorlarini shakllantirishdir. Avvalo, shuni ta’kiddash joizki, o‘quvchilar son yuzasidan boshlang‘ich sinfda zaruriy ma’lumotlar bilan qurollantirilganligi tufayli ulardan nutqiy faoliyatda foydalanishda katta qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Shuning uchun izchil kursda bu so‘z turkuinidan o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar silsilasi uncha ko‘p emas. Ular, asosan, oldin egallangau bilimlarni takrorlaydilar hamda sonning ichki ma’no guruhlari, qo‘shma va juft sonlar, ularning imlosi va talaffuziga oid zaruriy ma’lumotlami egallaydilar.
Takrorlash va oldingi sinflardan egallangan bilimlarga asoslangan holda o‘quvchilarni miqdor va tartibni bildirib, necha? nechanchi? qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so'zlar sonlar ekanligi, sonlar, sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, taqsim, tartib sonlar kabi ma’noviy guruhlarga bo‘linishi hamda hisob so‘zlari xususida xulosaga keladilar.
Sonlaming ma’no guruhlami o'rganish natijasida o‘quvchilar berilgan so'zlarni bir turdagi predmetning umumiy ma’nolarini anglatgan sonlar (to ‘rt kishi, sakkiz yil, o ‘n besh kun kabi), bir xil predmetlaming yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatgan sonlar(uchta qalam, yigirmata qoramol, o’ttiz uchta sirtf kabi), taxminiy miqdomi anglatadigan sonlar (o'tiztacha, yuzlarcha, minglarcha kabi), miqdorni bir guruhga birlashtirib, taqsimlashni ifodalaydigan sonlar (ikkov, to'rtov, oltovlon kabi), predmetlami taqsimlashni ifodalaydigan sonlarga (o'ntadan, yuztadan, minggadan kabi) ajratadilar va ularni qiyoslash natijasida ma’no nozikligini bilib oladilar.
Sonlarning ko‘chma ma’nosini sharhlash (masalan, aza marosimlarini ifodalovchi uch, etti, qirq kabi so‘zlar), ular yordamida gaplar tuzish, sonlar ishtirok etgan xalq maqollari (masalan, Bir qo ‘y ketidan ruing qo ‘y to ‘yadi. Bir qo ‘llab sochasan, ikki qo ‘llab o ‘rasan. Bir qo ‘chqorning shoxi singuncha, yuzta qo ‘yning boshi ketadi. Yetti ■ o ‘Ichab bir kes. Yetti yashar safardan kelsa, yetmish yashar ko ‘rgani kelar) ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar nutqini boyitishda muhim ahamiyatga ega.
«Son» so‘z turkumini o‘rganishda o‘yin-topshiriqlar, topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bu topishmoq va topshiriqlar sonlarning ichki ma’no guruhlari, ma’lum bir ma’no guruhidan boshqa bir ma’no guruhidagi so‘zlar hosil qilish, sonlar sinonimiyasi, ulaming imlosi kabi muhim masalalarga bag‘ishlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, «Maktabimiz tarixi», «Qishlog‘imiz tarixi», «Xo‘jaligimiz tarixi», «Maktabimiz ustaxonasi jihozlarini topshirish va qabul qilish» kabi mavzularda matnlar yozdirish o‘ta foydalidir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin