O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə31/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.

5-ma’ruza: Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli.
Mavzu rejasi:
  1. Yozuvning shakllanishi va rivojlanishi. Assotsiativ, sintagmatik va iyerarxik munosabat.


  2. Yozuv turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik yozuvlar.


  3. O‘rta Osiyo xalqlarinig yozuv tarixi. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari.


  4. O‘zbek xalqining yozuv tarixi. Alifbo va imlo masalasining davlat ahamiyatiga molik ekanligi.


Til dastlabki qarashda barqaror, o‘zgarmas fonetik, leksik vagrammatik sistemani tashkil etadi. Masalan,-bizga fikr almashishquroli bo‘lib xizmat qilayotgan o'zbek tili, bobolarimizga ham, otaonalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o‘zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keyingi avlod til nuqtai



nazaridan hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birlarini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondashilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har kun, har daqiqa o‘zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shunday sekinlik bilan bo‘ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amrimaholdir. U ch-to‘rt avloddan keyin esa tilning leksik, grammatik qatlamlaridagi siljishlar
ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday siljishlami biz bir narsa tufayli - u ham bo‘Isa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo‘lgandan so‘nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo‘lmasa, til evolyutsiyasi to ‘g‘risida bizda hech qanday tasavvur bo‘lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar bo‘lamiz: bu rivojlanishni
qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o'rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo‘lini o‘rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklami va ulaming sababini aniqlaymiz. O ‘qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go‘yo ular bir umr til bilan birga b o g iiq bo‘lgandek ko‘rinadi. Aslida yozuvning paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgani
yo‘q. Ba’zi tillam ing hanuzgacha yozuvi yo‘q. Amerika q it’asi mahalliy aholisining ko'pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.
Yozuvning paydo bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, u madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa qo‘shdi. Yozuv voqea va hodisalarni abadiylashtirish ham da voqea va hodisalarni (axborotni) uzoq masofaga yetkazish imkonini berdi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin