Taqdimotni baholash mezonlari: 1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1
2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2
3. Ko‘rgazmalilik va reglament - 2
4. Jami: eng yuqori baho: 5 baho
18-19MAVZU. Seminar mashg‘uloti -18-19. Ta’lim muassasasi menejmenti. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni boshqarish. 4-soat Reja: 1. Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik –psixologik asoslari.
2. Ta’lim muassasasi boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
3. Pedagogik kengash - ta’lim muassasasining boshqaruv organi.
4. Ta’lim muassasasida metodik ishlar.
5. Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attetatsiyadan o‘tkazish.
6.Yosh o‘qituvchlar bilan ishlash .
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Boshqarish, rahbarlik qilish, vakolatli tashkilotlar, boshqarish omillari, ichki boshqarish, nazorat qilish, maslahatli boshqarish.
Mavzuga oid muammolar: Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bo‘lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Boshqaruv jarayonida bir necha uslublar, omillarga tayanib ish ko‘riladi. Boshqaruv uslublarini, omillarini o‘rganib chiqing. Har bir uslubni tahlil qiling. Sizningcha jamoani qaysi uslubda boshqarish ma’qulroq?
Boshqaruv omillarini o‘rganib chiqing. Har bir omilni ahamiyatiga qarab joylashtiring. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiling. Jamoani demokratik usulda boshqarishda boshqaruv omillarining o‘rni nimada? Javobingizni asoslang.
darsning maqsadi: xalq ta’limi tizimini boshqarish haqida talabalarga tushuncha beradi. O‘zbekistonda xalq ta’limining rivojlanish xususiyatlarini tushuntiradi. Boshqarishga qiziqish hosil qildiradi.
Identiv o‘quv maqsadlari: Xalq ta’limi tizimini boshqarishning mohiyatini tushuntiradi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda xalq ta’limini boshqarish haqidagi moddalarni izohlab beradi.
Ta’lim tizimini boshqarishning vakolatli tashkilotlari vazifalarini tahlil qiladi.