11- ma’ruza: Punktuatsiya o'qitish metodikasi Reja: 1. Punktuatsiya o'qitishning o'ziga xosligi.
2. Punktuatsion xatolarning tiplari.
3. Tinish belgilarining qo'llanishi ustida ishlash usullari.
4. Punktuatsiyani tilshunoslikning sintaksis bo’limi bilan bog’lab o’rgatish.
5. 0’quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsiyon xatolarning xillari va ularni bartaraf etish yo’llari.
Tayanch tushunchalar.
Punktuatsiya - tinish bclgilari haqidagi tilshunoslikbo’limi
Punktuatsiya tamovillari - tinish bclgilari qo’llashda ma’lum iImiy asoslarga amal qilish
Punktuatsiya mashqlari - o’quvchilarga tinish belgilarining qoidalarini o’rgatish maqsadida o’tkaziladigan turli mashqlar
Punktuatsion savodxonlik - tinish belgilarini yozma nutqda tog’ri qo’llay olish malakasiga ega bo’lish.
Punktuatsiya tinish belgilari haqidagi qoidalar yig’indisi bo’lib, u fikrni yozuvda to’g’ri ifodalashga va o’zgalarning fikrini tog’ri anglatishga yordam beradi.
Ona tili darslarida sintaksis bo’limini o’rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o’rganib bo’lmaydi.
Maktabda punktuatsiya boshlang’ich sinflarda o’qitila boshlanib, 8-9-sinflarda muntazam o’rgatiladi.
8-sinfda punktuatsiya o’rgatish darak, so’roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog’lab, ularda nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’llashini tushuntirishdan boshlanadi.
Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o’quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o’zlashtiradi.
Punktuatsiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lishi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, “Bog’imizda olma, anor, nok, uzum - hamma mevalar pishdi” gapida nima sababdan vergullar va lire ishlnlilishini o’quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo’laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so’ng umumlashtiruvchi bo’lak (hamma mevalar) mavjud bo’lganligi sababli vergullar va tire qo’yilyapti.
Darsda yana quyidagi sintaktik - punktuatsion tahlil o’tkazish mumkin. O’quvchi biror matnni aytib bcradi, o’quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo’yadilar. Matn yozib bo’lingach, o’quvchilar tinish belgilarining qo’yilishi sababini izohlaydilar.
Ko’pincha o’quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo’yilgan yoki qo’yilmagan o’rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam / Qo’qon davlat pedagogika inistitutida / bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo’lib, uni o’qishda uch marta pauza bo’ladi, lekin bu pauzalar hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi.
Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o’qiivchilarning o’zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar topib, tinish bclgilarining ishlatilish sababini tushuntiradilar.
Masalan, 8-sinfda gap bo’laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o’tib bo’lingach, o’qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o’quvchilarga topshiradi, hamda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo’yib ko’chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o’z ichiga olgan bo’lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o’rgatishda keng tarqalgan usul bo’lib, dastavval, o’quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini yaxshilaydi.
Punktuatsiya o’qitishda turli xildagi diktantlar o’quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir.
O’qituvchining diktovkasi orqali o’quvchilar tinish belgilarning qo’yilishi pauza, logik urg’u kabilarga ham bog’liq ekanligini uqib oladilar.
Ta’kidiy diktantni o’tkazishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga punktuatsion xato qilishlari mumkin o’rinlarini eslatib, ayrim punktuatsiya qoidalarini ta’kidlaydi va undan so’ng diktovka qiladi.
Nazorat diktantida esa bir necha tinish belgilarini o’z ichiga olgan matn tanlab olib, uni diktovka bilan yozdiradi. Bunday diktant orqali o’qituvchi o’quvchilarning umumiy punktuatsion savodxonligini sinab ko’radi.
Punktuatsiya bilan bog’liq ish turlaridan yana biri stilistik mashqdir. Bunday mashq nutq o’stirish bilan ham bog’lab olib boriladi.
O’quvchi bir sintaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi:
Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar - hamma qushlar bahorda uchib keladi.
2. Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi: Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kclgach, gullar ochildi.
3. Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirish va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim, Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun.
4. O’zlashtirma gapni ko’chirma gapga, ko’chirma gapni esa o’zlashtirma gapga aylantirish “Men ertaga kutubxonaga boraman”,-dedi Anvar.
Anvar ertaga kutubxonaga borishini aytdi.
O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning quyidagi turlari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’rniga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.
Agar o’quvchi gapda tinish belgilarini nima uchun va qayerga qo’yish kerakligini bilmasa, uni qo’ymagani ma’qul: zarur tinish belgisini qo’ymay, biror tinish belgisini tavakkal, ammo noo’rin ishlataverish xavfliroq, bu ham o’quvchining, ham o’qituvchining, ishini murakkablashtiradi. Agar o’quvchi gapda biror tinish belgisini qo’ymagan bo’lsa, demak. u shu tinish belgisining ishlatilishi bilan aloqador bo’lgan punktuatsion qoidani bilmaydi yoki uni yaxshi o’zlashtirmagan bo’ladi. Agar o’quvchi finish belgisini ortiqcha qo’ysa, u tinish belgisini asossiz qo’yaverishga odatlanib qo’lgan bo’ladi. O’quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishga bag’ishlangan ish turlari juda foydalidir. Unda o’quvchilarning punktuatsion xatolari ko’rsatilibgina qolmay, uning sabablari ham tushuntiriladi, qoida va ta’riflar eslanadi, amaliy-ijodiy mashqlar bajartiriladi. Shundagina o’quvchilar tinish belgilarini qo’llashga ongli ravishda yondashadilar. Darsni ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib o’tish punktuatsiyani o’zlashtirishni yengillashtiradi. Punktuatsiya darslarini ko’rgazmali qurollarning eng ko’p qo’llanadigan turi — jadval va sxemalar yordamida o’tish mustahkamlash darslari uchun ham juda muhimdir. Masalan, o’quvchilarga biror punktuatsiya qoidasiga mos ke1adigan sxema chizib ko’rsatiladi va bu sxema qaysi punktuatsiya qoidasiga tegishli ekanligi so’ralib, unga mos misollar topish vazila qilib topshiriladi.
Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir.
Yuqoridagi sabab ergash gapli qo’shma gap bo’lib, ergash gap tarkibida kelgan chunki ergashtiruvchisi bog’lovchisidan oldin vergul qo’yilyapti.
Aqliy hujum uchun savol va topshiriqlar
1. Maktabda punktuatsiya o’qitishning ahamiyati nimada?
2. Nima sababdan punktuatsiya asosan sintaksis bo’limida chuqurroq o’rgatiladi?
3. Punktuatsiya mashqlarining qanday turlarini bilasiz?
4. Diktant va uning har xil turlarini o’tkazish orqali o’quvchilarning punktuatsion savodxonligini yaxshilash masalasi haqida so’zlang.
5. Punktuatsion xatolarning qanday turlarini bilasiz?
6. Punktuatsiya darslarida ko’rgazmali qurol, test savollaridan qay yo’sinda foydalanish mumkin?