O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə34/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.

6-ma’ruza: Tilning fonetik-fonologik sathi.
Mavzu rejasi:
  1. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari: umumiy fonetika, xususiy fonetika (tavsifiy fonetika, tarixiy fonetika), qiyosiy fonetika, eksperimental fonetika.


  2. Fonetika aspektlari: 1. Fizik-akustik aspekt. 2. Anatomik-fiziologik aspekt. 3. Perseptiv aspekt. 4. Lingvistik-funksional aspekt.


  3. Fonema nazariyalari.


  4. Fonemaning differensial va integral belgilari.




Fonologiya va uning birligi
Fonologiyaning birligi fonemadir. Fonema yunon tilidagi phone so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z va morfemalarni shakllantiradigan va ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligidir. Fonemalar nutq jarayonida fonema variantlari, fonlar, allofonlar yoki tovushlar orqali voqelanadi. Fonemalar haqidagi ta’limot fonologiyadir. Fonologiya ma’lum bir tildagi fonemalar sistemasini, ularni farqlash belgilarini o‘rganadi. Fonemaning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik birligi ekanligi haqidagi dastlabki ma’lumot I.A.Boduen de Kurtenega mansubdir. Lekin bungacha sharq tilshunosligida garchi fonema termini bilan nomlanmagan bo‘lsa ham, ma’no farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari, turkiyshunoslar bu tushunchaga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar tovushning ma’no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar. Fonema termini tilshunoslikka Boduen de Kurtene tomonidan kiritildi. Boduen de Kurtene 1870 yildagi «XIX asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi bu konseptsiyasi uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi. Natijada Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‘zgarib bordi. Xususan, «Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» (1881) asarida fonemani, bir tomondan, «so‘zning fonetik bo‘linmas qismi» hisoblasa, ikkinchi tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tovushlargina emas, balki morfema yoki so‘zning tarkibida bo‘lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik sifatida qarashni namoyish etdi. Shu bilan birga, xuddi shu yerning o‘zida fonemaning quyidagi ikki farqli tomoni borligini ham ko‘rsatadi:
1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyatsion) xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning harakatlanuvchi komponenti;
2) ma’lum morfologik kategoriya belgisi.
Shunday qilib, Boduen de Kurtene fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonik aspekti ham borligini e’tirof etdi. Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi.



Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin