O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə24/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.

3-ma’ruza: Til – ramzlar tizimi.
Mavzu rejasi:
  1. Tilning semiotik tabiati.


  2. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati.


  3. Til strukturasi elementlari - til sathlari.


  4. Tilshunoslik fani bo‘limlari.


Tilning paydo bo‘lishi masalasi - til qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar qanday bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo‘q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud, xolos. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo’lg an. Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tilni o‘rganish tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga oid o‘z munosabatlarini, fikrlarini aytib o‘tishgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (eramizgacha bo’lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Lekin shu bilan birga tillarning bugungi holati, ya’ni sinxroniya nuqtai nazaridan zamonaviy tillarda har ikki oqimning fikrlarini tasdiqlovchi yetarli faktlar mavjud.



Antik zamonlardan beri tilning kelib chiqishi to’g’risida turli nazariyalar yaratilgan. Hozirgacha tilning kelib chiqishi va paydo bo`lishi haqida 500 dan ortiq nazariya mavjud bo`lib, ular bir-biriga qarama-qarshi nazariyalardir. Ana shunday nazariyalarning eng yiriklari quyidagilardir:
Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida asosiy farazlardan bir tovushga taqlid farazidir. Bu faraz qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida o‘rtaga tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya’ni hayvonlarning baqiriqlari, qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlari va hokazolarga taqlid qilishga harakat qilishgan. Ibtidoiy odamlar dastlab ayrim tovushlarni, keyinchalik bu tovushlarni bir-biriga qo‘shib talaffuz qilishni o‘rganishgan: bu tovush va tovush birikmalari so‘z yasashga asos bo‘lgan, degan fikr ilgari suriladi. Har bir tilda tabiat tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan so‘zlar, masalan, rus tilida kukushkа, gаvkаtь, shipеtь (shipеniе), o‘zbek tilida - qarg‘a, sharshara, kaklik, chumchuq, miyov (miyovlam oq)ning mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan. Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlarning juda kamchiligini tashkil etadi. Tabiatda tovush chiqarmaydigan narsalarning soni tovush chiqaradiganlarga nisbatan ko‘p. Shunday bo‘lgach, tovush chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida o‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undantashqari, tabiatdagibaqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlargataqlidqilishuchunnutqorganlariningo‘tarivojlanganbo‘lishizarurligihamaniqlangan. Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo bo‘lishi masalasini uzil-kesil hal qilolmaydi. Ma’lumki, til bilan tafakkur bir vaqtda paydo bo’ladi. Shunday ekan, yuqoridagi farazni ilgari surgan faylasuflar va tilshunoslarning fikri til bilan tafakkur birligiga ziddir, chunki farazda dastlabki taqlidiy tovushlarni ibtidoiy odamlar beixtiyor «izhor qilishgan» deyiladi. Bunday holda til tafakkurdan avval paydo bo‘lgan degan noto‘g‘ri xulosa yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin