7-amaliy mashg’ulot: Ta’limiy va nazorat darslari mazmuni, turlari I. Ta’limiy darslar.
Ona tilidan ta’limiy darslarni to‘rtta katta guruhga ajratish mumkin:
1. Yangi bilim berish darslari.
2. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari.
3. O‘rganilganlarni takrorlash darslari.
4. Xatolar ustida ishlash darslari.
II. Nazorat darslari
Mavzu yuzasidan savol-javob
1.Ta’limiy darslar deganda qanday darslarni tushunasiz?
2. Ta’limiy darslarning turlarini aytib bering.
3.Yangi bilim berish darsining o’ziga xos tomonlarini aytib bering.
4. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darslari haqida qanday tasavvurga egasiz?
5. O’rganilganlarni takrorlash darslari o’quv yilining qaysi paytida amalga oshiriladi?
6. Nazorat darslari haqida so’z yuriting.
7. Nazorat darslarini o’tkazishdan maqsad nima?
8. Test orqali o’quvchilardagi qanday bilimlar aniqlanadi?
II. Amaliy ishlar bajarish.
1. Tasviriy ifoda mavzusi bo’yicha yangi bilim berish darsining ishlanmasini tuzish.
2. Biror mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirsh darsining ishlanmasini tayyorlash
3. Nazorat darsi bo’yicha(nazorat diktanti) dars ishlanmasi tayyorlash
4. Bayon o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatma tayyorlash
8-amaliy mashg’ulot: Ona tili darslarida eshitib va o’qib tushunish malakasini shakllantirish Mavzu yuzasidan savol-javob.
1. Ona tili ta’limi oldiga qo’yilgan bosh maqsad nima?
2.Ona tili darslarida o’quvchilarning ijodiy tafakkurini oshirish vazifasi qo’yilgan. Bu vazifa qanday amalga oshiriladi?
3. Ona tili darslarida o’quvchilarda eshitib tushunish malakasini shakllantirish vazifasi ham qo’yilgan? Siz bu vazifani qanday tushundingiz?
4. Eshtib tushunish malakasini shakllantrish uchun o’qituvchi tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi?
5.Eshiitb tushunish deganda o’qituvchi tomonidan bayon qilingan ma’lumotlarni eslab qolish tushuniladimi?
6. Eshitib tushunish bilan tinglab tushunishning farqi nimada?
7.Tinglab tushunish malakasini shakllantirsh uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?
8. Ona tili darsligi shu vazifalarni amalga oshirish uchun material bo’la oladimi?
9.Dars jarayonida qo’llangan qo’shimcha materiallar ham shu vazifani bajarishga yordam beradimi?
II. Amaliy ishlar bajarish.
1.Test savollarini muhokama qilish orqali yechimini topish bilan tinglab tushunish va o’qib tushunish malakasini shakllantirish mumkinligini asoslovchi material tayyorlash
2. Ona tili darsligida berilgan nasriy va she’riy matnlar orqali shu malakalarni shakllantirish mukinligini yorituvchi ishlanma tayyorlash va taqdimot qilish
3. Talabalar o’zalri tayyorlagan materillar orqali tinglab tushunish va o’qib tushunish malakasini shakllantirishga oid ishlanamlarini taqdim etadilar