O’quv-uslubiy majmua


Olmosh» so‘z turkumini o‘rganish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə34/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Olmosh» so‘z turkumini o‘rganish. Ma’luinki, turkiy- shunoslikda olmosh nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so‘zlar, undovlar va hatto matnni ham almashtirishi, ularga ishora qilishi ma’lum. Shuni nazarda tutib, mazkur so‘z turkumi barcha mustaqil so‘z turkumlaridan keyin o‘qitiladi.
0‘quvchilar olmosh xususidagi dastlabki ma’lumoilarrri boshlang‘ich sinflarda egallaganlar. Shuning uchun mazkur so‘z turkumini o‘rganishda awalo ana shu ma’lumotlarga tayanmoq lozim. IJlar oldin egallangan bilimlarga asoslanib, berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlar (olmoshlar) qaysi so‘z, gap, voqea- hodisaga ishora qilayotganligini aniqlashlari mumkin.
«0lmosh» so‘z turkumi xususidagi izchil bilimlar 7-sinfda beriladi. 0‘quvchilar berilgan gap juftlarida ajratilgan so‘zlar oldingi gapdagi qaysi so‘zga ishora qilayotganligini aniqlash, ulaming gapdagi vazifasini tushuntirish; bir gapni ikki yoki uch gapga ajratish, gaplarni o‘zaro mazmunan bogMashda olmoshlardan foydalanish; berilgan gap juftlarini bir gapga birlashtirish; olmoshlami qatnashtirib gaplar tuzish singari amaliy topshiriqlar orqali bu so‘z turkumi xususida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Shundan so‘ng olmoshlaming ma’no guruhlari o‘rganiladi. «Ko‘rsatish olmoshlari» mavzusi o‘rganllar ekan, bu, shu, o'sha, u olmoshlari gapdagi biror so‘zni aniqlab kelishi ham, matndagi biror tushuncha yoki fikrga ishora qilib, uni almashgirib kelishi ham mumkinligini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy e’tibor bu olmoshlarning ma’nosi, imlosi, talaffuzi va qo‘llanilishiga qaratiladi.
Kishilik olmoshlari xususidagi dastlabki ma’lumotlar boshlang‘ich sinfda, shuningdek, 5-sinfda berilgan. 7-sinfda esa bu bilimlar takomillashtiriladi.
0‘quvchilar shaxs, predmet, voqeaga ishora etuvchi olmoshlami puxta egallashlari uchun gap yoki matndan darslikda berilgan (masalan, Rahimjon bugun xursand. U chigal jumboqni echdi. Rasmda chiroyli manzara tasvirlangan ekan. Bunday rasmlardan biz ona tili mashg ‘ulotlarida tez-tez foydalanamiz) men, sen, u, biz, siz, ular, bu, shu, o ‘sha, ana, mana, mama bu, anavi singari olmoshlaming nimalarga ishora etayotganligini aniqlashlari, matndagi yoki gaplardagi so‘z, so‘z birikmasi, gap, voqea-hodisa tavsifmi ishora so‘zlar bilan almashtirishlari, bu so‘zlaming ma’nosini sharhlashlari, shunday so‘zlardan foydalanib matn yaratish kabi amaliy ishlami bajarishlari maqsadga muvofiqdir.
0‘zlik olmoshi predmetni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan olmoshdir. 0‘quvchilar berilgan gaplardagi ko‘rsatish, kishilik olmoshlarini o ‘z so‘zi bilan kuchaytirib yozish, bu so‘z ishtirokida gap tuzish ycki matn yaratish, o'z so‘zining ifodalab kelayotgan ma’nosini sharhlash orqali uni o‘zlarining nutqiy faoliyatlariga olib kiradilar.
«So‘roq olmoshlari» mavzusini o‘rganishda berilgan gaplami o‘qib, so‘roq ma’nosi qaysi so‘z bilan ifodalanayotganligini aniqlash, shu gaplarda so‘roq ifodalovchi so‘zlami: 1) shaxs, hayvon yoki narsa-buyum, voqea hodisa nomlari so‘roqlari; 2) belgi-xususiyat so‘roqlari; 3) harakat-holat so‘roqlari kabi gumhlarga ajratib, ulami
mustaqil davom ettirish, so‘roqlar o‘miga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplami ko‘chirish, istagan bir matndagi gaplami o‘qib, har bir so‘zni birin-ketinlikda so‘roqlar bilan almashtirish, bu gaplaming ohangi va imlosi ustida ishlash mazkur mavzuni o‘rganishni ancha osonlashtiradi va samaradorlikni oshiradi.
So‘roq olmoshlarini o‘rganishda -mi so‘roq yuklamasining so‘roq olmoshli gaplarda ta’kid, so‘rash ma’nolarida ishlatilishi hamda ularda tinish belgilari xususida ham to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Olmoshning yana bir ma’no guruhi belgilash olmoshlaridir. 0‘quvchilar berilgan matndan shunday, shunaqa, muncha, shuncha so‘zlari ifodalagan ma’noni, qanday so‘zlarga ishora qilib kelayotganligmi aniqlash, bunday olmoshlar ro‘yxatini tuzish, ular ishtirokida matn yaratish orqali bu haqda puxta bilimga ega bo‘ladilar.
Tilimizda jamlash olmoshlari uncha ko‘p emas, o‘quvchilar hamma, bari, jami, butun, yalpi so‘zlarining ma’no va vazifasi ustida ishlash, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish singari amaliy ishlar orqali mazkur mavzuni o‘zlashtiradilar.
0‘quvchilar lug‘at boyligiga belgilash, boiishsizlik va gumon olmoshlarini olib kirish, bu so‘zlaming nutqiy faoliyatda qo‘llanilishini ta’mmlash uchun so‘roq olmoshlarini har, hech va alia so‘zlari bilan biriktirib qo‘shma so‘zlar hosil qilish, hech kirn, hech narsa, har bir, har narsa, alia kim, alia nima, alia qanday, alia mahal, alia qachon, allavaqt, nimanidir, kimningdir, qayerdadir, qachondandir, qachondir kabi so‘zlaming ma’nolari va qo‘llanilishi ustida ishlash, «har+ot», «hech+ot», «alla+ot» singari hosilalar lug‘atini tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Olmoshlarning ma’no guruhlariga to‘xtalar ekanmiz, bu so‘z turkumining uslubiy imkoniyatlarini ham unutmaslik lozim. Chunonchi, odatda, kishilik olmoshlari: men, sen, u yakka shaxslarni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun bu olmoshlar -lar qo‘shimchasi bilan qo‘llanilmaydi. Ammo so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsga hurmatsizlik bilan muomala qilganda, undan o‘zini yuqori tutganda ba’zan sen olmoshiga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. (masalan, Senlarga maktab tashvishi begonami? kabi). 0‘quvchilar kishilik olmoshlari bilan tanishtirilar ekan, uning bu xususiyatlariga ham to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. So‘roq olmoshlari o‘rganilayotganda uning turli xil ko‘rinishlari (kim, nima, qanaqa, qanday, qaysi, qancha, qachon, necha, qayer kabi) o‘zaro sinonim sifatida ishlatilishiga oid amaliy mashqlardan foydalanish o‘rinlidir. Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda ajratilgan olmoshlami uning ma’nodoshi bilan almashtirish (masalan, Sinfdoshim Mo ‘tabar sizning kimingiz bo’ladi?—Sinfdoshim Mo‘tabar sizning nimangiz bo'ladi? kabi) samarali ish usullaridan biridir.
Sinonimlari mavjud olmoshlami alohida ro‘yxat qilish (masalan, hammasi jami-barcha-bari; allakim-kimdir, allanima—nimadir, allaqanday-qandaydir kabi), ular ishtirokida gap yoki matnlar yaratish o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda juft va takroriy olmoshlar ustida ishlashga ham to‘g‘ri keladi. Berilgan juft yoki takroriy olmoshlami (masalan, shu— shu, o ‘sha-o ‘sha, u—bu, uni—buni, unga— bunga, uncha-muncha, kim-kim, nima-nima, necha-necha va h.k.) qatnashtirib gaplar hosil qilish, ulaming ma’nosini sharhlash bu mavzuni 0‘rgarrishda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, ta’lim tarbiya bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. «01mosh» so‘z turkumini o‘rganishda ham bu birlikka qat’iy amal qilinadi. 0‘quvchilar kishilik olmoshlaridan biri siz olmoshi bilan tanishtirilar ekan, bu olmoshning milliy an’analarimiz bilan bog‘liq holda qo‘llanilish doirasiga katta e’tibor beriladi. Chunki uzoq madaniy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi yakka tinglovchiga ham «siz» deb murojaat qiladi. Hatto katta yoshdagi kishilar ham o‘zlaridan kichiklarga «siz» deb murojaat etishgan.
«Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi» xalq maqolming mazmuni ustida ishlash, dono xalqimizning bu go‘zal odatini o‘quvchilarda tarkib toptirish shu mavzuni o‘rganish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
«01mosh» so‘z turkumini o'rganishda ta’limiy o‘yinlaming ahamiyati benihoya katta. Masalan, o‘quvchilammg nutqiy va fikriy taraqqiyotini ko‘zlab, olmoshning ma’no guruhlari o‘rganilgandan keyin uni mustahkamlash maqsadida «Ijodkor» o‘yin-topshirig‘idan foydalansa bo‘ladi. 0‘yinni tashkil etish uchun sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh vakili ot bilan ifodalangan gaplarga misollar keltiradi. Ikkinchi guruh esa shu gaplardagi egani olmosh bilan almashtirib, uni davom ettiradilar.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin