2-asosiy bayoni: Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo‘lgan kishilar pedagogika fanini o‘z vaqtida o‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq tarbiyalagan bo‘lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o‘z bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga yerisha olmaganlar.
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘rganish lozim. Ta’lim tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
Biroq, ijtimoiy jarayonda to‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil yesa-da, ularning hammasini yosh avlodga o‘rgatishning imkoniyati yo‘q edi. Faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi bo‘g‘inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi.
Bu yerda ham muammo tug‘ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil yeta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug‘ullanadi?
Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil yetavermaydi. Chunki:
- Birinchidan, pedagogika, xususan o‘zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab bo‘lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma’lum qismlari) mavjudki ularni yoshlar daf’atan o‘zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, diniy manbalardan yaxshi xabardor bo‘la olmaganligimiz sababli o‘rganishimiz qiyin kechadi;
- ikkinchidan tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra va ham metodik, ham moddiy asosning etish masligi sababli to‘plangan tajribalarning hammasini olish imkoniyati yo‘q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.
O‘zbek pedagogikasining vazifasi respublikamizda yashovchi turli millat-elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu fuzalolarimizning ta’limotlaridan hamohang ta’lim tarbiyaga oid qirralarini izlab topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimliligiga endilikda nuqta qo‘yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan ma’noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan paydo bo‘lishi quyidagicha izohlanadi: Eramizdan oldingi I asrlarda Gresiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo‘lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni «didaskallar» (didayko-men o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy ta’kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so‘z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.