23
Sifat turkumi
Otga bog‗lanib uning belgisini bildirgan va qanday? qanaqa? qaysi? so‗roqlariga
javob bo‗luvchi so‗zlar
sifat
deyiladi:
chiroyli, baland, xayoliy
…
Asliy sifat
—belgini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‗rsata
oladigan sifatlardir:
go‗zal, shirin, oq
...(asliy sifatlarga –roq qo‗shimchasini
qo‗shish mumkin)
Nisbiy sifat
—belgini to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatan
ifodalaydigan va daraja ko‗rsata olmaydigan sifatlardir:
derazali, devoriy
(nisbiy
sifatlarga –roq qo‗shimchasini qo‗shib bo‗lmaydi)
Belgining ortiq yoki kamlik
jihatidan farqlanishi
sifat darajalari
deyiladi.
Sifatlarning 4 xil darajasi bor:
1. Oddiy daraja. 2. Qiyosiy daraja. 3. Orttirma daraja. 4 Ozaytirma daraja
Oddiy daraja
—me‘yoriy belgini bildiruvchi sifatlardir:
qizil, qo‗pol, mazali
…
Orttirma daraja
—me‘yordan ortiq belgi.
Orttirma daraja eng, g‗oyat, juda,
nihoyatda, bag‗oyatda so‗zlari bilan yoki fonetik usulda hosil qilinadi:
juda
semiz, sap-sariq
...
Sifatlarning orttirma darajasi 3 xil usulda hosil qilinadi:
A) fonetik usul – bunda sifatning birinchi bo‗g‗ini olinib, unga ―p‖ yoki ―m‖
tovushlaridan mosi qo‗shiladi:
qop-qora
…
B) leksik usul – bunda sifatlar oldidan ―juda‖, ―eng‖, ―nihoyatda‖, ―bag‗oyat‖,
―g‗oyat‖ kabi so‗zlar orttiriladi):
juda qora
…
D) analitik usul –bunda juft yoki takroriy sifatlar
orasida chiqish kelishigi
keltiriladi)
kattadan-katta
…
Dostları ilə paylaş: