O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə25/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Undovlar farazi. Tilning paydo bo‘lishiga doir ikkinchi keng tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh, uh kabi undov so‘zlar bunga misol qilib ko'rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli fransuz olimi Jan Jak Russo (XVIII asr) ham shu fikrni quvvatlagan. Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud bo’lib, ular yordamida har xil so‘z turkumlari yasalishi mumkin (o‘zbek tilida uflamoq va rus tilida охаtь, uхаtь). Lekin bu so‘zlarning miqdori shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan, deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lur edi. Ma’lumki, tilning asosiy vazifasi odamlar orasida fikr almashinuvini ta’minlashdir. Binobarin, mazkur farazni qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va rivojlanishi jamiyat bilan uzviy bog ‘liq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda jamiyat mavjud.
Mehnat chaqiriqlari farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning fikricha, til odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo‘lgan. Hozirgi zamon olimlarining ma’lumot berishicha, tilning paydo bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining hech qanday daxli yo‘q, chunki u na odamlar orasida aloqa vositasi vazifasini bajaradi, na narsa va hodisalaming nomini ataydi va na his-hayajonni ifodalaydi. Bu faraz ham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy ravishda bog‘lay olmaydi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin