O’quv-uslubiy majmua


Kommunikativ kompetentsiya



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə16/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetentsiyalar umumta’lim fanlari orqali o’quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o’quvchilarda fanga oid umumiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi
Ona tili darsliklari .
Darslik – DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Elektron darslik – an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlashtirilgan darslikdir. U komputer texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin