1-amaliy mashg’ulot: Ona tili o’qituvchisi va unga qo’yiladigan talablar I. Mavzuga doir savol-javoblar.
1.Ona tili o’qituvchisiga qo’yiladigan quyidagi talablarni sharhlang.
• jamiyat rivojalinishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholay olishi;
• muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lgusi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi;
• pedagogik faoliyatni sevishi;
• o‘z sohasi (til bilimi) bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
• zakovatli bo‘lishi;
• pedagogik tuyg‘u;
• yuksak yetuklik;
• umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
• ona tili ta’limiga muvofiq keladigan pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo‘lishi.
2.Ona tili o’qituvchish shaxsiga qanday qo’shimcha talablar qo’yiladi?– kirishib keta olish, san’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did.
3.Pedagogik qobiliyatlarning qanday guruhlari bor?
Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
• ob’ektga (o‘quvchi yoki talabaga) nisbatan sezgirlik;
• kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik;
• perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
• shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
• hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish;
• kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
4.O‘quv-tarbiya jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi. Bularni sharhlab bering. • boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
• taqlid qilish uchun namuna bo‘lish qobiliyati;
• tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
• muloqotning lozim topilgan uslubini, o‘z o‘rnini topish, kelisha olish qobiliyati;
• hurmat qozonish, o‘quvchilar, talabalar va pedagogik jamoa o‘rtasida obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati.
Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi.
O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar.