O’quv-uslubiy majmua


MUAMMOLI TA’LIM (проблемное образование; problem education)



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə82/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

MUAMMOLI TA’LIM (проблемное образование; problem education) – Ta’lim, unda o‘qituvchi, sistеmali ravishda muammoli vaziyatlarni tuzgan va o‘quvchilarning o‘quv muammolarini yеchishga oid faoliyatini tashkil etgan holda, ularning mustaqil qidirish faoliyatini, ilmning tayyyor xulosalarini o‘zlashtirgan holda, optimal bog‘liqligini ta'minlaydi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning bilish mustaqilligiga, ularning logik, ratsional,tanqidiy va ijodiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatlariga qaratilgan. Fikrlash psixologiyasi qonuniyligiga, ilmiy tadqiqot logikasiga asoslangan holda, muammoli ta’lim o‘quvchi zеhnining, uning emotsional sfеrasining rivojlanishi va shu asosda, dunyoqarashining shakllanishiga yordam bеradi. Aynan shu muammoli ta’limning an'anaviy tushuntirish-illyustrativ ta’limdan asosiy farqini tashkil etadi. Muammoli ta’lim faqatgina ilmiy bilishning natijalarini o‘zlashtirishni emas, balki bilish yo‘lining o‘zini ham, ijodiy faoliyat usullarini ham ko‘zda tutadi.
PЕDAGOGIK JARAYON (педагогический процесс; pedagogical process) – Ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini kashf qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pеdagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari.
PЕDAGOGIK MAHORAT (педагогическое мастерство; pedagogical mastery) – yuksak darajadagi pеdagogik faoliyatning taraqqiy etishi, pеdagogik tеxnikani mukammal egallash, shuningdеk, pеdagog shaxsi, uning tajribasi va kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin ko‘rinishi.
PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYA (педагогическая технология; pedagogical technology)- Ta’lim oluvchining ichki imkoniyatlari va o‘qituvchining innovatsion tayyorgarligiga tayangan holda ishlab chiqilgan va ta’limiy maqsadga erishishni kafolatlovchi o‘quv-tarbiya jarayonining loyihasi.
ILOVALAR
Fan dasturi
Ishchi dastur

TEST SAVOLLARI
1.Sintaksis bo’limi qaysi sinfda izchil kurs sifatida o’rganiladi?
A)8-9 sinfda
B)9-sinfda
C)8-sinfda
D)5-sinfda
2.Maktab darsligida sintasis qanday turlarga bo’lib o’qitiladi?
A)So’z birikmasi sintaksisi, gap sintaksisi
B)Sodda va qo’shma gap sintaksisi
C)Gap sintaksisi
D) So’z birikmasi sintaksisi
3. Maktab darsligida sodda va qo’shma gaplar qanday farqlanadi?
A) Kesimlik belgisining miqdoriga ko’ra
B) Gapning tuzilishiga ko’ra
C) Eganing ishtirokiga ko’ra
D) Ikkinchi darajali bo’laklarga ko’ra
4. Maktab darsligida sodda gaplar nimaga ko’ra yig’iq va yoyiq gaplarga bo’linadi?
A) Ikkinchi darajali bolaklarning ishtirokiga ko’ra
B) Kesimlik belgisining miqdoriga ko’ra
C) Bosh bo’lakning ishtirokiga va miqdoriga ko’ra
D) Sodda gaplar miqdoriga ko’ra
5. Maktab darsligida qo’shma gaplar nimaga ko’ra tasnif qilinadi?
A) Qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra
B) Sodda gaplar miqdoriga va tuzilishiga hamda mazmuniga ko’ra
C) Kesimlik belgisining miqdoriga ko’ra va mazmuniga ko’ra tasniflanadi
D) Tuzilishiga ko’ra va gap bo’laklarining miqdoriga ko’ra tasnif qilinadi
6. “Grammatika hamma va har qanday bilimga o’tiladigan bir ostona“.Bu fikr muallifi kim?
A) A.M.Peshkovskiy
B) A.Avloniy
C) A.Ya. Komenskiy
D) Makarenko
7. Quyidagilardan qaysilari ona tilidan o’kaziladigan sinfdan tashqari ishlarga kirmaydi?
A) O’quvchi nutqini o’stirib borish
B) Devoriy gazeta chiqarib borish
C) Ona tili to’garagini olib borish
D) Til bayramini o’tkazish
8. Nutq uslubi haqida qaysi sinflarda ma’lumot beriladi?
A) 8-9- sinflarda
B) 8 - sinflarda
C) 7-8-- sinflarda
D)5-9-sinfda
9. Bunday turdagi insholar uchun sinfda o’tkazilgan bahs munozara material vazifasini o’taydi? Bu qaysi insho turiga tegishli fikr?
A) Muhokama insho
B) Rivoya insho
C) Erkin insho
D) Tasviriy insho
10. «Klaster» atamasi qanday ma’noni anglatadi?
A) Lotincha «g‘uncha, bog‘lam» ma’nosini anglatadi
B) Fikrlashning oddiy shakli ma’nosini bildiradi
C) Yunoncha «tanqidiy idrok» etishni bildiradi
D) Inglizcha so’z o’lib, “topqirlik” ma’nosini anglatadi
11. Muammoli o‘qitishning maqsadi...
A) Talabalarni bilish jarayoniga undash, mustaqil fikrlashga o‘rgatish
B) O’quvchilarni to’g’ri va xatosiz yoza olishga odatlantirish
C) O’quvchilar tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish
D) Talabalarni muammoni to’g’ri hal qilishga o’rgatish
12. Test savollaridan darsning kirish qaysi qismida foydalanish mumkin?
A) Darsning barcha bosqichlarida
B) O’tilgan mavzuni so’rashda
C) Yangi mavzuni tushuntirishda
D) Uyga vazifa berishda
13. Nutqiy kompetensiyaga qaysilar kiradi?
A) Tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, yozish
B) Tinglab tushunish, bilimni egallash
C) O’qish, yozish, ko’nikmalarini hosil qilish
D) Tilning bo’limlariga oid bilimlarni o’zlashtirish
14. Yozma ishning bu turi matnning oliy ko’rinishi bo’lib, o’quvchining ijodiy fikrlashini belgilab beruvchi mustaqil ish turidir. Berilgan fikrlar yozma ishning qaysi turiga tegishli?
A) Insho
B)Bayon
C)Diktant
D)Matn
15. Yozma nutqning murakkabligi nimada ko’rinadi?
A) Tinish belgilari bilan, imlo va uslub bilan bog’liqligida
B) Imlo bilan, husnixat bilan va yozuv bilan bog’liqligida
C) Husnixat bilan bog’liqligida va imlo bilan bog’liqlikda
D) Fikr yuritishga bog’liqligi va uslub bilan bog’liqligida
16.O’quvchilarning so’z boyliklarini ko’paytirish qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?
1. O’quvchilarni notanish so’z va ibora bilan tanishtirish.
2. So’zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.
3. O’quvchilar nutqidagi kam iste’molda bo’lgan so’zlarni faol iste’molga aylantirish.
4. O’quvchilar nutqidagi adabiy tilga zid bo’lgan so’zlarni bartaraf etish
A)1,2,3
B)1,2
C)1,2,4
D)2,3,4
17. Inshoning bu turida ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalaniladi. Bu fikrlar inshoning qaysi turi haqida?
A) Ilmiy insho
B) Erkin insho
C) Badiiyinsho
D) Rivoya insho
18. Ona tilidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning doimiy turiga qaysilar kiradi?
A) Ona tili to’garagi
B)Devoriy gazetalar
C)Olimpiada
D)Til bayrami
19. Sintaksisning o‘rganish obyektiga nimalar kiradi?
A)So’z birikmasi va gap
B)Gap
C)Tovush va so’z birikmasi
D)Qo’shma so’z va so’z birikmasi
20. O’quvchilarga sintaksis haqidagi dastlabki bilimlar qaysi sinfda beriladi?
A) 5-sinfda
B)8-sinfda
C)9-sinfda
D)6-sinfda
21. So‘z birikmasmmg so‘zlar qo‘shilmasidan farqini tushuntirish uchun qaysi usuldan foydalanish to’g’ri bo’ladi?
A)taqqoslash
B)grammatik tahlil
C)tasnif qilish
D)kuzatish
22. Maktabda so‘z birikmasini o‘rganish qaysi bo’limni o’rganish uchun zamin tayyorlaydi?
A)Sintaksisni
B)Morfologiyani
C)Morfologiya va sintaksisni
D)Barcha bo’limlarni
23. So’z birikmasini o’rganish jarayonida qaysi o’yinlardan foydalanish o’rinli bo’ladi?
1.So‘zni so‘zga qo‘shamiz, so‘zni so‘zga biriktiramiz.
2. Ma’nodosh birikmalar guldastasi o‘yini
3. Topqirlar bellashuvi 4.Birga boshlaymiz o’yini
A)1,2,3
B)1,2,3,4
C)2,3,4
D)1,4
24.Qo’shma gap berilgan qatorni toping
A)Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega.
B)O’zbekiston – ona diyor, bag’ri to’la hikmatdir.
C)Xalqaro savdo yo’li – Buyuk ipak yo’li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo’lgan.
D)Biz seni mehr bilan, quvoch bilan, e’tibor bilan kutib oldik.
25. Qaysi qatorda qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar bog’lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog’langan?
A) Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir.
B) O’z fikringni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
C)Asabingni avayla, chunki u sog’lig’ing garovidir.
D)O’qishli kitob go’zallikdir, lekin go’zallikda ham go’zallik bor.
26. Qaysi fikr xato?
A) Qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra uch turga bo’linadi
B)Kesimning nechtaligi gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi
C)Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari sanaladi
D) Gap uchun muhim belgi kesimlikdir
27. Iltifot, marhamat, oliyjanoblik. Bu izoh qaysi qatordagi so’zning ma’nosiga mos keladi?
A)lutf
B)Iftixor
C)tafakkur
D)g’urur
28.Yaxshi bilasizki, sizni birinchi marta ogohlantirgan edik.
Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A)To’ldiuvchi ergash gapli qo’shma gap
B) )Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
C) )Ega ergash gapli qo’shma gap
D)Hol ergash gapli qo’shma gap
29. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalrdan qaysi biri ergash gap boshida keladi?
1.ko’makchili qurilmalar 2.Agar, mabodo bog’lovchilari 3.chunki, negaki, toki bog’lovchilari 4.go’yo, go’yoki, xuddi bog’lovchilari 5.-ki yuklamasi 6.deb so’zi 7.-sa shart mayli shakli
A)2,3,4
B)1,2,3,4
C)2,3,4,5
D)2,3,4,6
30. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalrdan qaysi biri ergash gap kesimi tarkibida keladi?
1.ko’makchili qurilmalar 2.Agar, mabodo bog’lovchilari 3.chunki, negaki bog’lovchilari 4.go’yo, go’yoki, xuddi bog’lovchilari 5.-ki yuklamasi 6.deb so’zi 7.-sa shart mayli shakli
A)6,7
B)5,6
C)1,5,6,7
D)4,5,6,7
31. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalrdan qaysi biri bosh gap tarkibida keladi?
1.ko’makchili qurilmalar 2.Agar, mabodo bog’lovchilari 3.chunki, negaki bog’lovchilari 4.go’yo, go’yoki, xuddi bog’lovchilari 5.-ki yuklamasi 6.deb so’zi 7.-sa shart mayli shakli
A)1,5
B)1,5,6
C)2,5
D)1,3,4,5
32.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap tarkibida kesim uyushib kelgan qatorni aniqlang.
A) Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o’tkazmaslik lozim.
B)Oqsoqol qayerda bo’lsa, osha yerda ish bir tartibda, me’yorida borardi
C)Boshingga tashvish tushmasa, qiynalmasang, qaytib kelmasding
D)Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi
33. Ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar yordamida bog’lansa, ergash gapning qaysi turlari hosil bo’ladi? 1.Ega ergash gapli qo’shma gap 2. Hol ergash gapli qo’shma gap 3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap 4.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
A)1,2,3,4
B)1,2,4
C)2,3,4
D)1,4
34. Ergash gap tarkibida kim, kimki nisbiy so’zlari kelsa, ergashgan qo’shma gapning qaysi turlari yuzaga keladi? 1.Ega ergash gapli qo’shma gap 2. Hol ergash gapli qo’shma gap 3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap 4.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
A)1,3,4
B)2,3,4
C)1,2,3
D)3,4
35.Qaysi qatorda so’z birikmasi berilmagan?
A)bino go’zal
B)tez yugurmoq
C)bizdan katta
D)dostlik haqida suhbat
36.So’z birikmasi berilmagan qatorni toping.
A)mehnatiga yarasha
B)mahalla faollari
C) ishtiyoq bilan o’qimoq
D)qilmishidan nolib
37. O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning qaysi turlari uchraydi? 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’rniga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.
A)1,2,3,4
B)2,3,4
C)1,2,4
D)2,4

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin