O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə27/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Dominant so‘zlar: sovg'a, ovoz, begona, osmon, iltimos, harorat, qarindosh, chang, pul, nur, ayb, buyum, yuz.
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish choralaridan biri uyadosh so‘zlar ustida ishlashdir.
Uyadosh so‘zlar bir mavzu, bir jins yoki turdagi so‘zlar bo‘lib, o‘quvchilami har bir umumiy ma’noli so‘zning xususiy ma’nolari ustida ishlashga undaydi. Masalan, atoqli otlaming kishi nomlari, jug‘rofiy nomlar, tashkilot nomlari, lavozim nomlari, samoviy va fazoviy jism nomlari kabi bir qator uyalari mavjud.
0‘quvchllar nutqini uyadosh so‘zlar bilan boyitishning yoMlari juda ko‘p. Masalan, gapda yoki matnda ajratilgap umumiy ma’noli so‘zlarga xususiy ma’noli so‘zlar topish, ma’lum bir uyadagi so‘zlaming izohli lug‘ati yoki shu so‘zlammg ro‘yxatini tuzish, berilgan xususiy ma’noli so‘zlaming umumiy ma’nosini aniqlash, ayni bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ma’nodoshlari, qarama-qarshi ma’nolari va uyadoshlami topish kabi mustaqil ish turlari o‘quvchilar nutqini bunday so‘zlar bilan boyitishda alohida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, berilgan matnda ajratilgan so‘zlami ulaming uyadoshlari bilan almashtirish, tavsiya etilgan uyadosh so‘zlar yordamida (masalan, osmon jismlari: Quyosh, Oy, Mars, Yupiterva h.k.) matn yaratish kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning nutqiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Tabiat manzarasi (bog\ sahro, dala, o'rmon, tog‘ va h.k.) tasvirini berish ulaming uyadosh so‘zlardan nutqiy faoliyatda foydalanish malakalarini kengaytiradi.
Bu mavzuni o‘rganishda sinf o‘quvchilarini bir necha guruhga ajratib, aytiladigan so‘zlami turar joy, yashash joyi, ta’lim dargohi, dam olish joyi kabi miruhlarga ajratib yozish topshiriladi. So‘zlar: shahar, uy, maktab, bbg', qishloq, hovli, universitet, teatr, ko'cha, yotoqxona, vayrona, klmteatr, mahalla, hovuz, o‘lka, texnikum, ko‘l... Birinchi guruh shu so‘zlar orasidan faqat turar joylarni ifodalovchi so‘zlami ajratib yozishsa, 2-guruh dam olish joylarini, 3-guruh yashash joylarini, 4-gumh esa ta’lim dargohlarini ifodalovchi so‘zlami ajratih yozadi.
Keyingi bosqichda har bir guruhdagi so‘zlar ro'yxati o‘quvchilar tomonidan mustaqil holda davora ettiriladi va ular muayyan miqdorga etkaziladi.
Mazkur mavzuni o'rganishda har bir guruhga ma’lum bir umumiy ma’noli so‘zlar berib, (masalan, qovun, qush, gul, dorilarva h.k.) uning xususiy ma’nolarini topish o‘quvchilarga topshiriladi.
«So‘zdan marjon tizing» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘zlaming aralash to‘plamini tavsiya etadi va uyadosh so‘zlami alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. 0‘quvchilar yozishadi va navbat bilan o‘qib berishadi. Qaysi o‘quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Namuna: Tabiat manzarasiga oid so‘zlar: bog‘, dala, o'rmon, tog', qir, adir, tepalikva h.k.
Gullaming nomlari: kamaygul, gultojixo ‘roz, safsargul, nastarin, qalampirgul, atirgul, nilufarva h.k.
Daraxt nomlari: o ’rik, olxo ‘ri, gilos, behi, tut, olmava h.k.
Qovunning turlari: ananas, oqurug', ko'kcha, cho'gir, amiri, bo ‘rikalla, asati, handalakva h.k.
Sabzavotlarning nomi: kartoshka, sabzi, sholg'om, karam, piyoz, pomidor, rediskava h.k.
Qushlaming nomlari: laylak, turna, chumchuq, qirg'iy, lochin, bur gut, kabutar, musicha, olaqarg'a, so‘fito‘rg‘ay, kakkuva h.k.
Suvda suzuvchi jonivorlar: baliq, kit, delbfin, akula, morjva h.k.
Dorilaming nomlari: analtgin, pentalbgin, sitramon, validol, levomisin, vitamin (darmon dori), no-shpava h.k.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin