O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

ETIMOLOGIK TAHLIL 
Etimologik tahlil orqali so‗zning dastlabki ma‘nosi, uning tuzilishi,yasalish usuli va 
vositalari aniqlanadi. Hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi ba‘zi ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarning 
yasama bo‗lganligini osonlikcha aniqlash mumkin: o‗zak o‗z lug‗aviy ma‘nosini, affiks 
esa so‗z yasalishi yoki grammatik ma‘nosini saqlagan bo‗ladi. Boshqa bir guruh so‗zlar 
borki, ular ko‗p bo‗g‗inli bo‗lishlariga qaramasdan, hozirgi til nuqtai nazaridan tarkibiy 
qismlarga ajralmaydi. Bunday hollarda etimologik tahlil orqali, ba‘zan juda qiyinchilik 
bilan ularning tarkibi aniqlanadi. Tilda tarkibini umuman aniqlab bo‗lmaydigan so‗zlar 
ham bor. 
Etimologik tahlilda ham so‗z morfemalarga ajratiladi, lekin uni morfemik tahlil bilan 
bir deb bo‗lmaydi, chunki bu ikki xil tahlil ma‘lum belgi-xususiyatlariga ko‗ra bir-biridan 
farq qiladi. 
Etimologik tahlil til sohasida keng bilimni talab qiladi; u til hodisalariga e‘tibor 
bilan qarab borishni taqozo etadi 
Etimologik tahlil tartibi 
1.
So‗zning holati (hozirgi zamon o‗zbek adabiy tili nuqtai nazaridan va tarixan 
morfemalarga ajralish-ajralmasligi) 
2.
Morfemalarning ma‘nolari: o‗zakning etimologik va hozirgi ma‘nosi 
3.
So‗z tarixida yuz bergan fonetik o‗zgarishlar (torayishi, tovush ortishi, assimilyasiya, 
dissimilyasiya, metateza va h) 
4.
O‗z yoki o‗zlashma qatlamga mansubligi 
Etimologik tahlil namunasi 
To‗pponcha – hozirgi o‗zbek adabiy tilida morfemalarga ajralmaydi. U porox bilan
ishlovchi otish qurolining bir turi, -chi modal shakl yasovchi affiks ekanligi seziladi. Biroq 
so‗zning qolgan qismi yolg‗iz qo‗llanmaydi. Etimologik nuqtai nazardan qaralganda, bu 
so‗z ikki morfemaga ajraladi:to‗p-pon-cha.
To‗ppon< to‗ppang < to‗fang – miltiq. Tufang so‗zi oxiridagi ng tovushi ikki 
tovushga ajralgan va biri tushgan: to‗fang> to‗fag> to‗fank> to‗fank+cha> to‗fancha > 
to‗pponcha: Tojikcha to‗fang-miltiq, to‗fangcha-kichik miltiq, to‗pponcha – miltiqning 
o‗ziga xos bir turi. So‗z o‗zlashma qatlamga kiradi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin