O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə21/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Leksikografiya (lug‘atshunoslik) lug‘at, lug‘at turlarini, lug‘at tuzish amaiyoti va nazariyasini o‘rganadi.
Morfemika (so‘z tarkibi) so‘zning tarkibiy tuzilishini, morfema va uning turlari: yetakchi morfema va affikslarni, so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini o‘rganadi.
So‘z yasalishi so‘z yasalishi va so‘z yasash usullanni o'rganadi
Grammatika - morfologiya – sintaksis: so‘z turkumlari va so‘zlarning grammatik shakllarini o‘rganadi. So‘z birikmasi, gap va uning turlarini o'rganadi.
Punktuatsiya tinish belgilari va ularning qo’llanish qoidalarini o'rganadi.
Uslubiyat (stilistika) til birliklarining uslubiy imkoniyat va xususiyatlarini, uslubiy bo‘yog‘i hamda nutq uslublarini o‘rganadi.
Insonning nutqiy faoliyati so'zlashish, eshitish, sezish va o‘qish kabi murakkab jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlar faqat tilshunoslikda emas, balki boshqa fanlarda ham o‘rganiladi, Shunga ko‘ra, inson tili mustaqil manba sifatida bir necha fanlarning predmetini tashkil etadi, Tilshunoslik til bo'yicha tadqiqot ishlari olib borganda boshqa fanlarning xulosalariga ham suyanadi va aksincha, barcha fanlar ham til materiallaridan foydalanadi. Bundan ko‘rinadiki, tilshunoslik deyarli barcha fanlar bilan aloqada, hamkorlikda ish olib boradi. Til falsafa, psixologiya (ruhshunoslik), sotsiologiya, mantiq (logika) kabi fanlar tomonidan ham o‘rganiladi. Tilni o‘rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o‘z munosabati bor. Bu munosabat har bir fanning tilni qaysi tomoni yoki aspektini o‘rganishi bilan belgilanadi va ushbu fanning predmetini tashkil etadi. Tilshunoslik, ayniqsa, falsafa bilan chambarchas bog’liqdir. O‘tmishda tilshunoslik ham falsafa fanining bir tarmog‘i bo’lgan, keyinchalik mustaqil fan maqomini olgan. Falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. U turli fanlar, jumladan, tilshunoslik uchun xarakterli bo’lgan tahlil tamoyillari va metodlarini tanlash hamda belgilashda yordam beradi. Tilshunoslikning mantiq fani bilan aloqadorligi shundaki, til - fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o‘rganish manbaidir. Fikr va til o‘zaro bog’liq bo‘lgani kabi grammatik va logik kategoriyalar ham o‘zaro bog‘liqdir. Tilshunoslik ruhshunoslik bilan ham uzviy bog’liqdir. Ruhshunoslik inson ruhiv (psixik) jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadi. Insoning ruhiyati tilda, nutqda o‘z ifodasini topadi. Til va ruh o‘rtasidagi masalalari psixolingvistikada o‘rganiladi Demak, psixolingvistika psixologiya bilan lingvistikaning sintezi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi Darhaqiqat, inson ma’lum miqdordagi tajriba, qoidalar yordamida yangidan-yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega, Psixolingvistika fanining asosiy maqsadlaridan biri ana shu qobiliyatning tabiatini va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy o'rganishdir. Psixolingvistika til birliklaridan nutqiy jarayonda foydalanish va ularda shaxsning xususiyatlari, ruhiyati va tafakkuri, xarakteri va kayfiyati bilan bog'liq ma'no, tushuncha ifodalanishi kabi masalalarini o'rganadi. Shuningdek, tilshunoslik tarix, arxeologiya, adabiyotshunoslik kabi ijtimoiy; fiziologiya, fizika, kibernetika, matematika kabi tabiiy, aniq fanlar bilan ham bog'liq. Siz o‘rganishni boshlayotgan «Tilshunoslik nazariyasi» kursi tilshunoslik nazariyasi, umumiy tilshunoslik fanlarining alifbosi, debochasi, til haqidagi dastlabki ilmiy-nazariy, amaliy bilim beruvchi, tilshunoslikda qo‘llaniladigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar bilan tanishtiruvchi fan bo‘lib, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda o‘rganiladigan masalalami o‘zlashtirish uchun nazariy asos beradi, sizni keyingi kurslarda o‘qitiladigan tilshunoslikning u yoki bu sohasiga oid fanlarga tayyorlaydi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin