O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə18/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Asosiy adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. – Toshkent, 2004.
5. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild. Toshkent: Akademnashr 2012.
6. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. – Budapest, 2006.


Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni (“Xalq so’zi”, 2017 yil, 8 fevralь).
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” (“Xalq so’zi”, 2017 yil, 21 aprelь)
3. Abduazizov A., Sheremetьeva A. Obщee yazыkoznanie. – Toshkent, 2004.
4. Bushuy A.M., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. – Toshkent, 2007.
5. Yo‘ldoshev I. va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, 2013.
6. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari. – Andijon, 2006.
7. Rahmatullayev Sh. Sistem tilshunoslik asoslari. – Toshkent, 2007.
8. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007.
9. Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68.
Axborot manbalari:
www. literature.uz
www. genhis philol.ru.


  1. www.tdpu.uz


  2. www.pedagog.uz


  3. www.Ziyonet.uz


  4. www.edu.uz



O’QUV MATERIALLARI
1-ma’ruza: “Tilshunoslik asoslari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Mavzu rejasi:
  1. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari.


  2. Tilshunoslikning boshqa fanlar sirasidagi o‘rni.


  3. An’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlari.


Tilshunoslik - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini, tillarning ish ko’rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyotini o'rganuvchi fan. Demak, tilshunoslik inson tilini o’rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik termini bilan bir qatorda ilmiy adabiyotlarda lingvistika (< fran. Ungiiistique < lot lingua - til) termini ham qo’llaniladi. Til - nutq tuzib, fikr, his-tuyg'u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi; kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli bo’lib xizmat qiladigan ijtimoiy bodisa. Bundan ko’rinadiki, til kishilik jamiyatidagi ikkilamchi yozuv va belgilar, signallar, imo-ishora, mimika kabi yordamchi aloqa vositalariga nisbatan eng muhim aloqa vositasi bo’lib, jamiyat tomonidan yaratilgan hamda unga xizmat qiladi. Shuning uchun ham uni o'rganadigan tilshunoslik falsafa, psixologiya, tarix kabi ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Tilshunoslik fani qadimiy tarixga ega. Tilshunoslik fanining predmeti, tilning tabiati va mobiyatini har xil tushunish natijasida naturalizm, psixologizm, logisizm, sotsiologizin, strukturalizm kabi turli ilmiy maktablar hamda oqimlar vujudga kelgan. Qadimgi davrlardan boshlab til tilshunoslik fanining predmeti, o‘rganish manbai sanaladi. Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi ta’rifidir. Tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki bir qator fanlar tomonidan o’rganiladigan murakkab hodisa bo’lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi turlichadir. Tilning ta’rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar hamda oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lib kelmoqda.


Buyuk tilshunos Ferdinand de Sossyurning nazariy qarashlari bu masalaga oydinlik kiritdi va tilshunoslik tarixida yangi bir davrni boshlab berdi. Ferdinand de Sossyur Parijda 1906-1911-yillarda uch marta «Umumiy tilshunoslik» kursidan ma'ruzalar o‘qigan. Bu ma’ruzalami o‘zlari tinglamagan shogirdlari Sharl Balli va Albert Seshe 1916-yili Ferditiand de Sossyur vafotidan keyin u o‘qigan ma'ruzalami kitob qilib chiqardilar. Kitob «Cours de Linguistgue generaie» («Umumiy tilshunoslik kursi») deb nomlanadi. Kitob o‘z mazmun-mohiyati, ilmiy-nazariy g‘oyalari bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Olim til (latigue), nutq (parole) va nutq faoliyatini (langage) farqlaydi. Uning fikricha, til - bu grammatik tizim va lug‘at tarkibidir. Nutq faoliyati esa muayyan xalqning ifoda lmkoniyatlari tizimidir. Til bilan nutq sotsial hamda individual xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Bundan tashqari, Ferdinand de Sossyur ichki va tashqi lingvistikani farqlavdi. U til tarixini jamiyat tarixi, kishilik madaniyati tarixi bilan boglaydi Uning e'tiroficha, millatning urf-odatlari tilda o‘z aksini topadi. Shuningdek, olim tilga sinxronik, diaxronik aspektlarda yondashuv masalalarini yoritadi. Sinxroniya - tilning bir davrda mavjudligi, diaxroniya - til dalillarining izchil zamonda ko‘rinishi, tarixiy yoki dinamik aspekti. Olimning fikricha, til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli, inson fikrini ifodalaydigan vositadir. Ijtimoiy tabiati jihatidan qaraganda, til madaniy, tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra til sof belgi-ishoralar tizimidir. Ferrdinand de Sossyur: «Til g‘oyalami ifodalovchi belgilar sistemasidir» degan g‘oyani ilgari suradi. Til ham axborot beruvchi vositalar sirasiga kiradi.
Maqsadi, vazifasi va boshqa belgi-xususiyatlariga ko‘ra tilshunoslikning bir necha yo‘nalishlari bor.
a) umumiy tilshunoslik;
b) amaliy tilshunoslik,
d) xususiy tilshunoslik;
e) struktural lingvistika;
f) matematik lingvistika

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin