O’quv-uslubiy majmua


«Ravish» so‘z turkumini o‘qitish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə33/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Ravish» so‘z turkumini o‘qitish. Ma’lumki, mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar ravishlardir. Ravishlar belgini, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nolarini ifodalaydigan, lug‘aviy shakllarga ega boMmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lib, ular o‘z ma’nosi bilan ot, sifat, sonlarga yaqin turadigan so‘zlar sanaladi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi bilan yuqoridagi so‘zlardan farq qiladi. 0‘quvchilar berilgan so‘zlarga ko‘plik (-lar), qiyosiy daraja (-roq), egalik (-im, -ing, -i, -si), kelishik ( -ning, -ni, -ga, -da, -dan) qo‘shimchalarini qo‘shib, bu
qo‘shimchaIami qabul qilmaydigan so‘zlami aniqlash, o‘zgarmas so‘zlar qatorini davom ettirish, berilgan ravishlarni ma’no guruhlariga ajratish, -ona, -larcha, -chasiga qo‘shimchalari yordamida
qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qilish orqali bu turkumdagi so‘zlar xususida umumiy ma’lumotga ega boMadilar.
Ravish xususida umumiy ma’lumot berilgach, ular tub va yasamalarga ajratiladi.
Tub va yasama ravishlami o‘rganish jarayonida -larcha,-chasiga, -ligicha, -ona, -an, -lay, -incha qo‘shimchalari yordamida so‘zlar hosil qilish (masalan, yangicha, boshqacha, qahramonlarcha, o ‘rtoqlarcha, buxorochasiga, eskichasiga, issiqligicha, tirikligicha, saharlab, nahorlab, mardona, fikrona, umuman, taxminan, butunlay, tiriklayin, ko'pincha, aksincha), berilgan so‘zlardan qo’shma ravishlar hosil qilish, bu so‘zlar yordamida gaplar qurish singari amaliy ishlar o‘quvchilaming so‘z boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
Berilgan ravishlarga ma’nodoshlar topish (masalan, doim- hamisha—surunkasiga; arang—zo‘rg‘a), ravish—antonimlar ro‘yxatini tuzish, so‘zlami takrorlash yo‘li bilan ravishlar hosil qilish (masalan, yuzma-yuz, ketma-ket), nuqtalar o‘miga zarur ravishni topib qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, gaplarda ajratilgan ravishlami ulaming ma’nodoshlari bilan almashtirish kabi mustaqil ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhim omil sanaladi.
Ravishlaming ma’no guruhlari ustida ishlash ham o‘quvchilar lug‘atini boyitishning muhim manbaidir. Xususan, berilgan matn yoki gaplarda qanday? qay tarzda? qay holda? so‘roqlariga javob boTadigan holatni ifodalovchi so‘zlami ajratish (masalan, qahramonlarcha, botirlarcha, jidokorona, astoydil), qachon? qachongacha? qachondan? qachondan beri? so‘roqlarining har hiriga javob bo‘ladigan paytni ifodalovchi so‘zlar topish (masalan, bugun, hozir, kech, tunda, qadim, burun, bullur, tunov kun, hamisha), qaerda? qaerdan? qaerga? so‘roqlariga javob boMadigan o‘rinni ifodalovchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish (masalan, undo, bunda, pastda, quyida, uzoqda), qancha? qay darajada? soToqlariga javob boMadigan so‘zlami alohida guruhlash (masalan, juda, oz-ozdan, g'oyat, ancha, sal, mo‘l), bu so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar tanlash, har bir guruhdagi so‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash, bu so'zlar yordamida gaplar tuzish va matnlar yaratish kabi amaliy ishlardan foydalanish yaxshi samara ko‘rsatadi.
0‘quvchilaming so‘z boyligini oshirishda ravishlar qatnashgan so‘z birikmalaridan foydalanish mumkin. Xususan, berilgan gaplar yoki matndan ravishlarni topib, uni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chirish, berilgan fe’lga ravishlar topib qo‘yib, so‘z birikmalari hosil qilish yoki berilgan so‘zga ma’nodosh ravishlarni topib qo‘yish, so‘z binkmala yaratish kabi ishlar o‘ta foydalidir. Masalan, o‘quvchilarga ishladi fe’li berilgan boisa, unga mardlarcha, fidokorona, qahramonlarcha, alpomishlarcha, rustamchasiga kabi ravishlarni topib qo‘yib, so‘z birikmalari hosil qilishlari mumkin.
Berilgan so‘zga ravish sinonimlar topib qo‘yish juda foydali ish usullaridan sanaladi. Masalan, o‘quvchiga keldi fe’li berilgan bo‘lsa, ular bu so‘zni darrov-darhol-tez-tezda-bir pasda-bir zumda-bir lahzada-zumda kabi sinonimik uya bilan bog‘lab, so‘z birikmalari hosil qilishlari mumkin.
Xullas, «Ravish» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilammg so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari benihoya ko‘p. 0‘qituvchi o‘rganilayotgan til hodisasining o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud shart- sharoitlarni hisobga olib, ulardan o‘rinli va unumli foydalana olmog‘i lozim.
0‘qituvchl «Ravish» so‘z turkumini o‘qitishda har xil qiziqarli ta’limiy o‘yinlardan ham unumli foydalanishi mumkin. Masalan, «Tub ravishmi - yasamami?» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi ravishlar guruhini kodoskop orqali doskaga tushiradi. Sinf o‘zaro musobaqaiashuvchi 2 guruhga ajratiladi va 1-guruh tub ravishlami,
  1. guruh esa yasama ravishlami ko‘chirib yozishlari topshiriladi. Berilgan so‘zlar: do'stona, ko'pincha, asta, kecha, qadrdonlarcha, eskichasiga, to ‘satdan, bir oz, ertalab, narida, sekin, xiyol, bultur.





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin