Kasbiy ta’lim. Shveytsariyada 120 ga yaqin kollejlar mavjud. Ular tor mutaxassislikka ega bo‘lib, yaxshi kasbiy ta’lim beradi. Bu yerda kotibalik va mehmonxona ishlari, buxgalterlik xisobi kabi kundalik ish faoliyatida zarur bo‘lgan sohalar o‘rgatiladi. To‘liq o‘qish kursi 3-4 yil. Ko‘pgina chet elliklar fundamental ta’lim beruvchi universitetlardan ko‘ra shveysar kollejlarida ta’lim olishni afzal ko‘rishadi. Kollejlarni bitirganlar asosiy qismi ishsiz qolmaydi. Oliy ta’lim. Universitetda o‘qish tanlangan fakultet va mutaxassislikka qarab 4 yildan 6 yilgacha. Ko‘pchilik talabalarning o‘qishni ish faoliyati bilan qo`shib olib borishlari tufayli o‘qish davriga yana 1-2 yil qo‘shiladi. Mamlakatda 12ta davlat universitetlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Boshqa davlatlardagi kabi gigant oliygohlar yo‘q. Eng katta hisoblangan Syurix universitetida 20 ming talaba, boshqalarida esa bir nesha barobar kam talaba tahsil oladi. Davlat universitetlari bilan birga mamlakatda xususiy xalqaro universitetlarning bir nechta filiallari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Oliygohni tugatganlarga litsensiya darajasi beriladi. Yevropa mendjerlarining orzusi Lozannada joylashgan Internasional Institute for Manadement Develorment (IMD) biznes maktabida tahsil olishdir. U Yevropada Fransiyadagi INSEAD biznes maktabidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uni bitiruvchilarining 68 foizi shu sohada faoliyat ko‘rsatadi. Unga yiliga 80 ta kishi qabul qilinadi, konkurs ancha katta bo‘lib, 1 o‘ringa 8-10 kishi to‘g‘ri keladi. Shveytsariya universitetlariga kirish ushun MDH davlatlari bitiruvchilari uchun qattiq talab qo‘yiladi. Jeneva, lozanna va Nevshatel universitetlariga kirish ushun o‘rta maktabni yaxshi baholar bilan tugatganlik to‘g‘risidagi attestat va xorijliklar uchun Friburgda faoliyat ko‘rsatadigan maxsus komissiyaga bitta imtihon tapshirish talab etiladi. Nemis tilida faoliyat yurituvchi universitetlarda esa kamida to‘rt semestr Rossiya oliygohlarida tahsil olish talab etiladi. Shuning ushun fransuz tilini bilish foydaliroq hisoblanadi. Chet elliklar uchun Friburgdagi bitta imtihon sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkaziladi. Bunda beshta fan: uchta majburiy (shet tili, matematika, tarix) va ikkita tanlovga ko‘ra (fizika, kimyo, biologiya, geografiya, ikkinchi shet tili) fandan imtihon o‘tkaziladi. Imtihondan o‘tolmaganlar uchun Friburgda bir yillik tayyorlov kursi ham faoliyat ko‘rsatadi.