Mavzu:
TILSHUNOSLIK FANINING OBYEKTI, PREDMETI,
VAZIFALARI
.
JIZZAX-2023
MAVZU: TILSHUNOSLIK FANINING OBYEKTI, PREDMETI,
VAZIFALARI.
Reja:
KIRISH
1. Tilshunoslik fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari.
2.
Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
3.
Venn diagrammasi.
4.
Sinkveyn metodi.
5.
Mavzuga doir atamalar topishmog’i.
6.
Mavzuga doir testlar.
7.
Krossvord.
8.
Foydalanilgan adabiyotlar.
3
KIRISH
“ Tilshunoslikka kirish” kursi tilshunoslik fani haqida asosiy ma'lumot beradi. Mazkur kitob
“Tilshunoslikka kirish” predmeti haqidagi darslik, o‘quv qo‘llanmalari hamda ma’lum
pedagogic
tajribalar asosida tayyorlangan bo‘lib, til ilmi haqidagi muhim jihatlarni
o‘rganishga qaratilgan. Mavzular muayyan izchillikda talabalarning fikrlash qobiliyatlarini
e’tiborga olgan holda joylashtirilgan.
Mazkur qo‘llanmaning qayd etilgan tarzda tuzilishi:
-talabalarning umumta’lim tahsili jarayonida olgan bilimlarini
umumlashtirishni va
mustahkamlashni;
-tilning o‘ziga xos tabiatini tahlil etishni;
-til va jamiyat; til va tafakkur; til va nutq munosabatlarini
o‘rganishni;
-til birliklarining o‘zaro mutanosib, yaxlit tizim sifatida namoyon
bo‘lishini;
-til fanining har bir bo‘limi mohiyatini yoritishni;
-til fani bo‘limlarining o‘rganish obyektini tushuntirishni;
-talabalarda ’Tilshunoslikka kirish” kursi doirasida mustaqil
fikrlay olish ko‘nikmalarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
«Tilshunoslikka kirish” til ilmining mohiyati haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar asosidagi
fan ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirayotgan talaba
tilshunoslik
sohalari, fan bo‘limlari haqida atroflicha bilimni egallashi lozim. Uhbu
qo‘llanmada tilning o‘ziga xos tabiati, tilshunoslik masalalari, tilshunoslik bo‘limlarining
mazmun-mohiyati
talabalarning milliy-lisoniy ko‘nikmalariga asosan hamda mutaxassislik
yo‘nalishiga ko‘ra o‘zbek tili misolida yoritildi.
4
1. Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani,
insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish,
o‘rganish mumkin emas.
Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib,
tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda
o‘rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat.
Muayyan (xususiy) tilshunoslik ma`lum bir tilning luғat tarkibi, fonetik tizimi
va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy
asosda sinchiklab o‘rganadi va shu yo‘l bilan tilning luғat boyligi, fonetikasini
sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi.
Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini,
jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan tafakkurning bir-biriga
uzviy boғliqligini, tilning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tilshunoslikni
tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh
tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til
hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til
qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik
dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir
sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi.
Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi.
Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga
erishdi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi.
Ma`naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to‘plangan bilimlar muhim o‘rin
tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tili
haqidagi fikrlarini o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq
sifatida namoyon bo‘ladigan ғoyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida
tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi.
Til va uning ta`rifi. Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash idealistik va
materialistik nuqtai nazardan ta`riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani ikkilamchi deb
biluvchi idealistik yo‘nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta`rif berishadi:
«Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Soseyur). «Til – odam
ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir»
(L.Blumfil’d). «Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan,
chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse).
5
Bu ta`riflarning birortasi tilning to‘liq ta`rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy
mohiyatini ochib berolmaydi.
Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatib,
til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir, deb ta`riflaydilar.
Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la-to‘kis
bajaradi, garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki ob`ektiv
qonunlari asosida rivojlanadi.
Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr
almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta`minlovchi, avloddan-avlodga
madaniy-tarixiy an`analarni etkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: |