Sistema nima? Uning asosiy belgilari qaysilar?
Fan nima uchun sistema sanaladi?
Moddiy sistema va ideal sistemaning o‘ziga xos tomonlari nimada?
Til qaysi asoslarga ko‘ra ta’riflanadi?
Uning sistemaviyligi nimada?
Struktura nima?
Belgi nima va u qanday xususiyatga ega?
Motivlangan va motivlanmagan belgilar qanday bo‘ladi?
Belgi bilan ifoda predmeti o‘rtasidagi munosabat nima?
Til va nutq haqidagi F.Sossyur qarashlari nimalardan iborat?
Invariant-variantlilik nima?
Til va nutq birliklari til sathlarida qanday ajratiladi?
Lingvistik sath tushunchasi qachon maydonga keldi?
Til sathlarini e’tirof etishda qanday talqinlar yuzaga kelgan?
Zidlanish va farqlanish deganda nimani tushunasiz?
Bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli zidlanish nima?
Zidlanish a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanishlar qanday bo‘linadi?
Izomorfizm qanday hodisa?
Fonema nima? U nutq jarayonida qanday voqelanadi?
Fonemaning maqomi haqidagi qarashlarni tushuntirib bering.
Turli lingvistik maktablarda fonema qanday talqin etiladi?
Morfema nima va u nutqiy jarayonda qanday voqelanadi?
3.V.M.Solnsev morfema atamasini qanday izohlaydi?
Morfemalar qanday tamoyilga ko‘ra bo‘linadi?
Oraliq morfema nima va u qanday vazifa bajaradi?
Leksik-semantik guruh nima?
Mavzuiy guruh tushunchasi qanday izohlanadi?
Lingvistik maydon nima?
Tilshunoslikda maydon nazariyasi qanday paydo bo‘lgan?
Maydon tushunchasi qanday talqin etiladi?
Grammatik ma’no va grammatik shaklga izoh bering. Grammema nima?
Grammatik kategoriya qanday yuzaga chiqadi?
Tilshunoslikda so‘zning talqini masalasida qanday qarashlar mavjud?
Verbotsentrik nazariyaning mohiyati nimada?
Morfotsentrik nazariya qanday vujudga keldi?
So‘zlarni turkumlarga ajratishning qanday tamoyillari mavjud?
So‘zshakl nima?
Gapning asosiy belgilari qaysilar?
Gap modelini qanday izohlaysiz?
Predikativlik qanday shakllanadi?
Gapning bir cho‘qqili va ikki cho‘qqili nazariyasi deganda nima nazarda tutiladi?
Gapni bo‘laklarga ajratishda qaysi asosga tayanish zarur?
Pozitsiya tushunchasini izohlang.
Gapning semantik tuzilishi qaysi uzvlardan iborat?
Hissiy va idrokiy bilish nima?