Buyuk Britaniya va Shveytsariya ta’limi tizimi Buyuk Britaniya yuz yillardan beri sifatli klassik ta’limi bilan mashhurdir. Bu ta’lim davr sinovidan o‘tgan va xalqaro ta’lim bozorida yetakchi o‘rinda turadi. Hozirda 800 mingdan ortiq xorijiy talabalar britan ta’lim tizimi yutuqlaridan bahramand bo‘lmoqda. Buyuk Britaniya universitet va kollejlarining bitiruvchilari mustaqil va zamonaviy fikrlash malakalari, optimal va nostandart yechimlar topish ko‘nikmasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk Britaniya ta’lim tizimi quyidagi 4 darajadan iborat: Boshlang‘ish (Elementary school) O‘rta (Sekondary School) O‘rtadan keyingi (Further Education) Oliy (Higner Education) Maktab bitiruvchilari bitiruv imtixonlari topshirib, o‘rta ma’lumot to‘g‘risida sertifikat GCSE (General Cyertifikate of Secondary Education) oladilar. Bu sertifikat bilan mustaqil mehnat faoliyatini boshlash mumkin, lekin u bilan oliy o‘quv yurtiga kirib bo‘lmaydi. O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi britaniya yoki bir qancha xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz kirish huquqini beruvchi 3 turga bo‘linadi: Kollejlar- (Colleges of Higner Education)- universitetlardek ilmiy daraja (faqat bakalavr darajasida) va oliy ma’lumot haqida diplom beradi. Lekin universitetlardan farqli holda ular rassomchilik, dizayn, musiqa, teatr san’ati, ta’lim kabi tor sohalarda ixtisoslik beradi. Politexnika institutlari- muhandislik mutaxassisligini beradi. Klassik universitetlar- hozir Buyuk Britaniyada 102 ta universitet mavjud bo‘lib, ularning ko‘plari davlatga qarashlidir. O‘qish muddati talaba tanlagan mutaxassislikka va darajaga bog‘liq bo‘ladi. Bakalavriat- uch yillik ta’lim bo‘lib, uni tugatganlar oddiy yoki imtiyozli bakalavr darajasini oladilar. Bakalavr darajasining bir qancha tiplari mavjud. Beshta asosiy daraja, bu gumanitar fanlar bakalavri BA, tabiiy fanlar bakalavri BS, texnika fanlari bakalavri Yeng, huquq bakalavri LLB va medisina bakalavri BM. Bakalavr darajasi keyingi magistr va doktorlik darajalari beruvshi dasturda ta’lim olish uchun zaruriy hisoblandi. Magistratura va doktorantura -oliy ta’limda beriladigan akademik kurs. Bu ikki : nazariy kurs va ilmiy tadqiqot shaklida olib boriladi. Tadqiqotchi magistr darajasini ko‘pincha falsafa magistri deb ataladi. Bu darajani olish uchun katta professor-o‘qituvchilar rahbarligida 1-2 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish zarur. Tadqiqot natijasida magistr darajasi beriladi. Doktorlik darajasini beruvchi ko‘p dasturlar bu-tadqiqot loyihalaridir. Bunda leksiya yoki seminarlar olib borilmaydi. Tadqiqot dasturini yakunlash ushun 2-3 yil kerak bo‘ladi. Bu vaqt ishida talaba olingan tadqiqot natijalarini nashr qilishi kerak. Nashr qilingan materiallar bo‘yicha dissertasiya yozishi va uni himoya qilishi lozim.