O’quv-uslubiy majmua


Sodda gap bo‘yicha sintaktik tahlil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə39/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Sodda gap bo‘yicha sintaktik tahlil
Masalan: Inson ilm va mehnat bilan baxtli bo ‘ladi.


  1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi:
  1. inson baxtli bo‘ladi - tobe bog‘lanish, moslashuv, ega va kesim mosligi;


  2. ilm va mehnat - teng bog‘lanish, bog‘lovchi orqali;


v) ilm bilan baxtli bo‘ladi - ergash bog‘lanish, boshqaruv, ko‘makchi orqali;


g) mehnat bilan baxtli bo‘ladi - ergash bog’lanish, boshqaruv, ko’makchi orqali.


  1. Sodda gap qurilishi ho‘yicha:
  1. ifoda maqsadiga ko‘ra - darak gap;


  2. tuzilishiga ko‘ra - sodda gap, sodda yoyiq gap;


v) bosh bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra- egali gap;


g) to‘liq yoki to‘liqsizligiga ko‘ra - to‘liq gap;
d)gap bo’laklari aniqlanadi (dastlab kesim, so‘ng ega va ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlanadi).
Avvalo kesim aniqlanadi, chunki kesimsiz gap boMishi mumkin emas, ega qatnashmagan gaplar bo‘lishi mumkin. 0‘zbek tilida kesim ko‘pincha (odatda) gapning oxirida joylashgan bo‘ladi va nima qildi? nima qilyapti? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Yuqoridagi gapda kesim nima bo‘ladi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: baxtli bo ‘ladi. So‘ngra kesimga eganing so‘roqlari berilib, ega aniq­lanadi. Eganing so‘roqlari him? nima? Yuqoridagi gapning egasi- inson.
Gapning bo‘laklari maxsus grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganda, so‘roqlar ularning turini aniqlash uchun yordam berishi mumkin. Masalan, gapdagi biror so‘z (bo‘lak) kimrti? nimani? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lsa, to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldimvchi, nima qildi? nima qilasan? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lsa, kesim deb ko‘rsatiladi. Lekin bu gap bo‘laklarining turini aniqlashdagi sof amaliy usuldir. Nazariy jihatdan qaraganda, gapdagi u yoki bu so‘z (bo‘lak) shunday so‘roq!arga javob bo‘lgani uchun to‘ldiravchi yoki kesim vazifasida kelayotgani yo‘q, balki uning o‘zi to‘ldiruvchi yoki kesim boiganidan shunday so‘roqlami talab qilayotir.
Shunday qilib, sintaktik aloqa, uning turi gapni bo‘laklarga ajratishda asosiy omildir.
Gapning bo‘laklari orasidagi aloqa turli vositalar bilan ifodalanadi: so‘z shakllari orqali (sendan so’radi), yordamchi so‘zlar orqali (mashina bilan terdik), tartib va ohang orqali (yam-yashil dalala —Dalalar yam-yashil).
Gap bo‘laklarining turini aniqlashda ko‘pincha uning grammatik shakliga e’tibor beramiz. To‘g‘ri, qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z aniqlovchi, tushum kelishigi shaklidagi so‘z esa to‘ldiruvchi bo‘ladi. Biroq o‘rin-payt, chiqish va jo‘nalish kelishiklari shaklidagi so‘zlar to‘ldiruvchi ham, hoi ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda gap bo‘laklarining grammatik shakli ulaming turini belgilash uchun asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turini belgilashda sintaktik aloqaga kirishuvchi elementlaming semantik xususiyatlari ham hisobga olinishi lozim:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin