O‗quv-uslubiy qo‗llanma


Topshiriq. Quyidagi so`zlarni etimologik tahlil qiling



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Topshiriq.
Quyidagi so`zlarni etimologik tahlil qiling

Bugun, qishloq , yaylov, 
yomg`ir, o`rgan, yupat, yaproq, tugma. 
 
Mavzu: Morfologik tahlil
Reja 
1. . So‗zlarni turkumlarga ajratishdagi tamoyillar. 
2.Har bir so‗z turkumining o‗ziga xos belgilari. 
3. Ot turkumining kelishik, egalik, grammatik son, fe‘l esa mayl, nisbat, zamon, shaxs-son 
qo‗shimchasini qabul qilishi. 
Grammatika 2 qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
 
 
Morfologiya
- so‗zning grammatik shaklini garmmatik ma‘nosini, tuzilishini va 
grammatik o‗zgarishini o‗rganadi. Morfologiyada so‗z turkumlari va ularga xos
grammatik kategoriyalar o‗rganiladi. 


21 
So‗z dastlab borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni bildirish yoki bildirmasligiga 
qarab, mustaqil so‗zlar va mustaqil bo‗lmagan so‗zlarga bo‗linadi. 
So‗zlarning so‗rog‗i va qanday umumlashgan ma‘no ifodalashiga ko‗ra guruhlarga 
bo‗linishi 
so‗z turkumlari
deyiladi. So‗zlarni turkumlarga ajratishda so‗zning ma‘nosi, 
ba‘zi morfologik xususiyatlari va sintaktik vazifasi hisobga olinadi. So‗z turkumlari ma‘no 
va vazifasiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
1.Mustaqil so‗zlar (ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe‘l) 
2.Yordamchi so‗zlar (ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama) 
3.Undov so‗zlar 
4.Taqlid so‗zlar 
5.Modal so‗zlar 
Ma‘lum bir so‗roqqa javob bo‗lib, gap bo‗lagi vazifasida keladigan so‗zlar - 
mustaqil so„zlar
dir. 
So‗roq qabul qilmaydigan so‗zlar esa 
yordamchi so„zlar
dir.. 
Morfologik tahlil deyilganda so‗zni turkumlarga ajratish, har bir turkumga xos 
grammatik kategoriyalarni aniqlash ko‗zda tutiladi. So‗z turkumlarini tahlil qilish tartibini 
anglash juda muhimdir. Har bir so‗z turkumiga aloqador belgilarni sanash tartibi tasodifiy 
bo‗lmasligi kerak. Har bir turkumning xilma-xil belgilari ichida, ularning butun so‗zga, 
uning har qanday shakliga ham taalluqli bo‗lgan doimiy belgilari hammadan avval 
ajratilishi zarur. Masalan: ot turkumiga xos atoqli yoki turdosh, muayyan yoki mavhum 
bo‗lishi, kim? nima? so‗rog‗ini olish faqat otgagina tegishli bo‗lib, bular uning doimiy 
belgisi hisoblanadi va ot turkumining umumiy tavsifini tashkil etadi. 
Morfologik tahlilda dastlab so‗zning boshlang‗ich holati aniqlanadi va umumiy 
xarakteristika beriladi: uning doimiy belgilari sanaladi. So‗ng so‗z shaklining belgilari 
tahlil qilinadi Oxirida, agar so‗z gap ichida kelgan bo‗lsa, uning sintaktik aloqasi va 
vazifasi tahlil etiladi.Qaysi so‗z bilan bog‗langanligi, gapda qanday bo‗lak bo‗lib 
kelganligi ko‗rsatiladi. Hamma mustaqil so‗z turkumlarini tahlil qilishning umumiy tartibi
shunday bo‗ladi. Yordamchi so‗z turkumlarini tahlil qilish boshqacharoq planda olib 
boriladi. Tahlilda ularning so‗zga qo‗shgan modal ma‘nolari, gap qurilish uchun ko‗rsatgan 
yordami nazarda tutiladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin