O’quv-uslubiy majmua


Substrat va superstrat hodisasi



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə27/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Substrat va superstrat hodisasi. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldiradi. Bunday hodisalar ba’zi tillarda ko‘proq, ba’zilarida esa kamroq aks etadi. Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‘at boyligining faqat 30 foizga yaqini sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‘zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba’zi olimlarning fikricha, har qanday hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilishi tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‘zlashtirilgan so‘zlar tilning grammatik ko‘rinishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi: arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar bunga yaxshi misol bo‘la oladi.
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi aloqa chatishuvga eng yaxshi misoldir. Ma’lumki, bu yerda g‘oliblar tili bo’lmish fransuz tili bilan, mag‘lublar tili - anglosakson tillari orasida uzoq vaqt davom etgan urushdan keyin, g‘oliblar o‘z tilini yo‘qotib, anglosakson tilini qabul qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shuni ham aytish kerakki, anglosakson tili ham fransuz tilidan ba’zi elementarni qabul qildi. Chatishuv sodir bo‘lganda substrat va superstrat (bu so‘zlar lotincha bo‘lib, birinchisi tag qatlam, ikkinchisi esa ustki qatlam degan ma’nolarni anglatadi) hodisalari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Har ikkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tildagi elementlaridir. Agar mag‘lub tilning elementlari g‘olib tilning fonetik, grammatik tuzilishini buzib, unga faol ta’sir qilgan bo‘lsa, unda substrat superstrat hodisalari ro‘y beradi. Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirish substratga kirmaydi.
Substrat yuz berganda kelgindilar tili mahalliy tilni siqib chiqaradi va ishlatilishdan chiqib ketayotgan til kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Superstrat hodisasida esa kelgindilar tili mahalliy til bilan kurashib, unga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi, lekin uni siqib chiqarmaydi. Bunga Britaniya orolining normandlar tomonidan bosib olinishi va normand tilining ingliz tiliga o‘tkazgan ta’siri eng yaxshi misol bo‘la oladi. Shuni qayd qilish kerakki, tildagi o‘zgarishlar keskin, to‘satdan sodir bo‘lmaydi: tilda inqilob bo‘lmaydi, tildagi o‘zgarishlar astasekin, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Shu bilan birg a til taraqqiyotida turg ‘unlik ham bo‘lmaydi, u doimo rivojlanishdadir.
Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.


Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin