O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə16/40
tarix21.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#188478
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
O`QUV MAJMUA Xasanboy

O‘rta ta’lim.
O‘quvshilar 11 yoshdan o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim kollejlar va
litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim 2 bosqichda beriladi. Birinchi bosqich
(11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4- o‘rta, 3-sinf
eng katta sinf hisoblanadi. Birinshi bosqichda fransuz tili va adabiyoti, shet tili
(ingliz,nemis, ispan, italyan tillari), tarix, geografiya, matematika, tabiiy fanlar
o‘qitiladi.
6-5-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi, 4-3 sinflarda o‘quvchilarning
qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha
guvohnoma oladilar. Ikkinchi bosqishda o‘quvchilar 15-18 yoshda ta’lim oladilar.
Bunda o‘qish 3 yil davom etib, 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga
bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng
bakalavr unvoni va diplomi uchun imtixon topshiradilar. Ana shunday diplomga
ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Umumiy ta’lim yo‘nalishidagi uch yillik ta’lim liseylarida adabiyot tarixi,
ona tili va adabiyoti, lotin tili, shet tili, tarix, geografiya, ekanomika kabi fanlar
o‘qitiladi.
yillik texnik litseylarda yo‘nalishiga qarab matematika, fizika, kimyo
fanlari o‘qitiladi. chet tili o‘rganishga katta e’tibor beriladi.
Guvohnoma olganlaridan so‘ng oliy pedagogika instituti, politexnika
instituti, oliy ma’muriy maktablarga imtixon bilan qolgan oliy o‘quv yurtlariga
imtixonsiz qabul qilinadilar.





Oliy ta’lim.
Fransiyada quyidagi bilim maskanlarida oliy ta’lim beriladi:
-Universitetlar
-oliy texnologiya maktablari
- oliy muhandislik maktablari
- oliy arxitektura maktablari
- oliy tijorat maktablari
- siyosiy fanlar oliy maktabi
- oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari
- oliy tibbiyot o‘quv muassasalari
- oliy badiiy maktablar
- malaka oshirish oliygohlari.
Oliy ta’limda uch siklda bilim beriladi. Birinchi sikl umumiy, yoki texnik,
ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan yakunlanib, o‘qish 2 yil davom etadi.
Ikkinshi siklda o‘qish 1 yil davom etib, talabalar uni metriz, magistr darajalari
bilan yakunlaydilar. Uchinchi sikl 1-2 yil davom etib, bunda:
-biron-bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi uchun diplom(bir yil);
- ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom (bir yil);
- uchinchi sikl doktorlik dissertasiyasi (1,2 yil);
- davlat doktorlik dissertasiyasi – biron-bir sohani mukammal o‘rganib,
dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy professional ta’lim berish keyingi 30 yil davomida qaror
topdi. Bu qisqartirilgan maxsus ta’lim bo‘lib, unda o‘qish 2 yil davom etadi.
O‘quv universitetlar yoki texnik litseylarda amalga oshiriladi. Uning bitiruvchilari
ishlab shiqarish sohasida, xizmat ko‘rsatish sohasida va boshqalarda rahbarlik
lavozimlarida ishlaydilar.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvshi oliy texnologik institutlar
mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, darslar
haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham
o‘tkaziladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin