Sodda gap sintaksisini o’rgatish metodikasi
O’quvchilar 5-sinfdanoq kesim gap markazi ekanligini biladilar. O’quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo’lgan bitta kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo’shma gap tarkibida esa bunday markaz ikki va undan ortiq bo’lishini o’rganadilar.
Kesim gap markazi bo’lganligi sababli egadan oldin “Kesim va uning ifodalanishi” mavzusi o’tiladi. Bu mavzuni o’rganishda avvalo o’quvchilar e’tibori kesimning mavqeiga qaratiladi.
Ma’lumki, gapning boshqa bo’laklari ishtirok etsa-yu, kesim ishtirok etmasa, gap tugal fikrni ifodalamaydi. Masalan “Dam olish kuni biz sayohatga” birikmasida kesim ifodalanmagani uchun tugal fikr yo’q. O’quvchilarga shunday gaplarni berib, ularni gap markazi – kesim bilan to’ldirish va kesimning gapdagi mavqei, fikrni ifodalashdagi ahamiyati xususida hukm chiqarish topshiriladi.
Tilimizdagi shart mayli shakli nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qilishi tushuntirishgach, amaliy-ijodiy topshiriqlar bajariladi.
“Ega” mavzusini o’rganishda gap kesimining shaxs-son qo’shimhcalariga qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so’z turkumi bilan ifodalanayotganligini aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi hamda qaysi hollarda ega va kesim orasida tire qo’yilishi tushuntiriladi.
O’quvchilar uchun ancha murakkablik tug’diradigan mavzulardan biri egali gaplarni egasiz gaplardan ajratishdir.
8-sinf darsligida biz avvallari bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gaplar deb o’rganadigan mavzuni quyidagi ko’rinishda berilgan.
1.Egali va egasiz gaplar (shaxsi no’malum gap)
2.Egasi yashiringan gaplar ( 1.egasi (shaxsi) ma’lum gaplar. 2.egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar)
3.Atov gaplar. 4.So’z gaplar.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari 5-sinfda ham o’rganilgan . 8-sinfda hol, to’ldiruvchi va aniqlovchi ustida alohida-alohida ish olib boriladi.
Hol yuzasidan ijodiy-amaliy ishlar – ularning manoviy turlarini aniqlash; ularni sodda va murakkablarga ajratish; hollarning so’z, takror so’z, so’z birikmasi, ibora va kengaygan birikmalar bilan ifodalanishu kabilarga qaratilishi lozim.
To’ldiruvchi mavzusi yuzasidan quyidagi ishlar bajarilishi maqsadga muvofiq:
berilgan gaplardan to’ldiruvchilarni ajratish;
to’ldiruvchi va uning ifodalanishini izohlash, uning so’roqlari ustida ishlash; to’ldiruvchining so’z, so’z birikmasi, kengaytirilgan birikma va gap bilan ifodalanishi ustida amaliy ishlar;
vositali to’ldiruvchilar, ularda kelishik shakllari va ko’makchilar ma’nodoshligi masalasi v.h.
Aniqlovchi so’z kengaytiruvchisi bo’lganligi uchun ham hol va to’ldiruvchidan keyin o’rganiladi. Mazkur mavzuni o’rganishda ijodiy-amaliy topshiriqlar orqali qaratqichli aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchilar haqida tushuncha hosil qilinadi: ularning sifat,ot, son, olmosh va kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
Aniqlovchi bilan bir qatorda izohlovchi ham o’rganiladi. Izohlovchilar shaxsning unvoni, kasbi, mashg’uloti, yoshi, jinsi, taxallusi kabilarni anglatishi yuzasidan ham turli topshiriqlar bajariladi.
8-sinfda, dastur talabiga ko’ra, gap bo’laklari tartibi, gap urg’usi, to’liq va to’liqsiz gaplar, gapning uyushiq va ajratilgan bo’laklari, gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan kiritmalar, undalma singari mavzular bilan ham tanishtirish ko’zda tutilgan. Yuqoridagi mavzularni o’tishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
1.Gap bo’laklari tartibini o’tishda o’zgargan tartibga alohida e’tibor qaratiladi va uning uslubiyat bilan bog’liq jihatlari tushuntiriladi. Masalan, o’zgargan tartib og’zaki va badiiy nutq uchun xos.
2.Gap urg’usi (mantiqiy urg’u) mavzusini o’tishda bevosita so’z urg’usi (mantiqiy urg’u) yodga olinadi.
3.To’liqsiz gaplar ham asosan og’zaki nutqda va badiiy asarlardagi dialogda qo’llanishiga urg’u beriladi.
4.Uyushiq bo’laklarni o’tishda gapning qaysi bo’laklari uyushayotganini hamda ularda umumlashtiruvchi so’zning ishlatilishi, tinish belgilarining qo’llanilishi, uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar haqida ma’lumot berish ko’zda tutiladi
5.Ajratilgan bo’laklar mavzuini o’rganishda uning nutq sharoiti uchun qanday rol o’ynalayotganiga, ularda tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor beriladi: Shuningdek, uyushgan bo’laklar bilan ajratilgan bo’laklarning farqi haqida savol-javob o’tkazish mumkin.
6.Gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan kirish so’z, kirish birikma, kirish gap va undalmalarni o’tishda ular gap jarayonida qanday vazifa bajaryotganini aniqlash bilan birga, tinish belgilarining ishlatilishiga ham e’tibor qaratiladi.
Ko’rinadiki, yuqoridagi mavzularning ko’pi punktuatsiya va uslubiyat bilan bog’liq holda o’rganishni taqoza etmoqda. Shuning uchun uyushiq bo’laklar va ularda umumlashtiruvchi so’zning qo’llanishi, ajratilgan bo’laklar, kiritma kabilarni o’tishda vergul, ikki nuqta, qavslarning ishlatilish o’rinlarini misollar asosida puxta tushuntirmoq karakki bu o’quvchilarning umumiy savodxonligiga ham daxldordir.
Gapda ajratilgan bo’laklar va kiritmalarning ishtirok etishi matnning umumiy uslubiga qaysi darajada ta’sir etayotganini ham tushuntirib o’tmoq zarur.
Dostları ilə paylaş: |