3-amaliy mashg’ulot: O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish tamoyillari I BOSQICH. Quyidagi savollarga javob toping.
1. Kompetensiya so’zining ma’nosini izohlang.
2. Kompetensiyaga yo’naltirilgan darsning mohiyati nimadan iborat?
3. Kompetensiyaning qanday turlari bor?
4.Tayanch kompetensiyaga qaysilar kiradi?
5. Nutqiy kompetensiyaga qaysialr kiradi?
6. Tinglab tushunish kompetensiyasining mohiyatini tushuntirib bering
7. Matematik savodxonlik kompetensiyasi deganda nimani tushundingiz?
8.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini misollar asosida izohlashag harakat qiling.
9. Milliy va umummadaniy kompetensiyasining mohiyatini tushuindingizmi? Bu kompetensiya o’quvchiga nima beradi?
10. Lingvistik kompetensiya nima uchun kerak?
II. Amaliy ishlar bajarish.
1. O’quvchilarda tayanch kompetensiyani shakllantirish yo’llarini biror mavzu misolida tushuntirish uchun taqdimot tayyorlash.
2. O’quvchilarda lingvistik kompetensiyani shakllantirish yo’llarini biror mavzu misolida tushuntirish uchun taqdimot tayyorlash.
4-amaliy mashg’ulot: Ona tili darslarida ko’rgazmalilik I. Mavzu yuzasidan suhbat o’tkazish.
1.Quyidagi fikrni izohlab bering: ”Ko‘rgazmalilik ona tili o‘qitishning muhim qonuniyati sanaladi”.
2. Ona tili darslarida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
3. Ko’rgazmali qurollardan darsning qaysi turlarida va qaysi bosqichlarida foydalanish mumkin?
4. Yangi bilim berishga qaratilgan darslarda qanday ko’rgazmali quroldan, mustahkamlalsh va takrorlash darsalrida esa qanday ko’rgazmali quroldan foydalanish o’rinli bo’ladi?
5. Ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirish tufayli o’quvchilardagi qaysi faoliyatlar rivojlantiriladi?
6. Darsda ko’rgazmali qurolni qo’llash me’yori ham bormi?
7. Ona til idarslarida kommunikativ jadvallardan foydalanish haqida so’z yuritiladi. Bular qanday jadvallar?
II. Amaliy ishlar bajraish
1-guruh. Kommunikativ jadvallar tayyorlaydi va taqdimot qiladi.
2-guruh. Reproduktiv xarakterdagi (ya’ni tayyor bilimni berishga qaratilgan) ko’rgazmali qurol tayyorlaydi va taqdimot qiladi.
3-guruh. Izlanishga qaratilgan ko’rgazmali qurol tayyorlaydi va taqdimot qiladi.