5-amaliy mash’ulot: Ona tili o’qitish metodlari tasnifi I. Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish.
1.“Mеtod” so‘zining ma’nosini izohlab tushuntiring.
2.Tamoyil va metodlar orasida o‘zaro qanday bog‘liqlik mavjud?
3.Metodlarning tasniflanishi haqida gapiring.
4.O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan bog’liqligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
5.Maqsad va vazifalariga ko‘ra turlarini aytib bering.
6. Kognitiv tamoyilga amal qiluvchi ongli-vеrbal-kognitiv ta’lim mеtodi haqida nimalarni bilasiz?
7.Til ta’limidagi an’anaviy va noan’anaviy usullarning o‘ziga xosligi, ta’lim tizimida tutgan o‘rni, ularning o‘xshash va farqli jihatlari haqida gapiring.
8. Bir guruh olimlar (S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant) ta’lim metodlarini bilim olish manbaiga qarab qanday guruhlarga ajratgan?
9. Metod so’zining falsafiy va didaktik ma’nolarini izohlang
10. S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant kabi olimlar ta’lim metodlarini qanday tasnif etgan?
11. Qaysi olimlar ta’lim metodlarini bilimlarni egallash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va baholash kabi metodlarga bo‘lgan?
12. Yu.Babanskiy ta’lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi. Ular qaysialar?
II. Amaliy ishlar.
1. Ona tili darsligidan biror mavzuni tanlab uni tushuntrish-namoyish etish metodi asosida o’tish yo’llarini tayyorlash va taqdimot qilish
2. Muammoli bayon metodiga biror mavzuni moslab ishlanma tayyorlash va taqdimot qilish.
6-amaliy mashg’ulot: An’anaviy va noan’anaviy darslar I. Mavzu yuzasidan suhbat.
1. An’anaviy darslar deganda qanday darsni tushunasiz?
2. Noan’anaviy darslar haqida tasavvurga egamisiz?
3. An’anaviy darslar bilan noan’anaviy darslarning farqi nimada?
4. Noan’anaviy darslarning qanday ko’rinishlarini bilasiz?
5. Konferensiya darsi qanday tashkil etiladi?
6.Bahs-munozara darsini o’tkazish yo’llari haqida ma’lumot bering.
7. Seminar darsini tashkil qilish haqidagi tushunchalaringizni aytib bering.
II.Guruhlar bilan ishlash.
1. Ibora mavzusini bahs-munozara shaklida o’tkazish yuzasidan ishlanma tayyorlash
2. Ibora mavzusini an’anaviy shaklda o’tkazish yuzasidan ishlanma tayyorlash