O‗quv-uslubiy qo‗llanma


Topshiriq . Berilgan matndagi sifatlarni tahlil qiling.  1. Maorif mudiri qattiqroq bir gap aytay desa, yoshi katta odam, uning ustiga



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Topshiriq
. Berilgan matndagi sifatlarni tahlil qiling. 
1. Maorif mudiri qattiqroq bir gap aytay desa, yoshi katta odam, uning ustiga, 
o`ziga bir paytlar dars bergan, har qalay o`qituvchisi. (S.Ahm.) 2. Bu uy – 
“xizmatkorxona”, boyning tashqari hovlisining quyi tomonida, baland, ko`rkam 
uylaridan chetda bir burchakka tiqilgan, shuning uchun ko`zga chalinmas edi. (O.) 
 3. - ... Ayta qoling, balki sevinarman, kim biladi... – shiringina so`zladi Gulnor. (O.) 4. 
Qadimgi boadab qizlar qayoqda deysiz. (O.)

Son turkumi 
Narsalarning son-sanog‗ini va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi? 
so‗roqlariga javob bo‗luvchi so‗zlar 
son
deyiladi: besh, uchinchi... 
Sonlar ham xuddi sifatlardek otga bog‗lansa aniqlovchi, fe‘lga bog‗lansa hol, gap 
oxirida kelsa kesim bo‗ladi:
 
Sonlar miqdor yoki tartibni bildirgani uchun dastlab ikkiga bo‗linadi: miqdor sonlar 
va tartib sonlar. Miqdor sonlar qancha?, necha? so‗rog‗iga, tartib sonlar esa nechanchi? 
So‗rog‗iga javob bo‗ladi: beshta (qancha?), uchinchi (nechanchi?) 
Miqdor sonlarning o‗zi 6 ga bo‗linadi:
 
 
1.Sanoq son
—son-sanoqni bildiruvchi sonlar: 
besh, uch...
 
 
2.Dona son
—miqdorni donalab ifodalaydigan sonlardir. Dona sonlar sanoq songa –
ta qo‗shimchasini yoki dona, nafar, tup, bosh kabi so‗zlarni qo‗shish bilan hosil qilinadi: 

beshta, uch dona, ikki bosh, uch litr, ikki nafar, besh gramm
 
 
3.Chama son
—miqdorni taxminlab ko‗rsatuvchi sonlardir. CHama sonlar sanoq 
songa –tacha,-lab, -larcha, -lar qo‗shimchalarini qo‗shish bilan yoki sonlarni juftlash bilan 
hosil qilinadi:

o‗ntacha, yuzlab, yuzlarcha, beshlar, besh-olti 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin