SHVEYTSARIYA TA’LIM TIZIMI Shveysariya ta’lim tizimi butun dunyoga ma’lum. U universal bo‘lib, o‘zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablarining barcha ijobiy tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu mamlakatdagi xususiy kollej va universitetlar o‘zida yangi metodikalar va o‘qitishning texnik vositalarini klassik ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borishi tufayli dunyoviy mashhurlikka erishdi. Boshlang‘ish va o‘rta ta’lim Bolalar uchun o‘qish 4-6 yoshdan bolalar bog‘chasi yoki maktabda boshlanadi. Barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur yo‘q. Davlat maktablarida uzoq muddatdan beri yashab kelayotgan xorijliklarning bolalari uchun ham oshiq. To‘liq inglizcha, to‘liq amerikancha va ingliz-amerikancha maktablar mavjud bo‘lib, ular o‘z vaqtida ingliz yoki amerikaliklar tomonidan o‘zlarining bolalarini o‘qitish uchun oshilgan..Ular hozirda butun dunyodan o‘quvchilarni qabul qiladi. Shveytsar ta’lim maktablarida keng yoyilgan o‘quv dasturlardan biri buSviss Federal Maturite yoki qisqacha-Matura dasturidir. Ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar u 5 tipga bo‘linadi- Adan yegasha. A tip- eski tillar (lotin va yunon tili), V- zamonaviy tillar va lotin tili, S- matematika va tabiiy fanlar, D- zamonaviy shet tillar, ye- iqtisodiy fanlar. O‘quv rejada har bir tip bo‘yisha 12 ta majburiy fan kiritilgan. Bulardan 3 ta asosiy (ona tili, ikkinshi davlat tili, matematika), 7 ta majburiy (tarix, geografiya, fizika, ximiya, biologiya, musiqa-rasm, jismoniy tarbiya) va ikkita mutaxassislik fanlari. Shunday qilib, o‘quvchilar 13-14 yoshida o‘zi qiziqqan sohani ajratib olish imkoniyaga ega bo‘ladilar.