O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə44/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir.
Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi. Ularning har birini sharhlang.
1. Kishining boshqa kishini bilishi (anglashi). Bu qobiliyatlar sinfidagi yoki guruhidagi o‘quvchi yoki talabaga shaxs sifatida qarash, uning (o‘quvchining yoki talabaning) alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berish, kishining tashqi ko‘rinishi, xulqi va ichki dunyosiga nisbatan baho berish; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o‘qiy» olish kabilarni qamrab oladi.
2. Kishining o‘z-o‘zini bilishi (anglashi). U o‘z bilimlarini, qobiliyatlarini o‘z harakteri va o‘z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho berishni ko‘zda tutadi.
3. Muloqot vaziyatini to‘g‘ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok etish va baholash qobiliyatidir.
5. Pedagogika nazariyasiga oid adabiyotlarda o‘qituvchini uchta baquvvat ildizgi ega bo‘lgan ulkan daraxtga qiyoslashadi. Bu ildizlar qaysilar?
Birinchi ildiz – o‘qituvchi ilmiy-nazariy jihatdan dadil, yetilgan bo‘lishi.
Ikkinchi ildiz – o‘zi dars beradigan fanning sir-asrorlarini puxta egallagan bo‘lishi.
Uchinchi ildiz – u pedagogika, metodika, psixologiya asoslarini puxta egallagan bo‘lishi kerak.


2-amaliy mashg’ulot: Ona tili o’qitishning umumdidaktik va o’ziga xos tamoyillari
I.Mavzu yuzasidan savo-javob o’tkazish.
1.Tamoyil va prinsip tushunchalariga ta’rif bering, ular qaysi nuqtalarda o’zaro birlashadi?
2.Ona tili o’qitishning umudidaktik o’ziga xos tamoyillari deb yuritladi. Ular o’rtasdiagi farq nimada?
3.Sistemalilik va izchillik tamoyillari haqida so’z yuriting.
4.Mustaqillik va ijodiylik tamoyillarining o’ziga xos xususiyatlari haqida gapiring, ular nima uchun yonma-yon qo’yilganligini izohlang.
5.Ta’limning tarbiyaviyligi prinsipi deganda nimani tushunasiz? Bu prinsipga ona tili darsliklarida e’tibor berilganmi? Bu prinsipni ta’lim jarayonida qanday analga oshiramiz?
6.Ko’rgazmalilik prinsipining ta’lim jarayonida qanday ahamiyati bor? Ko’rgazmalilikning qanday yangi ko’rinishlari bor?
7.Nazariya va amaliyot birligi tamoyili haqida nimalar deya olasiz?
8.Ona tili o’qitishning o’zga xos tamoyillari haqida so’zlang.
II. Muammoli savollar bilan ishlash.
1.Ta’limning ilmiyligi prinsipi darsliklarda o’z aksini topganmi? Buni qanday izohlaysiz?
2.Onglilik prinsipini biror mavzu misolida amalga oshirish mumkinligini tushuntirib bera olasizmi?
3.Nutq madaniyatini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?
4.Ona tili darslari ijodiy tafakkurni o’stirish imkoniyatiga ega degan fikrni qanday izohlaysiz?
III.Klaster tuzish.Ona tili o’qitishning o’ziga xos xususiyalari mavzusida.
IV.Test savollari bilan ishlash.
1. materiallarini hozirgi fan yutuqlari asosida bayon qilish o’qitishning qaysi prinsipiga xos xususiyat hisoblanadi?
A) Sistemalilik B) Onglilik
C) Mustaqillik D) Ilmiylik
2.Ta’lim jarayonida talabalarga milliy g’oya, vatanga sadoqat, tabiatga muhabbat kabi xususyatlar singdirilishi ta’limning qaysi prinsipiga mos keladi?
A) Ta’limning tarbiyaviyligi B) Ilmiylik
C) Onglilik D) Mustaqillik va faollik
3.«Mashg’ulotlarni shunday o’tkazish kerakki, unda keyin o’rganiladigan hodisa oldin o’rganilganlarga, hozirgisi keyingilarni o’rganishda mustahkamlansin» (Ya.A. Komenskiy). Bu fikr ta’limning qaysi prinsipiga mos keladi?
A) Mustaqillik va faollik B) Tizimlilik, izchillik
C) Ilmiylik D) Onglilik
4. ”Muallim shogirdlariga bergan darslarini amal ila chog’ishtirib o’rgatmaklari lozimdir, ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli va odobli bo’ladilar”
Ushbu fikrlarda ta’limning qaysi tamoyili o’z aksini topgan?
A)ilmiylik B)nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi
C)onglilik D)ko’rgazmalilik

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin