O’quv-uslubiy majmua


Til sathlari o‘rtasidagi izomorflik



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə30/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Til sathlari o‘rtasidagi izomorflik
Izomorfizm (lotincha izo – o‘xshash, morfo – shakl) atamasi tilshunoslikka ilk bor Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, tilning turli sath birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi. 1Uning fikricha, tovush komplekslari (masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap), funksional munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Ular o‘rtasida izomorfizm deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘xshashlik bor. Leksik sistema tarkibidagi leksemalar tahlilida qiyinchilik tug‘ilganda, uni boshqa sistemaga solishtirish va ular o‘rtasidagi o‘xshashlik asosida ma’lum xulosaga kelish mumkinligi haqida L.A.Novikov ham o‘z fikrini bayon qiladi. Leksik sistemani tuzishda fonologiya bilan semantika o‘rtasidagi o‘xshashlikni (analogiyani) e’tiborga olish katta ahamiyatga ega. 1964 yilda Magdeburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumda fonologiya bilan semantika o‘rtasidagi ana shunday o‘xshashlikni yoritish haqida fikr yuritildi. Fonologiya tovushlar sistemasini belgilashi kabi, semantika ma’nolar sistemasini belgilashi lozimligi ta’kidlandi.2 Shuning uchun ham «birlik», «invariant», «variant», «oppozitsiya», «pozitsiya» (kuchli va kuchsiz), «differensial belgi», «neytralizatsiya», «differensiatsiya», «paradigmatika», «sintagmatika» kabi tushunchalar leksikaning mazmuniy tahlilida mustahkam o‘rin oldi. Struktur tilshunoslik metodlarining asosiy tamoyillaridan biri unifikatsiya tamoyilidir. Bunga muvofiq, har qanday nazariya yagona tamoyilga tayangan holda o‘zi o‘rganayotgan ob’ektning alohida sohalarini birlashtirishga intilmog‘i zarur. Alohida sohalarni birlashtirish uchun esa ular o‘rtasidagi izomorfizmni, ya’ni umumiy qonuniyat mavjudligini belgilash lozim. Ana shunday izomorfizm tilning turli xil sathlariaro munosabatida kuzatiladi. Shuning uchun quyi sathda belgilangan va tajribada aniqligi, soddaligi, izchilligi bilan e’tibor qozongan tadqiq metodlari asosida yuqori sath birliklarini o‘rganish ancha qulaylik tug‘diradi. Mashhur tilshunos A.Martine ham jumlaning monemalarga bo‘linishi bilan ifodalovchining fonemalarga bo‘linishi o‘rtasida analogiyani belgilashning mumkinligini ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashicha, har ikki holda ham e’tibor butunni segmentlarga ajratishga qaratiladi. Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morfemik, leksik, grammatik sath birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning hamkorligi va o‘xshash nuqtalarining mavjudligi e’tiborga olinmagan holda o‘rganildi. Natijada izomorflik holatlar nazardan chetda qoldi. Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e’tibor qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Xususan, Praga tilshunoslik maktabi vakillari fonologiyada qo‘llanilgan oppozitiv metodni tilning boshqa sathlarini o‘rganishda ham muvaffaqiyat bilan qo‘lladilar. Mashhur polyak tilshunosi Ye.Kurilovich ham bo‘g‘in va gap tuzilishi o‘rtasida izomorflik mavjud ekanligini, shuning uchun gapga xos bo‘lgan ko‘pgina qonuniyatlarni fonetik qonuniyatlarni ochishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan metodlar asosida ochish qulay ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bo‘g‘in va gap o‘rtasidagi izomorfizm quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Bo‘g‘inni bo‘g‘in qilib turuvchi minimal birlik mavjud bo‘lgani kabi, gapni gap qilib turuvchi minimal birlik ham mavjuddir. Bo‘g‘in hosil qiluvchi vosita unli bo‘lsa, gapni gap qilib shakllantiruvchi vosita fe’ldir.
2. Bo‘g‘inning markaziy elementi unli bo‘lib, u qo‘shimcha elementlar bilan, ya’ni undoshlar bilan kengayish imkoniyati bo‘lgani kabi, gapning ham markaziy elementi fe’l kesim bo‘lib, u fakultativ bo‘laklar bilan kengayish imkoniyatiga ega.
3. Ba’zan bo‘g‘in (ayrim tillarda) unlisiz ham hosil bo‘lishi mumkin. Lekin u chegara holatlar sanaladi. Xuddi shuningdek, gap ham ba’zan fe’lsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, Ha. Yo‘q. Albatta kabi, lekin bu ham gapning chegara holatlari sanaladi. Shunday qilib, tilning turli sathlarida izomorfizm qonuniyati amal qilar ekan, ana shu qonuniyatni topish va yuqori sath birliklarini o‘rganishda quyi sathda qo‘llanilgan va muvaffaqiyat qozongan tekshirish metodlarini qo‘llash yuqori sath birliklari bilan quyi sath birliklarini izomorf holda o‘rganishga qulay imkoniyat yaratadi.Quyi sath birliklarida qo‘llanilgan tekshirish metodining yuqori sath birliklariga qo‘llashning qulayligi shundaki, quyi sath birliklari yuqori sath birliklariga nisbatan soddaroq bo‘ladi. Yuqori sathga ko‘tarilgan sayin til birliklarining belgilari murakkablashib boradi. Shuning uchun quyi sath birliklari belgilarini aniqlash boshqa sathlarga nisbatan osonroq kechadi. Ana shuni e’tiborga olgan holda, Ye.Kurilovich ham fonetik birliklarga xos belgini sintaktik birlikni tekshirish uchun qiyosga asos qilib oladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda bir-biri bilan aralashtirib yuborilayotgan transformatsiya va derivatsiya hodisalariga yondashadigan bo‘lsak, morfologik o‘zgarish bilan sintaktik o‘zgarish o‘rtasida va leksik yasalish bilan sintaktik yasalish o‘rtasidagi izomorflikka tayangan holda bu hodisalarni tekshirish lingvistik birliklarning o‘zgarishi (transformatsiyasi) va yasalishi (derivatsiyasi) o‘rtasidagi o‘xshash va o‘ziga xos belgilarni yoritishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin