O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə19/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Umumiy tilshunoslik - xususiy tishunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o'rganuvchi tilshunoslik yo'nalishi, Umumiy tilshunoslik dunyo tillariga xos umuntiy belgi-xususiyatlami o‘rganish bilan shug'ullanadi.
Xususiy tilshunoslik – ma’lum bir tilning belgi-xususiyatlarini o‘rganuvchi soha. Masalan, o‘zbek tilshunosligi, rus tilshunosligi kabi.
Amaliy tilshunoslik - tilshunoslikning lingvistik masalalarni amaliy yo’l bilan o’rganuvchi yo’nalishi bo’lib, u eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, grafika kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, transkripsiya, transliteratsiya masalalari bilan ham amaliy tilshunoslik shug‘ullanadi.
Struktural lingvistika (strukturalizm) - tilshunoslikning o‘z tekshirish manbaini tildagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi, til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan aloqasi kabi masalalarni chetlab o‘tuvchi sohasi.
Matematik lingvistika - tilshunoslikning tilni tadqiq etish va tasvirlashda matematik metodlardan foydalanish imkoniyatlarini o'rganuvchi sohasi Tilshunoslik fani taraqqiyotida yuzaga kelgan turli lingvistik maktab va oqimlar tilga qanday yondoshishi hamda tahlil metodlarini turlicha bo’lishidan qat'i nazar hozirgi zamon tilshunosligi quyidagi uch asosiy tarmoqqa bo’linadi;
1) ekstralingvistika;
2) intralingvistika,
3) komparativistika.
Til ilmida bularning birinchisi tashqi lingvistika, ikkinchisi ichki lingvistika, uchinchisi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb ham ataladi.
Ekstralingvistika (lot. extra - tashqi + fran linguistique - tilga xos) tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganib, sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) va mentalingvistika (menta < lot. mens, mentis - ang - tafakkur)ni o'zida birlashtiradi. Sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika til va tafakkur, tilning mazmun tomonini nutq faoliyati, kontekst va situatsiya bilan aloqasini o‘rganadi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin