«Ma’nodoshlar mashvarati» o‘yini. 0‘qituvchi har hir guruhga muayyan ko‘makchilar qo‘llanilgan gaplarni berib, birinchi navbatda ajratilgan so‘zning (ko‘makchining) ma’nodoshlarini, keyingi bosqichda gapdagi barcha so‘zlarning ma’nodoshlarini topishni topshiradi. Bellashayotgan guruhlardan qaysi biri topshiriqni tez va to‘g‘ri bajarsa, shu gurah rag‘batlantiriladi.
O’qituvchi yuqorida berilgan yuklamalarning ma’nosini, gapdagi vazifalarini aniqlashni, ularning nutqda qo’llanishi va yozilishini o’quvchilarga o’rgatish uchun so’z birikmalari, gaplar tuzdirish va matn yaratish kabi ijodiy ishlar bajartiradi.
So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini modal, his-hayajon, haydash-chaqirishni undov, tovushga va holatga taqlidni bildirgan so’zlarni va taqlid so’zlar deyiladi.
Undov so’zlarni o’tishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
undov so’zlarning boshqa so’z turkumiga ko’chishi (bemorlarning oh-vohlari), undov so’zli gaplardagi tinish belgilarining ishlatilishi.
taqlid so’zlarni undovlardan farqi va o’xshash tomonlarini aniqlash;
taqlid so’zlardan ot, fe’l, sifat so’z turkumlari yasash(qarsak, dukulla, likkildoq)
taqlid so’z + fe’l qolipli so’z birikmalari hosil qilish (dag’-dag’ titramoq, piq-piq yig’lamoq v.h)
taqlid so’z+fe’l qolipli qo’shma fe’l (chirs etdi, taq etdi)
10 - ma’ruza: Sintaksis bo’limini o’qitish metodikasi Reja: 1.Sintaksis o’qitishning maqsad va vazifalari
2.Sintaksis bo’limini tilning boshqa sathlari bilan bog’liqlikda o’rganish.
3. So’z birikmasini o’qitish metodikasi.
4. Sodda gapni o'qitish metodikasi. Gap bo'laklari ustida ishlash. Sodda gap tahlilini o'tkazish metodikasi.
5. Qo'shma gapni o'qitish metodikasi. Qo'shma gap turlarini o'rgatish usullari. Qo'shma gap tahlilini o'tkazish metodikasi.
Sintaksis – so’zlarning bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi.
So’z birikmasi – bir – biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va grammatik jihatdan o’zaro bog’langan ikki yoki undan ortiq so’zlar bog’lanmasi.
Kesim – gapda fikr ifodalab keluvchi asosiy bo’lak
Ega – gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bo’lak.