2.So’z tarkibiga oid bilimlarni fonetika bilan, imlo bilan bog’liq holda o’rgatish. Masalan, asosga qo’shimcha qo’shilganda turli fonetik o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi kabi hodisalar. Bu hodisalarga tahlil jarayonida e’tibor berib boriladi. Shu orqali fonetika va so’z tarkibi o’rtasidagi bog’lanish yuzaga keladi. Shu o’rinda so’zning qanday yozilishiga ham e’tibor berib ketilsa, imlo bilan bog’lanish hosil bo’ladi. 9-ma’ruza: Morfologiyani o’qitish metodikasi Reja:
1. Morfologiya o‘qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. So‘zlarning grammatik ma’nosi ustida ishlash usullari.
2. Mustaqil so'zlarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari. Fe‘l, ot, sifat, son, olmosh va ravish so‘z turkumlarini zamonaviy vositalar asosida o‘qitishni loyihalashtirish.
3. Yordamchi so'z turkumlarini o‘qitish metodikasi. Modal, undov va taqlid so'zlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metod va usullar.
4. Morfologik tahlil metodikasi.
Tayanch tushunchalar:
Morfologiya, so ‘z tarkibi, so ‘zning asosi, qo ‘shimcha, so ‘z yasovchi qo ‘shimcha, shakl hosil qiluvchi qo ‘shimcha, lug ‘aviy shakl hosil qiluvchi qo ‘shimcha, sintaktik shakl hosil qiluvchi qo ‘shimcha, old qo 'shimcha, so ‘z turkumlari, mustaqil soz turkumlari, to ‘plain, tasnif, fe’l,o‘timli va o ‘timsiz fe’llar, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, ot so'z turkumi.
Maktabda morfologiya o‘qitishning ahamiyati va vazifalan.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘znmg shakllari, bu shakllaming hosil bo‘llsh yo‘llari va so‘zIarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga bo'linishini o‘rganadi. Shu bois, morfologiyani o‘qitishda asosiy e’tibor so‘zning tuzilishi, yasalishi, so‘z turkumlariga bo‘linishiga qaratiladi.
Ma’lumki, o‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang'ich sinflarda tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi so‘zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ularga ma’lum.
Ona tilining izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keyingi bosqichda o‘rganiladigan «Sintaksis» bo‘limi bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo‘limni o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini topadi. 0‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda bu bo‘limni o‘rganishni zaruriyatga aylantiradi. Chunki morfologik prinsip orfografiyaning yetakchi prinsipi sanaladi.
Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi:
o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishda o‘rgatish; so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;
imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash;
DTSda ko‘zda tutilgan talablar har bir mavzuni o‘rganish jarayonida izchillik bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |