O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə22/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar
  1. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, 1972.


  1. Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. 1981.


  2. Yo‘ldoshev I.va boshqalar. Tilshunoslikka kirish (darslik). – Toshkent, 2013.


  3. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2009.


  4. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma).- Toshkent, 2007.


  5. Sharipova O‘., Yo‘ldoshev I. Tilshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2006.


  6. Yo‘ldoshev I., Sharipova O‘. Tilshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2007.


  7. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Akademnashr, 2013.


  8. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2001.


  9. Nurmonov A.va b. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent., 2001.




2-ma’ruza: Tilning ijtimoiy tabiati
Mavzu rejasi:
1. Tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari.
2. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar.
3. Til va jamiyatning o‘zaro ta’siri. Tillarning chatishuvi masalasi.
4. Kreol tillar. Pijin tillari. Substrat va superstal hodisasi
Tilning paydo bo’lishi, uning takomil topib borishi, odamzotning bu ne’matga moyil bo’lishida ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining, uy-xonadon degan birlikning hal qiluvchi omil ekanligi inkor etib bo’lmaydigan haqiqat. Professor N. Mahmudovning aytishicha, eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab turli tajribalar o’tkazilgan. Masalan, «Mo'g‘ullar imperiyasining umumiy tarixi» (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o‘tkazitgan bir g‘aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug‘ shoh «Biror-bir tilga o‘rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy bo‘ladi» degan g‘ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikki emizikli bolani ajratib olib, Agradan 6 mil uzoqlikdagi qal'aga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qal'a darvozasini ochish qat'iyan ta’qiqlanadi, darvoza ochilsa, uning boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit bo’lib chiqadi deb hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh huzuriga kelganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi. Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar. Ular o‘z enagalaridan fikrlarini turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgandilar. Ular bu notanish begona jamoadan qo’rqib-qo‘rqib turardilar. Ochilmay turgan bu tillarning kutubxonasi tugunni yechmoq tamoman mushkul edi. Bu tillarga nutq tovushlarini ayttirmoqlik zamoni o‘tib bo'lgan edi. Juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Tarzan haqidagi «Mutloq hukmronlik» filmidagi voqealar, bo‘ri uyasidan topilgan Kamola va Amola taqdiri til jamiyatdagina shakllanadi, tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lmasligini yana bir bor tasdiqlaydi. Til jamiyatga xizmat qilar ekan, jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar tilda o‘z ifodasini topadi va til jamiyat hayoti bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi hamda taraqqiy etadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan, ularning aloqa vositasi bo‘lgan tillar, chunonchi qadimiy fors tili (miloddan avval 1V-V1 asr), finikiylar tili (miloddan avval VII-1 asr), sug‘dlar tili (miloddan avval VI asrdan to eramizmng X asrigacha), lot. tili (miloddan avvalgi VI asrdan to eramizning IX asrigacha) iste’molda bo’lib, keyin o‘lik tillarga aylangan. Lekin bu tillar butunlay dom-daraksiz yo‘qolib ketmagan.
Tilshunoslik fani tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjud bo’lgan. Jumladan, nemis olimi Avgust Shleyxer (1821- 1868) nomi bilan bog’liq naturialistik oqim tilni tirik organizm deb tushungan. U o‘zining «Darvin nazariyasi va tilshunoslik» (1863) nomli asarida Darvinning jonivor va o‘simliklarning turlari haqidagi ta’limoti ham tilga tadbiq qilinishi kerak deb da'vo qilgan. Uning fikricha, tilning paydo bo’lishi, rivojlanishi va evolyutsiyasi, tabiat qonunlariga bo‘ysungan holda ro‘y beradi, til tirik organizm kabi paydo bo’ladi, rivojlanadi va o’sadi. Ammo keyinchalik fan taraqqiyoti tilning tabiati va mohiyati haqidagi A. Shleyxer nazariyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Tilshunoslik sohasida eng to‘g‘ri qarash bu tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunishdir. Umuman, tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bo’lib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, insonning biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari jamiyatga bog‘liq bo’lmagan holda, masalan, yangi tug'ilgan go'dak hayotning takomili (nafas olishi, ko‘rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o'saveradi, ammo til bunday tabiiy hodisa emas, so‘zlashish va fikrlash uchun kishilik jamiyati bo’lishi shart. Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo’lgan. Til nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tadigan irsiy hodisa ham emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi, uni o‘rab turgan til muhitiga bog’liq. Masalan, o‘zbek bolasi go'dakligidan xitoylar orasida tarbiyalansa, u faqat xitoycha so‘zlab o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari: yuz tuzilishi, sochining rangi va boshqalar o‘zgarmagan holda saqlanib qoladi. Yana bir dalil: hindistonlik psixolog Rid Sing 1920-yilda bo‘ri uyasidan ikki bo‘ri bolasi va ikki qizchani topib oladi. Qizchalarning kattasi Kamola o‘zini bo‘ri sifatida tutgan. U bo‘rilar bilan hayot kechirgan, gapirishni butunlay bilmagan. Uni «odamlashtirish» juda sekinlik bilan amalga oshgan. Qizchaning qiliqlari bo‘rinikidan farq qilmas edi. Uni tik turishga, ovqatni qo‘l bilan ushlab yeyishga o‘rgatish juda qiyin kechdi. 1923-yil 10-iyun kuni u birinchi marta birovning ko‘magisiz 5 minut qaddini rostladi, ayniqsa Kamolaning gapira olish va gaplarni tushunish borasidagi taraqqiyoti katta ahamiyatga ega bo'ldi. U faqat bo‘riga o‘xshab tovush chiqara olardi, xolos. 1926-yilning boshiga kelib 11 yoshga yetganda Kamola 30 ga yaqin so‘z o‘rgandi. 1929-yil 26-sentyabr kuni Kamola ich terlama bilan og‘ridi. Ana shu kasallik mobaynida u tilni o‘zlashtirishda ancha taraqqiyotga erishdi. U faqat so'zlarni aniq talaffuz etibgina qolmay idrok etib gapinshni ham o'rgandi. Kamola shu yilning 13-noyabnda vafot etadi. Sotsiologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda xuddi shunday yana bir tajriba xususida ma'lumot kuzatiladi. Unda aytilishicha, Uoshu ismli bir shimpanzeni kar-soqovlar uchun mo‘ljallangan amerikacha belgili alifbo yordamida tilga o‘rgatishadi, u yuzga yaqin so‘zni o‘rganadi. Hatto Uoshu bir necha jumlalar ham tuza olgan, bir gunoh ish qilib qo‘yganida kechirim so‘ramoqchi ekanini «Bir mahkam quchoqla, kechir, kechir» jumlasi bilan ifodalagan. Lekin Uoshu grammatik qoidalarni o‘zlashtira olmagan, o‘zi o‘rgangan so‘zlarni boshqa shimpanzelarga ham o'rgata olmagan. U til o‘rganish bilan bir necha yil shug'ullangan bo‘lsa-da, uning til o‘rganish qobiliyati ikki yosh bolanikidan ham past bo’lgan.
Avvalgi rejada keltirilgan dalillar ham tilning jamiyat bilan bog'liqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini ko‘rsatib turibdi. Shunday qilib, til o‘z tabiatiga va kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir Ammo ijtimoiy hodisa sifatida til boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadi, ya’ni til o‘ziga xosligi bilan jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. Til sinfiy xarekterga ega emas. Dastlabki davrlarda jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo’linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmaydi, u jamiyat a'zolarinmg barchasiga bab-baravar xizmat qiladi. Chunonchi, til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat tomonidan yaratilgan, sayqal topgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsulidir. Til doimo jamiyatda rivojlanadi. Til kishilik jamiyatigagina xos hodisasidir. Odamlar til orqali axborot oladi, munosabat bildiradi. Shuning uchun, til paydo bo’lgandan boshlab, taraqqiyot jarayonida jamiyatda tilni har tomonlama o‘rganishga ehtiyoj ortib bordi. XX asr boshlarida tilshunoslikda tilni ijtimoiy hodisa deb hisoblashga asoslangan sotsiologizm ta’limoti yaratildi. Bu ta’limotning asoschilari Ferdinand de Sossyur va uning shogirdi fransuz tilshunosi Antuan Meyelardir. Ular yangi tilshunoslik yo‘nalishiga «sotsiologik lingvistika» nomini berdilar Sotsiolingvistikaning rivojlanishida A.Meyening ishlari salmoqli o‘rin tutadi. Uning «So‘z semantikasining o‘zgarishi» nomli asarida jamiyat va til o‘rtasidagi bog’lanishlar mavjudligi yorqin ko'rsatib beriladi. Uning fikricha “Til insonlar uchun jamiyatning asosiy mezoni bo’lib, u jamiyatda eng kerakli (muomila) qurolidir”. A.Meye tilni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilinishi mumkin bo'lmagan ijtimoiy fakt deb hisoblaganida, tilsiz kishilik jamiyatining ham mavjud emasligini ta'kidladi. A.Meyening fikricha, tilda yuz beradigan hodisalarni ijtimoiy sharoit yuzaga keltiradi; tildagi o'zgarislilarni kishidagi fiziologik va psixologik sabablar emas, jamiyat tuzumidagi o‘zgarishlar belgilaydi. Til faktlarning bir tildan ikkinchi bir tilga o‘tishiga ham Meye sotsiologik pozitsiyadan yondoshdi.

Ma’ruza mashg’uloti



Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin