O’quv-uslubiy majmua


«Fonetika»ni o‘qitishda o‘quvchliarning so‘z boyiigi ustida ishlash imkoniyatlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə19/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Fonetika»ni o‘qitishda o‘quvchliarning so‘z boyiigi ustida ishlash imkoniyatlari. Ona tilining «Fonetika» bo‘limini o‘qitish ham boshqa til bo‘limlari singari avvalo amaliy maqsadlami ko‘zlaydi. Ana shu amaliy maqsadlardan biri o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishdir. Bu muhim ish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Tovushdosh so'zlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh so‘zlar bir-biridan atigi bitta tovush bilan farqlanuvchi, turli xil ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Har bir unli va undosh tovushning talaffuzi, imlo xususiyatlari o‘rganilgach, bolalar berilgan so‘zlarga tovushdosh so‘zlar tanlashlari va ularning ma’nolarini izohlashlari mumkin. Masalan, ber-bur-bor-bo‘r; loy-moy-soy-toy’-boy-voy-yoy-hoy va h.k.
0‘quvchilar nutqini tovushdosh so‘zlar bilan boyitishda, ayniqsa, tovush juftlari ustida olib boriladigan ishlar yaxshi samara ko‘rsatadi. Chunonchi, u—o ‘ (un—o ‘n, ul—o ‘l, o ‘r—ur, uq— o ‘q, bur—bo ‘r, tur-to ‘r, sur—so‘r, qur—qo ‘r, yul—yol, yuq—yo ‘q, qul—qol va h.k.) u—i (bur—bir, sur—sir, tur—tir va h.k.); u—o (bur—bor, tur—tor, qur— qor va h.k.); i—e (bir—ber, tir—ter, it—et va h.k.); p—b (pir— bir, pol—bol va h.k.)kabi so‘z juftlari ustida ishlash o‘ta foydalidir.


  1. So‘zlarningr na’no nozikligi ustida ishlash orqali. Ma’lumki, og‘zaki nutqda unli yoki undosh tovushlami cho‘zish vositasida ma’noni kuchaytirish (masalan, ka—tta bino, ki-chkina bola, qa-ri chol kabi), ishonchsizlikni ifodalash (masalan, yo'-q -q, kela-r-r, bora-r-r kabi), yalinish-erkalash (masalan, oyijo-ni-m, buvijo-n kabi) ma’nolarini berish mumkin. Qat’iylikni ifodalash maqsadida so‘z oxiridagi undoshni qattiq talaffuz etish usulidan foydalanilsa, ishonchsizlik ma’nosini berish uchun oxirgi undosh tovush talaffiizini susaytirishdan foydalaniladi. Masalan, «Yo‘qq, yo‘qq. Uko’nmadi», - deb qichqirdi bola va «Yo‘q,-dedi ishonchsizlik bilan Salima» gaplaridagi yo‘q va yo‘qq so‘zlarining ma’nosida farq bor. Fonetikani o‘rganish jarayonida so‘zning bunday ma’no nozikliklari ustida ishlash bolalarning nutqini rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin