O’quv-uslubiy majmua


Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə37/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Maktabda «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari ona tili ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘undir. Modomiki, «Ona tili o‘qitish konsepsiyasi»da ona tili ta’limining asosiy maqsadi «Ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil flkrlash malakalarini chuqurlashtirib. ijodiy filer mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish» deb belgilangan ekan, demak, mazkur bo‘limni o’qitish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. 0‘quvchilar «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini o‘rganish orqali eng so‘nggi natija-sodda va qo‘shma gaplardan nutqiy faoliyatda (og‘zaki va yozma) to‘g‘ri foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Demak, mazkur bo‘limni o‘qitishda o‘qituvchining diqqat markazida sodda va qo‘shma gaplardan iborat matnni maqsadga muvofiq ravishda to‘g‘ri o‘qish, mazmunini tushunish, o‘quvchilaming matn yaratish mahoratini kengaytirib turish lozim.
Belgilangan maqsadga erishish uchun «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
  1. So‘zlaming sintaktik munosabatga kirishish yo‘llari (mos- lashuv, boshqaruv, bitishuv), so‘z birikmalarida hokim so‘z va tobe so‘z, so‘z birikmasi va so‘z, ibora va gap orasidagi farq xususida o‘quvchilarga puxta nazariy bilim berish hamda amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilish.


  2. Sodda gap, kesim va uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar, ifodalangan egali va yashiringan egali gaplar, egasiz gaplaming turlari; yoyiq gaplar (hoi, uning ma’no turlari va ifodalanishi; to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so‘z- gaplar; uyushiq bo‘laklar, ulaming ohangi va tinish belgilari; gapda ajratilgan izoh boiaklar; gapda kiritmalar; gapda undalma; to‘liqsiz gap haqida ma’lumot berish hamda ulardan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish.


  3. Ikki va undan ortiq sodda gaplarni turli vositalar bilan biriktira olish.


  4. Nutqda teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashtiruvchi bogMovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, nisbiy so‘zlar vositasida bogiangan qo‘shma gaplar, faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini mukammal egallash.


  5. Sodda va qo‘shma gaplarda tinish belgilami to‘g‘ri hamda o‘rinli qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qildirish.


  6. Sodda va qo‘shma gaplarni to‘g‘ri o‘qish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.


  7. Sodda va qo‘shma gaplaming mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish malaka va ko‘nikmalarini singdirish.


  8. Kesimdan savol berish orqali gaplarni hollar, to‘ldiruvchilar va aniqlovchilar bilan kengaytirish malakalarini takomillashtirish.


  9. Sodda va qo‘shma gap tarkibidagi so‘zlarni ulaming vazifadoshlari (qiymatdoshlari) bilan almashtirish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.


  10. Sodda va qo‘shma gaplardagi ma’no nozikliklarini farqlashga o‘rgatish.


  11. Sodda va qo‘shma gaplardan foydalangan holda ilmiy, ilmiy- ommabop, publitsistik, badiiy va rasmiy-idoraviy uslublarda matn yaratish malaka va ko‘nikmalarini kengaytirish.


«Sintaksis. Ohang va finish belgilari» bo‘limini o‘qitganda boshqa til sathlarini o‘qitishda bo‘Igan,i kabi imloviy, talaffuziy va uslubiy xatolar ustida ishlash davom ettiriladi.


Yuqorida qayd qilinganidek, 8-9-sinflarda ham rasmiy-idoraviy ish qog‘ozlari ustida ishlash davom ettiriladi. «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilar ish qog‘ozlarining: majlis bayonnomasi, shartnoma matnlari tuzish, murakkab ma’lumotnomalar yozish, rasmiy xatlar yozish kabi murakkab ko‘rinishlari bllan tanishtiriladi.
Xuilas, mazkur bo‘lim nafaqat o‘quvchilami sintaksis yuzasidan nazariy ma’lumotlar bilan qurollantiradi, balki sintaksisning boy, rang-barang imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qildiradi.
Sintaksisning o‘rganish obyekti so‘z birikmasi va gapdir. Bu bo‘lim oldin o‘rganilgan bo‘limlar: fonetika, leksikologiya, so‘zIarning lug‘aviy shakllari va ma’noviy guruhlari, so‘z!arning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog‘langan. Chunonchi, gap boMaklari o‘rganilar ekan, so‘z turkumlaridan egallangan bilimlarga tayanishga to‘g‘ri keladi.
«Sintaksis» boiimini o‘qitishda so‘zning moddiy va ma’noviy qirrasini chetlab o‘tib boimaydi.
Mazkur boiim fonetika va morfologiya bo‘limlari bilan ham uzviy bog‘langan. Chunki «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini o‘qitishda tovushlarning so‘z ma’nosiga ta’siri, so‘z!arni imlo qoidalariga muvoflq to‘g‘ri yozish; so‘zning lug‘aviy ma’nolari, ma’nodosh, uyadosh, shakldosh so‘zlar, atamalar va shevaga oid so‘zlar, tasviriy ifoda va iboralar; so‘z turkumlari ustida ishlash davom ettiriladi.
Sintaksisning ohang va tinish belgilari bilan aloqadorligi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Zero, ifodali o‘qish malakalari ham shu bo‘limni o‘qitishda maromiga etadi.
Mazkur bo‘lim o‘quvchining gap ohangi xususidagi bilim, malaka va ko‘mkmalarini kengaytiradi. «Men keldim.», «Men keldim!», «Men keldim?» tipidagi gaplaming uch xil ohang bilan o‘qilishi va uch xil ma’noga egaligi shu bo‘lim orqali o‘quvchi ongiga singdiriladi.
Sintaksisni o‘rganish jarayonida o‘quvchining punktuatsion malakalari to‘la shakllanadi. U qaysi tinish belgidan qanday sharoitda foydalanish kerakligini shu bo‘lim orqali mukammal egallaydi.
Dastur talabiga ko‘ra, 8-sinfda sodda gap smtaksisi, 9-sinfda qo‘shma gap sintaksisi o‘rganiladi. 8-sinfda dastlab “Sintaksis” bo‘limi haqida umumiy ma’lumot beriladi. 0‘quvchilar tilning ijtimoiy vazifasi, fikmi shakllantirishda tilning qaysi birliklari xizmat qilishi, leksikologiya, morfologiya va sintaksisining nimani o‘rganishi va o‘rgatishi xususida bahs-munozara yuritadilar.
O’quvchilarga sintaksis haqidagi dastlabki bilimlar 5-sinfda beriladi. 8-sinfda esa sintaksis kengroq tarzda, ya’ni so’z birikmasi, gap va uning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari, uyushgan va ajratilgan bo’laklar, gap bo’lagi bilan aloqaga kirishmaydigan “bo’laklar” kabi mavzular o’rganiladi.
8-sinfda “So’z birikmasi” mavzuini o’rganishda hokim so’z va tobe so’zni aniqlash, hokim so’z bilan tobe so’zning birikish turini ko’rsatish (boshqaruv, moslashuv, bitishuv), hokim so’z va tobe so’zni bog’lovchi grammatik vositani (kelishk qo’shimchalari, ko’makchilar va ohang) aniqlash, hokim so’z va tobe so’zni qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash (ot+ot, ot+fe’l) kabilarga e’tibor qaratiladi.
So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi. 0‘quvchilar 5-sinfda so‘z birikmasi xususida dastlabki ma’lumotlami egallaganlar. Ular soda yig’iq gaplardan sodda yoyiq gaplar hosil qilish, berilgan so‘z birikmalarida hokim va tobe so‘zni aniqlash, hokim so‘zlarga so‘roq berish orqall tobe so‘z topib qo‘yish singari topshiriqlami bajara oladilar. 8-sinfda so‘z birikmasini o‘rganishga qadar ular kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘zlar birgalikda so‘z birikmalarini tashkil etishini, so‘z birikmalaridagi kengaytiruvchi so‘z-tobe so‘z, kengayuvchi so‘z-hokim so‘z ekanligini o‘rganganlar.
8-sinfda «So‘z birikmasi» mavzusini o‘rganish berilgan so‘z birikmalarida (masalan, katta kuch, tunda kelmoq, ikki yil, tez gapirmoq, Tursunboyning basharasi, kitobdan ko’chirmoq va h.k.) ajratilgan hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq berib, so‘z birikmalarini:
  1. aniqlovchili birikmalar;


  1. to‘ldiruvchili birikmalar;


  2. holli birikmalar kabi uch guruhga ajratish, ularni fe’lli birikmalar va otli (sonli, sifatli, olmoshli, ravishli) birikmalar kabi guruhlarga ajratish, berilgan matnlarda tobe so‘z qaysi hokim so‘zni kengaytirib, u bilan birga so‘z birikmasi hosil qilishini aniqlash, tobe so‘zning o‘mini aniqlash singari ijodiy-amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar.


0‘quvchilar kuzatish va egaliangan bilimlarga asoslangan holda so‘z birikmalarida tobe so‘z hamisha hokim so‘zdan oldin kelishi xususlda umumlashma hosil qiladilar.


«So‘z birikmasi va ibora», «So‘z birikmasi va tasviriy ifoda» mavzularini o‘rganishda ham hu har ikki til hodisasmmg ma’noviy farqini aniqlashda qiyoslash usuli qo‘l keladi. Mazkur mavzulami o‘rganishda o‘quvchilarga gap juftlarini berib, ajratilgan so‘z birikmalarining ma’nolarini qiyoslash (Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi -Qo ‘rsligi, bema ’ni katta gaplari axir uning boshiga yetdi), ibora va so‘z birikmasi orasidagi o‘xshashlik va farqlami aniqlash, berilgan birikmalaming har birini erkin birikma va ibora sifatida qo‘llab, gaplar tuzish singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalaniladi. Bu amaliy ishlar turg‘un birikmalarda ma’noning yaxlit, ajralmas ekanligi, ularda tobe hamda hokim so‘zlarni bemalol almashtirish mumkin emasligini anglash imkonini beradi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin