O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə28/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Savol va topshiriqlar:
  1. Ona tili ta’limida «Leksikologiya» bo’limining tutgan o‘mi va vazifalarini ayting.


  2. «Leksikologiya» bo‘limini o’rgatishning ta’limiy ahamiyatini qanday asoslaysiz?


  3. «LeksikoIogiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilaming so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishning qanaqa imkoniyatlari bor?


  4. «Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda qanday ijodiy- amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi?


  5. Uyadosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shakldosh so‘zlaming o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishdagi roli va ahamiyatini izohlang.


  6. 0‘quvchilaming lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalami ayting.


  7. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilami aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz?


  8. 0‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?




8- ma’ruza: Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi
Reja:
  1. Morfemikani o’qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari va uning orfografiya bilan uzviyligi. So’z tarkibi: asos va qo’shimchalar, qo’shimchalarning turlarini o‘qitish metodikasi.


  2. Ona tili darslarida morfem lug‘atlaming o‘quv materiali sifatidagi o'rni


  3. So'z yasalishini o'qitishning maqsad, vazifalari va metodlari. So'z yasash usullarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish yo'llari.


  4. Morfemik tahlil metodikasi.




So’z tarkibiga oid bilimlar 6-sinfda “Morfologiya” bo’limi tarkibida o’rganiladi. Dastlab o’quvchilarga “So’z tarkibi” haqida ma’lumot beriladi. So’z tarkibi asos va qo’shimchalardan iborat. Asos haqida, qo’shimcha haqida nazariy tushunchalar beriladi, qo’shimchalar ikki turga bo’lib o’rganiladi: 1.So’z yasovchi qo’shimchalar. Bular asosga qo’shilib yangi ma’no hosil qiladi.
2.Shakl yasovchi qo’shimchalar. Bular asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklaydi yoki so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaradi. Shuning uchun shakl yasovchi qo’shimchalar o’z navbatida ikki turga bo’lib o’rgatiladi: a) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar b) sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar.
So’z tarkibiga oid bilimlarning mustahkam bo’lishida quyidagi ishlarni amalga oshirish muhimdir:
1.So’z tarkibi yuzasidan tahlil. Namuna: gulzorlarda so’zining tahlili. gul-asos, zor-so’z yasovchi qo’shimcha, lar-lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, da-sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
Bunday tahlil so’z tarkibiga oid har bir mashg’ulotda o’tkazilishi lozim. Tahlilni morfologiya o’qitishda ham davom ettirish kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin