O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə5/40
tarix21.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#188478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
O`QUV MAJMUA Xasanboy

2. MA`RUZA MASHGʻULOTLARI

1-Mavzu: Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari


Reja:
1.1. Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari


1.2. Ta’limda pedagoglarning faoliyati
1.3. Pedagogikani asosiy tarmoklari

Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.


Tayanch iboralar: Tarbiya, ta’lim, ma’lumot, pedagogika, yoshlar pedagogikasi, o‘quv muassasasigacha tarbiya pedagogikasi, oila pedagogikasi, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, kuzatish, suhbat, eksperiment, o‘quv muassasasi hujjatlarini o‘rganish, testlar, pedagogik faoliyat, mahorat, qobiliyat


Qo‘llaniladigan yangi pedagogik va axborot texnologiyalari mazmuni. Muloqot, aqliy xujum, baxs-munozara.


XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi.
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Pedagogika atamasi qadimiy bo‘lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg‘onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro‘pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolossi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shaskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo‘shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
Pedagogika darsliklarida, bir qancha kitoblarda pedagogikaning baxsi (predmeti) turlicha yaqinlik darajasida ta’rif berilib tushuntirilgan.
Pedagogika – inson tarbiyasi to‘g‘risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi to‘g‘risidagi fan.
Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi.
Pedagogika grekcha «paydagogik” so‘zidan olingan bo‘lib, «bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiradi. Mustaqil pedagogika fani XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida vujudga kelgan. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir etishni nazarda tutadi. Demak pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fani yutuqlarisiz jamiyatni olg‘a siljitish g‘oyat mashaqqatli kechadi.Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘rganish lozim,tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyalash g‘oyat nozik san’at bo‘lib, unga jiddiy Ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda o‘qituvchining beg‘araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari taryondoshmoq darkor. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari shart.
Hozirgi kunda pedagogikani (mutaxasissislikdan qatiiy nazar) hamma bilish lozim bo‘lgan fan deb hisoblash lozim, chunki insonlar hayot faoliyatlari davrida ta’lim-tarbiya ishlari bilan ma’lum darajada shug‘ullanishga majburdirlar. Pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo‘lgan. Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo‘lgan fikrlar, qarashlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Markaziy Osiyo allomalaridan A. Yassaviy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, A. Jomiy, A. Navoiy kabi ma’rifatparvar ajdodlarimizning ta’lim-tarbiya, inson kamoloti haqidagi g‘oyalari, fikr va qarashlari o‘z asarlarida batafsil bayon qilingan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk Didaktika” asari haqli ravishda pedagogika soxasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi.XVIII asrga kelib O‘rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. Asrimizning boshlarida vatandoshlarimizdan M. Bexbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, A. Fitrat, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifatparvar jonqo‘yarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usul maktablari tuzishda, darsliklar yaratishda, xalq o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonqo‘yarlik qildilar.
Hozirgi davrda pedagogikaning vazifasi milliy istiqlol g‘oyalaridan kelib chiqadigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlarini ishlab chiqish, milliy ta’lim tizimini yaratish va yosh avlodni bilim, ma’naviy madaniyatini jahon andozalari darajasiga yetkazishdir.


K. har bir bola ta’lim olishi lozimligini uqtiradi, umumta’lim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini ko‘zdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat bo‘lib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. K. bolalarning o‘qish yoshini ona maktabi (tug‘ilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga bo‘ladi. K. ped.si mohiyati o‘qitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uyg‘un holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda ko‘rsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Yan Amos Komenskiy


Pedagogika fanining ob’yekti asosan maktab o‘quvchilaridir, predmeti esa o‘quvchi(talaba)larga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir. Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi.


Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim”, «tarbiya”, hamda «ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatdik.Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib bir-birini to‘ldiradi. Shunday qilib pedagogikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari) quyidagilar: Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, shaxsning kamol topishi, maktab.
Bundan tashqari «o‘quvchi”, «o‘qituvchi”, «usul”, «intizom”, «irsiyat”, «muhit”, «direktor”, «talaba” kabi tushuncha-nomlar ham mavjudki, ular ham pedagogik tushunchalar hisoblanadi.
Ta’lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatini o‘stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllansa, kamol topsa, ta’lim chegaralangan (M/n: sinf xonasi, kabinetlarda) joyda tashkil etiladi. Ta’lim o‘qituvchi tarbiyasi (ta’limni) rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.
Tarbiya deb – yosh avlodni ma’lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma’lum maqsadga qarata planli va sistemali ta’sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Tarbiya ta’lim va ma’lumot natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deb – ta’lim –tarbiya natijasida, shuningdek irsiyat va muhitning ta’siri natijasida odamning inson mohiyatiga ko‘tarilishi va inson shaxsining aqliy, aqloqiy, jismoniy jihatdan mukammallashiga aytiladi.
Insonni ta’lim-tarbiya orqali, tarbiyaviy ta’sir natijasida hamda irsiyat va muhitning ta’sirida uning shakllanishi, rivojlantirish mumkin. Bu jarayon insonning butun hayot yo‘li davomida olib boriladi va ta’sir natijasini ko‘rsatadi.
XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi"gi Qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi.
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy xayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Pedagogika avval tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan falsafa fani tarkibidan ajralib chiqib fan sifatida taniladi.
Hozirgi davrda inson faoliyati bilan shu qo‘llanadigan fanlar juda ko‘p. Pedagogika fanining o‘zi o‘rganadigan mavzu ya’ni inson, odam, bola va uning shakllanishi haqida tadqiq qiladi, hamda fan sifatida tan olindi va rivojlanib bormoqda. Juda qadimgi davrda jamiyatning inson zotini qo‘llab - quvvatlash va saqlab qolish ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalash jarayoni avvalo u ijtimoiy- tarixiy tajriba jarayonida to‘plangan va to‘planayotgan ijtimoiy tajribani bir-birining o‘rniga kelib turadigan avlodlarga yetkazib berishi bilan xarakterlanadi.
Yangi avlod o‘zidan oldingi keksa ajdodning ijtimoiy turmushdagi tajribasini (fan, sanoat, ahloq) xulq, atvor sohalarini o‘zlashtira borib uni boyitadi. Bu haqda A.R.Beruniy “jamlangan tajribani har bir avlod o‘zidan keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi” deb o‘rinli ta’kidlagan. Ijtimoiy tajriba, tabiat, jamiyat, texnika va voqealarni qayta o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan faoliyat usullari haqidagi bilimlar, ko‘nikma va malakalar: insonning dunyoga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatining alohida tizimi sifatidagi tarbiyalanganliklari tarkib topgandir. Ijtimoiy tajriba moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yig‘indisi sifatida ijtimoiy ongning turli shakllarida shuningdek, ijtimoiy munosabatlar, hulq atvor tizimida mujassamlashgan tarbiya muayyan ijtimoiy funksiyalarni bajarishga tayyor bo‘lgan shaxsni voyaga etkazadi.
Inson egallab olishi lozim bo‘lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo‘lgani sari, bu tajribani etkazish yuzasidan maxsus tashkil etilgan faoliyatga ya’ni (biror ishlab chiqarishni o‘rgatishga) ehtiyoji paydo bo‘la boshladi. Tarbiya mohirlik va ishning ko‘zini bilishni talab eta boshladi. Tarbiyani amalga oshirish, anglash va bu sohadagi tajribalarni o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilishi natijasida pedagogika fani yuzaga keldi. Agar insoniyat tarixining ilk bosqichlarida bolalar va kattalar bilan birgalikda mehnat qilish jarayonida tarbiya olgan bo‘lsa, jamiyatning, hayotning rivojlanib borishi bilan bilim va tajribani o‘rganishning bunday yo‘li hayot talablariga javob bermay keldi. Bular esa o‘z navbatida o‘qitishni, tarbiyalashni taqozo etar edi. Bu vazifa pedagogika fanining alohida bir fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Bu hayotning ob’yektiv talabi natijasida ro‘y berdi.“Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir” deb ta’kidlagan franso‘z olimi Viktor Gyugo.
Hayotning barcha yo‘nalishlaridagi tajribalar maktabning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Maktab so‘zi yunon tilida “dam olish, mehnatdan so‘ng hordiq chiqarish” degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Gresiyada maktab deb tajribaliroq, bilag‘onroq odamlarning bolalari va o‘smirlar bilan suhbatlashishini aytishgan.
Keyinchalik “maktab” termini maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu ma’noda ishlatiladi. Tarbiyaning takomillasha borishi natijasida jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi turi yuzaga chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va maqsadga muvofiq tayyorlashga mo‘ljallangandir. Bu masala pedagogik kasbning bo‘lishini taqazo etardi. Uni amalga oshirish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj tug‘dirdi. Pedagogik bilimlar inson faoliyatining maxsus yo‘nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika fani jamiyatning rivojlanishida, odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy tajribalarini keyingi avlodga etkazishini hal qiluvchi va jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi fan deyish mumkin. Bu haqda AQSHning buyuk pedagogi Bendjamin Spok “Mening oldimda ikki asosiy vazifa aniq bo‘la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning ma’naviy darajasiga ko‘tarish bo‘lsa, ikkinchi tomondan men tarbiyaning psixologik-pedagogik qonuniyatlarini falsafiy anglab etish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar berish, ularnig savollariga aniq javob berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim” - degan edi. Haqiqatan ham pedagogika fani inson shaxsini ma’naviy kamolotini ta’minlaydigan fan bo‘lmog‘i darkor.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
2. Pedagogika fanining vazifalari nimalardan iborat?
3. Sharq pedagogikasi namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
4. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi haqida tushuncha bering?
5. Tarbiya nima?
6. Ta’lim nima?
7. Ma’lumot nima?
8. Ta’lim va tarbiya jarayonida muhim metodlarni qo‘llashning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz.
9. Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?
10. Asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini tushuntiring?
11. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini tushuntiring?
12. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablarni izohlang?
13. Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat haqida ma’lumot bering?

ADABIYOTLAR:


1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. T, 1997.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. T, 1997.
3. I. Karimov. «Barkamol avlod – o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”. T. 1997.
4. I.Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman”. T. 2000.
5. o‘zbek pedagogikasi tarixi. (qo‘llanma. prof. A.Zunnunov tahriri ostida). T. “o‘qituvchi”. 1997.
6. Pedagogika. (qo‘llanma. A Munavvarov tahriri ostida) T. “o‘qtuvchi”. 1996.
7. Pedagogika. (qo‘llanma. prof. A.Ilina tahriri ostida). M. 1984.
8. Ochilov M. Universitetlar tizimida pedagog xodimlar tayyorlash muammolari. “Ta’lim va tarbiya” jurnali. 1997. 5-6 son.
9. Pedagogika. (Ma’ruzalar matni. Prof. N.g‘aybullayev tahriri ostida). T. «Universitet”. 1999.
2-Mavzu: Pedagogik g‘oyalarining rivojlanish tarixi.

R E J A:
1. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.


2. Ya.A.Komenskiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi.
3. I.G.Pestalotssi, R.Ouyen, A.Diserveglarning pedagogik g‘oyalari.
4. K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va A.S.Makarenkolarning pedagogik faoliyatlari va qarashlari.

Bizning bo‘lg‘usi pedagoglarimiz-tarbiyachi va o‘qituvchilarimiz faqat o‘zbek va O‘rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixini o‘rganib qolmasdan, balki jahon xalqlari tarixidagi ilg‘or pedagogik qarashlarni, yirik pedagoglar va ularning g‘oyalarini ham bilishlari lozim. Bu ularning pedagogik mahoratlari yanada oshishiga yordam beradi. Shu bilan birga "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunimiz va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida" ham milliy qadriyatlarimiz bilan birga umuminsoniy qadriyatlarni ham o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish talab etiladi. Shu maqsadda biz jahon xalqlarida pedagogika fani rivojlanishiga qisqacha ma’lumot berib o‘tsak.


Jahon pedagogika fani yuzaga kelishi va rivojlanishi haqida gapirganda qadimgi Yunoniston va Rimdagi ta’lim-tarbiya, pedagogik fikrlarga to‘xtalib o‘tish lozim. Chunki bularda madaniyat, tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan erta rivojlangan.
Qadimgi Yunoniston (Gresiya) uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo‘lgan. Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (Afina) eng katta davlatlardan edi. Bularda alohida tarbiya tizimi vujudga kelib, Sparta va Afina tarbiya usuli deb ataldi. Ularning ikkalasi ham quldorlik davlati edi va ularda tarbiya tizimlari quldorlar uchun edi.
Spartada tarbiya ishlari davlat qo‘lida edi. Bolalarni baquvvat, chiniqqan jangchilar, bulajak quldorlar qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashab, 7 yoshdan "agella" tarbiya muassasiga joylashtirilgan. 18 yoshgacha shu yerda tarbiyalangan. Bu muassasalarga taniqli, obro‘li "pedanom" rahbarlik qilgan.
O‘quvchilar jismoniy chiniqtirilgan, musiqa, ashula, diniy raqslar o‘rgatilgan.
Davlat rahbarlari yoshlarga axloqiy va siyosiy tarbiya berardilar. Bolalar aniq va qisqa javob berishga o‘rgatilar edi. 18-20 yoshda efeblar safida harbiy xizmat o‘tardilar. Qizlarga ham harbiy-jismoniy tarbiya berilardi.
Afinada eng barkamol kishi deb, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kurkli kishini hisoblaganlar. Aqliy, axloqiy, esetik va jismoniy tarbiyani birga qo‘shib olib borishga intilardilar. 7 yoshgacha bolalar uyda tarbiyalanardilar. O‘g‘il bolalar 7 yoshdan maktabga qatnar, qizlar oilada tarbiyalanib, uy ishlari bilan shug‘ullanardilar. 7-14 yoshda grammasits (savod o‘qituvchisi) va kifarits (musiqa o‘qituvchisi) maktablarida o‘qirdilar. Mak tablar xususiy bo‘lib, pul to‘lanardi. Pulsiz erkin aholi ham o‘qiy olmasdi. Bu maktablarda "didaskal" (men o‘qitaman) o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borardi. O‘g‘il bolani maktabga yetaklab boruvchi qulni "pedagog" deb atashgan. Maktablarda o‘qish, yozish, hisoblash o‘rgatilgan. Kifaritsda adabiy bilim, esetik mazmundagi materiallar o‘rgatilgan.
13-14 yoshdan 2-3 yil "palestra" (kurash) maktabida tarbiyalangan. Palestrada o‘qish tekin bo‘lgan. Bularda ham axloqiy, siyosiy suhbatlar o‘tkazilib turilgan.
Badavlat oila bolalari undan sung "gimnaziy"da o‘qigan. Ularda falsafa, siyosat, adabiyot o‘rgatilgan, ular davlat boshqaruvida qatnashganlar. 18-20 yoshda efeb safida xizmat qilganlar.
Yunonistonda tarbiya nazariyasi ham yaratildi. Unga faylasuf olimlar Sokrat, Platon, Aratsu, Demokritlar asos soldilar.
Sokrat (yer.av. 469-399) ning fikricha tarbiyadan qutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirish bo‘lmog‘i lozim. Sokrat notiq, faylasuf sifatida ko‘p ma’ruzalar bilan chiqadi. Shularda u tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari topishlariga undar edi. Bu "Sokrat usuli" yoki "fikr qo‘zg‘ovchi savollar usuli" deb nom oldi.
Platon (yer.av. 424-347) Sokratning shogirdi. Uning nazariyasicha ideal aritsokratik davlat uch gurux: faylasuflar, jangchilar, dehqon va hunarmandlardan iborat bo‘ladi. Faylasuflar boshqaradi, jangchilar himoya qiladi, dehqonlar ularni boqadi. Bunday jamiyatga tarbiya orqali erishiladi, deydi. Uning fikricha tarbiya davlat tomonidan tashkil etilishi va hukmron sinflar manfaatini ko‘zlamog‘i kerak. U o‘z pedagogik tizimida Sparta va Afinaning tizimidagi ba’zi belgilarni birlashtirishga intiladi.
Arastu (yer.av. 384-322) pedagogika nazariyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uningcha olamda tana va jon bor. Uch xil jon bor: o‘simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va ko‘payishda namoyon bo‘ladi; hayvonlardan tarkib topgan jon, o‘simlik xossalaridan tashqari, sezgi, itsaklarda namoyon bo‘ladi; aql ifodasi bo‘lgan jon tafakkur yoki bilish hislatlariga ega. Shu 3 jonga muvofiq 3 tarbiya: jismoniy, aqliy tarbiya bo‘lishi kerak. Tarbiyaning maqsadi, uning fikricha jonning oliy tamonlari- aql va irodani kamol toptirishdan iboratdir.
Pedagogika tarixida 1-marta yosh davrlariga bo‘ladi. U yoshlikni 3 davrga:
7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha.
Qadimgi Rimda boshlang‘ich va grammatika maktablari bor edi. Erkin aholi bolalari ham qisman xususiy maktablarda o‘qiy olardi. Bularda o‘qish, yozish, hisob o‘rgatilgan. Boy bolalar uyda ham o‘qitilgan.
Grammatika maktablarida imtiyozli oila bolalari lotin tili, grek tili, ritorika (notiqlik)ni o‘rganganlar.
Alohida ritorlar maktabi ham bo‘lib, bularda aslzoda bolalar pul tulab ritorika, falsafa, huquqshunoslik, grek tili, matematika, musiqa o‘rganar edilar.
Mashhur Rim pedagoglaridan biri Mark Fabiy Kvintilian (42-118) edi. Uning "Notiq tarbiyalash to‘g‘risida" asaridan parchalar bizgacha yetib kelgan u grek rim falsafasi, pedagogikasini yaxshi bilgan. Ritorlar maktabida o‘qituvchilik qiladi. Asarni esa o‘z pedagogik tajribasi bilan bog‘lab yaratadi.
U bolalarning tabiiy qobiliyatiga yuksak baho beradi. Uning fikricha befahm, qobiliyasizlar kamdan-kam uchraydi. Bola maktabda tarbiyalanmog‘i lozim. O‘qituvchi bolalarni sevishi, o‘zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni bekorga jazolab va mukofotlayvermasligi, o‘zi bolalarga namuna bo‘lishi kerak.
Buyuk slavyan pedagogi, "Chex qardoshlari" jamoasining rahbarlaridan biri Yan Amos Komenskiy (1592-1670) Janubiy Moraviyada tug‘iladi. Germaniyadagi Gernborg, Geydelberg universitetlarida o‘qiydi. U vataniga xizmat qilishni butun insoniyatga xizmat qilish bilan birga qo‘shib olib borishga harakat qildi, xalqaro hamkorlikni talab qildi.
Tengsizlik hukm surayotgan bir davrda barcha bolalarni bir xilda, teng holda ona tilidagi maktablarda o‘qishlari lozim deb hisoblaydi. Insonni ulug‘laydi. Maktabni "insonparvarlik utsaxonasi" deb hisoblaydi. Aholining kambag‘al qismi, xalq ommasi uchun tarbiya tizimini ishlab chiqadi. Umumiy boshlang‘ich ta’lim g‘oyasini olg‘a suradi.
Komenskiy fikricha tarbiyaning 3 bosqichi bor: o‘zini va tevarak atrofdagi olamni bilish (aqliy tarbiya); o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya); xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Tarbiya rolini yuksak baholadi. Har qanday bolani odam qilish mumkin deb hisoblaydi.U inson tabiatiga asoslanib, bolani yoshini har qaysisi 6 yoshdan bo‘lgan 4 davrga bo‘ladi:
1. Go‘daklik davri- tug‘ilgandan to 6 yoshgacha bo‘lgan davr. 2. Bolalik davri- 6-12 yosh; 3.O‘smirlik davri- 12-18 yosh; 4. Yetuklik davri (balog‘at)- 18-24 yosh.
U yosh davrlariga tafsif beradi. ?ar bir davr uchun o‘qitish mazmunini belgilab beradi.
Komenskiy ta’limining ko‘rsatmalilik prinsipini nazariy asoslab beradi. Didaktikaning "oltin qoidasi"ni bayon etadi. Ma’nosini tushunmay og‘zaki yodlashga onglilik prinsipini qarama-qarshi qo‘yadi. Ta’limning sistemalilik va izchillik prinsipiga alohida e’tibor beradi. O‘qitishda konkretdan absraktga, osondan qiyinga, umumiydan juz’iyga borish kerakligiga to‘xtaladi. Ta’limning bola yoshiga mos bo‘lishi qoidasini ham ilgari suradi.
U maktabga o‘quv yili, uni choraklarga bo‘lishni, kanikulni kiritadi, o‘quv mashg‘ulotlarining sinf-dars tizimini nazariy ishlab chiqdi va amalda qo‘lladi.
"Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi" (1631), "Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari" (1658) darsliklarini yozadi. 1632 y "Buyuk didaktika", "Onalar maktabi" asarlarini yozadi.
Axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat beradi. Donishmandlik, mu’tadillik, mardlik, odillik, kamtarlik, pokizalik, mehnasevarlikni tarbiyalashni tavsiya etadi. Axloqiy tarbiya vositalarini ko‘rsatadi. Intizomga katta ahamiyat beradi. Tan jazosini butunlay qoralaydi.
Komenskiy o‘qituvchilikni "yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan", juda faxrli kasb deb biladi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga talablar qo‘yadi.
Iogann Genrix Pestalotssi (1946-1827) Chveysariyaning Syurix shahrida vrach oilasida tug‘iladi. Uni onasi tarbiyalaydi. Qishloqqa bobosinikiga borib turadi, dehqonlarning og‘ir ahvoli bilan tanishadi, ularning ahvolini yaxshilash uchun kurashadi.
Kollegiumning filologiya va falsafa bo‘limlarida o‘qiydi.
1769 yildan sosial eksperiment boshlaydi. Qo‘rg‘on, yer sotib olib ("Neygof") dehkonlarga namunali ferma tashkil qilish tajribasini o‘rgatmoqchi bo‘ladi, lekin tezda sinadi.
1774 yil "Neygof"da kambag‘allar muassasasi ochib, yetim bolalardan 50 tasini to‘playdi. O‘qishni mehnat bilan qo‘shib olib boradi. "Lingard va Gertruda" (1781-87), "Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi", "Son to‘g‘risida ko‘rgazmali ta’lim (XIX asr boshlarida) kitoblarni yozadi.
1798 yil yana yetimxona ochib, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 bolani tarbiyalay boshlaydi. Lekin bu ham tezda yopiladi.
Olim bolalarga boshlang‘ich ta’lim berishning oqilona metodini ishlab chiqadi. Elementar ta’lim nazariyasini yaratadi. Bu jismoniy mehnat, axloqiy, esetik, aqliy tarbiya va o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Axloq tarbiyasida oila va onaning o‘rnini ko‘rsatadi.
Robert Ouyen (1771-1838) hunarmand oilasida tug‘iladi. Yoshlikdan mehnat qiladi. 20 yoshida korxona egasi bo‘ladi. Ishchilarni ahvolini yaxshilash choralarini ko‘radi. 1-6 yoshlilar uchun yasli, bog‘cha, maydonchalar ochadi, 6-10 yoshlilar uchun boshlang‘ich maktab, kattalarga kechki maktab ochadi.
Maktabda ona tili, arifmetika, geografiya, tabiat, tarix, ashula, raqs o‘rgatilardi. Ko‘rsatmalilik keng qo‘llanilgan. U tarixda 1-maktabgacha muassasa va ishchilar uchun kechki maktab ochdi.
1825 yil Amerikada "Yangi Garmoniya"- koloniyasini tuzadi. Hamma ishlaydi, bir xil kiyinib, yeb ichishadi, o‘qitish mehnat bilan qo‘shib boriladi, lekin muvoffaqiyasizlikka uchraydi.
Adolf Diserveg (1790-1866) amaldor oilasida tug‘iladi. Gerborn, Tyubingen universitetlarida o‘qiydi. Reyn, Berlin o‘qituvchilar seminariyasiga boshchilik qiladi. O‘zi pedagogika, nemis tili, matematikadan dars beradi. "Nemis o‘qituvchilrini o‘qitish uchun qo‘llanma", "Yelementar geometriya" va boshqa darsliklar yozadi.
Diserveg "Nemis o‘qituvchilarining muallimi" degan faxrli nomga sazovor bo‘ladi. U umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qiladi. Ongli inson, insonparvar shaxs tarbiyalash g‘oyasini ilgari suradi. "Inson- mening nomim, nemis- mening laqabim", deydi u.
Shu bilan birga bola tarbiyasida o‘qituvchi o‘rni muhimligini ko‘rsatadi.
Konsantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) rus xalq pedagogikasining asoschisi. Tula shahrida dvoryan oilasida tug‘iladi. Moskva universitetining yuridik fakultetida o‘qiydi. 1846 yili Yaraslav yuridik liseyida ishlaydi, 1855 yildan Gatchina yetimlar insitutida, 1859 yildan Smolniy aslzoda qizlar insitutida inspektor bo‘lib ishlaydi. Bu yerlarda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshi yo‘lga quyadi, yangi fanlar, metodlar kiritadi.
"Pedagogik adabiyotning foydasi to‘g‘risida", "Maktabning uch elementi", "Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxi" maqolalarini, 1861 yil "Detskiy mir" xretsomatiyasini, "Ona tili", "Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati" kitoblarini yozadi.
Axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat beradi, uni hatto aqliy tarbiyadan ham utsun qo‘yadi. Axloqiy tarbiya vositalarini ko‘rsatadi: 1. Ta’lim, 2. O‘qituvchining shaxsiy namunasi, 3. E’tiqod, 4. Pedagogik mahorat, odob, 5. Ogohlantirish, 6.Rag‘batlantirish va jazolash.
L.N.Tolstoy (1825-1910) ning pedagogik faoliyati 1848 yildan boshlanadi. "Yasnaya Polyana"da dehqon bolalarini o‘qitadi. Bu faoliyat to‘xtashlar bilan umrining oxirigacha davom etadi. "Yasnaya polyana" jurnalini chiqaradi. 1872 yil "Azbuka", 1875 yil "Novaya Azbuka", va 4ta "O‘qish kitobi"ni nashr ettiradi.
Tolstoy o‘z pedagogik tizimida "yerkin tarbiya" nazariyasini olg‘a suradi. Bu bola shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Uning maktabida o‘qish, yozish, din darsi, tarix, arifmetika, tabiat fanlari o‘qitilgan. Qat’iy o‘quv reja, dastur, darslik bo‘lmagan. Uy vazifasi berilmagan.
O‘qitishning metodlari ta’lim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir.
A.S.Makarenko (1888-1939) ukrain pedagogi. 1905 yildan o‘qituvchilikni boshlaydi. Poltava o‘qituvchilar insitutida o‘qiydi.
1920 yili "M.Gorkiy" nomidagi mehnat koloniyasini tuzadi, jinoyatchi bolalardan 120 dan ortig‘ini tarbiyalaydi. 1927 yildan Harkovdagi "F.Dzerkenskiy" nomidagi kommunada ish boshlaydi. Mehnatga katta e’tibor qaratiladi. Turli narsalar yasashadi.
1933-35 yillarda "Pedagogik poyema", "Ota-onalar kitobi" (1937), 1938 yilda "Minoradagi bayroqlar" asarlari chiqadi.
U "jamoada va jamoa orqali tarbiyalash" g‘oyasini olg‘a suradi. Makarenko mehnat bilan birga axloq tarbiyasi, bolada or nomus, iroda, xarakter va intizom tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Jazolash va rag‘batlantirishga qo‘yilgan talablarini bayon etadi. U oila tarbiyasiga oid muhim masalalarni yoritadi. Bola tarbiyasida ertaklar, kitoblar, teatr, kino va o‘yinning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Bolaning esetik tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Qadimgi Afina va Sparta tarbiya tizimidagi o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatib bering.
2. M.F.Kvintilianning "Notiq tarbiyalash to‘g‘risida" asari va Rimdagi ritorlar maktabiga munosabatingiz qanday?
3. Ya.Komenskiy yaratgan darslik va asarlaridan qaysilarini bilasiz, avval ham ular haqida eshitganmisiz, uta’limning qaysi prinsiplarini olg‘a suradi, ularning ahamiyati qanday?
4. Komenskiy axloqiy tarbiya va o‘qituvchi haqidagi fikrlari va ularga sizning munosabatingiz qanday?
5. I.G.Petsalosi eksperimentlarining mohiyati nimadan iborat edi va uning muvoffaqiyasizlikka uchrash sabablari?
6. A.Diservegning umuminsoniy tarbiya g‘oyasini qanday tushundingiz?
7. K.D.Ushinskiyning darslik va asarlari, uning pedagogika tizimida xalqchillik g‘oyasi, ona tiliga munosabati?
8. L.Tolstoy "yerkin tarbiya" nazariyasining mohiyati nimadan iborat?
9. A.S.Makarenkoning qaysi asarlarini o‘qigansiz, ularga munosabatingiz qanday?
10. XIX asr oxiridagi "eksperimental", "progmatik" pedagogik oqimlar, ularning ijobiy va salbiy tamonlari.

ADABIYOTLAR:


1. Karimov I.A. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1998.
2. Karimov I.A. Sog‘lom avlod - xalqimiz kelajagi. (Konstitusiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi). “Xalq so‘zi” gazetasi. 8 dekabr, 1999.
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996.
3. Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994.
4. Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981.

3-Mavzu: Shaxs tarbiyaning ob’yekti va sub’yekti sifatida


Reja:
1.Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va shaxs sifatida shakallanishi.
2.Shaxs shakllanishining asosiy qonunyatlari.
3.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.

Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.


Tayanch iboralar: shaxs, biologik omil, ijtiomiy omil, rivojlanish qonunyatlari, omillar.


Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o‘zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoѐn bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jaraѐndir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham


muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, haѐt tarziga ѐshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilaѐtgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jaraѐnida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Dunѐga kelgan go‘dak ma’lum ѐshga qadar individ hisoblanadi. “Individ” lotincha "individium" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “bo‘linmas”, “alohida”, "yagona" ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki sharsiz va shartli qo‘zo‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilaѐtgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlanishi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jaraѐnidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson individi shaxsga aylanmoo‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoѐn bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiѐji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u kamol topgan shaxs sifatida namoѐn bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jaraѐnida qaror topadi. Shaxsning rivojlanishi avvalo unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanishi o‘zida shaxsning jismoniy, 10 aqliy va boshqa xislatlarning takomilini namoѐn etadigan jaraѐn bo‘lib, bunday xislatlarning tuo‘ma, ba’zilari keyinchalik erishgan bo‘ladi. Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tuo‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy haѐt sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoѐn bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jaraѐniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida faoliyatining o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim. Biz yuqorida “rivojlanish” tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha ѐndoshib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysunadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning haѐti biologiyaning umumiy qonunlariga, ѐshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil inson bo‘lib yetishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, haѐti davomida inson jismoniy va psixik jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilaѐtgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda oo‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sio‘imi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir. Ruhiy jaraѐnlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida u ѐki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli ѐshdagi faoliyatlar mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va x.k) shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’ѐrlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar jaraѐnida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoѐn bo‘laѐtgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayѐrlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "shaxs" quyidagicha ta’riflanadi: Shaxs - kadrlar tayѐrlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shuo‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik xususiyatlar, faoliyat va xatti-harakatning miqdoriy va sifati o‘zgarish jarayonidir.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Rivojlanishning o`zi nima?

  2. Individ nima?

  3. Shaxs deganda nimani tushunasiz?

  4. Shaxs shakllanishida ta`sir etuvchi omillarni sanab bering.

ADABIYOTLAR:


1. Karimov I.A. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1998.
2. Karimov I.A. Sog‘lom avlod - xalqimiz kelajagi. (Konstitusiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi). “Xalq so‘zi” gazetasi. 8 dekabr, 1999.
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996.
3. Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994.
4. Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981.

4-Mavzu: Shaxs tarbiyasi


Reja:
1.Tarbiya jarayoni haqida tushuncha
2.Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3.Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar.
4.Tarbiya usullari xaqida tushuncha.
5.Tarbiya turlari.
1. Tarbiya jarayoni haqida tushuncha
Tarbiya jarayoninig mohiyati nimadan iborat? Bu oddiy savol bo‘libgina qolmay, pedagogika rivojlanishi shu vaqtga qadar ushbu muammoni yechish yuzasidan ko‘pgina qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo shu narsani bilib olish lozimki, tarbiya tushunchasi har xil mavzuda qo‘llanishi lozim. Masalan, tarbiya deganda, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash deb tushuniladi. Lekin, bu tayyorlash maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoqlama faoliyatni pedagog va talaba faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.
Psixologik va pedagogik tadqiqotlarga qaraganda shaxsga tashqi omillar ta’siri u xoh ijobiy, xoh salbiy ta’sir ko‘rsasin, tarbiyalanuvchi tarbiyasida ular ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatni belgilab beradi va uning xulqiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbidan paydo bo‘ladigan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilish olganligini bilish zarur.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg‘ularini ham o‘stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun talabaning ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. Talabani tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi.Uning xususiyatlari quyidagicha aks ettiriladi.
2.2.Shaxs va uning rivojlanishi hakida tushuncha.
Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar xajmidan iborat buladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zi aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi.
Sharqda ham azaldan farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab kelingan. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
Yurtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning munosib o‘g‘il - qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak. Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, halqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslida olganda ahloq ma’naviyatning o‘zagi. Inson ahloqi shunchaki salom-alik xush muomaladagina iborat emas. Ahloq bu insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik deganidir.
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar.
Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladigan va yaxshi o‘gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishiga izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Islom dini har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon xislatlardan xalos etishga chorlagan.
Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarini o‘rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo «shaxs” degan umumiy tushunchaning ma’nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko‘rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs aktivligi rolini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu masalaga filosofik jihatdan baho berish bilan asoslanadi. Filosofiya rivojlanishini tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb quyidan yuqoriga tomon bo‘lgan harakat deb, yangining tug‘ilishi va eskining yo‘q bo‘lishi yoki tubdan o‘zgarishi deb hisoblaydi.
Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo‘li deb qaraladi.
Murakkab bo‘lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli xususiyatlarni asosiy tomonlar deb ko‘rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani shaxsning uch asosiy tomoni deb ajratib ko‘rsatish eng dastlabki o‘rinishlardan edi. Keyinchalik pedagog olimlar shaxsni o‘rganishga boshqacha yondasha boshladilar. Shaxs doim bir butun, murakkab hodisa bo‘lib unda insonning biologik xususiyatlari ham, ijtimoiy xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, xususiyatlari ham sifatlari bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, turli kishilarda turlicha sodir bo‘ladi. Ba’zan ular bir-biriga zid va o‘zgaruvchandir. Shuning uchun ham kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki xarakter xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan kirishganiga qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi kishining ijodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam xayolida o‘ylab turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarmasa, bu xayol boyligi salbiy xususiyat bo‘lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo‘lgan kishi uni yaxshiroq o‘rganish uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning qobiliyati o‘smaydi. Turmushda kishi o‘zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari bilan qoplashga harakat qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam astoydil harakat qilib va zo‘r berib uni tushunib oladi va mehnatini to‘g‘ri tashkil etadi. Har bir kishi juda ko‘p odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda o‘zining turli xususiyatlarini namoyon qiladi.
Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog‘ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko‘p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o‘z malakasiga o‘ziga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy turmush mahsuli bo‘lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi tarakqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarining turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo‘ladi.
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi.
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish vositalarini bilish zarur.
Tug‘ilgan inson shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi va muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Odatda shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Ushbu omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko‘rsatadi va kishilarning ongli irodasiga bo‘ysunadi boshqalari esa boshqarilishi qiyin bo‘lgan omillardir. Ba’zi omillarning ta’siri stixiyali ravishda sodir bo‘ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayrim kishilarning irodasiga, tashkilosizlik qobiliyatlarida va boshqalarda bog‘liq bo‘lmaydi.
Tarbiyaga shaxsni uning his-tuyg‘ularini xarakterini, jismoniy rivojini, xulq-atvorini muayyan yo‘nalishda shakllantirish maqsadida kishilar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy hodisa deb qarash lozim. Pedagogika sohasining yetuk olimlari ijtimoiy omilning hal qiluvchi ahamiyatiga ega ekanligini himoya qiladilar, shaxs yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki, tarbiyaning ta’siri ostida yaxshi yoki yomon bo‘lib o‘sadi deb isbotlaydilar. Xo‘sh shaxs tarbiyasi uchun ta’sir etuvchi omillar qaysilaridan iborat? Bu asosan uchta omilni tashkil etadi. Biologik omil, atrof - muhit va tarbiyadagi omillardan iboratdir.
Biologik omil. Bu omilning ta’sirini avvalo shuning uchun e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydiki, shaxs tirik organizmdir, uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga ham, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga ham bo‘ysunadi. Hayotning muayyan davrlarida shaxsning ayrim organlari va butun bir organlar sistemasining tuzilishida va funksiyalarida o‘zgarishlar yuz beradi. Shaxsning sog‘lik holati va bu holat ko‘p yoki oz muddat buzilib turishi biologik omilga taalluqli. Shaxs hayotida nerv faoliyatining individual va tipologik xususiyatlari, yosh va jinsiy jihatdan bo‘lgan tafovutlar katta rol o‘ynaydi, ular oldida irsiy emas, balki tug‘ma xususiyat va tafovutlardir. Organizmning biologik yetilishi qonunlarga asoslanadi. Bu qonun muhitning ba’zi bir tarbiyaviy ta’sirlariga turli darajada bo‘ysungan holda amal qilishi kerak. Lekin shaxs organizmining biologik hayoti uning psixik rivojlanishini bevosita belgilab bermaydi va shu bilan birga, unga nisbatan mutlaqo betaraf va befarq hodisa bo‘lib ham qolmaydi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning roli olimlar tomonidan jiddiy muhokama qilinib kelinmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ota-ona organizmining uzoq muddat bir xil sharoitda yashash natijasida mustahkam o‘rnashib qolgan xossalari irsiyat yo‘li bilan o‘tadi.
Muhit. Biologiya fani muhitni organizm yashaydigan joy deb, muhitning ta’siri esa organizm bilan bog‘liq muhit o‘rtasidagi assimiliyasiya va dissimiliyasiya yoki moddalar almashish qonuni asosida amalga oshadi, deb tushuntiradi. Bu qonunga binoan organizm yashab turgan muhit bir butun narsadir. Tabiiy muhit yorug‘lik, issiqlik, ovqat, havo kabi komponentlari shaxsning organizm sifatida rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shaxsning shaxs sifatida shakllanishi uchun bu mutlaqo yetarli emas. Shaxsning yashab turgan muhitida odamlar, birinchi navbatda tarbiyalanuvchiga yaqin kishilar, ya’ni oz sonli oila a’zolarigina emas, balki unga uzoqroq bo‘lgan kishilar uning qo‘ni-qo‘shnilari, mahallasi, tarbiyalanuvchilar bog‘chasidagi o‘rtoqlari, so‘ngra esa u birga o‘qiydigan o‘ynaydigan, birga ishlaydigan, turli aloqada bo‘ladigan o‘rtoqlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Hozirda tarbiyalanuvchilar ommaviy axborot vositalari orqali o‘zlariga notanish avlod-ajdodlarning jonli obrazlariga duch keladilar. Bu obrazlar yosh avlodning fikr va hislariga uning voqea-hodisalariga beradigan baholariga va intilishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir ijobiy yoki salbiy o‘tadigan birdan-bir yo‘l shaxsning tevarak - atrofidagi odamlar bilan munosabatda bo‘lishidir, shaxs munosabatda bo‘lgan kishilar uning muhitidir. Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘ziga xos modda almashish tipi bo‘lgan aloqa orqaligina shaxs o‘tmish - avlodlarining qimmatli tajribasini o‘zlashtira olishi eng yaxshi katta kishilardan namuna ola bilishi mumkin.
Faqat munosabatda tarbiyalanuvchilarning tarbiyachilari-kattalarga emas, balki tarbiyalanuvchilarning o‘zlari ham faol qatnashadigan mana shu aloqadagina, faqat ana shu ikki yoqlama jarayondagina shaxs xilma-xil bilim oladi juda ko‘p malakalarni va ish usullarini egallaydi, o‘zining sezgi organlari orqali idrok qilgan narsalarini anglab olishga tashqi dunyodagi voqea va hodisalarga turli xil his-tuyg‘ular fikr va tasavvurlar bilan javob berishga o‘rganadi.
Odamlar bilan munosabatda u nima yaxshiyu nima yomonligini nimani qilish va qilmaslikni bilib oladi, u muayyan maqsad ko‘zlab aqlga muvofiq tutishni hamda insonlarga va ularning fe’l-atvorlariga tanqidiy baho berishni o‘rganadi. Odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida shaxs yaxshi fazilatlari bilan boshqa shaxslar o‘rtasida ajralib tura boshlaydi, o‘zi yashab turgan jamiyatda qabul etilgan ahloq me’yorlarini boshqalarga va o‘ziga nisbatan qo‘llab, ularni o‘z ishida mezon qilib ola boshlaydi. Demak, birinchidan, muhit shaxsni rivojlantiruvchi omil sifatida tarixan o‘zgaruvchi ijtimoiy hodisadir, chunki muhit, hatto shaxs dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq uning hayoti o‘tadigan eng tor muhit ham, ya’ni shaxsning oilasi ham jamiyatning bir uyasi, hujayrasidir. Tarixiy taraqqiyotning har bir davrda yangi kishini tarbiyalashning maqsadlari va vositalari o‘zgaradi, ahloq me’yorlari, madaniyat boyliklari, katta yoshdagi odamlarning did va qiziqishlari, fikr yuritish usullari o‘zgaradi.
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchi o‘z aktivligi tufayli, moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqaga kiradi. Faqat ana shu sharoitdagina muhit o‘sib kelayotgan shaxsni rivojlantiruvchi omil bo‘lib qoladi. Inson tarbiyasida muhit muhimmi yoki tarbiya degan savolni qo‘yish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu narsa g‘ayriqonuniydir. Ammo muhit shaxsga ma’lum darajada tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatgan taqdirdagina rivojlantiruvchi omil bo‘la oladi. Bu ta’sir stixiyali, tartibsiz ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bunday holda shaxsning rivojlanishi ham mauyyan maqsadga qaratilmagan bo‘ladi, natijada shaxsda jamiyat uchun ham, shaxsning o‘zi uchun ham zararli bo‘lgan shaxsiy fazilatlar vujudga keladi.
Tarbiyalanuvchining o‘z atrofidagi moddiy va ijtimoiy muxit bilan aloqada bo‘lishi, uni rivojlantiruvchi asosiy sabab ekanini tushunish munozarali bir masalani, shaxsning psixik taraqqiyotida eng muhim narsa biologik omilmi yoki ijtimoiy omilmi degan masalani hal qilish imkoniyatini beradi. Shaxs hayotda va kattalar bilan munosabatda o‘z individualligini tashkil etgan jismoniy va psixik sifatlarining butun majmui bilan harakat qiladi. Shunday qilib biologik va ijtimoiy omilni biri-biriga qarama-qarshi qo‘ymaydi.
Pedagogikada tarbiyalanuvchining rivojlanishini uning faoliyati va shu faoliyat tufayli yuz beradigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikka bo‘lgan munosabatlarida, bilish jarayonlari va xarakter xususiyatlarini rivojida hosil bo‘ladigan sifat o‘zgarishlardan iborat murakkab jarayon deb hisoblaydi. Faoliyasiz rivojlanish bo‘lmaydi. Shaxsdagi rivojlanish mohiyati avvalo shundan iboratki, uning faoliyati o‘zgarib va takomillashib boradi, faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar) ko‘payadi, har xil faoliyat turlarining o‘zaro nisbati, ularning natijalari o‘zgaradi va shu o‘zgarishlar jarayonida shaxsning rivojlanishi yuqoriroq darajaga ko‘tariladi. Shunday qilib, bilish prosesslarida ham tarbiyalanuvchining dunyoga bo‘lgan munosabatida ham, uning turli faoliyatida ham murakkab sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladiki, bu shaxs rivojlanishining mohiyatini tashkil etadi.
Faoliyatning har xil turlarida shaxsning individual xususiyatlari shakllanadi. Bu xususiyatlar faoliyatning maqsadlarida, faoliyatga undagan sabablarda kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan yo‘l, usul va vositalarni va uning o‘z ishiga, o‘z faoliyatiga, o‘zi va boshqalarning yutuq va muvaffaqiyasizliklariga qanday qarashida namoyon bo‘ladi.
Kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda foydalanadigan vositalarga qarab ham shaxsga baho berishi mumkin. Bunda odam o‘zidagi bilimini, o‘zi yaxshi bilib olgan ish usullari, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llaydi, qobiliyatlar ham shaxsning imkoniyatlaridandir. Kishining imkoniyatlari aksariyat hollarda o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra, ancha ko‘p yoki oz bo‘ladi. Talabchanlik darajasi ochiq ifodalangan sabab vaziyatning murakkabligi va masalani hal qilish yo‘lini topish zarurligi unda bo‘lgan yashirin imkoniyatlarini oshirib ko‘rsatadi.
Shaxsning o‘zi yutuq va kamchiliklariga munosabati, beradigan bahosi bu boradagi ruhiy kechinmalari ham uning onglilik darajasini ko‘rsatadi. O‘z yutuqlariga takabburlik yoki kamtarlik bilan baho berish, muvaffaqiyasizlikka uchraganda umidsizlanish yoki masalani hal etish yo‘lini topishi uchun yana ham ko‘proq sabr, matonat bilan harakat qilish bu turli xil ruhiy kechinmalarning hammasi kishining o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan talabchanligini, o‘ziga-o‘zi baho berishini va bu bahoning qanchalik asosli ekanini har xil tarzda yaqqol namoyon etadi.
Shunday qilib, shaxsning eng muhim xususiyati uning tevarak-atrofidagi dunyoga bo‘lgan munosabatlari tizimidir. Kishi qancha ko‘p bilsa har - xil odamlar bilan aloqada bo‘lib turli xil ishlarda bo‘lsa, shaxs sifatida unda o‘z mamlakatining fuqarosi, yangi jamiyatning faol quruvchisiga xos eng yaxshi xislatlar shuncha yorqinroq ifodalangan bo‘ladi.
Shaxs shakllanishi uchun zarur bo‘lgan omillardan yana biri bu tarbiyadir. Tarbiya bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan vazifalar belgilangan, shuningdek, shaxsga ta’sir o‘tkazishning aniq yo‘l, vositalari ko‘rsatilgan va maqsadga muvofiq tashkil etilgan jarayondir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodni xalqning hayotini yaxshilashga, Vatanining gullab-yashnashiga sarflashni biladigan, istaydigan a’zolari qilib tayyorlashdir.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun shaxsdagi rivojlanish mohiyatini tushunish, uning bilish va aloqa boshlash faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlashi zarur. Tarbiyachi shaxsni rivojlantiruvchi eng muhim omilni ham bilishi, stixiyali ta’sir ko‘rsatayotgan faktorlarni bartaraf etishi, shaxsda dunyoqarashni shakllantirish, uning o‘sishi va rivojlanishining muayyan yosh bosqichlariga oid tarbiya qonunlarini aniqlashi kerak. Tarbiyaning shaxsni rivojlantirishdagi roli to‘g‘risida turli xil nuqtai nazarlar bo‘lganligi pedagogika fanining taraqqiyoti tarixidan ma’lumdir. Pedagogika tarbiya omiliga aktiv rol ajratadi va shaxsning jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik rivojlanishiga to‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyagina yordam beradi. Shu bilan birga tarbiyaga ikki yoqlama jarayon deb qaraladi, unda faqat katta yoshdagilar emas, balki kattalar tajribasini o‘zlashtiruvchi shaxslar ham aktiv rol o‘ynaydilar.
Tarbiyaviy ishda talabaning kuchi va qobiliyatlarini hisobga olmaslik kabi jiddiy kamchilik ham uchrab turadi. Har bir shaxsning o‘z ehtiyoj va qiziqishlari bor. U aqlli tarbiyachining izidan borishi yoki belgilangan yo‘nalishda aktiv harakat qilishi, ba’zan esa tarbiyachiga e’tiroz bildirishi, kattalar bilan turli xil aloqada bo‘lishi yoki boshqalarga qo‘shilmay, passiv holda yurishi mumkin. Tarbiyalanuvchi o‘z rivojlanishining ob’yekti va sub’yekti sifatida harakat qilganda bu jarayon eng muvaffaqiyatli boradi. Shu bilan birga shaxsning aktivligi, tashabbuskorligi, mustaqilligi ancha oshadi va uning o‘zini o‘zi tarbiyalashida namoyon bo‘ladi.
Pedagogika fanining asoschisi Ya.A. Komenskiy: «Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o‘rgangani singari, o‘z oldiga insonnini barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday xislatlarga ega ekanligini bilishi kerak” - degan edi. Albatta pedagog qaysi fandan dars bersa o‘sha fanni talabalarning shu fanni to‘g‘ri o‘zlashtirishlariga yordam beradigan uslublarni yaxshi bilishlari lozim. Ammo talabaning ehtiyojlari, qobiliyatlari qiziqishlari va ularning chin ko‘ngildan xohlab chidam va matonat bilan o‘qishga tayyormi-yo‘qmi ekanligini hisobga olinmasa, o‘qish qoniqarli natija bermaydi, pedagogning mehnati og‘ir kechadi. Shaxsning fikrlash qobiliyati va xarakter xususiyatlarini nazarda tutgan holda olib borilgan ta’lim talabalarni bilim olishga rag‘batlantiradi, o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, pedagog va talabalar faoliyatini zavqli ijodiy ishga aylantiradi.
2.3. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar
Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko‘ra o‘zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari va yurish-turishlari hammaga ma’lum. Tarbiyalanuvchidagi o‘sish va rivojlanishning yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan notekis holda borar ekan, har qaysi yosh davrining o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari bor. Anatomiya, fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing ayrim organlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining faoliyatini ham ochib beruvchi g‘oyat ko‘p faktik material to‘playdi. Tadqiqotchilar tananing ayrim organlari va qismlari ko‘pincha bir-biridan o‘zib ketib, o‘zaro kelisha olmay o‘sishi va rivojlanishini ko‘rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga bo‘lishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun bor kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini tasdiqlovchi to‘g‘ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan ob’yektning o‘ziga xos xususiyatini, ya’ni uning rivojlanayotgan, jonli mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya jarayonning faol ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi mumkin, biroq ularga qarshilik ko‘rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin. Shaxs tarbiyachining maslahati, iltimosi va topshirig‘ini bajarishni xohlaydi. Tarbiyalanuvchi pedagogning uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo‘lishi kerak. Ularning faoliyati asosan beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit ta’siriga berilgan javobdir.
O‘smirlik davrida insonning faoliyatiga ko‘p darajada ichki sabablar tufayli sodir bo‘ladi.
Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy ongi o‘sishidagi muayyan bosqichda shaxs o‘zi uchun tashqi bo‘lgan maqsadlarnigina emas, balki o‘z shaxsiy tarbiyasining maqsadini ham anglay boshlaydi. U o‘ziga ob’yekt deb qarashga o‘tadi. Shaxsning ichki sabablari shaxsning o‘z nuqsonlarini yo‘qotish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni hosil qilish vazifasini o‘z oldiga qo‘yishining asosidir. Shaxsning o‘z bilim va malakasini oshirishi, o‘zini-o‘zi tarbiyalashi uning ob’yektiv maqsadni o‘z faoliyatining sub’yektiv zarur motivi deb anglashi va qabul qilishdan boshlanadi. Shaxs o‘z xulq-atvori yoki faoliyatini sub’yektiv ravishda muayyan maqsadga qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, ertangi kunning rejasini tuzish masalasini qo‘yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida ob’yektiv va sub’yektiv qiyinchiliklar yuz berishi muqarardir.
Tarbiya san’ati shaxsda o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intilishini mumkin qadar ertaroq uyg‘otish va unga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatib, yordam berishdan iboratdir. Bu ishda pedagoglar, ota-onalar hamma vaqt va hamma joyda kuchli va yaxshi bo‘lishni istaydigan shaxsning o‘ziga tayanishlari kerak.
Tarbiyalanuvchilarning o‘sish bosqichlari asosan uch bosqichda rivojlanib boradi.
O‘quv muassasasida tizimli ravishda o‘qishga borganidan keyin hayot tarzi butunlay o‘zgarib boradi. Endilikda u qiziqarli bo‘lmagan ammo kerakli narsalarni bilib oladi. O‘qish ukuv muassasasigacha davrda egallashgan hali ilmiy bo‘lmagan hayotiy tushunchalarga qator o‘zgartirishlar kiritadi.
O‘spirinlik yoshining eng xarakterli belgisi-tarbiyalanuvchining katta odamga aylanishi ya’ni balog‘atga yetishidir. O‘spirin xuddi shaxsga o‘xshab barcha taassurotlarni jon jahdi bilan o‘zlashtiradi, jismoniy va ma’naviy jihatdan voyaga yetadi, bo‘ysinishini idrok qiladi, undan o‘zi uchun kuch va jasorat oladi, lekin o‘z kuch qudratining chegarasini o‘zi hali bilmaydi. O‘spirin nisbatan ko‘proq darajada kattalar hayotining ishtirokchisi hisoblanadi, oiladagi ancha ma’suliyatli vazifalar uning zimmasida bo‘ladi. Tevarak-atrofidagilar ham o‘spiringa nisbatan boshqacha munosabatda bo‘la boshlaydilar. Lekin uning ma’naviy va jismoniy kuchlarini kattalarga tenglashish uchun, o‘zining porloq rejalarini amalga oshirish uchun xali yetarli darajada aniq emas. O‘spirinlik yoshining ichki ziddiyatlari ana shulardan iborat. O‘zining jismoniy taraqqiyotini anglash o‘spirinda xususiy qadr-qimmatini ta’qid etish istagini, mustaqillik sari intilishni keltirib chiqaradi. O‘spirin biron bir darajada o‘zini ko‘rsatishini xohlaydi. Bularning hammasi uning faolligini kuchaytiradi, ijodiy tashabbuskorligini rivojlantiradi, uni ijtimoiy hayotga olib kiradi, ma’suliyat va burch tuyg‘usini oshiradi. Aytib o‘tilgan xususiyatlar o‘quv muassasasi talabasining ijtimoiy pozisiyasini shakllantirish uchun o‘spirinlik yoshini ayniqsa maqbul qilib qo‘yadi. Ushbu davrda ayrim yomon illatlar ham shaxsda borligi yaqqol ko‘zga tashlanishi mumkin.
Yoshlik davri-bu shaxs balog‘atga yetishi va shakllanishining yakunlovchi bosqichdir. Bu eng avvalo mustaqillikning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Hali o‘spirinlik yoshidayoq shaxsda o‘zini qaror toptirishga munosabati bilan o‘zining va uning xususiyatlariga katta qiziqish uyg‘onadi. Yosh yigit va qiz xuddi o‘spirin kabi o‘zining nimaga qodirligi bilishini istaydi. Lekin endilikda u erishgan natijada hayotiy timsol haqidagi umumlashgan tasavvur bilan taqqoslangan holda o‘z faoliyatini boshlaydi. Yigit va qizlar tafakkurining falsafiy yo‘nalishi ularni o‘zicha tahlil qilishga, o‘zicha kuzatishga va o‘zicha belgilashga olib keladi.

4.Tarbiya usullari xaqida tushuncha


Tarbiya jarayoni to‘xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo‘lib, unga pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida ijtimoiy, jamoa, o‘rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Masalan, tarbiyalanuvchining odobliligi, yetukligi bilan unga qo‘yiladigan talab o‘rtasidagi farq tarbiyachi va jamoa ta’siriga shaxsning o‘z pozisiyasi, ya’ni munosabati tarbiya jarayonining ichki qarama-qarshiligi bo‘lsa, tarbiyachining talablari bilan shaxs mikro muhit ta’siri o‘rtasidagi uzilish tashqi qarama–qarshilikdir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, tarbiyada tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik dajarajasini ham e’tirof etish lozim. Bordi-yu, bu masala unutilib qo‘yilsa, tarbiya jarayonida yana qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Masalan, tarbiyalanuvchilarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun shu faoliyat nima uchun, qaysi maqsadda, qancha muddatda bajarilishini ularning ongiga yetkazish, bajarish usuli va natijasini hisobga olishda esa o‘zlariga havola qilish ma’qulroqdir. Bordi-yu, yaxshi faoliyat turi tavsiya qilinganda ularning onglilik va ishni bajarishga tayyorgarlik darajasi hisobga olinmasa, uni bajarish istagi uyg‘otilmasa, tarbiyachining o‘rinishlari befoyda bo‘ladi, talabalar passiv, behafsala bo‘lib qolaveradilar.
Tarbiya usullarida har tomonlama shaxsni shakllantirish maqsadida shaxs ongi, his tuyg‘ulari, irodasi va munosabatlar sistemasiga ta’sir ko‘rsatish usulini tushunish kerak. Tarbiya usullari ham ma’lum bir elementlarga bo‘linib tarbiya usullari deb yuritiladi. Masalan, pedagog tarbiyalanuvchiga biror bir vazifani topshirdi. O‘z navbatida bu vazifani bajarish uchun ko‘rsatmalar beradi. Bu ko‘rsatmalar va tushuntirish maxsus holda metodik usul sifatida namoyon bo‘ladi. Tarbiya usullari va vositalari o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Tarbiya usullari shaxsga ta’sir ko‘rsatishdan iborat emas. Tarbiya ikki tomonlama jarayon bo‘lib pedagog tarbiyachi faoliyati bilan talaba faoliyatini birlashtiradi.
Talabalarning tarbiyaviy ta’sirga faol tayyor bo‘lishiga erishish uchun buni muayyan sharoitga qo‘yish, uning faol faoliyatini tashkil etish lozim. U yoki bu tarbiyaviy vazifalarni hal etishning muvofiq tashkil etilgan me-todik yo‘llari tarbiya vositalari deb yuritiladi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan vositalar bunda televideniye, radio, kitoblar shaxslar jalb qilinadigan faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘la oladi.
Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o‘yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to‘garaklari tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish kerak. Tarbiya natijasining samarali bo‘lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularni qo‘shib olib borishga bog‘liq.
Tarbiya usulini tadbiq etish muayyan yoshdagi shaxs faoliyatiga mos kelsa muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tarbiyaning umumiy usullari asosan 4 gruppaga bo‘linadi.
1. Ijtimoiy ongni shakllantirish usuli.
2. Ijtimoiy ahloqni shakllantirish usuli.
3. Rag‘batlantirish usuli.
4. O‘z-o‘zini tarbiyalash.
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari - talabalarning ongli, his tuyg‘usi va irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullarini umuman shaxs ongiga ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari tushuntirish, suhbat va o‘rnak ko‘rsatish qismlardan iboratdir.
Tushuntirish - talabalarda e’tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan usulidir. Tushuntirish usulidan ko‘zlangan maqsad shaxsga hatti-harakatlar, voqealar va hodisalarga u yoki bu talablarning ma’naviy, estetik, mazmunini ochib berish, unga xulq - atvorga va insoniy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantirishda ko‘maklashishdan iboratdir.
Hikoya va suhbat pedagogning jonli so‘zi asosida shaxsni g‘oyaviy va ma’naviy shakllantirishning ta’sirchan usuli hisoblanadi. Hikoya qilinadigan mavzu talabalar uchun dolzarb, shaxslarni ma’naviy ishonch, ijobiy his tuyg‘ular vujudga keltirishga olib kelishi kerak. Masalan, pedagog boshqa gurux jamoasi metallom yig‘ishda yordam berganligini maroq bilan gapirib bersa, buning samaradorligi talabalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar talabalar “Biz ham metallom terishda yordam beramiz”-degan umumiy istak bildirsa, demak, pedagogning hikoyasi shaxslar ongiga yetib borgan va bunga javoban biron maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishga tayyorgarlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi.
Suhbat xilma-xil mavzularda olib boriladi, masalan etika- estetika mavzusida ya’ni insonni yurish-turishi, atrofdagi voqealar, hulq atvor, go‘zalligi, davlatning ichki va tashqi siyosati, bilim olishi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish va boshqa mavzularda olib boriladi. Suhbat vaqtida talabalar passiv tinglovchilar emas, balki muhokama qilayotgan faol ishtirokchilarga aylanadi. Suhbat vaqtida pedagog, tarbiyachilar tarbiyalanuvlarni tajribasiga, ularning bilimiga tayanishi lozim. O‘tkazilayotgan suhbat talaba uchun ahamiyatliligini hisobga olish zarurdir. Yangi materiallarni tanlash, tarbiyalanuvchini o‘ylashga, mazkur masala bo‘yicha o‘z bilimlarini orttirishga yordam beradi. Pedagogning o‘zi qanchalik kam gapirsa, talabalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi.
Suhbat natijasida qabul qilingan axloqiy me’yor keyinchalik talabalar hulq atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Va keyingi davrga mo‘ljallangan o‘z hulq atvorini kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlar berish imkoniyati tug‘iladi.
Tarbiyalanuvchi xayotiy faoliyatga intilar ekan, kattalar hurmat qiladigan kishilarni o‘ziga namuna qilib oladi, ularga taqlid qiladi. Taqlid qilishga moyillik ko‘p sabablar bilan izohlanadi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarning hayotiy tajribasi hali kam, barqaror hulq atvor ko‘nikmasi yo‘qligidadir. Tarbiyalanuvchilarning aktivligi taqlid xarakteriga ega. Talaba kattalar tarjibasini o‘zlashtira borar ekan, ko‘pincha o‘zi hurmat qiladigan, o‘ziga yoqtiradigan kishilarning xulq - atvori obrazlarida foydalanadi, ulardan nusxa ko‘chiradi. Taqlid ularda bir muncha tanlash xarakteriga ega. Ularni boshqa kishilarning xarakteridagi ma’lum hislatlar jalb qiladi.
Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namunalar yordamida kengayib boradi. Taqlid qilish uchun ijobiy namunalar tanlashda axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy omillarning ahamiyati kattadir. Tarbiyalanuvchilar va o‘smirlarning taqlid qilishga moyilligi ko‘pincha salbiy odatlarni ham o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba’zan tarbiyalanuvchilarni o‘quv muassasasi tartibini buzuvchilar, ularning qo‘polligi soxta jasurligi jalb qiladi. Ota - onalar va pedagoglar farzandiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlari bilan aloqa qilishini ta’qiqlasa bu aksincha tarbiyalanuvchining haligi tarbiyalanuvchi bilan birga bo‘lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi yomon ta’sirga ijobiy namunani qarama-qarshi qo‘yish, oilada va ukuv muassasasida faoliyatni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat unga zerikarli, mazmunsiz, majburiy bir narsa bo‘lib tuyulmasin.
Tarbiyalanuvchi bo‘ladigan muhitga ham imkoni boricha ijobiy ta’sir ko‘rsatmog‘i zarur. Tarbiyada taqlid qilish va nusxa ko‘chirish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Har bir shaxsning o‘ziga xos tarzda alohida takrorlanmaydigan shaxs bo‘lib uyg‘onishiga erishmoq kerak. Namuna onglilikni, ijobiy faollik va mustaqillikni rag‘batlantirib turgandagina bunga erishsa bo‘ladi. Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun oilada ota-ona, aka-uka, sevimli pedagog namuna bo‘la olishi mumkin.
Rag‘batlantirish uslubi biron-bir omilning tarbiyalanuvchiga ta’sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-harakatlarini aktivlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
Rag‘batlantirish harakat qilishga ilhomlantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ishlarning formasi har qaysi tarbiyalanuvchining xususiyatiga qarab o‘zgaradi. Istiqbolga doir talablar tarbiyalanuvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Istiqbolni qo‘yish har xil insonning ulg‘ayishi uchun ham, jamoa uchun ham muhimdir. Rag‘batlantirish usullari orasida musobaqa katta o‘rin tutadi. O‘quv muassasasi hayotida musobaqa ishlarini ommaviylashtirish muhimdir. Musobaqaning mohiyati qoloqlarni ilg‘orlar darajasida yetkazish ishning umumiy yuksalishiga erishishdir. Musobaqa har bir talabaning imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholashda olg‘a harakat qilishda, kuch yetadigan istiqbolni belgilashda iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi.
Rag‘batlantirish talabaga shunday ta’sir ko‘rsasinki, bunda tarbiyachi alohida bir talabaning xatti-harakatiga, xulq-atvoriga ijobiy baho bera olsin. Jamoa talablarining bajarilishini rag‘batlantirishi uchun asos deb hisoblash kerak. Rag‘batlantirish insonga yashayotgan va ishlayotgan jamoaning undan mamnunligini ko‘rsatadi.
Jamoa to‘g‘ri xulq–atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko‘nikmalariga barham berishi mumkin. Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining takomillashuviga, xulq atvor va xatti–harakat bobida qanday yo‘l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi. Talabani qanday va nima bilan rag‘batlantirishni pedagog bilmog‘i lozim.
Masalan, o‘quv yili oxirida yakun yasaladi va baholash nimaga asoslanishi kerak, o‘qish natijasigami, yoki talabaning o‘quv mehnatiga, munosabatigami?
Istiqbolni tasvirlash talaba faoliyatini rag‘batlantiradi, bu narsa quvonch bilan kutish kayfiyatini oshirib, qo‘ygan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga beradi.
Istiqbolni tasvirlash har bir tarbiyalanuvchining rivojlanishi uchun ham, jamoa uchun ham zarur.
Maqtov rag‘batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyachining alohida olingan shaxs xususiyatlariga ijobiy baho berishidir. Talaba tarbiyalanishida maqtovning o‘rni muhimdir. Maqtov shaxsni ijobiy xislatlarini tarkib topishga yordam beradi. Lekin maqtov ham talaba xissiyotlari rivojlanishi tezlashtirib yuboradi, unda manmanlik, xotirjamlik tuyg‘ularini keltirib chiqaradi.
Jazolash usuli
Jamoa talabaning axloqidan uning ishga munosabatidan, muomalasidan mamnun bo‘lmasa, shaxsning o‘z xulqini tuzatib olishda yordam ko‘rsatish uchun jazo usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham talabaning o‘zini noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi.
Tarbiyalanuvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jazolash ham me’yor darajasida bo‘lishi shart. Chunki buning natijasida tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning bir qator usullarini ishlab chiqilishi lozim.

O‘z-o‘zini tarbiyalash usullari


Tarbiya jarayonida talaba o‘z-o‘zini tarbiyalashi, ya’ni o‘z ustida ishlash, aktiv ish olib borsagina tarbiyani samarali deb aytish mumkin.
Talaba o‘z-o‘zini tarbiyalash borasida istiqbolini yaratishga intilishi, hayotda ma’lum mustaqillikka intilishda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash oilada va o‘quv muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning ta’siri ostida ro‘y beradi. O‘z-o‘zini tarbiyalash jamoadagi shaxslarda faolroq amalga oshishi mumkinligi ularda iroda, tirishqoqlik intizomni tarbiyalaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxslarning o‘z oldida muayyan vazifa qo‘ya olishini, uni bajarishida ichki ishtiyoq bilan bajarish jarayonida shu vazifani bajarishi mumkinligini anglashni, nima qilganligi haqida hisobot berilishini nazorat qilishni va to‘plangan vazifalarning aniq natijalariga baho berishni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsiy majburiyat, o‘z ishi haqida hisobotlarni tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga baho berish usullariga bo‘linadi.
5.Tarbiya turlari
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, inson tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim tamoyillari, qonun-qoidalari mavjud, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi:
Tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilar:
• tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
• tarbiyaning hayot, mehnat bilan O‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog‘lanishi;
• shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
• tarbiyada shaxsni hurmat qilish va unga talabchanlik;
• tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
• tarbiyada shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kabilardir.
Yuqoridagi tamoyillar va qonun va qoidalarga amal qilib, yangi ijodiy uslublarni qo‘llab, rivojlantirib tarbiyaviy jarayonni tashkil etish maqsadga erishishning eng samarali yo‘lidir.

Aqliy tarbiya


Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o‘rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Bularning hammasi dars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, malakasini hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operasiyalarini rasional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas”, - deyiladi.
Axloqiy tarbiya
«Axloq”, «xulq” va «atvor” so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odatlarda «axloq-kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui” desa, boshqalar esa «axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi” deyishadi.
Ahloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-harakat ahloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa ahloq ixtiyoriydir.
Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnasevar bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning ahloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o‘z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o‘z aksini topgan:
a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
b) mehnatga ahloqiy munosabatni tarbiyalash;
v) atrofdagi kishilarga ahloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish;
g) shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga, axloqiy munosabatni tarbiyalash.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o‘rgatadi. [30]
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq, lekin shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o‘z spesifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, xuquqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan:
1. Axloqiy onglilik.
2. Axloqiy qadriyatlar.
3. Axloqiy his-tuyg‘ular.
Pedagogikada axloqiy tarbiyani rivojlantirishni bir necha uslublari mavjud bo‘lib, bu uslublarni biz 2-rasm orqali ifoda etib o‘tamiz.
Ekologik tarbiya.
Ekologiya so‘zi «tom” yoki «uy” degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooyekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha ob’yektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir.


Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4.Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin.
Huquqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan holda ifodalanishidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarurdir.
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipial jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yangi yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya sub’yektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya ob’yektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqotlar kiradi.
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniye, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog‘liqligi yanada ortadi.

Estetik tarbiya


Hayotda tabiat - go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, talabalar san’atning har xil turlarini ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘lishi zarur.
4. Talabalar ijodiy va ijrochilik faoliyatini tashkil etish, talabalar badiiy faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar o‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarini, voqelik predmetlarini va hodisalarini san’at vositalari yordamida mustaqil tasvirlash ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantiradi.
Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson oranizmini chiniqtirish va talabalarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; fizkultura va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Talabalarning sog‘ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport inshootlari, sport komplekslarini keltirish mumkin.
Mehnat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim samaradorligini umumiy ta’lim ukuv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil hayotga amaliy va texnika inqilobi va hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar darajasiga ko‘proq muvofiq bo‘lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar o‘quv yurtini tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak.
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari”da ta’kidlanadiki, mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va xalq xo‘jaligining mehnat resurslariga talabini qondirish vositasi deb bilish kerak.
Mehnat faoliyati jarayonida inson tabiatini o‘zgartiribgina qolmay u bilan birga o‘zi ham o‘zgaradi. Mehnat faoliyati shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishga uning tabiat va jamiyatga qarashli tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat inson aqliy qobiliyati jarayonini o‘z ijodiy faolligini namoyon qilib ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi. Mehnat tufayli insonning ma’naviy munosabatlari shakllanadi. Jismoniy jihatdan kamol topib o‘z mehnat ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantira boradi.
Mexnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan umumiy talablarni quyidagi jadvalda keltirib o‘tildi.

Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.


Mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunga egaligi. Mehnat faoliyatini jamoa xarakteriga egaligi. Mehnat topshiriqlarini berishda o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olish.Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo‘lishiga erishish. Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi. Ammo har qanday mehnat ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirish omili bo‘lavermaydi. Ekspulatasiya va zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan mehnatgina insonga hal qiluvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy rivojlanishga xalaqit beradigan va ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga aylanadi. O‘quv yurtlarida mehnat tarbiyasini rivojlantirish yo‘llarini ijodiy ishlab chiqishda shaxs mehnatini tashkil etish metodikasiga jiddiy e’tibor berish kerak. Mehnatdan maqsadga muvofiq foydalanilsagina u tarbiyalanuvchilar ma’naviy kamolotini omili bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun mehnat shaxsni qiziqtirishi, jismoniy mehnatgagina emas, balki aqliy mehnat bo‘lishi lozim. Shaxs mehnat natijasini tushunishi kerak. Shaxs faqat o‘quv muassasasidagina emas, undan tashqarida ham mehnat qilishi kerak. Mehnat tarbiyalanuvchilar uchun ularning qurbi yetadigan ijodiy faoliyat bo‘lishi lozim. Mehnat tarbiyasini bir qator yetakchi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• umumfoydasi uchun mehnat qilish zarurligi;
• talabalarda jamoa mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan barqaror ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash;
• talabalarni umumiy bilim va politexnik bilimlar tizimi bilan hozirgi zamon ishlab chiqarishda qatnashish uchun zarur bo‘lgan maxsus mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan qurollantirish;
• talabalarga bo‘lajak kasbni ongli tanlashda yordam berish;
• mehnat madaniyati asoslarini tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning iqtisodiy tarbiyasi.
Mehnat tarbiyasining vositalari quyidagilar:
1. Ijtimoiy foydali mehnat.
2. Oilaviy mehnat.
3. Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv.
Mehnat ikki xil bo‘ladi:
Aqliy mehnat.
Jismoniy mehnat.
Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og‘ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo‘r berishni talab qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug‘ullanishni talab qiladi. Bu mehnatning murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo‘lishi qiyinroq bo‘ladi, bu natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi.
Aqliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega bo‘lgan va mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy xarakterlarni egallaydilar. Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning samarali turlarini shakllantiradi.
Aqliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning qurbi yetmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon yetkazadi. O‘qishdan ko‘nglini sovutishi mumkin. Shu sababli pedagog har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatini va ta’lim olishga individual tayyorligini aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi xususiyatlarini bilishi, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. O‘quv mehnatning bosh vazifasi-shaxsni o‘qishga o‘rgatishdan, uni o‘quv mehnati metodikasi va texnikasini qurollantirishdan, ûzi bilim oladigan bo‘lish imkoniyatini berishdan iborat. O‘quv mehnati jarayonida ta’sir qiladigan ko‘nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchini bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo‘ladi. Pedagogning o‘quv muassasasi tarbiyalanuvchilarida darsliklar, kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishda mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. O‘quv mehnati jarayonida aqliy mehnat madaniyati hosil qilinadi. O‘rtoqlik, xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, bularning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish uchun xizmat qiladi.
Qisqa xulosa
Tarbiya jarayoni to‘xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo‘lib, unga pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida ijtimoiy, jamoa, o‘rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1.Tarbiya jarayoni nima?
2.Tarbiya jarayonining murakkabligi nimada?
3.Tarbiya tamoyillari.
4.Tarbiya usullari, turlarini sanab bering?
5. Shaxs tushunchasiga ta’rif bering?
6. Muhit nima?
7. Tashqi muhitning shaxsga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?
8. Tarbiya orqali insonni to‘liq o‘zgartirish mumkinmi?
9.Tafakkur, idrok, ilmiy dunyoqarash deganda nimani tushunasiz?
10.Milliy qadriyatlarning ahamiyati ahloqiy tarbiyada qay darajada namoyon bo‘ladi?

ADABIYOTLAR:


1. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996.
2. Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994
3. Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981.

5 - Mavzu: Ta’lim nazariyasi


Reja:
1. Ta’lim jarayonining mohiyati va vazifalari.
2. O‘qitish jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari.
3. Ta’lim jarayonining tuzilishi (bosqichlari).
3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining xususiyatlari.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.
Tayanch iboralar: Didaktika, ta’lim, o‘qish, o‘qitish, mustaqil, kuzatish, tushuntirish, metod, induktiv, produktiv, evristik, tamoyil, ko‘rgazmali, fanlalararo boǵliqlik, hayot bilan boǵliqlik, o‘z ustida ishlash, uzluksiz ta’lim.
Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, yani talim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika shuǵullanadi. Didaktika – grekcha so‘z bo‘lib, ”didasko”, yani o‘qitish, o‘rgatish ma’nolarini beradi. Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari, shakllari xaqidagi bilimlarni taqdim etiladi.
Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘quvchi, talabaga tasir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi talim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga boǵliq. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Ta’limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha manoni bildiradi. Ya’ni: talim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar xosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir.


Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shaklantiriladi.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, yani unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi.
Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni xosil qilish, yangi xaqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va xarakatlarini xosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto‘ǵri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi.
1) Ta’limiy maqsad – o‘quv materiallarining mazmunini bilish, yani ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
2) Tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan ǵoyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirishdir.
3) Rivojlantiruvchi maqsad – ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi- talabada mustaqil ishlash is’tedodi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur xukmronlik qiladi. Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi.
Birinchi bosqich – o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda wquvchi-talaba talimning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich – ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich – yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali mustakamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda – ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining xamma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmoǵi sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
1) o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni xosil qiladi;
2) ularda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o‘stiradi;
3) yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo‘lib yetishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z faoliyatining obe’kti sifatida qiziqib qarashi, uning extiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari o‘qituvchi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi-talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va xisobga olishi, o‘quv materiallarini to‘ǵri tanlay bilishi, taxlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, taxlil qilish va xulosalash kabilar. Xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim.
Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo‘lib u o‘qitish, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shuǵullanadi. Ta’lim nazariyasini “Didaktika” tushunchasi bilan ham ifodalanadi. “Didaktika” so‘zi grekcha “Didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “O‘qitish, o‘rgatish” degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish obe’kti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro boǵliqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Albatta, avloddan-avlodga o‘tib borgan sari ijtimoiy tajriba hajmi ham ortib boradi. Fan va texnikaning rivoji ham ilmiy bilimlarning hajmiga va xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi. Bularning hammasi esa o‘z navbatida ta’lim tizimida o‘z aksini topadi. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki aynan ta’lim tizimi jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy, ilmiy dunyoqarashini shakllanishida eng asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham barcha tarixiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta’lim tizimini isloh qilish muhim o‘rin tutgan. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
O‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim jarayonida:
- Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi;
- Kerakli malakalarga ega bo‘ladi;
- Ko‘nikmalar hosil qiladi;
O‘quv jarayonida ta’lim oluvchilar va pedagoglar o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlar o‘rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta’lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo‘naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko‘zlab reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o‘zlashtirib olishlari kerak. Ta’lim jarayonida pedagog o‘rgatish, bilim, malaka, ko‘nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o‘zlashtirish jarayonini o‘z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo‘lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O‘qish talabalarning o‘zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma’lum bo‘lgan haqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta’limning asosiy vazifalaridan - biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta’lim tizimi talabalarga berishili kerak bo‘lgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni yechimini topish ustida bosh qotirmoqda.
Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bwlgan talab yanada kuchayib boradi.
Ta’limning yana bir o‘ziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. Har qanday tarbiya asosida bilim mavjud bo‘lganidek har qanday ta’lim o‘zida ma’lum tarbiyaviy ta’sirni mujassamlashtiradi. Bilimlarning talabaning faqat fikrlash qobiliyatiga emas, balki ichki kechinmalariga, his-tuyǵulariga, fazilatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ta’lim jarayoni ta’sirida talabaning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish va yangi poǵonaga ko‘tarish asosiy masalalardan biridir. Aynan ta’limning rivojlantiruvchi xususiyatini ikki darajaga ajratib tahlil qiladi.
Zaruriy rivojlanish. Bu talaba tayyorgarligidagi mavjud daraja, boshqacha qilib aytganda, talabadagi bor daraja, yani talabaning bugungi o‘quv jarayonigacha bo‘lgan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja talabaning ishni mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Yuqori darajadagi rivojlanish. Boshqacha qilib aytganda, shu dars davomida ko‘tarilish kerak bo‘lgan darajadir. Bu talaba hozircha qila olmaydigan, lekin ko‘mak vositasida eplay oladigan ishdir. Talaba ana shu o‘zi uchun yangi bo‘lgan va bajarishga kuchi etadigan vazifani bajarish davomida ikkinchi darajaga ko‘tariladi. Lekin bu vazifa talabaning taraqqiyot zonasida joylashgan bo‘lishi shart, aks holda rivojlanishga erishish qiyin. Yaqinlashib qolgan taraqqiyot zonasiga kirgan har narsa ta’lim jarayonida zarur rivojlanish darajasiga o‘tadi.
Ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish lozim. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
2. Talabalarda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o‘stirish.
3. Talabalarning ma’naviyatini boyitish va tarbiyalash.
4. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va is’tedodlarini ochish hamda stirish.
Ushbu vazifalarni bajarishda differensiyalashgan yondoshuvning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, differensiya (ya’ni yakka holdagi yondoshuv) talaba shaxsini chuqurroq o‘rganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Talaba shaxsi chuqurroq o‘rganilgandan keyingina unga mos bo‘lgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha talabalar uchun umumiy metodlar qo‘llash ta’limni ko‘r-ko‘rona olib borish bilan barobar va bu holda ta’limning samarasini juda past darajaga ega bo‘ladi. Ta’limni differensiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda ma’lum darajada o‘z yechimini topmoqda va aytish kerakki, bu yechimlar ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritishga yordam bermoqda.
Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o‘quvchi bilmaslikdan bilishga, noto‘ǵri va noaniq bilishdan toboro to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko‘rish ham bo‘ladi.
Muayyan fan va hodisalar ob’ektiv dunyoni bilish jarayonidan o‘rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o‘zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bo‘linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada ǵoya shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko‘rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba o‘zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo‘lish sabablarini ko‘rsatib berishdan iborat.
Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo‘lib kuzatish, tajriba asosida qo‘lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy boǵlanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam haqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o‘quvchining bilish faoliyati o‘rtasida umumiylik bo‘lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi.
Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
1.Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlar, ijtimoiy tizimning xususiyatlari.
2.Davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalar.
3.O‘qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e’tiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O‘quv rejasi - deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilini tuzilishini belgilab beruvchi davlat xujjatiga aytiladi.
O‘quv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat xujjatidir. Unda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va o‘sha fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Maktabning yagona o‘quv rejasi xalq ta’limi vazirligi tamonidan tasdiqlanadi.
O‘quv dasturi – o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va ǵoyaviy – siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat xujjatidir.
O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha wquvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
Darslik – o‘quv jarayonining zarur qismidir. Ko‘p vaqtlardan beri u o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanar edi.
Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o‘quv qo‘llanmalar ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, luǵat kitoblari vash u kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash tarbiyalanuvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq, odob, tafakkurning, nutqning, ishdagi mustaqilligini rivojlanishiga yordam beradi.
Inson vujudga kelibdiki, o‘z farzandiga bilganlarini o‘rgatish, o‘zi ega bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini keyingi avlodga o‘tkazish dastavval anglanmagan holda bo‘lsada mavjud edi. Bu yashash uchun kurash kelib chiqib, yashashning zaruriy sharti hisoblangan. Jamiyat rivojlanar ekan avloddan-avlodga o‘tkazish lozim bo‘lgan bilimlar hajmi ortib bordi. Bilimlar, egallash lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar murakkablashib bordi. Bu jarayon olimlar tomonidan tahlil qilinib, asta-sekin ma’lum qoidalar ishlab chiqildi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ta’lim jarayonini chuqur o‘rgangan olimlardan biri. U ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi. O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga:
-talabani zeriktirmasligi;
-bilim berishda turlilikka asoslanishi;
-uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak.
Beruniy yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish samarali natijalar berishini ham takidlaydi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv muassasasida o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
-talaba bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga etibor berish;
-bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o‘rin egallay boshladi.
Keyinchalik chex olimi Yan Amos Komenskiy ham bu borada ilmiy izlanishlar olib boradi va o‘zining “Buyuk didaktika” asarini yozishga kirishadi. Va u bu asarida ta’lim-tarbiyaning samarali tamoyillari, uslublari, dars jarayonlarini tizimlarini aniq ma’lumotlar asosida ko‘rsatib o‘tadi “Didaktikaning otasi, asoschisi” nomiga sazovor bo‘ladi.
Shunday qilib didaktika tamoyillari asrlar o’sha sayqal topib bordi. Albatta didaktika tamoyillari har bir davrning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarib boradi. Chunki ta’lim tamoyillari jamiyat va davlat oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ta’lim (o‘qitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Unda pedagog va talabalar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga boǵliq.
Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo‘l yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘ǵri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yiǵindisiga aytiladi.
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o‘rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko‘rsatmoqda:
1. Ta’limning ilmiy bo‘lishi;
2. Ta’lim va tarbiyaning birligi;
3. Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi;
4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan boǵliq bo‘lishini taminlash;
5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;
6. Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bwlishi;
7. Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish;
8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish;
9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqelikni inson ongida aks etishidir. Tevarak-atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning xossalarini va ularning o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari haqiqiy voqelikka malum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga isbotlab bo‘lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bilimlarni yetkazishimiz lozim.Ta’limning ilmiyligi talabaning o‘quv materiallaridagi qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o‘zlashtirishi uchun to‘ǵri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Ta’lim va tarbiyaning o‘zaro boǵliqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy tadbir o‘zida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat bo‘lib biz ta’lim jarayonida uni hisobga olishimiz lozim.
Ta’lim–tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘ǵri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil metod va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan boǵliq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham ǵoyaviy jihatdan to‘ǵri tashkil qilinishi;
b) o‘qitilayotgan mavzunining ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib borilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilish;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonini vujudga keltirish, talabalarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborining kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida talabalarning uyushqoqligini, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta’minlash zarur.
Talimning tizimli va izchil bo‘lishi.
Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda sistemalilik va izchillik bo‘lishi shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum sistemaga solinishi va izchil bo‘lishi ta’lim samaradorligi belgilovchi eng etakchi omillardan biridir. Hozirgi zamon didaktikasidan bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish bugun o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlashga va ertaga o‘rganiladigan bilimlarga zamin tayyorlashga yordam beradi. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning talabalarning oldingi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy boǵlanishi, shu bilan bir vaqtda o‘qitilayotgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali kelajakda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan boǵliq bo‘lishini ta’minlash tamoyili
Ta’limning asosiy maqsadi yoshlarni mustaqillik hayotga tayyorlash ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o‘z bilim, malaka va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun biz ta’lim jarayonida talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu bilimlarni amaliyotda qullay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Demak, bu tamoyil ta’limning ilmiyligi haqida tamoyil bilan hamoxang bo‘lib, ular bir-birlarini to‘ldirib keladilar. Ta’limning ilmiyligi bilimlarni nazariy jihatdan o‘rganishga, mantiqiy boǵliqliklarni tushunishga, fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni amalda qo‘llab ko‘rish yanada to‘liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Ta’lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili
Mazkur tamoyilda dastavval o‘quv fanining mazmunini va o‘ziga xos xususiyatga boǵliq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish, wquv materiallarini idrok qilish, anglash, shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy operatsiyalar bilan boǵliq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida talabalar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili
Ma’lumki, eski musulmon davlatlarida o‘qitish jarayoni, yod olish muhim o‘rin egallagan. Lekin tushunishga va anglab olishga e’tibor bir oz kamroq ajratilgan. Ayni vaqtda mohiyati anglab olingan bilimgina amalda samarali qo‘llash mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonida xotirasi kuchli bo‘lgan talabalarning mavzuni shunchaki yuzaki yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Onglilik talabalarni yangi materialini idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyatdan sher yodlash va hokazolarning ifodalanishinigina emas, balki ularning hayotiy xodisalar, jarayonlar bilan boǵliq bo‘lgan mavzuni ham tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda material quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat xosil qilishni, emotsional kechinmalar uyǵotishni ham o‘z ichiga oladi.
Biz yaxshi bilamizki, ta’lim ikki tomonlilik xususiyatiga ega. Ta’lim jarayoni pedagog yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va talabalar o‘rganish jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik jarayon bo‘lib talabadan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagog qanchalik talim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin talaba tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, o‘quv jarayonida samaraga erishish mumkin bo‘lmaydi. Demak o‘quv jarayonida avval talabalarda faollikni uyǵotish zarur. Bu faollik bilish jarayoniga ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi. Talabalarda faollik holatini vujudga kelishda motivatsiyalar ahamiyatlidir.
Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki onglilik va faollikkina mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash, muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman onglilik, faolllik va mustaqillik o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi psixik holatlar deyish mumkin. Bilimlarni ongli o‘zlashtirish, bir tomondan, talabalarning mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida talabalarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Talabalar faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, talabalar ongliligini o‘stirish o‘qitishda yuksak samaradorlikka erishishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bo‘lishi tamoyili
Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlarini ko‘proq jalb etish o‘rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, ko‘rish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi. Ko‘rsatmalilik mavzuni o‘rganishda yengillik tuǵdirishi bilan birga talabada qiziqish ham uyǵotadi. O‘rganilgan mavzuni uzoq muddat esda saqlanishiga va qayta esga tushirishga yordam beradi.
Talabalarning sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
Albatta ko‘rsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlarini ham e’tiborga olish kerak. Birinchidan, ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki talabalarining yoshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarlikka-saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, foydalaniladigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishiga yordam beradigan materiallar bo‘lishini hisobga olmoq, demak, uning to‘ǵri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari to‘ǵri tanlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda, ta’limni ko‘rsatmali bo‘lishini ta’minlash ustida hozirda ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va ko‘rsatmalilikni samaradorligini oshirishda fan-texnikaning keyingi yillar ichida erishgan yutuqlaridan foydalanish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish tamoyili
Ta’lim jarayonida biz talabalarni bilimlarni mustahkam esda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablardan biridir. O‘quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv materiallarini tizimli va ongli o‘zlashtirishga boǵliq. Avvalgi mashǵulotlarda hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar bazasining puxta bo‘lmasligi keyingi o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi o‘zlashtirilgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni o‘rganishda va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talim jarayonida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
Har bir talaba o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar har qancha unumli metodlardan foydalanmasinlar o‘quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini taminlash. Lekin talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga siǵmaydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil va ularni o‘rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida talabaning kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarini bilib olish mumkin. Talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarini tahlil qilish hamda shu muammolarning sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rejalashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o‘zlashtirishi bir oz pastroq bo‘lgan talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun talabaning yangi qirralarini kashf etishi e’tiborli.
Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘rganilayotgan bilimlar, xosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar talabalarni xaddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, o‘quv jarayoni talabalarning soǵligi, psixik holatiga salbiy tasir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir yosh xususiyatlarini chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar darajasini belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la olmaydi.
Ta’lim metodlari va ularning mazmuni
Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. Metod-yunoncha atama bo‘lib, usul, yo‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:
• So‘z orqali ifodalanadigan metod.
• Ko‘rgazmali metod.
• Amaliy metod.
• Ta’lim jarayonida talabalarni o‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha esa quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• O‘qitishning maruza (suhbat) metodi.
• O‘qitishning amaliy ishlar metodi.
• Laboratoriya ishlari metodi.
• Mustaqil ishlar metodi.
• Reprodukciv-evristik metod.
• Ilmiy-tadqiqot metodi.
• O‘qitishning muammoli-izlanish metodi.
• O‘qitishning induktiv va diduktiv metodi.
Axborotni so‘z orqali yetkazish va qabul qilishga qaratilgan birinchi guruh metodlariga: Hikoya, suhbat, maruza kabilarni kiritish mumkin.
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘qitish va fikrlarni bayon qilish metodi sifatidagi imkoniyatlari boshqa metodlarga nisbatan yuqoridir.
Hikoya qilish - pedagog tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishdi, obrazlarga xarakteristika berishdi, tabiat hdisalari va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo‘l keladi.
Hikoya qilish davomida talabalar passiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Talabalarning diqqatini tasvirlanayotgan ob’ektga qaratibgina qolmay balki xuddi shu ob’ekt haqida ular ongli va aktiv fikr yuritishlarini ham taminlamoq lozim.
O‘quv materialini tushuntirish metodi
Pedagog tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqealarning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod ko‘proq matematika, fizika, ximiya, ona tili, rus tili va shunga o‘xshash fanlarni o‘qitishda ko‘proq qo‘l keladi. Pedagogning ma’lum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek masalalar, misollar ishlash yo‘li bilan isbotlab beradi.
Bu jarayonga talabalarning aktiv ishtirok etishlarini ta’minlamay turib, kutilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa bayon qilinayotgan materiallarini umumlashtirish va xulosalar chiqarishda talabalarning o‘z mulohazalari bilan ishtirok etishlarini ta’minlash muhim.
Ma’ruza metodi
Bu metod o‘quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari isbot va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda ularni to‘la qamrab oladi. Ma’ruza davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko‘rgazmali materiallarni namoyish etish, ma’ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni oshiradi. Ma’ruza metodi keng qamrovli axborotni talabalarga yetkazishda juda ham qo‘l keladi.
Suhbat metodi
O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari
Ekskursiya metodi
O‘qitishning amaliy ishlar metodi
Laboratoriya ishlari metodi.
Mustaqil ishlar metodi
Ilmiy tadqiqot metodi
O‘qitishning muammoli-izlanish metodi

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Ta’limning qanday xususiyatlarini bilasiz?
3. Didaktikaning asosiy tushunchalarini sanab bering?
4. Mustaqil O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning qanday asosiy yo‘nalishlarini bilasiz?
5. Ta’lim tamoyillarini izohlang.
6. Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?
7. Ta’lim metodlarini izohlab bering?
8. O‘qitish metodlariga izoh bering.
9. Darsning samaradorligi qanday omillarga boǵliq?
10. Dasturlashtirilgan ta’limga izoh bering.
11. Bilim olish darajalarini izohlang.

ADABIYOTLAR:


1. Karimov I.A. Barkamol avlod – wzbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997.
2. Karimov I.A. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997.
3. “Wzbekiston Respublikasi Talim twǵrisida”gi qonuni.1997.
4. Ǵaybullayev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova Q., Mamatqulova R. va boshqalar. Pedagogika. “Universitet”, 1999.
5. Ǵaybullayev N.R. Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova Q.A., Mamatqulova R. va boshqalar. Pedagogika (Barcha bakalavr ywnalishlari uchun). 2000.
6. Inoǵomov R., Toshmurodova Q. Pedagogika fani XXI asrda. T. 2000. “Yangi asr avlodi” nashriyoti.
7. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. Wquvchilar bilimini sinashning bazi bir muammolari.
8. Ǵaybullayev N.R. Tashabbus - davr talabi. 2000.
9. Xafizova Z. O Vsemirnoy konferencii YUNESKO. Vıssheye obrazovaniya v XXI veke: podxodı i prakticheskiye merı.
10. Jdarkin L.P. Pedagogicheskiye obuchayushiye texnologii. 92-str.

Mavzu-6. Psixologiya xaqida tushuncha.


Reja:
1. Psixologiya predmeti haqida tushuncha.
2. Psixologik ta’limotlar tarixi
3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
4. Psixologiya tarmoqlari.
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar:
• Psixika.
• Ruh.
• Jon.
• Ilmiy psixologiya psixik jarayonlar
• Psixologik xolatlar
• Maxsus tarmoqlar
• Determinizm.
• Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi - psixologiya tarmoqlari.
• Persepsiya -appersepsiya

Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya” so‘zi ikkita grek so‘zlaridan — «psyche” — jon, ruh va «logos” — ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashki olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruxiyatining shunday xolatiki, u tashki olamni (ichki ruxiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g’ri bo‘ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o‘z-o‘zimizni xam tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo‘lgan jarayonlarni, o‘zimizda, miyamiz, ongimizda ro‘y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o‘rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti — harakatlarini bevosita ko‘rib, baholab, taxlil qilolsak-da, unga nisbatan xis qilayotgan mehrimizni, uzoq ko‘rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’lik xisni bevosita ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o‘xshash holatlar psixologiya o‘rganadigan hodisalar va holatlarning o‘ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.


Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog’lik va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo‘ysunadi.

Har qanday konkret fan boshqa fanlardan o‘z predmetining xususiyatlari bilan farq qiladi. Jumladan, geologiya ham, geodeziya ham yer haqida baxs yuritadi, ammo ularning bir-biridan farqi shundaki, geologiya yerning tarkibi, tuzulishi va tarixini o‘rgansa, geodeziya yerning ko‘lami va shaklini o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash yanada qiyinroq. Bu xodisalarni tushunish ko‘p jihatdan psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kelgan odamlarning dunyoqarashiga bog’liq.


Qiyinchilik eng avvalo shundan iboratki, psixologiya o‘rganadigan hodisalar kishilar aqlida allaqachonlardan buyon alohida hodisalar sifatida bo‘rttirilib va hayotdagi boshqa ko‘rinishlardan ajratilib kelindi. Chindan xam shu narsa mutlako ravshanki, mening yozuv mashinkasini idrok etishim karshimdagi stol ustida turgan yozuv mashinkasining uzidan, yani real narsadan mutlako boshka va fark kiladigan narsa xisoblanadi, mening changida yurishga bulgan istagim xakikatda changida yurishga nisbatan allakanday boshka bir narsadir, mening Yangi yilni kutib olish xakidagi xotiram Yangi yil arafasida real real tarzda yuz berganiga karaganda fark kiladigan allakanday bir narsa xisoblanadi va xokazo. Shu tarika asta-sekin turli xil xodisalar tugrisidagi tasavvurlar tarkib topadi va ular psixik xodisalar (psixik funkciyalar, xususiyatlar, jaroyonlar, xolatlar va boshkalar) deb nomlana boshladi. Bu xodisalarning aloxida xarakterga ega ekanligi ularning odamlarnikurshab turgan tashki olamdagi xodisalardan fark kilishida, insonning ichki dunyosiga tegishli ekanligida kuzga tashlanadi. Ularni real xodisalar va faktlarga karama-karshi kuyiladigan ruxiy xayot (“psixika” degan terminning uzi yunoncha “psyuxe” suzidan kelib chikkan bulib, “rux” degan manoni bildiradi). Bu xodisalar “idrok”, “xotira”, “Tafakkur”, “idora”, “xissiyot” va boshka shu kabi nomlar bilan guruxlarga ajratilib, xammasi birgalikda psixika, kishining psixikasi, ichki dunyosi, uning ruxiy xayoti va xokazolar deb ataladigan tushunchalarni xosil kiladi.
Garchi kundalik mulokot davomida boshka odamlarni kuzatib yurgan kishilar xulk-atvorning turli xil faktlari (xarakatlar, kiliklar, ish bajarish va xokazolar) bilan bevosita munosabatda bulsalar xam, amalda uzaro birgalikda xarakat kilishga bulgan extiyoj ularni tashki xulk-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jaroyonlarni farklay bilishga majbur kiladi. Kishining xatti-xarakatlari zamirida xamisha unga dasturilamal bulgan maksadlar, mayllar, u yoki bu vokeadan tasirlanish zamirida esa xarakteriga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun xam psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar ilmiy taxlil predmetiga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari tugrisida sodda psixologik bilimlar tuplana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga utgan xolda tilda, xalk ijodiyotida, sanat asarlarida uz ifodasini topa bordi. U, jumladan, makol va matallarda mujassamlasha boshladi: “Un marta eshitgandan kura bir marta kurgan afzal”, “Odat-kishining ikkinchi tabiatidir” va xokazolar.
Kishining shaxsiy xayot tajribasi xam unga psixika xakida muayyan tasavvur bera oladi: biron bir tekstni kaytadan ukib chikish uning kishi xotirasida yaxshirok saklanib kolishga yordam beradi, garchi “Takrorlash - ilmning onasi” degan makol unga tanish bulmasa xam, uz shaxsiy tajribasidan bilib oladi.
Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik malumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi. Ular ancha keng mikyosli bulishi, malum darajada tevarak-atrofdagi kishilarning xulk-atvoriga karab ish kilishga erdam berishi, bir muncha tugri bulishi va vokelikka mos kelishi mumkin. Lekin umuman olganda, bu bilimlar sistemalilikdan, teranlikdan, isbotlilikdan maxrumdir va shunga kura xam bilimlar kishi psixikasi tugrisida odamlar bilan ularning u yoki bu xilda kutilayetgan xolatlardagi xulk-atvorini taxmin kilish imkonini beradigan xamda ilmiy, yani obektiv va ishonarli bilimlarni talab kiladigan jiddiy ish olib borish uchun mustaxkam negiz bula olmaydi.


Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda, avvalo, psixik xayetning konkret faktorlari nazarda tutiladi, psixik xayetga doir xar bir fakt esa xam mikdor, xam sifat jixatdan xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, psixologiya fani insonning tevarak-atrofdagi narsalarni idrok kilish procyessini tekshirib, juda muxim faktni aniklangan: idrok sharoitlari uzgarib tursa xam, idrok kilingan predmetning inson ongidagi obrazi nisbatan uzgarmay kolaverar ekan. Masalan, ushbu satrlar bitilgan saxifa yorug kuyosh nurida xam, korongilikda xam, elektr bilan yoritilgan joyda xam kogozdan sinib kaytuvchi nurlaring fizikaviy xarakteristikasi garchand xar xil yoritilish chogida shu kadar xilma-xil bulishiga karamay, oppok shaklida idrok kilinaveradi. Mazkur xolatda tasavurimizda psixologik faktning sifat xarakteristikasi xosil buladi. Psixologik faktning mikdoriy xarakteristikasiga misol bulib muayyan bir kishining tasir kursatuvchi kuzgatuvchidan tasirlanish vaktining ulchovi xizmat kilishi mumkin. Tasirlanish tezligining eksperimentda kuzatiladigan individual farklari ilmiy tadkikotda aniklanadigan psixologik faktlar xisoblanadi. Ular sinovdan utayotgan turli kishilar psixikasining bazi bir xususiyatlarini mikdoriy jixatdan baxolashga imkon beradi. Lekin psixologik fakt kanchalik kizikarli bulishidan katiy nazar, ilmiy psixologiya uni tariflash bilangina cheklana olmaydi. Ilmiy jixatdan bilish xodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga utishni mukarrar talab kiladi. Keyngisi ana shu xodisalar buysunadigan konunlar moxiyatining ochib berilishini takozor etadi. Shuning uchun xam psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik konunlar psixologiyada urganiladigan predmet bulib yuzaga chikadi. Jumladan , bazi bir psixologik faktlarning yuzaga kelishida xar gal buning uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi mukarrar, yani konuniyatli bulishi kuzatiladi. Masalan, idrok etishinig yukorida keltirilgan nisbiy barkarorligi konuniyatli xarakterga egaki, bunda fakat rangni idrok etishgina emas , balki narsaning katta-kichikligi va shaklni idrok etish xam barkarordir. Maxsus tadkikotlar shuni kursatadiki , idrokning barkarorligi kishida avval boshidanok, yani tugilishi bilanok mavjud bulgan emas. U asta-sekinlik bilan, katiy konunlarga binoan shakllana boradi. Agar idrokning barkarorligi mavjud bulmaganida, kishi tashki muxitda muljalni tugri ola bilmasdi - tevarak-atrofidagi narsalarga nisbatan uning xoloti salgina uzgarishi bilan kuz ungida turgan olamning manzarasi keskin uzgarib ketavirar, narsalar notugri idrok etilaveradi. Konuniyatli alokalarni bilishning birgina uzi konuniyatning namoyon bulishi uchun vosita xisoblangan konkret mexanizimlarni tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun psixologiyaning vazifasi psixologik faktlar va konuniyatlarni urganish bilan bir katorda psixik faoliyatning mexanizimlarini aniklashdan iboratdir. Masalan, kuzining tur pardasiga tasir utkazish natijasida ruy beradigan jarayenlar bilan kuz sokkalarini tutashtiradigan va kochiradigan mushaklarining zurikishi natijasida xosil buladigan xayajonlanishning uzaro birgalikda xarakati narsadan uzoklashish chogida uning xajmini idrok etishning nisbiy barkarorligini taminlovchi mexanizmlardan biri bulib xisoblanadi. Garchi narsa uzoklashganda uning kuz tur parladarining tasirchan tukimararidagi tasviri tegishli tarzda kichrayadi, amma kuzning sokkalari bir-biridan kochishi chogida kuz mushaklarining zurikishi uzgarayotib, narsaning kichraygani emas, balki uning uzaklashgani xakida axborot beradi. Psixik faliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkrat anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini takozo kilgani uchun xam psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va xarakatini boshka fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kebernetika va boshkalar) bilan birgalikda ochib beradi. Shunday kilib, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, konuniyatlarini va mexanizmlarini urganadi Amma shu narsa ravshanki, keltirilgan tarif xam psixologiyaning predmeti tugrisida suz yuritilganda bu psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar va shu kabilarni urganadigan fan ekanligi xakidagi ananaviy tariflar kabi juda muxim izox talab kiladi. Psixik xodisalarning “aloxida xodisalardan” ekanligi, ularning “ichki dunyoni” tashkil etish xakidagi takidlari uz xolicha psixikaning moxiyatini, uning uziga xos xususiyatlarini ochib bera olmaydi.
Psixika nima degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik xodisalarning moxiyati va xarakteri xakidagi tasavvurlar asrlar davomida kanday uzgarib borganligiga, kiskacha bulsada nazar tashlash shart.
Yukoridagi malumotlarni mustaxkamlash uchun “Akliy xujum” usuli kullanilishi mumkin. Bunda ukuvchilarga ukituvchi tomonidan kuyidagi savollar bilan murojat kilinadi va shu savollar yuzasidan xamma ukuvchilar uz fikrlarini bayon etadilar.

1. Psixologik bilimlarning xar bir inson uchun axamiyati.


2. Psixologiya fan sifatida, u urganadigan xodisalar va konuniyatlar.
3. Psixikaning namoyon bulish shakllari va ularning uzaro boglikligi.
4. Psixologiya rivojlanayotgan fanlar tizimida.
5. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda nima tushunasiz.

2. Psixologik talimotlar tarixidan Ijtimoiy xayot extiyojlari kadim zamonlardan buyon kishini tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jixatdan tuzilish xususiyatlarini farklay bilishga va ularni uz xatti-xarakatlarida xisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning tasiri deb izox berilgan. “Jon” tushunchasining paydo bulishi ibtidoiy xalklarning animistik karashlari bilan boglikdir. Ibtidoiy odamlarning tasavvurida rux tanadan batamom ajralmagan buladi. Bunday tasavvurlar xayot xodisalari va ongni, shu jumladan, uyku, ulim, xushdan ketish va shu kabilarni noilmiy, primetiv-materialistik tarzda talkin kilish okibatida tarkib topgandir. Ibtidoiy odam bu xildagi xodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalariga ega bulmasdan, bevosita idrok kilinadigan yuzadagi narsani xakikiy moxiyat sifatida kabul kilib kelgan. Jumladan, tush kurish uxlayotganda tanani tark etib, er yuzida kezib yuruvchi ruxning taassurotlari deb tasavvur kilingan. Ibtidoiy odam ulimni xayotiy jarayonning boskichi deb tushunmaganlar. Shu bois ulim uykuning bir turi sifatida idrok etilib, bunda rux allakanday sabablarga kura tanaga kaytib kelmaydi deb izoxlangan. Ibtidoiy odam bu xodisalarni taxminan kuyidagicha tushungan: rux - kishining aynan uzi, uning extiyojlari va odatlari, xayot kechirish shart-sharoitlari tirik odamlarnikidekdir. Marxumlarning ruxlari xam guyo odamlarniki kabi mashgulotlar va social tartib mavjud bulgan xamjamiyatni tashkil etarmish. Tirik odamlar va marxumlarning ruxi uzaro alokada bulib, moddiy va xujalik jixatdan bir-biriga boglikdir.


Yovvoyi odamlarning tabiat karshisidagi ojizligi sababli individ xam, jamiyatning xam ruxan tobeligi xakidagi tasavvurlar natijasida ruxga toat-ibodat tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi. Keyinchalik jamiyat tarakkiy eta borgan sari, rejalashtirish va ijroning, jismoniy mexnat va “ishlab chikarishning mayenaviy kuchlari”ning tabakalashuvi, sinfiy jamiyatning borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati xakidagi goyalar paydo buldi. Shu bilan birga oldingi antimistik, afsonaviy tasavvurlar urnini ruxni borlikning naturfilosofik manzarasi nuktai nazardan tushuntirishga urinishlar egallay boshladi. Insoniy naturfilosoflari - Fales (eramizdan oldingi UP-U! asrlar), Anaksimen (eramizdan oldingi U asr) va Geraklit (eramizdan oldingi U!-U asrlar) ruxi olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsa (suv, xavo, olov)ning odamlar va xayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talkin kilishgan. Kadimgi yunon faylasuflarining bu goyani izchillik bilan utkazishlari materializmning uziga xos shakli - materiyaning jonliligi tugrisidagi xulosalarga olib keldi. Bu materialistik goyalarning Demokrit (eramizdan oldingi U-1U asrlar), Epikur (e.o. 1U-Sh asrlar) va Lukreciy (e.o. 1asr) kabi atomistlar tomonidan rivojlantira borishi okibati ularok, rux tanaga jon bagishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos xisoblanmish akl, yani, boshkacha kilib aytganda, xayotning butun jaroyonini boshkarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan azo sifatida talkin etila boshladi. Rux bilan akilning uzi tananing azolari bulgani uchun ularning uzi xam tana xisoblanadi, va atomistlarning fikriga kura, sharsimon, kichik va shuning uchun xam ancha xarakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga karamay unda jonli narsa - tananing eng sodda funkcyalaridan tortib to psixikasiga, akl-idrokka kadar jonliligi tasdiklanishi progressiv xol edi. Shunday kilib, faoliyatini ilmiy tushunish yulidagi dastlabki yirik muvaffakiyatlar uning fizikaviy olam konunlariga buysunishini isbot kilish bilan, uning kurinishlari organizmning anotomik-fiziologik tuzulishiga boglikligini kashf etish bilan uzviy boglikdir. Shu bilan birga usha davr materializm namoyondalari ixtiyoridagi malumotlar yordamida kishiga xos mavxum mantikiy tafakkur kanday bulishini, shaxsning manaviy fazilatlari kay tarika tarkib topishini, kishining maksad kuzlashi va gavdani uz izmiga buysundira bilishi kobiliyati kay yusinda tamin etilishini va shu kabilarni tushuntrib berish kiyin edi. Chinakamiga insoniy xulk-atvoriga oid ushbu alomatlarni atomlar xarakati doirasidan tashkariga olib chikish, “sharbatlar” aralashmasi yoki miyaning tashki tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa kuldorlik jamiyati manfaatlarini ximoya kiladigan faylasuflarning psixika xakidagi idealistik karashlarning rivojlanishi uchun - sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar oarsida Aflotun (e.o. 428/427-347 yillar) aloxida ajralib turadi. U jonning kismlari tugrisidagi tushunchani yaratdi. Shunday kismlardan: 1. akl-idrokni; 2. jasoratni; 3. orzu-istakni aloxida ajratib kursatadi va ular tananing turli kismlari (bosh, kukrak,korin bushligi)ga joylashgan buladi degan fikrni ilgari surdi. Aflotunning fikricha, jonning kismlarda bir xil taksimlangan bulib, ulardan birining boshkalariga karaganda ustun bulishi individning u yoki bu social guruxiga mansubligini belgilaydi. Jumladan, oddiy mexnatchilar jon kuyi kismining, yani nafsning ustunligi bilan ajralib turadilar. Ularning azaliy kismatlari-uzlarida ruxning akl-idrokli, oliy kism xukumron bulgan aristokratlarga - faylasuflarga xizmat kilish emish. Bu urinda Aflotun dunyokarashlarining sinfiy moxiyati yakkol namoyon buladi. Ularning “goyalar” kurinmas, lekin tabiatning narigi tomonidagi oliy dunyoni tashkil etuvchi azaliy va uzgarmas moxiyatlari ekanligi tugrisidagi talimoti katta axamiyatga ega buldi. Jonning akl-idrokli kismi omanat tanaga jo bulgunga kadar ana shu dunyoga daxldor. U tanaga jo bulib olgach, tugilishga kadar kurilgan narsalarni eslay boshlaydi. Xotiralar kanchalik erkin bulsa, unda xakikiy bilimlar shunchalik kup ochilib boraveradi. Aflotun psixologiyada dualizmning, yani moddiy va ruxiy olamni, tan bilan psixikani ikkita mustakil va antogonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan talimotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga karaganda uning shogirdi Arastu (eramizga kadar 384-322 yillar)ning talimoti ancha muvaffakiyatli ravishda ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda kayta kurib, uni biologiya va tibbiyot bilan bogladi. Arastuning “Jon tuxrisida”gi asari psixoligiyaning bu davrga kelib uziga xos bilimlar soxasi sifatida ajralib chikkanligidan dalolat beradi. Uning yutuklari xam xayvonlardagi, xam odamlardagi konret xayotiy kurinishlarni kuzatish, tasvirlash va taxlil kilish bilan boglik edi. Arastu ruxiy faoliyatni urganishning tajriba metodini, obekiv metodni ximoya kilib chikkan edi.
Iskandar Zulkaynarning yurishlari davrida uning tarbiyachisi bulmish tabiatshunos Arastuning kuz ungida turgan tabiiy sharoitlarga muvofiklashgan rang-barang xayvonot dunyosi namoyon buldi. Bu esa Arastuning jon xakidagi talimotini yaratishi uchun shart-sharoit yaratdi. Arastuga kadar materialistlar xam, idealistlar xam rux va tana bir-biridan aloxida yashashi mumkin, deb xisoblashardi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bulib rux va jonli tananing ajralmas ekanligi goyasini ilgari surdi. “Rux dargazab bulayotgan deb aytish biron-bir kimsaning rux mato tukiyapti yoki rux uy kuryapti deyishi bilan barobardir”, - deb yozgan edi Arastu. Jon kisimlarga xarakatga keltirish, akl-idrok kabi turlariga oid kobiliyatlarda namoyon buladi. Birinchi kobiliyat usimliklar uchun, ikkinchi va uchunchisi xayvonlar uchun, turtinchisi odam uchun xosdir. Usimliklar, xayvonlar ruxi va akl-idrokli zot ruxi tugrisidagi talimotlari bilan Arastu oliy kobiliyatlar sodda kobiliyatlardan va ularning negizida paydo budishini bildiradigan rivojlanish princpini joriy etdi; odamda xayot va psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi dastlabki bilish kobiliyati xisoblanadi. U “mum temir va oltindan yasalmagan bulsada, muxrning izini kabul kilganidek”, predmetlarning materiyasiz xolida xis etilgan shaklni kabul kiladi. Sezgi tasavvurlar shaklida iz koldiradi. Arastu ilgari sezgi azolariga tasir utkazgan narsalar obrazlarning tasavvur tarzida mavjudligini kashf etadi. U shuningdek bu tasvirlar uxshashligi, turdoshligi va keskin farklanishi kabi uchta yunalishda birlashuvini xam kursatadi, bu bilan psixik xodisalar associaciyasi (boglanishi)ning asosiy turlarini ochib beradi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarini fakat uzining xususiy faolligi orkali ruyobga chikarishiga asoslangan xolda xarakterning real faoliyatida shakllanishi tugrisidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar va kungulchang bulishi uning adolatdi va meyoridagi xarakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida ruy beradi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning talimotlari keyingi asrda psixologik goyalarning rivojlanishida tayanch tukta, asos buldi. Asta-sekin rux xakidagi tushuncha xayotning barcha kurinishlariga nisbatan kullanilavermasdan, fakat xozir bir psixika deb atayotgan darajaga nisbatan kullanila boshladi. Psixika kategoriyasining zamirida ong xakidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi fakat idrok va tafakkurga ega bulib kolmasdan, balki ularning unga mansubligini etirof etishga, ixtiyoriy xarakatlar kilibgina kolmasdan, balki bu xarakatlarni uning uzi kilayotganligini bilishga xam kodirdir. Bir vaktlar yagona xisoblangan rux xakidagi tushuncha organizmning tuzilishi va funkciyalarini tajriba tarikasida tatkik etish borasidagi tarakkiyotning, shuningdek social extiyojlarning tasiri ostida birkancha mayda tushunchalarga bulinib ketdi. Eramizdan oldingi III asrda aleksandriyalik vrachlar Gerofil va Erazistrat nervlarni kashf etishdi va ularning pay va chandirlardan farkini aniklab berishdi. Bu vrachlar psixik funkciyalar miyaning kuzgatilishiga boglik ekanligini muntazam ravishda urganib borishdi. Umuman gavda emas, balki tananing ayrim azolarigina psixika bilan chambarchas boglikligi aniklandi. Xayotning xar kanday kurinishiga asos buladigan rux bilan sezgilar va xarakatlarning asosi sifatidagi ruxni ikkita xar xil guruxlarga bulib chikdi.
Eramizdan oldingi II asrda rumlik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuklarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi xakidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yakinlashib keldi. U dikkat, xotira, muloxaza ishtirok etadigan xarakatlarning kishi, masalan, uykusid a bajaradigan xarakatlardan chegaralanishini kursatib berdi. Unisi xam, bunisi xamrux bilan idora kilinadi, lekin birinchi xolda kushimcha momentlar ishtirok etadi. Ong tugrisida paydo bulgan tushuncha idealistik falsafa tomonidan foydalanildi. Idealistik falsafa kullik revolyuciyasi va grajdanlar urushi Rim imperiyasini larzaga keltirib turgan sharoitda din va mistika bilan til biriktirgan xolda gullab-yashnayotgan idealistik filosofiya tomonidan foydalanilgan edi. Oldiniga Plotin (eramizning III asri), sungra esa Avgustin (eramizning IV-V asrlari) ong xakidagi tushunchaga fakat idealistik tus berishgan edi. Barcha bilimlar ruxda mujassamlashgan, u esa uziga kaytish kobiliyatiga ega bulib, uz xususiy faoliyatini va uning kuz ilgamaydigan maxsulini xaddan ziyod aniklik bilan egallaydi deb xisoblanadi. Ruxning uz uzini bu xildani bilishi odamning tashki sezgi azolar orkali xosil kilinadigan tajribasidan tubdan fark kiladi. Keyinchalik bu nuktai nazar introspekcionizam nomi bilan atala boshladi. Xukumron diniy idealogiya odamda real olamga nisbatan salbiy munosabat uygotdi, real tajribadan maxrum bulgan psixologik bilimlarning tarakkiyoti tuxtab koldi. U yangi ijtimoiy-tarixiy sharoitlardagina yangidan bunyodga kelishi mumkin edi. Bunday shart-sharoitlar ishlab-chikarish kuchlari yuksala borishi, yangi ijtimoiy munomabatlarning paydo bulishi bilan tarkib topa boshladi. Xali feodalizm zaminidayok ilgor psixologik talimotlar paydo bula boshladi; feodalizm sirtmogidan kutilgan shaxsning ongi ruxning cherkov-diniy kocyepciyasiga karshi keskin kurash jarayonida karor topdi. Xar kanday talimotning umumiy xarakteri ana shu koncyepciyaga nisbatan munasabat bilan belgilanadi. Inkviziciyaning gulxanlari yangi social kuchlar ilgari surgan va ozodlikka chikayotgan tafakkurni yakson kila olmadi. Oldin Niderlandiyada,keyinchalik Angliyada burjua revolyuciyalari yuz berdi. Ijtimoiy extiyojlar tafakkur tarzini uzida tuntarish yasadi. Kishining xayot faoliyatini xam kushgan xolda tabiatni tajriba yuli bilan urganish va mexanistik tushuntirish tafakkur tarzi amal kiladigan princip bulib koldi. XVII asr biologik va psixologik bilimlar tarakkiyotidagi yangi davrni ochib berdi. Tanaga nisbatan xam, ruxga nisbatan xam karashlarda tub burilish yuz berdi. Inson tanasi mashinaga uxshatiladi, texnika kurilmalarining tuzilishi kanday principlarga asoslangan bulsa, tana tuzilishi xam shunday principlarga asoslangan deb tasavvur etiladi, binobarin tana xam mashina singari ruxning boshkarishiga muxtoj emas deb karaladi. Francuz olimi Dekart(1596-1650) tomonidan xulk-atvorning reflektor tabiatga ega ekanligini kashf etilishi ana shu goya bilan uzviy boglangandir. Buyuk francuz mutafakkiri yurakdagi mushaklarning ishlashi kon aylanishining ichki mexanikasi bilan boshkarib turilgani kabi xulk-atvorning xamma darajalaridagi boshka mushaklarning ishlashi xam xuddi soat mexanizmida millarning aylanishiga uxshasa kerak, deb taxmin kilingan edi. Refleks xakidagi tushuncha organizmning tashki tasiriga konuniy javob reakciyasi sifatida pado buldi. Demak mushaklar tashki turtkilariga ruxning xech kanday aralashuvisiz, nerv sistemasining tuzilishi etibori bilan xam javob kaytarishika kodirligini isbotlab berdi. Axir biz soat mexanizmining yoki jism yuzasidan kaytayotgan nurning xarakatini ruxning ishi deb aytmaymiz-ku. Xayvonlar xam uziga xos mexanizmlar bulib xisoblanadi, nervlardagi jarayonlar esa nurning kaytishi bilan miyadan mushaklarga utib aks etadi. Bu nuktai nazar chinakamiga revolyuciya bulib, nerv-mushak faoliyatini obektiv ravishda bilish vositasiga aylanadi. Dekart uzining “ nerv mashinasi” xarakatlaridan bunga kadar ruxgagina xos deb xisoblab kelgan kup sonli psixik xodisalarni keltirib chikarishga xarakat kilgan edi. U sezgilar, kuchli extiroslar kanday yuzaga chikishi mumkinligini tushuntirib berdi. Lekin u uz reflektor sxemasini butun psixik faoliyatga joriy eta olmadi. Uning talimotida rux tanadan allakanday mustakil va aloxida moxiyat sifatida, refleks bilan bab-baravar tarzda kuyilgandir. Dekartning dualizmini XVII asrning buyuk mutafakkirlari - birovlari materialistik nuktai nazardan, boshkalari idealistik nuktaiy nazardan rad etishdi. Konunlari psixologiyaning xam konunlari xisoblangan mexanik xarakatni yagona reallik deb elon kilgan ingliz materialisti Gobbs (1588-1679) ruxni butunlay rad etdi. Psixologiya tarixida birinchi marta rux xakidagi talimot bulmasdan, balki u tanadagi jarayonlarning soyasi kabi ruy beradigan ruxiy xodisalar xakidagi talimotga aylandi. Psixikani allakanday gayri oddiy kurinishdagi narsaga aylanishi evaziga olamning yaxlitligiga erishildi. Bu nuktai nazar epifenomenalizm deb nom oldi. Shuni unitmaslik kerakki, u uz davri uchun ilgor nuktai nazar xisoblanardi, negaki, bu nuktai nazar usha paytlarda xukumron bulgan allakanday ruxiy moxiyat yoki ruxiy kuchlar xakidagi ishonchlarni puchga chikardi. Niderlandiyalik materialistik faylasuf Spinoza (1632-1677) xam, Gobbs kabi, olamning bir butunligi tugrisidagi goyaning astoydil ximoyachisi edi. U ongni katta kulamga ega materiadan sira kam bulmagan real narsa deb xisoblardi. Uning shox asari bulmish “Etika” ning teoremelaridan birida “Goyalar tabiati va alokasi kanday bulsa, narsalarning tabiati va alokasi xam shundaydir” deyiladi. Tana xam, uning goyalari xam tabiatning usha mutlok tarkibiga kiritilgandir. Bu urinda Spinoza xuddi Gobbs kabi (refleks xakidagi talimotida Dekartga xam uxshab) ilmiy psixologiyaning asosiy principlaridan biri - determinizm principining jarchisi bulib chikdi. Bu principga kura barcha xodisalar moddiy sabablar va konunlarning tasiri ostida ruy beradi. Kishining xis-tuygularini, xatti xarakatini idora etuvchi konunlar uzlarining katiligi va anikligi jixatdan geometriya konunlariga uxshaydi, deb tasdiklanadi. “Etika” geometrik traktat shaklida yozilgan, unda bir koidaning mukarrar ravishda ikkinchi koidadan kelib chikishi xam bejiz emas. Mexanika, optika, geometriya soxasida erishilgan yutuklar psixologik fikrlar rivojiga samarali tasir kursatdi.
Fan tarixida birinchi bulib ongsizlik psixikasi xakidagi tushunchani ilgari surgan XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnic (1646-1716)ning talimotiga matematika, jumladan integral va differencial xisoblar kashf etilishi tasir etgan edi. Psixik xayot manzarasi arifmetik yigindi tarikasida emas, balki integral tarzda namoyon buldi. Leybnic tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi goyasiga tayangan xolda percyepciya (bevosita ongsiz idrok)ni appercyepciya (dikkat va xotirani uz ichiga olgan anglanilgan idrok)dan farklagan edi. Leybnic idealist bulgani uchun xam olamni kuplab ruxlar - “monad”lardan tarkib topgan deb xisobladi. Shu bilan birga u psixologiyaga juda kup yangiliklarni, eng avvalo, psixikaning onglilik va ongsizlik kurinishlarini urtasidagi murakkab nisbat xakidagi goyani olib kirdi. XVII asrda fanda va xayotda racionalizm xukumron edi. Unga kura xakkoniy bilimga fakat akl-idrok orkali erishish mumkin. Ilgor mamlakatlarda yuz berayotgan tub iktisodiy uzgarishlar, industrial revolyuciya, ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbik etish uchun intilishlar XVIII asrda empirizm va sensualizm - tajriba va xis etiladigan bilishning “sof” akl-idrokdan afzalligi xakida talimotning, yani aklda xech kanday tugma goyalar va principlar bulishi mumkin emasligi xakidagi talimotning oldingi marraga kutarilishiga olib keldi. Bu talimotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil ximoya kilib chikkan edi. Uni emperik psixologiyaning asoschisi deb xisoblash kabul kilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib chikishi xakidagi koida psixologiya uchun muxim axamiyatga ega buldi. Chunki u ruxiy xayotning konkret faktlari, oddiy xodisalardan murakkab xodisalarga utish yullari puxta urganilishini takozo etadi. Lokkning fikricha, tajribaning ikkita manbai bor: biri tashki sezgi azolarining faoliyati (tashki tajriba) va ikkinchisi uzining xususiy ishini idrok etuvchi aklning ichki faoliyati (ichki tajriba)dir. Kishi xech kanday goyalarga ega bulmagan xolda dunyoga keladi. Uning ruxi - “toza taxta” bulib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab goyalardan tarkib topadi. Bu goyalar yo sezgilardan, yo ichki idroklardan xosil buladi. Ikkinchi xolatda ong real narsalarga emas, balki uz xususiy maxsuliga yunaltirilib, uzi bilan uzi bulib koladi. Lokkning refleksiya talimoti kishi psixologik faktlarni introspektiv tarzda bilib oladi, degan taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ilgari suriladi. Ong va tashki olamni princpial jixatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi vajidan xam ular bir-biriga karama-karshi kuyilar edi. Lokkning tashki va ichki tajriba tugrisidagi talimoti ikki xil xarakterga ega ekanligi xam materialistik, xam idealistik talimotlarning tarakkiyotga turtki berishiga sabab buldi. Materialistlar Gartli (1705-1757) bosh bulgan ingliz, Didro(1713-1784) bosh bulgan francuz, A.N.Radishchev (1749- 1802) bosh bulgan rus materialistlari olamni bilishda tashki tajribani asos kilib olib, inson psixikasining ichki mazmuni asosida odamning atrof-muxit bilan uzaro munosabati yotadi, degan edilar. Idealistlar bu moxiyatni birlamchi va xech narsadan kelib chikmaydi deb elon kilishdi. Lokkdan keyin goyalar associaciyasi konuni psixologiyaning asosiy konuni xisoblanadi, degan fikr mustaxkam urnashib kolgan edi. Associanizm psixologiyada xukumron yunalish bulib koldi. Psixikaning moxiyatini bilishdagi tafofutlarga monand tarzda associanizmda xam ikki yunalish - materialistik va idealistik yunalishlar bir-biriga karama-karshi edi. XVIII asrdagi associativ psixologiyada materialistik yunalishning eng yirik namoyondasi David Gartli edi. U Nyutonning fizikasiga, shuningdek fiziologik va tibbiyot soxasidagi yutuklarga tayanib, refleks xakidagi tushuncha bilan associasiya xakidagi tushunchalarni birlashtirdi. Uning talimotida nerv sistemasiga sezgi azolaridan miya orkali mushaklarga etkaziladigan tashki tasiri butun psixik xayotning ilk manbai sifatida kabul kilgan edi. Bu tasir miyada sezgilar tarzida va ularning izlari - goyalar tarikasida saklanib koladi. Bir-biriga yakin sezgilarning tez-tez taktorlanishi shunga olib keladiki, nerv sistemasida boshka sezgilar koldirgan izlarning butun zanjirini tiklash uchun bittagina sezgining uzi kifoya kiladi. Kachonki, ushbu zanjirga yangi kuzatuvchi - suzning kushilishi bilan idora va tafakkur paydo buladi. Ilgari bevosita xissiy tasir utkazishni takozo kiladigan xarakterlar urnini associaciyaga kura suz egallaydi. Gartlinning talimoti goyat izchillik bilan ajralib turardi. Uning talimoti determinizm princplariga asoslangan edi. Psixik xayotning associaciyasi konuniga binoan talkin etilmagan bironta xam soxasi kolmadi. Bu konun inson ruxiyatini tushunishda xuddi butun olam tortishish konuni kabi universal kunun bulib koldi.
Associativ psixologiya olamda istalgan fazilatlarni tarkib toptirish istikbolini ochib beradigan, ularning nerv sistemasiga tasir kursatish yuli bilan xulk-atvorini boshkarish imkoniyatini yaratadigan nazariya sifatida kutib olindi. Bunda nerv sistemasining uzi xar kanday moyillik va tugma xislatlardan xoli buladi, deb tasavvur kilindi.
Bu nuktai nazarga karama-karshi ularok, XVIII asr psixologik fanlar tarixida kobiliyatlar psixologiyasi degan boshka bir yunalish xam bor edi. Kobiliyatlar psixologiyasining tarafdorlari ruxga ichki kuchlar oldindanok xos bulgan deb davo kilishgan edi. Bu kuchlar uchun asosli biron-bir dalil keltirilmasdi. Ular sira xam asoslanmagan xolda allakanday birlamchi narsa sifatida kabul kilinadi. Shu tarika kobiliyat psixik xodisalarning xakikiy ilmiy moxiyatini ochib bermay, soxta tushuncha bulib kolgan edi.
XVIII asr nerv sistemasini tadkik kilishda yangi ulkan yutuklar bilan nishonlandi. Shu asnoda psixika mexanik xarakat andazasi buyicha emas, balki organizmning boshka xayotiy funkciyalari andazasi buyicha tasavvur kinishi kerak degan fikr tugildi. Psixika miyaning funkciyasi ekanligi xakidagi talimot tarkib topadi. U XVIII asrdagi franciz materialistlari tomonidan ilgari surilgan edi. Ular tashkarida xosil kilinadigan taassurotlar tafakkur jarayonining boshlangich momenti, fikrning suz yoki imo-ishora orkali ifoda etilishi privard momenti xisoblanadi, xar ikkala moment orasida esa miyada nervning nomalum jarayonlari ruy beradi, deb isbotlashardi. Kurinib turibdiki, bu xolda xam princial sxema refleksi eslatadi. Lekin francuz materialistlari “refleks” terminini fakat tashki kuzatuvchiga javoban ongsiz kilinadigan xarakatga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Konventning jodida katl etganlarida mushaklarining kanday tortilishi savoliga Kabanis jodining tigi katl etilganlarga azob bermaydi, chunki ularning xarakatlari sof reflekslardangina iboratdir, deb axborot bergan edi.
Organizmga xarakatlarning ikki xil turi - ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xosdir, degan fikr utgan asrning birinchi yarmida keng narkalgan edi. Bu fikirning tugriligini fiziologiyada ingliz Charlz Bell va francuz Fransua Majandi tomonidan sezuvchi va xarakat nervlari urtasidagi tafovvutlarning kashf etilishiga olib kelgan ajoyib yutuklari xam tasdiklaydi. Orka miya nerv tomirlarini kuzatish turlicha natijalarga olib keldi. Mushaklar fakat oldindagi tomirlar kuzgatilgand agina uzgargani kuzatildi. Orka tomirlarga kelganda shuni aytish kerakki, ularning sezuvchanlik funkciyasi borligi etirof etildi. Sezuvchi nervning uchlari kuzatilganda bu nervdan orka miyadagi nerv markazi orkali impuls xarakatlantiruvchi nerv buylab mushakka utadi. Ana shu yulning xammasi reflektor yoyi degan nom oldi. Refleks xodisasi falsafiy taxmindan tajribada sinalgan faktga aylanib koldi. Lekin reflektor yoyi mexanizmi fakat sodda formadagi xarakat reakciyalarini tushinish imkonini beradi. Biolog Pflyugerning utgan asrning 50-yillarida utkazgan tajribalari refleks xakidagi tushuncha fakat odamning emas, balki tevarak-atrofdagi moslashishga layokatli xayvonlarning xatti-xarakatlarini xam izoxlab berishga ojizlik kilib kolishini kursatgan edi. Kupgina faktlar refleks xakidagi tushuncha yordamida xatti-xarakatni butunlayicha izoxlab berish mumkinligiga shubxa bildirishga majbur etdi. Lekin shunga karamay bu tushunchada kimmatbaxo bir goya mujassamlashgan ediki, unga kura organizmning faolligi moddiy azoga moddiy tasir kursatish bilan belgilanadi. Bu goyadan voz kechish ruxning tanani xarakatga keltiruvchi kuch ekanligi xakidagi eski tasavvurlarga kaytishdan iborat bulur edi. Fanda murakkab vaziyat vujudga keldi: bir tomondan, tirik mavjudodlarning faolligi sabablarini fakat refleks xakidagi tushuncha izoxlab berar edi. Ikkinchi tomondan, ushbu faollikni kuzatish uni nervlarning oddiy mexanik alokalaridan tashkariga olib chikish mumkin emasligini kursatdi.
Bu boshi berk kuchadan chikish yulini XIX asrning ikkinchi yarmida buyuk rus olimi I.M.Sechenov (1829-1905) topdi. Uning materialistik etikodi N.G.Chernishevskiy (1828-1889) boshchiligidagi revolyucion-demokratlar tomonidan tayyorlangan falsafiy negiz asosida yuzaga kelgan.

3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni.


Psixologiya yaxlit va mustakil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat kilib, inson omiliga alokadorligi uning shu yunalishdagi muammolarni malum manoda urganadigan barcha fanlar bilan bevosita alokasini takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bulib, psixologiyaning ular orasidagi mavkei uziga xos va etakchidir.

1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa kismi bilan bulgan aloka bu ikkala fanning inson va uning xayoti moxiyatini tula anglash va uning rivojlanish tendenciyalarini belgilashdagi urni va axamiyatidan kelib chikadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bulgan umumiy konuniyatlar va principlarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga uzi xam inson ongi va tafakkuri konuniyatlari soxasidagi yutuklari bilan falsafani boy malumotlarga ega bulishiga yordam beradi. Shuni aloxida takidlash joizki, mustakillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taallukli umumiy ilmiy konuniyatlarni izlashda xam yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning xamkorligi bevosita sezilmokda. Bu bogliklik avvalo yangicha tafakkur va dunyokarashni shakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy goyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat kilmokda.


2. Sociologiya fani xam yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida uz tarakkiyotining muxim boskichiga utgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuklardan xam foydalanadi, xam ularning kulami kengayishiga baxoli kudrat xizmat kiladi. Ayniksa, psixologiyadan mustakil ravishda ajralib chikkan, bugungi tarakkiyot davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sociologiya bilan alokasi uzviy bulib, ular jamiyatda ijtimoiy tarakkiyot va progressni taminlash ishiga xizmat kiladi. Kolaversa, xukukiy, demokratik davlat kurish ishini sobitkadamlik bilan amalga oshirayotgan Uzbekiston axolisining xukukiy madaniyatini va demokratik uzgarishlarga psixologik jixatdan tayyorligini amalda taminlash, bu soxada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyokarashlaridagi uzgarishlarni uz vaktida urganish, bashorat kilish va tarakkiyot mezonlarini ishlab chikishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbikiy axamiyat kasb etadi.

3. Pedagogika bilan psixologiyaning uzaro xamkorligi va alokasi ananaviy va azaliy bulib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga oshirishdagi roli va nufuzi uziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Talim tugrisidagi Konun” xamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi”ni amalga oshirish xam ikki fan xamkorligi va uzaro alokasini xar kachongidan xam dolzarb kilib kuydi. Milliy dasturda etirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chukur bilimlar soxibi bulib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini talim va tarbiya jarayonlariga tadbik etishda pedagogikaning uz uslub va koidalari etarli bulmaydi. Shuning uchun xam psixologiya u bilan xamkorlikda yosh avlod ongining talim olish davrlaridagi rivojlanish tendenciyalaridan tortib, toki yangicha ukitish texnologiyalarini bola tomonidan uzlashtirilishi va undagi akliy xamda intellektual kobiliyatlarga nechoglik tasir kursatayotganligini urganish asosida talim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni takozo etadi. Ayniqsa, ma`naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta`lim muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda ukitishning eng ilgor va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbik etishni nazarda tutadi.


4. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orkali ularning kechishi konuniyatlarini obektiv urganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning xamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshkarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini etirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuklar va ulardagi tadkikot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs kobiliyatlarini diagnostika kilish uning tugma layokatlari xamda orttirilgan sifatlarini bir vaktda bilishni takozo etgani sababli, usha tabiiy layokatning xususiyatlarini aniklashda psixofiziologiyaning kator usullaridan (miya assimetriyasi konunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniklash, kon aylanish va tana xaroratini ulchash metodlari) uz urnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuklaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar soxasida erishilgan barcha yutuklar psixologiyaning predmetini mukammalrok yoritishga uz xissasini kushgan.
5. Kibernetika fani soxasidagi yorishilgan yutuklar psixologiya uchun xam axamiyatli va zarur bulib, u inson shaxsining uz-uzini boshkarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan kulga kiritilgan yutuklar va tadkikot metodlari, maxsus dasturdan uz urnida foydalanadi. Ayniksa, malumotlar asri bulgan XX va xar bir aloxida malumotning kadr-kimmati oshishi kutilayotgan XX1 asrda informacion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya xamda kibernetika xamkorligining saloxiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy mulokot jarayonini yanada takomillashtirish, xar bir suzning shaxslararo munosabatlardagi tasirchanligini oshirish maksadida xamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan urinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi urni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng kullanilishi inson miyasi va ruxiy olami sirlarini tez va anik urganishni kafolatlaydi.

6. Texnika fanlari bilan psixologiyaning uzaro alokasi va xamkorligi ayniksa, asr oxiriga kelib yakkol sezilmokda. Bir tomondan murakkab texnikani boshkaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik xayotning murakkab kirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yunalishning erishgan yutuklarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir aloxida tomoni xam borki, u xam bulsa, texnika progressiga intilayotgan bir vaktda murakkab texnika va mashinalar bilan «mulokot” kilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi xam ana shu xamkorlikda xal kilinishi lozim bulgan masaladir. Ayniksa, mustakil Uzbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnakiga xizmatini taminlash kanchalik dolzarb bulsa, ana shu texnikaga xar bir oddiy fukaro ongi, tafakkuri va kobiliyatlarini moslashtirish va «odam-mashina” dialogining eng samarali yullarini izlab topishi juda muxim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan” malakali mutaxassislar tayyorlash borasida xam texnika fanlari


pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffakiyatga erishadi.


7. Iktisodiyot bilan psixologiyaning uzaro alokasi va xamkorligi xam yangilik bulib, ayniksa, bozor munosabatlariga boskichma-boskich utish sharoitida iktisodiy ong xamda iktisodiy xulkning uziga xos namoyon bulish konuniyatlarini urganishda ikkala fan teng xizmat kiladi. Uzbekiston Prezidenti I. A. Karimov mustakillikning dastlabki yillaridayok fukarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iktisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iktisodiy tarakkiyotidagi axamiyatiga etiborni karatgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iktisodiyot fanida kulga kiritgan yutuklar, yangiliklar va iktisodiy samaraga erishish omillarini xisobga olsa, iktisodiyot uz navbatida iktisodiy isloxotlarning obekti xamda subekti bulmish inson omilidagi barcha psixologik uzgarishlarni aniklash, taxlil kilish va shu asnoda bashorat kilish vazifasini echishi kerak.
Yukorida takidlangan fan tarmoklari psixologiya bevosita uzviy alokada rivojlanadigan fanlarning asosiy kismi xolos. Bugungi kunda xar bir fan rivoji uchun inson omilini xisobga olish zarur ekan, psixologiya usha barcha fanlar bilan alokada va xamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, kishlok xujaligi, kimyo va ozik-ovkat ishlab chikarish sanoati, xukuk va madaniyatshunoslik kabi unlab fan soxalaridir.
4.Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning aloxida tarmoqlarini differensiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan soxalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Xozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini xamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan soxasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan xisoblanadi. Chunki xamma sohada inson shaxsi faoliyat ko`rsatar ekan, xar bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko`ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan bohabar bo`lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi xozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustaxkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
• umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o`ziga xos jihatlarini o`rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta`lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni o`z predmeti deb biladi;
• yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning to`g`ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o`zgarishi tamoyillarini o`rganadi;
• ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda xosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, etikodlar, xissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o`rganadi;
• mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jixatlarini, qonuniyatlarini o`rganadi;
• muhandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o`rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o`rganadi;
• yuridik psixologiya — xuquq sistemasining amal qilishi bilan bog`lik masalalarning psixologik asoslarini o`rganadi;
• xarbiy psixologiya — kishining xarbiy xarakatlar sharoitida namoyon bo`ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o`rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o`rganadi;
• savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini o`rganadi;
• tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jixatlarini o`rganadi.
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko`plab sohalari mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real extiyojlar va ularni ko`ndirishda psixologiyaning fan sifatidagi o`rni va maqsadidan kelib chiqadi.
Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil sohalari bilan boǵliq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli tizimi tashkil etadi.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi: 1. Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o`zi yashayotgan muhitga munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta`sir etish, ularga ta`lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya`ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya) 3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o`rganuvchi psixologiya-mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san`at psixologiyasi va h.k.
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bular tegishli soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o`z navbatida maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichik maktab yoshi psixologiyasi, o`smirlik psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi-gerontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Shuningdek, psixik rivojlanishda normadan og`gan bolalar, ya`ni anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya ham bor. Patopsixologiya - kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya - aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya - kar-soqovlar psixologiyasi, tiflo psixologiya – ko`zi ojizlar psixologiyasi. Yuqoridagi berilgan ma`lumotlarni mustaxkamlash uchun «Baxs-munozara”usuli qo`llanildi. Bunda quyidagi savollar yuzasidan o`quvchilar bahs-munozara o`tkazishadi.

SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR


1. Psixologiya fani ko`p tarmoqli bo`lishining sabablarini ayting?
2. Yosh davrlar psixologiyaning ahamiyati?
3. Savdo psixologiyasining tutgan o`rni nimada?
4. Psixologiya fanlari tizimida ijtimoiy psixologiyaning qanday o`rni bor?
5. Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini axamiyati?

ADABIYOTLAR


1. Karimov I. A. «Uzbekiston XX1 asr busagasida.». — T., 1998y
2. Karimov I. A. «Barkamol avlod-Uzbekiston tarakkiyotining poydevori”.T., 1997y
3. Gamezo M. V, Domashenko I. A. «Atlas po psixologii”. — M.,1986.g
4. Gippenreyter Yu. B. Vvedeniye v obshuyu psixologiyu. Kurs lekciy. M., 1996g
5. Godfrua J. Chto takoye psixologiya. — M., 1992 T. 1. Gl.5g
6. Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997g
7. Endolcyev Yu. A. Znakomimsya s universitetom. SPb, 1996g
8. Klimov E. A. «Osnovı psixologii”. Uchebnik. — M., 1997g
9. «Psixologiya”. Pod red. A. A. Krılova, — M., 1998g
10. Nemov R. S. «Psixologiya”. — Kn.1. — M., 1998g
11. Karimova V. M. «Ijtimoiy psixologiya asoslari”. — T., 1994y
12. Karimova V. M. «Psixologiya”.-T., 2000y
13. Namangan muxandislik-pedagogika instituti. A. Burxanova.. K.
Shodmonov. Psixologiya(Muammoli maruza matni). Namangan-2006y.
14. Goziyev E. Psixologiya.T. 1994 y.
15. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxririda. T. 1992y.
16. Umumiy psixologiyadan xrestomatiya. 1991y.
7-mavzu: Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivasiya va ularni boshqarish. Ijtimoiy xulq motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar.
Reja:
1. Shaxs va uning faolligi
2.Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.
3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi.
4. Motivlarning turlari
5. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.

Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.


Tayanch so‘zlar: Shaxs faolligi, tashqi faollik, ichki faollik, faoliyat, perseptiv harakat, mnenik faoliyat, fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko‘nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka.


Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z- o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga hos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat-bu uning faolligidir. Faollik(lotincha «actus”-harakat, «activus”-faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.


Bu- o‘sha oddiy qo‘limizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z- o‘zini ang-lashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroqi va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik-bu tashqaridan va o‘z ichki istak-hohishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, m o‘shaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik-bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar(moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Misol tarikasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayrilikdan so‘ng ona o‘z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, ko‘zlaridan okkan sevinch yoshlarida ko‘rsak, ichki faollik- o‘sha ko‘z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog‘inchning asl sabablari(ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin motivlar ta’siri), ko‘rib idrok kilgandagi o‘zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko‘rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning extiyojlariga bog‘liq bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va o‘zaro munosabatlarining okibati hisoblanadi.
Inson faolligi «harakat”, «faoliyat”, «hulq” tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat-inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga hos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu-moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu-rekordlarni ko‘paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o‘xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga-predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.
Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.
Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa,
ichki faoliyat-birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, Uylaydigan, muloxaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi-muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar Uylanayotgan odamni ziyraqlik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan-misol uchun, o‘zum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan holi emas, u kaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
perseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yahlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati-aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv —(«image”-obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizasiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroqi darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroqi kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda hat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz kat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Kunikmalar-doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashklar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan;
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy o‘rinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarkalgan usuli-bu barcha insonlarga hos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabakalashdir. Bu-muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot-shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli extiyojlardan biri-inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan extiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali(verbal) va nutqsiz vositalar(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi:
O‘yin-shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi:
O‘qish-faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi:
Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham ichki(psixik), ham tashqi(predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan sho‘g‘ullanishiga majbur kilgan psixologik omillar-sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir.
Agar xayvonlarning xatti - xarakati butunlay atrof muxit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshligidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilib boriladi. Xatti-xarakatning bu turi shu qadar o‘ziga xoslikka egaki, psixologiyada uning atash uchun maxus termin - faoliyat termini qo‘llaniladi.
Faoliyatning birinchi farqli belgisi shundan iboratki, u faollik manbai bo‘lgan extiyoj sifatida yuzaga chiqqan xolda faollikning yo‘nal-tiruvchisi bo‘lgan anglanilgan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixika narsalarning xususiy ob’yektiv xossalarini aks ettirishi va ular bilan oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish usullarini xam belgilab berish lozim. Faoliyat kishining xulq atvorini maqsadga qaratilgan xarakatlarni ro‘yobga chiqarish, xususan olganda esa yuzaga kelgan extiyojlarni, o‘zi zudlik bilan qondira olmaydigan, ya’ni bevosita madadga tayanmaydigan faollikni rag‘bar-lantirish va qo‘llab - quvvatlash imkonini beradigan darajada boshqa-rishga qodir bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat bilim va iroda bilan chambar-chas bog‘liq, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas.
Demak, faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki va tashqi faolligidir.
Shunday qilib faoliyat xaqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun kishi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash mumkin.Faoliyatning barcha qolgan jixatlari - uning motivlari, bajarilish usullari tegishli axborong i tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo‘lishi xam, anglanilmagan bo‘lishi xam mumkin. Ular chala yarim tarzda anglanilgan va xatto noto‘g‘iri anglanilgan bo‘lishi xam mumkin.
Faqat motivlar emas, balki faoliyatning u yoki bu rejalarini tan-lashga olib kelgan ko‘pgina fikrlash jarayonlari xam kishi tomonidan to‘la - to‘kkis angalanilgan bo‘lavermaydi. Faoliyatning amalga oshirishning usullariga kelganda shuni aytish kerakki, ularning ko‘pchiligini odatda ongdan tashqari xolda yo‘naltiriladi. Bunga odatlanib qolingan xar qanday xarakat: yurish, so‘zlash, xat yozish, avtomobilni boshqarish va shu kabilar misol bo‘lishi mumkin.
Faoliyatning ana shu barcha jixatlari ongda aks etish darajasi va to‘lakonliligi tegishli faoliyatning anglanilganligi darajasini belgilaydi.
Faoliyatning anglanganligi darajasi qanday bo‘lishidan katxiy nazar, maqsadni anglash xamisha uning muqarrar belgisi bo‘lib qolaveradi. Ushbu belgi bo‘lmagan xollarda kishi tushunchasidagi faoliyat xam bo‘lmaydi, balki impulsiv (beixtiyor) xatti xarakat yuz beradi. Faoliyatdan farqli ularoq, impulsiv xatti-xarakat bevosita extiyojlar va xissiyot bilan idora qilinadi. U individning qattik xayajonga tushishi (affektni)ni va maylinigina ifoda etadi va shuning uchun xam ko‘pincha egoistik va jamiyatga zid xarakterga ega bo‘ladi.
Faoliyat voqe’likka nisbatan faol munosabat bildirishining shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o‘rtasida real bog‘lanish xosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Faoliyatda u o‘z ichki xususiyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub’yekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida gavdalanadi. O‘z navbatida ularning javobiy tasirotini xis qilgan xolda, u shu yo‘l bilan odamlarning, narsalarning, tabiat va jamiyatning xaqiqiy, ob’yektiv, muxim xususiyatlarini bilib oladi. Uning qarshisida narsalar ob’yektlar sifatida, odamlar esa shaxs sifatida gavdalanadi.
Toshning og‘irligini bilishi uchun uni qo‘tarib ko‘rmoq, parashyutning chidamliligini aniqlash uchun esa undan samolyotdan sakrab ko‘rmok kerak. Kishi toshni ko‘tarib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususitlarini bilib oladi. U ana shu real xarakatlarni timsoliy xarakatlar bilan almashtirishi, ya’ni «tosh og‘ir” deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va trayektoriyasini tegishli formula bo‘yicha xisoblab chiqishi mumkin. Lekin xamisha xam ish amaliy faoliyat birinchi galda turadi.
Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining xam o‘z xususiyatlari xam namoyon bo‘ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligi, uning olamda nimani ko‘rayotgan va nimani ko‘rmayotganini, nimani tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va ko‘rsatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, u kishi psixikasining mazmunining va uning mexa-nizmlarini belgilab beradi, va shu bilan barobar ularning namoyon qiladi.
Faoliyatga yo‘llangan maqsad, odatda yo ko‘prok yo ozroq darajada uzoqlashgan bo‘ladi. Shuning uchun xam unga erishish kishi ana shu maqsad yo‘lida xarakat qila borgan sari uning oldida paydo bo‘ladigan qator juzxiy vazifalarni kishi tomonidan izchillik bilan xal etila borishdan tarkib topadi.Faoliyatning yolgiz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan nisbattan tugallangan xar bir shunday qismini xarakat deb atashadi.Kishi faoliyati juda murakkab va o‘ziga xos jarayondir. U shunchaki extiyojlarni qondirishdangina iborat bo‘lib qolmasdan, balki ko‘proq darajada jamiyatning maqsadlari va talablari bilan belgilanadi. Maqsadning anglanilganligi va unga erishish yuzasidan ijtimoiy xarakatlar tajribasi bilan bog‘liq ekanligi kishi faoliyatining o‘ziga xos belgisidir.
Kishi faoliyatining tashki va ichki jixatlari chambarchas bog‘gliqdir. Tashqi jixat - odam tashqi olamga ta’sir ko‘rsatish uchun qiladigan sayxi-xarakatlar - motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki faoliyat bilan belgilanadi va yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va ja-rayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zlashtirilishini amalga oshiradigan, psixik ando-zalarning uxshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va xarakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko‘rsatadigan tashqi jixat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat qilinib turadi.Xar qanday xarakatning taxlil etilgan jixatlarini tegishli tarzda uning motor (xarakat), sensor (xissiy) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq ushbu qismlarning xarakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan vazifalarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishdan iborat bo‘lishi mumkin. Kishi faoliyat jarayonida xarakatlarni ijro etishda, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.
Aytib o‘tilgan vazifalarning xar birini kishi anglanilgan tarzda xam va anglanilmagan tarzda xam amalga oshirishi mumkin. Masalan so‘zni talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan xiqildoq xarakatlari siste-masi kishi tomonidan mutlaqo anglanilmagan xolda ishlaydi. Lekin kishi aytmoqchi bo‘layotgan iboraning grammatik shakllari va mazmuni xamisha ongda oldindan ayon bo‘ladi. Xar qanday saxi-xarakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘sha mushaklar qisqarishi va chuzilishining murakkab birikuvi qoida tariqasida anglanilmagan bo‘ladi. Aftidan, saxi-xarakatlar ongning ishtirokisiz, shunchalik fiziologik tarzda ifoda etiladi. Biroq odatda, xarakatlarning pirovad maqsadlari shuningdek ularning umumiy xarakteri xamisha anglanilgan bo‘ladi. Masalan, kishi velosipedda mutlaqo ongsiz xolatida yurishi mumkin emas. U qayoqqa borayotganini, qaysi yo‘l bilan va qanaqa tezlik bilan borayotgani va shu kabilarni umuman tasavvur qilishi lozim. Bu xar qanday mexnat, o‘yin va boshqa xil xarakat jarayonlariga talluqlidir. Va nixoyat ayrim saxi-xarakatlar ongli tarzda yo‘naltirilgan xolda xam, anglanilmagan xolda xam bajarilishi mumkin. Masalan yurish saxi-xarakatlarining anchagina qismi anglanilmagan xolda amalga oshiri-ladigan faoliyatning shundoqqina ko‘rinib turgan misoli xisoblanadi. Lekin shu xildagi saxi-xarakatlarning arqon ustida yurish chog‘ida bajarilishi, sensor nazorat qilinishi va markazdan boshqarilishi eng jiddiy darajada anglanilishi zarur bo‘lgan ob’yektga aylanadi.
Teskari xolat xam yuz berishi mumkinki, bunda xarakatning maxlum bir jixatlari oldiniga mayda-chuydalariga qadar ongli ravishda idora kilinishini taqozo etadi, so‘ngra esa ong borgan sari kam ishtirok etgani xolda boshqarila boshlaydi, bunday xollarni ishning bajarilishi avtomatlasha boshlaganiga o‘xshatishadi.
Kishida maqsadga muvofiq tarzdagi sayi-xarakatlarni ijro etish va boshqarishning aynan shu tarzda qisman avtomatlashuvi malaka deb ataladi.
Umuman olganda, «sof” malaka xaqida, faqat xayvonlarga taxrif berilayotganda gapirish mumkin. Odamda patalogik xolatlardan bo‘lak barcha xildagi faoliyat pirovard natijada ong bilan boshqariladi. Xarakatning u yoki bu qismlari avtomatlashuvi esa ongli ravishda yunaltiriladigan ob’yektni faqat almashtiradi, xarakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, uning natija-larini nazorat qilish va baxolashni ong uning tasarrufi doirasiga olib kiradi.
Xarakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ro‘y beradigan o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir.
1. Sa’yi-xarakatlarning ijro etilishi usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z xoliga yuz berib kelgan qator juzxiy saxi-xarakatlar yagona jarayonga, tarkibiga kiruvchi aloxida sodda saxi-xarakatlar o‘rtasida to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta murakkab saxi-xarakatga qo‘shilib ketadi. Masalan: o‘quvchi bosqichli xarakat sifatida bajara-digan xarakatni o‘zgartirish jarayoni tajribali shofyor tomonidan bir marta ko‘lni silliqqina ishlatgan xolda bajariladi. Ortiqcha va keraksiz saxi-xarakatlar bartaraf etiladi. Jumladan, o‘quvchi yozuvni o‘rgana boshlagan paytda bu jarayonni bajarar ekan, ko‘plab ortiqcha xarakatlar qiladi: tilini chiqaradi, gavdasini qimirlatadi, boshini engashtiradi va x.z. Xarakat jarayoni o‘zlashtirib olingandan keyin barcha ortiqcha saxi-xarakatlar yo‘qolib ketadi. Mujassamlashuv yuz buradi, ya’ni saxi-xarakatlarni ikkala ko‘l bilan bir vaqtning o‘zida bajarish boshlanadi. Agar boshlovchi tokarg‘ keskichni oldiniga uzunasiga qarab, so‘ngra ko‘ndalangiga qarab yurgizsa tajribali tokarg‘ keskichni detalning bir vaqtning o‘zida bir ko‘li bilan maxovikni uzunasiga boshqasi bilan esa supportni ko‘ndalangiga aylantirarkan, diogonal chiziq bo‘ylab qisqa masofadan olib boradi. Pirovardida saxi-xarakatlarni boshqarish suxrati tezlashadi. Shunday qilib, xarakatlarni o‘zlashtirish jarayonida uning xarakatlantiruvchi barcha jixatlari: saxi-xarakatlar tarkibi, saxi-xarakatlarning izchilligi va saxi-xarakatlarning uyg‘unligi, shuningdek ularning tezligini mumkin qadar rejali bo‘lishiga imkon tug‘iladi.
2. Xarakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’yi-xarakatlarning bajarilishini ko‘rish orqali nazorat qilish ko‘proq mushaklar yordamida nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinist-kaning xarflarga qaramasdan yozishi, malakali slesarning iskananing ustidan bolg‘a bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi va shu kabilar oddiy misol bo‘lishi mumkin. Saxi-xarakatlarning xarak-terini belgilaydigan turli xildagi o‘lchamlarning nisbatini baxolash imkonini beradigan maxsus sensor sintezlar xosil bo‘ladi. Masalan: shofyorda tezlikni ko‘z bilan chamalash va sezish, duradgorda yog‘ochni kirish, uchuvchida fazoda xolatni xis qilish tuyg‘usi o‘tkir bo‘ladi. Xarakat natijalarini nazorat qilish uchun muxim bo‘lgan muljallarni tez farqlash va ajratish qobiliyati rivojlanadi. Jumladan, shofyorda motorning shovqinida uning qanchalik kuch bilan ishlayotganini bildiradigan belgilarni ajratish qobiliyati, po‘lat erituvchida metalning tarkibini, uning xarakatini, rangining tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi.
Shunday qilib, xarakatlar o‘zlashtirila borgan sari uning natija-larini va bajarilish sharoitlarini yanada aniqroq va tezroq bevosita sifatli nazorat qilish uchun imkoniyatlar tug‘iladi.
3.Xarakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgarib bormoqda. Diqqat xarakat usullarini idrok etishdan xoli bo‘lib, u xarakatning asosan vaziyati va natijasiga qaratilgan bo‘ladi. Ba’zii xisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mexnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga qo‘shilgan xolda amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, shofyor dvigatelning ortiqcha kuch bilan ishlayotganini uning tovushida-noq sezib, o‘ylab - netib o‘tirmasdanoq uning xarakatini qanaka tezlikka ko‘chirish kerakligini darxol tushunib yetadi: apparatchi asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qiboq, ularning ishlashida ro‘y berayot-gan buzilishlarni va ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerakligini faxmlaydi. Navbatdagi saxi-xarakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi saxi-xarakatlar amalga oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Chunonchi, uchuvchi qo‘nishni boshlaganidayoq muayyan sharoit-lardagi ko‘nishning ushbu turini bajarish uchun ko‘llaniladigan barcha standart usullarni ishga solishga o‘zicha tayyor bo‘ladi. Shuning uchun xam birinchi usulni boshqarishdan ikkinchisiga o‘tish maxsus planlash-tirilmagan tarzda xam amalga oshirilaveradi. Faqat qo‘nishning qanday usulini tanlash rejalashtiriladi, xolos. Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilishi antisipasiya deb ataladi.
Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy hulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv” va «motivasiya” tushunchalari ishlatiladi.
«Motivasiya” tushunchasi «motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya-inson hulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs hulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob kidirish-motivasiyani kidirish demakdir. Demak, u hulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi hulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi(motivlar, extiyojlar, maqsadlar, mUljallar, istaqlar, kizikishlar va xokazolar); b) tashqi sabablar-faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs hulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga « o‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda kizikib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat kilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv-konkretroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.


Nemis olimi Ko`rt Levin

Mashxur nemis olimi Ko‘rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida katta keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga hos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‘sha ma’lum soitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik-dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining motivasiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: «Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, kattikqo‘l va xokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izoxlanadi va tirishkok talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab kilsa, boshqasi uchun(dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.





Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu extiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, kiziquvchanlik extiyojini paydo qiladi. Bu extiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab koniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv kurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo‘lingizda kitob bor. Siz hali uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish extiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxs-dagi mavjud extiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:


Biologik extiyojlar-bu-fiziologik(tashnalik, ochlik, uyku), jinsiy, moslashuv extiyojlari.
Ijtimoiy extiyojlar-bu-mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy extiyojlar.
Extiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday extiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va muhitdagi kadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo‘lgan extiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, tUy marosimlari yoki juda t o‘qin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘p ovqat istehmol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir burda issik non ham butun tanaga rohat bahsh etuvchi malham bo‘lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy hulqi motivi xakida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oklashi kerak, aks holda dastur xech narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u kat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Okibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, kaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo‘lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda kiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy hulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maqlelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxa o‘zenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyasizliklardan kochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda kaysi motivga mUljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar-tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha hulq-atvorni muvaffikiyasizlikdan kochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafakiyasizlikka duchor bo‘lmaslikni Uylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, ohir-okibat ular baribir muvaffaqiyasizlikka uchrab, « o‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da” degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, kutarinki rux bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan kat’iy nazar, ruxan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik kayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbex yoki tanqidni ham juda katta ruxiy azob bilan kayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda kayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z- o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda kayg‘uradilar, hattoki, ko‘rkadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiklik bilan boshdan kechirib, ichidan xayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi dahvogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Davogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy hulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy hulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka(inglizcha «attitud”) hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’yektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz mukaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan sho‘g‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va xokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda rUyobga chiqadi. Demak, motiv-har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi(undov), sharti bo‘lsa, ustanovka-ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent-ustanovka ob’yektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent-ustanovka ob’yektiga nisbatan sub’yekt his qiladigan real hissiyotlar(simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar);
V. Harakat komponenti-sub’yektning ob’yektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui(hulqda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish”, «jamoatchilik joylarida tartibni b o‘zish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy hulqqa zid harakat kilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Shaxs va uning faolligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Inson faolligini necha qismga ajratishimiz mumkin?

  3. Individual rivojlanish jarayonidagi faoliyat turlari?

  4. Motiv va motivatsiyaga ta`rif bering.

ADABIYOTLAR:


1. O‘zbek pedagogikasi tarixi. (qo‘llanma. prof. A.Zunnunov tahriri ostida). T. “o‘qituvchi”. 1997.
2. Pedagogika. (qo‘llanma. A Munavvarov tahriri ostida) T. “o‘qtuvchi”. 1996.
3. Pedagogika. (qo‘llanma. prof. A.Ilg‘ina tahriri ostida). M. 1984.
4. Ochilov M. Universitetlar tizimida pedagog xodimlar tayqrlash muammolari. “Ta’lim va tarbiya” jurnali. 1997. 5-6 son.
5. Pedagogika. (Ma’ruzalar matni. Prof. N.Gʻaybullayev tahriri ostida). T. «Universitet”. 1999.
6. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari.-T., 1994
7. Grimaq L. P. Rezervы chelovecheskoy psixiki.-M., 1990
8. Klimov Ye. A. Osnovы psixologii.-M., 1998
9. Kovalev V. I. Motivq povedeniya i deyatelnosti.-M., 1988
10. Merlin V. S. Leksii po psixologii motivov cheloveka.-Permg‘, 1971
8-mavzu. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida muomala texnikasi va strategiyasi.
Reja:
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari
4. Muloqot va uni o‘rganish muammolari
5. Samarali ta’sir psixologiyasi
Darsning maqsadi: Insoniy munosabatlar psixologiyasi, shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni, insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari, muloqot va uni o‘rganish muammolari, samarali ta’sir psixologiyasi xaqida talabalar bilim berish.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar maxsuli deyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan O‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz” bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar(telefon, telegraf va sho‘nga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; suboyekt tipli(dialogik, sheriklik) yoki suboyekto(monologik) bo‘lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar O‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, xis-kechinmalar, tashvish-u - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni bir - biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muxiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a`zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a`zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin(ona-bola, qaynona-kelin va xz).
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni maqullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta O‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya`ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda xar bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi.
Xar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma`naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar.
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o‘zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruxining ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo‘ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‘zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‘ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam” dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar(servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o‘rgatish(sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi.
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida xar bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam O‘zida individ sifatlarini saqab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi-suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini taxminlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, taziyaga borgan chog‘da xam ana shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda xam bor, ya`ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng Ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi-u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga xam bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin.
Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya`ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu xayosiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim.»
Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam o‘nga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday” keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya`ni so‘rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, xozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial-birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini xisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri-o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya`ni fikr-g‘oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
Verbal ta’sir bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi.
Paralingvistik ta’sir bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. So‘ngra nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. So‘ngra qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Ko`yib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.

Noverbal ta’sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. So‘ngra suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman”, desa, ishonasizmi?


Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, O‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga xam bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta`kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshlik ishi tushib, biror hodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni ham kuyukroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o`tadi.
Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
Muloqot va uni o‘rganish muammolari.
Oxirgi yillarda «professionalizm” tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini «inson omili”ni takomillashtirish xisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish soxasidagi professionalizmga katta e`tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko`ndira olmaslik, “birov”ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‘quvsizlik, yoki diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka o`rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, hususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o`rgatish muammosini chetlab o‘tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis-vrach, muxandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar xam kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va sanoatiga ega bo‘lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o`rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish-ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o‘tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini o‘ylab bosadigan bo‘lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o`rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e`tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notik, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan xisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauyer «Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani xam uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‘rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi bo‘la olamizu, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa-bu bizning o‘z fikr-o`ylarimiz va xoxishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning uchun xam ba`zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida hayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi xam ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz: so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa-sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘g‘e?», «Nahotki?», «Qaraya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa-bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma`noli, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani” olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi xam mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o`rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga qo‘yidagilar kiradi:
Aktiv holat. Bu-agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, o‘nga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko`ndirishning samarali yo‘lidir.
O`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas`uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma`ruzachi professorning har bir chiqishi va ma`ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtiroq etuvchi ikki jarayon-gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e`tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT-muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jixatdan xozirlash, ularda zarur kommuniqativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi-IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘l-yo`riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o`rgatish, majlislar o`tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o`‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o‘zini o‘zga o‘rniga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o`yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.
SAVOL TOPSHIRIQLAR

  1. Muloqot turi va shakllari

  2. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta`siri nimada?

  3. Verbal va noverbal ta`sir nima?

  4. Yaxshi suhbatdosh bo`lish sirlari haqida nimalar bilasiz?

ADABIYOTLAR


1.Karimov I. A. Barkamol avlod-O‘zbekiston kelajagining poydevori.-T., 1997


2. Axloq-odobga oid xadis namunalari. T., 1990
3. Golovin B. N. Osnovq qo‘lg‘turq rechi. M., 1988
4. Ibroximov va boshq. Vatan tuyg‘usi. T., 1997
5. Karnegi D. Kak zavoyevqvatg‘ druzey i oqazqvati vliyaniye na lyudey. M., 1990
6. Klimov Ye. A. Psixologiya professionala. M., 1997
7. Komilov N. Tasavvur va komil inson axloqi. T.,1996
8. Krijanskaya Yu. S., Tretpyakov V.P. Grammatika obsheniya. L., 1990
9. Mayers D. Sosialg‘naya psixologiya. M., 1997
10. Mekson M. X., Alpbert M., Xedouri F. Osnovi menedjmenta. M., 1992
11. Petrovskaya L.A. Kompetentnostp v obuchenii. Sosialpnopsixologicheskiy trening.-M., 1990
12. Psixologiya. Uchebnik. Pod red A. Krilova M., 1998
13. Psixologiya menedjmenta. Pod red. G. S. Nikiforova. SPb, 1997
9-Mavzu: Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvantligi. Idrok, xotira va diqqat jarayonlarini boshqarish.

Reja:
1. Bilish jarayonlari va professional faoliyat.


2. Bilish jarayonlari.
3. Idrok va idrok qilish qonunlari.
4. Xotira va shaxs tajribasining boyligi.
5. Bilish jarayonlarini boshqarish usullari.

Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.


Tayanch so‘zlar: Persepsiya, idrok, xotira, assosiasiya, konstantlik, diqqat, parishonxotirlik. Bilish jarayonlari. professional faoliyat, idrok va idrok qilish qonunlari. xotira va shaxs tajribasining boyligi.


Bilish jarayonlari va professional faoliyat. Professional faoliyat shaxsdan juda ko‘p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs(motivlar muammosi), endi o‘z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o‘z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo‘nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo‘lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo‘lish yo‘llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko‘p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko‘rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko‘zi bilan ko‘rgan har qanday ob’yektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o‘z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar-har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo‘shishga moyil bo‘ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo‘larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o‘z diqqatini har qanday mayda o‘zgarishlarga ham qaratishga o‘rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo‘lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o‘rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqealarni badiiy buyoqlarda, o‘ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam hossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o‘sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog‘liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo‘lmish bilish jarayonlari-idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yahlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o‘ziga hos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo‘lgan talabingizni xaqiqatan bor yoki yo‘qligini birovlardan so‘ramaysiz-ku? Yoki kitob mutolaa qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o‘zi o‘qiyotganligini boshqalardan so‘ramaydi. Bunday ishlar o‘z-o‘zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o‘rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko‘proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz.
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo‘lib, agar siz o‘z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‘lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
Bilish jarayonlari. Inson ongi bir qarashda yahlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar-sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog‘liqqi, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‘g‘risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilzgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo‘ladi. Hattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emosiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o‘z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish(an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o‘xshash), ularni qayta ishlash(tafakko‘rga o‘xshash) va uni saqlash(xotira) haqida ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori kutardi.
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffikiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o`ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga hos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda «Koka-kola iching” degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg‘amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul kilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko‘rgan ekanman? Xech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. o‘shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi-odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun «ahamiyasiz” deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga hos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz.
Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va xodisalar ta’sir ko‘rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning miyamizda aks ettirilishidan iborat bo‘lgan eng sodda psixik prosess sezgi deyiladi. Masalan: qarshimizda turgan biron-bir narsa, chunonchi stol bilan ish ko‘rar ekanmiz, ko‘rish yordamida biz uning rangini, shaklini, katta-kichikligini aniqlaymiz: tuyish orqali uning qattiqligini, silliqligini ; bilamiz qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og`irligiga ishonch hosil qilamiz va hokazo. Bularning barchasi mazkur moddiy buyumning alohida sifatlari bo‘lib, ular haqidagi ma`lumotlarni bizga sezgilar beradi.
Sezgilar sodda psixik prosess bo‘lishlariga qaramay, barcha bilimlarimizning asosi hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalarni aks ettirishning ko‘pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‘lmaganda, biz tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan mahrum bo‘lgan bo‘lar edik. Moddiy olamni aks ettirishda sezgilarimizning ahamiyati juda katta. Sezgilarimiz bo‘lmasa, boshqacha yo‘l bilan, biz moddaning xech qanday shaklini, harakatning xech qanday shaklini sezgilardan boshqacha yo‘l bilan bila olmaymiz. Shuning uchun ham idrok, tasavvur, xotira, tafakkur kabi murakkab aks ettirish prosesslari sezgilarimiz asosida hosil bo‘ladi. Amaliy nutqimizda shunday iboralar uchrab turadi. "Men og‘riqni his qilyapman : u totli mazani his qildi, bu odam yaxshi rivojlangan his etish organlariga ega «Tilimizdagi shunga o‘xshash iboralar hali fanda «xissiyot va «sezgi” tushunchalari bir-biridan aniq farq qilinmagan davrlardan saqlanib qolgan. Endilikda biz ularning turli xildagi psixik prosesslar ekanligini yaxshi tushunamiz.Binobarin endi og‘riq , tam-maza hissi , hissiy organlar deb emas, balki, og‘riq sezgisi, tam - maza sezgisi, sezgi organlari deb atash to`g‘ri keladi.
Atrof muxit odamga beqiyos darajada turli-tuman ta’sir ko‘rsatib turadi. Yorug‘lik xamda xavo to‘lqinlari, issiqlik xamda ultra-binafsha nurlari va boshqa qo‘zg‘atuvchilar shular jumlasidandir. Qo‘zg‘atuvchilarning barchasi analiz qilinadi va ularni tegishli apparatlar qabul qiladi. Bu sezgi organlari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, nerv sistemasining tashqi olam bilan aloqa bog‘lash sistemasidan iborat. Pavlovning ta`kidlashicha, katta yarim sharlar qo‘zg‘a tuvchilarni analiz qilish organidir. Shu sababli Pavlov sezgilarning paydo bo‘lishini taxmin etuvchi barcha fiziologik apparatni analizatorlar deb atagan.
Analizatorlar uch qismdan iborat:
1. tashqi ta’sirni qabul qiluvchi asbob yoki reseptor (ko‘z, quloq, teri).
2. ta’sirongi reseptordan olib markazga eltuvchi /afferent/ va markazdan tegishli javob reaksiyasini olib qaytuvchi /efferent/ nerv tolalari.
3. analizatorlarni orqa va bosh miyadagi markaziy qismlari.
Sezgilarning xosil bo‘lishi mana shu qismlarning ishiga bog‘liqdir. Agar analizatorlarning birorta qismi ishdan chiqsa hech qanday sezish prosessi hosil bo‘lmaydi.
Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘atuvchilarni ayrim bo‘laklarga ajratish, ularni bir-biridan farqlash ya’ni analiz qilishdan iboratdir.
Sezgilarning turlari:
Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch gruppaga ajratish mumkin.
1.Tanamizning tashqi tomoniga joylashgan sezgi organlari /eksterireseptorlar/. Bu sezgilar bizda tashqaridagi narsalarning xususiyatlarini aks ettiradi./ko‘rish, eshitish, xid bilash, ta’m-maza/.
2.Tanamizning ichki organlariga joylashgan sezgi organlari /interoseptorlar/. Organik sezgilar /ochlik, chanqash/ shular jumlasidandir.
3.Xarakat yoki kanestezik sezgi. Bu sezgilar xarakatlar va gavdaning fazodagi xolati bilan bog‘liq. Xarakat analizatorlarining reseptorlari /proprioseptorlar/ muskullarda va paylarda joylashgan bo‘ladi.
1.Ko‘rish sezgilari. Ko‘rish sezgisi narsalarga urilishi tufayli qaytarilgan yorug‘lik to‘lqinlarining ta’siri natijasida vujudga keladi. Yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z qorachig‘i orqali o‘tib, ko‘rish reseptori hisoblanuvchi ko‘z to‘r pardasiga ta’sir etadi. Odam ko‘rish sezgilari orqali narsalarning rangi xaqida ma`lumot oladi, ko‘rish sezgisi, harakat sezgilari bilan birga ko‘shilishi natijasida esa narsalarning shakli, olis-yaqinligi, fazoviy holati va harakati to‘g‘risida xabardor bo‘ladi.
Odam sezadigan ranglar axromatik /oq, qora, kul rang/ va xromatik/ kamalak ranglari: qizil , sariq , ko‘k, binafsha v.x.k/ ranglarga ajraladi.
Yorug‘lik nurlari va ranglar ko‘zning asosiy qismi bo‘lmish to‘r pardadagi nervlarga bevosita ta’sir qilib, qo‘zg‘alish prosessini yuzaga keltiradi. Hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv tolalari orqali bosh miya yarim sharlarining orqa qismiga olib boriladi va ana shu yerda analizatorlarning markaziy qismida ko‘rish sezgisi xosil bo‘ladi.
Odamning ko‘zi murakkab tuzilishga ega bo‘lib uch qavat parda bilan qoplangan: tashqi parda, tomirli parda, to‘r parda. Ko‘rish sezgisi uchun eng asosiysi ana shu to‘r parda bo‘lib, ko‘zning deyarli butun ichki yuzasini qoplab olgan. U asosan ko‘rish nervlaridan iborat. Ko‘z qorachig‘i va ko‘z gavhari yorug‘lik nurlari va ranglarni ta’sirini to‘r pardaga tushirib beradi. Yuqorida aytganimizdek to‘r pardadagi nerv tolalarining faoliyati tufayli ko‘rish sezgisi xosil bo‘ladi.
Eshitish sezgilari: Eshitish sezgisi orqali odam har xil tovushlarni aks ettiradi. Tovushlar asosan ikki gruppaga bo`linadi.
1. Muzikaviy tovushlar
2. Shovqinli tovushlar
Eshitish sezgilari tovush tarqatuvchi narsalarning tebranishidan hosil bo‘lgan havo to‘lqinlarining quloqqa ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi. Havo to‘lqinlarining tebranish tezligi va to‘lqin uzunligiga qarab, tovushlar past /baland, ingichka-yo‘g‘on bo‘lishlari mumkin.
Eshitish a’zosi hisoblangan quloq juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uch qismdan iborat.
a. tashqi quloq ;
b. o‘rta quloq ;
v. ichki quloq.
Havo to‘lqinlaridan xosil bo‘lgan qo‘zg‘alish ichki quloq orqali miyadagi eshitish markaziga olib boriladi va o‘sha yerda eshitish sezgisi xosil bo‘ladi. Quloq chig‘anog‘ining ichida Kortiy organi joylashgan bo‘lib, bu organ quloq chig‘anog‘ini yuqori tomondan berkitib turuvchi tayoqchasimon xujayralardan iborat. Ichki quloqdagi eshitish nervining uchlari ana shu xujayralarga kelib tutashadi. Demak, xar xil tebranishdagi xavo to‘lqinlari ana shu Kortiy organi orqali eshitish nervlariga beriladi. Reseptorlarda xosil bo‘lgan qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv tolalari orqali bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismiga ya’ni eshitish markaziga olib boriladi va o‘sha yerda eshitish sezgisi xosil bo‘ladi.
Xid bilish sezgilari. Bu sezgi nafas olish jarayonida xidli moddalarning gazsimon xolatda xavo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirib xidni sezuvchi nerv tolalariga ta’sir etishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu sezgilar bizga xushbo‘y xidlardan xuzurlanish, shuningdek salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish imkonini beradi.
Xid bilish reseptorlarida xosil bo‘lgan qo‘zg‘alish markazga inti-luvchi nerv tolalari orqali bosh miya katta yarim sharlarining xid bilish markaziga yetkaziladi, va u yerda u yoki bu xid sezgisi xosil bo‘ladi.
Ta’m bilish sezgisi. Og‘zimizga olingan moddaning zarrachalari taxm bilish sezgilarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi va ular til, tomoq, tanglay, kichik til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta`m-maza sezgilari asosan to‘rt xil buladi: shirinni, nordonni, sho‘rni va achchiqni sezish. Taxm-maza sezgilari-ning to‘liq sodir bo‘lishida xid bilish sezgilarining axamiyati kattadir. Agar odamning dimog‘i xidni sezmasa, odam ovqat yegan paytida mazasini xam yaxshi bila olmaydi
Teri sezgilari. Teri orqali og‘iz hamda burunning shilliq pardalari yordamida bizda tanamizga narsalarning tekkanligini sezish yoki taktil sezgilari, issiqni sezish, sovuqni sezish, og‘riqni sezish vujudga keladi. Bu sezgilardan xar birining maydonga kelishi uchun terida va shilliq pardalarda maxsus sezuvchi nuqtalar mavjuddir. Gavdaning tashqi yuzasida turli nuqtalarga joylashgan nerv uchlari teri sezgilarining reseptorlari xisoblanadi. Bu sezuvchi nuqtalar teri yuzasida bir tekis taqsimlangan emas, terining ayrim joylarida bu nuqtalar ko‘p miqdorda bo‘lsa, boshqa joylarda kamroqdir.
Organik sezgilar. Qorin ochlikni, chanqashni, to‘qlikni, ko‘ngil ozishini sezish organik sezgilar jumlasiga kiradi. Bu sezgilar ichki organlardan birontasini normal faoliyati buzilganligi to‘g‘risida ogoxlantiriladi. Odatda tanamiz sog‘lom, qornimiz to‘q va xech narsa bizni bezovta qilmagan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli sodir bo‘lmaydi.
Xarakat yoki kinestetik sezgi. Bu sezgilar bizga o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Xar bir odam xatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li oyog‘i, tanasining boshqa qismi qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgilarining reseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarning ustida asosan bo‘g‘inlarda joylashgan.
Muvozanat sezgilari. Bu sezgilar boshimizning, binobarin butunlay gavdamizning harakati hamda, fazodagi holati haqida darak beradi. Muvozanat sezgilarining reseptorlari ichki quloqqa joylashgan. Bu organ faoliyati izdan chiqsa odam o‘zini noxush xis qiladi.
Narsalarning alohida-alohida sifatlari (rangi, tovushi, qattiq-ligi va hakazo) sezgilar tufayli miya katta yarim sharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab olgan voqealikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar va xususiyatlardan yaxlit kompleksi mujassamlashgan bo‘ladi. Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan sezgilar narsa va hodisalarni to‘g‘riroq aks ettirish uchun miyada bir-biri bilan birikadi va odamda narsa va hodisaning yaxlit obrazi yaratiladi. Ayni chog‘da sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalardan aks ettirilishdan iborat bo‘lgan psixik proses idrok deyiladi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog`lanishlar idrokning fizologik asosi hisoblanadi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida yuzaga keluvchi qo‘zg‘alishlar katta yarim sharlar po‘stlog‘ida sintez qilinadi. Idrok qilishda bir necha analizatorlar ishi bilan organizmning qator qo‘zg‘aluvchilari komplesi ta’siriga javoban reaksiyasi bir-biri bilan uyg‘unlashadi. Masalan: biz atir gulni idrok qilar ekanmiz bir vaqtni o‘zida uni chiroyini ajoyib rangini ko‘ramiz, gulni xushbo‘y hidini hidlab sezamiz, uni mayin-ligini to‘yib sezamiz va x.k. Bundan tashqari biz uni atirgul ekanini taniymiz, ya’ni xotira prosessi ishga tushadi. Gul hidi bizga xuzur bag‘ishlaydi. Nihoyat idrok prosessi tarkibiga tafakkur ham kiradi. Idrok prosessida hayol xam qatnashadi. Masalan: osmondagi bulutlarga qarab ularni shaklini nimagadir o‘xshatish mumkin.
Ma`lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsaning to‘satdan ta’sir etishi yoki ta’sir etayotgan narsani boshqa narsadan keskin farq qilishi, originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyoriy idrok oldindan belgilangan muayyan bir maqsad asosida amalga oshiriladi. Irodani ishtiroki asosan ixtiyoriy idrokdan namoyon bo‘ladi. Chunki ixtiyoriy idrok ko‘pincha odamda irodaviy zo‘riqishni talab qiladi. Masalan: darsni ixtiyoriy idrok bilan eshitib o‘tirish odamda anchagina iroda kuchini talab etadi. Odatda ikki turli idrok bir-biridan farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo‘lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok deganda tevarak atrofdagi turli tuman narsalarni bevosita idrok etishni tushinamiz (stol - stul, shkaf). Murakkab idrok qilish deganda esa, fazo va vaqtni idrok qilishni tushinamiz.
Idrok va idrok qilish qonunlari. Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura-shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib, aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham o‘z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o‘sha tarafga qaraymiz. Ism-figura bo‘lsa, bozordagi shovqin-fon rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-kizil atirgul sizga yoqib qolib, o‘shani harid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o`tmaydi.
Shunday qilib, idrok-bu bilishimizning shunday shakliki, u borlikdagi ko‘plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan ob’yektni hossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yahlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida-alohida hossalar ongimizda aks etadi. Bu-sezgilarimizdir. Sezgilar yahlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarz-dagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu ob’yektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks etadi. Masalan, buning isboti uchun ko‘pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita ko`ra profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, «Bu-vaza” deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko‘rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‘rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko‘rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko‘rmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko‘rishni hohlamasa, u ikkinchi figurani ko‘rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligimizga, ob’yektga munosabatimizga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga ham bog‘liq. Tashvish bilan yo‘lakchadan o‘tib ketayotib, oyog‘ingiz tagidagi narsa tugul, ro‘paradagi odamni ham ko‘rmay qolishingiz mumkin. Yoki san’at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko‘rishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda, yaxshi do‘stlar kompaniyasida iste’mol kilgan taom sizga juda mazaliday tuyuladi. Agar talaba biror fan predmetidan karzdor bo‘lib qolsa, och qoringa yegan shirin taomi ham «tatimaydi”, hatto nima yeganini ham unutib qo‘yadi. Yomon kayfiyat ko‘proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi ko‘tarinki kayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yokimli ranglarda «ko‘radi”. Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog‘liq bo‘lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shaxs idrok qilishi jarayonlariga hos bo‘lgan bir nechta qonuniyatlarni belgilaymiz:
A. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog‘liqligi qonuni. Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo‘lgan, bevosita to‘qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo‘ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok kilgan bo‘lsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo‘lgan bo‘lsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi o‘rni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. O‘zbekistonliklar Yer kurrasining kaysi burchagida bo‘lmasin, o‘zbek do‘ppisi yoki atlas qo‘ylakni juda tez ilg‘ab oladilar va suyunib ketadilar ham. Yonidagi sheriglari o‘zbek bo‘lsa ham, aynan do‘ppili o‘zbekni ko‘rib, ko‘zlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy qo‘ylagida yurgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘zbek turist uchun bu qiyim fon edi, fonligicha qoladi ham.
B. Idrokning konstantliligi qonuni. Bu qonun ma’lum ma’noda oldingisiga bog‘liq. Ya’ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol o‘ynaydi. Ma’nosi: odam o‘ziga tanish bo‘lgan narsalarni o‘sha hossa va xususiyatlar bilan o‘zgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot ichida o‘tirib yerga qaraganmisiz? Avtomobil yo‘llari, ularda harakat qilayotgan mashinalar kichkina ko‘rinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok qilmaymiz-ku? Aslida ko‘z korachig‘imizdagi aks kichkina bo‘lsa-da, ularni o‘zimiz «to‘g‘rilab” alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Bu o‘rinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi xarakterli. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq o`rmondan chiqqan(bu qabilaning umri qalin o‘rmonda o‘tadi). Ro‘parada yaylovda sonsiz mollar podasi o`tlab yurgan bo‘lgan. Etnograf ularni oddiy mollar podasi sifatida idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga o‘xshatib, ularning ko‘pligi va kichikligidan xayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon bo‘lgan bo‘lsa, uning sherigida uning uzilganligi kuzatilgan.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o‘zgartirmay, turg‘un holda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to‘g‘ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. Konstantlik-«constanta” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.
V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko‘pincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog‘liq bo‘lib qoladi. Biz o‘zimiz kutgandan ham ko‘p paytlarda o‘zimiz ko‘rgimiz kelgan narsalarni ko‘ramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo‘lgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 «V” ga juda o‘xshaydi. Kechasi yolg‘iz qolib kimnidir kutayotgan bo‘lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga o‘xshayveradi. Sog‘ingan do‘stingizga biror jihati bilan o‘xshash bo‘lgan odamni ko‘rsangiz-chi?
Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo`shlikni to‘ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan bo‘lsangiz, negadir albatta, bosh harfi to‘g‘ri kelgan ismni aytsa ham tezginada o‘sha tomonga o‘girilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik Dj. Begbi degan olim stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik aniq bo‘lmagan slaydlarni birin-ketin ko‘rsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol o‘yini, ok sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buqalar jangi, qora sochli qiz, deb ta’riflaganlar. Ko‘pchilik bolalar esa ko‘rsatilgan ikkita rasmdan faqat bittasini ko‘rganini e’tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz, uning mazmuni madaniy va ma’naviy muhitga ham bog‘liq bo‘lib, bu kutishlar tizimidan kelib chiqarkan.
G. O‘zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, o‘tirganingizda soatning tiqqilashini eshitganmisiz? Xa, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng go‘yoki u yo‘q bo‘lib qolganday-eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg‘iz bitta nuqtadagi yoro‘g‘lik manbai ko‘zga ta’sir etilib, ko‘z ham shu nuqta bilan bir vaqtda harakatga keltirib turilganda, 1—3 sekunddan so‘ng odam yoro‘g‘lik manbaini ko‘rmay qo‘ygandek. Shunga o‘xshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past oxangli qo‘y ham ma’lum vaqtdan keyin eshitmaganday hisni keltirib chiqarishini sinab ko‘rishingiz mumkin.
Nutq vositasida hadeb bir xil so‘zlarni qaytaraverish psixoterapevtik praktikada gipnotik holatni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ishlatiladi. Chunki bir xil so‘zlar hadeb qaytarilaversa, ular o‘zining ma’no-mohiyatini ham yo‘qotadi. Masalan, ko‘chalarda yuradigan «folbinlar”ni ko‘rganmisiz? Ular avtomatik tarzda aytadigan so‘zlari aslida ularning o‘zlari uchun umuman ma’nosini yo‘qotgan(«baxtingdan ochaymi, taxtingdan ochaymi?» va xokazo shunga o‘xshash so‘zlar). Har qanday harakat hadeb qaytarilaversa, «psixologik to‘yinish” hodisasi ro‘y beradi va harakatlar avtomatlashib, uning ayrim detallari umuman ong nazoratidan chiqadi. Masalan, mahoratli raqqosa har qanday raqsga ham chiroyli, jozibali harakatlar bilan o‘yin tushib ketaveradi.
D. Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma’nosi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma’nosiz, tushunarsiz, noaniq bo‘lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so‘zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda qiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. hattoki, ma’ruzachining bugun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalaringiz va bilim doirangizdan uzoq bo‘lsa, professorga qarab o‘tirgan bo‘lsangiz ham uning gaplari qulog‘ingizga kirmaydi. Shunday paytlarda «Nima deyapti o‘zi?» deb qo‘shnimizdan so‘rab qo‘yamiz ham, zero ma’ruzasi o‘sha biz uchun qadrdon bo‘lgan o‘zbek tilida gapirayotgan bo‘lsa ham. Sinab ko‘rish uchun o‘rtog‘ingizga bir nechta so‘zlardan iborat qatorni bering. Ular orasida mazmunan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar, hattoki ma’nosiz(teskarisiga yozilgan so‘zlar) bo‘lsin. Oraga 2—4 ta tanish o‘zbek tilidagi so‘zlardan aralashtiring. Bir daqiqa mobaynida qarab, eslab qolganini qaytarishni so‘rasangiz, o‘sha 2—4 ta so‘zlardan boshqalarni deyarli «ko‘rmaganining” guvohi bo‘lasiz.
Ye. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko‘pincha adashamiz, ba’zan esa o‘zimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga hos xususiyat bo‘lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning qo‘lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok-tashqi muhit to‘g‘risidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir. Biz bevosita idrokimiz «tagiga yetolmayotgan”, «tushunmayotgan” narsalarni bevosita his kilgimiz, qo‘limiz bilan ushlab ko‘rgimiz, ular bilan ishlagimiz keladi. Ya’ni, idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo bo‘lsa, biz «Bu nima bo‘ldi?» degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni tekshirish uchun harakat qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz imkoniyatlari va chegaralari kengaytiradi va anglashga yordam beradi. Shuning uchun ham har bir ishni boshlashdan avval nimaga egamiz, nima kerak va nima kilsak, tezroq yaxshi natijaga ega bo‘lamiz, degan savol bilan o‘zimizdagi tajribada bo‘lgan bilimlarimiz bilan unchalik aniq bo‘lmagan ma’lumotlarni tarozuga solish va imkon boricha nutqimiz, harakatlarimiz bilan real tajribani kengaytirishga intilishimiz kerak. Shunday qilib, bir qarashda oddiyroq tuyulgan idrok ham inson bilimlari, tushunuvchanligi va faolligi bilan bog‘liq psixologik jarayon bo‘lib, u aslida shaxsiy tajribamizning birlamchi asosi va bazasidir. Anglangan va shaxsning tajribasiga aylangan ma’lumotlar yana bir muhim psixik jarayon-xotirada o‘z aksini topadi.
Xotira va shaxs tajribasining boyligi. Odam ko‘rgan, his kilgan va eshitgan narsalarining juda oz mikdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir vaqtning o‘zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo‘lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu yettita so‘z, son, belgi, narsaning shakli bo‘lishi mumkin. Agar telefon rakamlari 8 ta belgili bo‘lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo‘larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni-xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Xotira-bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va un o‘tish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.

Xotiraninng sakkiz qonuni.


Odatda biz biror bir materialni o‘qiydigan bo‘lsak, uni xech bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki ma’lumot xoxlasak ham xotiradan o`chmaydi, boshqasi esa juda qattiq xoxlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz, bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar bo‘lib, ba’zan o‘z taraqqiyotimiz va kamolotimizni ham ana shunday omillarga bog‘lagimiz keladi.


Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan sho‘g‘ullanadi.
Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan-kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq:
esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
shaxsning o‘zi sho‘g‘ullanayotgan ishga nechog‘lik kizikish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
irodaviy kuchi va intilishlariga.
Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatdagi yutuqlariga bog‘liq bo‘lgani uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko‘plab olimlar ahamiyat berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada hosil bo‘ladigan nerv bog‘lanishlari-assosiasiyalar bilan bog‘lashsa, bioximiklar-ribonuklein kislota(RNK) va boshqa bioximik o‘zgarishlar okibatidadir, deb tushuntiradilar.
Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati va motivlar xarakteri bilan bog‘laydilar. Chunki shaxsning yo‘nalganligi, uning hayotdagi mavqei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog‘liq. Shuning uchun hattoki, shunday gap ham bor: «Nimani eslashingni menga ayt, men sening kimligingni aytaman”.
Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi va uni o‘quv va mehnat faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. Chunki ko‘pincha odamlar orasida ishchanrog‘i, o‘quvchi yoki talabalar orasida bilimlirog‘i ham bir qarashda xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning xotirasi haqida afsonalar yuradi. Masalan, u o‘z qo‘l ostidagi beklarning nafaqat ismini, balki otasining ismlarini ham yoddan bilarkan, uchrashuvlarda bevosita nomini aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning o‘z qo‘l ostidagilar orasida obro‘ining balandligiga ta’sir ko‘rsatgan. Amerikaning mashxur Prezidentlaridan Avraam Linkoln ham ana shunday fenomenal xotirani o‘z yaqinlari va ish yuzasidan u bilan bog‘liq bo‘lgan hodimlarga nisbatan namoyon etib, lol qoldirgan ekan. Demak, xotira tarbiyasi, uni kerakli yo`sinda rivojlantirish-kerak bo‘lsa, shaxsiy obro‘ hamda ishdagi samara masalasi bilan bevosita bog‘liq ekan.
Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko‘ra ham farqlanadilar:
materialni tezda eslab qoladiganlar;
materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;
istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba’zi odamlarning xotirasiga hos jihatlarni to‘g‘ma deb atashadi. To‘g‘ri, oliy nerv tizimi, uning o‘ziga hos ishlash xususiyatlari xotiraning o‘ziga hos individual uslubini belgilashi mumkin. Lekin hayotda ko‘pincha shaxsning bilish jarayonlari va sezgi organlarining ishlash qobiliyatlariga bog‘liq tarzda ajralib turadigan tiplari haqida gapirishadi. Masalan, ayrim odamlar ko‘rgan narsalarini juda yaxshi eslab qoladi, demak, ularning xotirasi ko‘rgazmali-obrazli bo‘lib, ko‘zi bilan ko‘rmaguncha, narsaning mohiyatini tushunmaydi ham. Boshqalar esa o‘zicha fikrlab, nomini aytib, mavhum tarzda tasavvur qilmaguncha, eslab qolishi qiyin bo‘ladi. Bundaylar so‘z-mantiqiy xotira tipi vakillaridar. Yana bir tipli odamlar bevosita his kilgan, «yuragidan” o‘tkazgan, unda biror yorqin emotsional obraz qoldirilgan narsalarni yaxshi eslab qoladilar, bu-emotsional xotiradir. Lekin yana bir xotira egalari borki, ularni fenomenal xotira sohiblari deb atashadi. Psixologiyaga oid kitoblarda ana shunday xotiraga ega bo‘lgan kishilar to‘g‘risida ko‘p yozilgan. Bu shunday kishilarki, ular bir vaqtning o‘zida nisbatan juda katta xajmdagi ma’lumotlarni esda saqlay oladi va esga tushiradi. Masalan, tarixiy shaxslar orasida Yuliy Sezar, Napoleon, Motsart, Gauss, shaxmat ustasi Alyoxin kabi insonlar xotirasi ana shunday noyob bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Taniqli, rus psixologi va neyropsixologi A.R.Luriya ham ana shunday xotira sohiblaridan biri-asli kasbi jurnalist bo‘lgan Shereshevskiy degan shaxs xotirasini ataylab uzoq vaqt mobaynida o‘rgangan. Uning xotirasi shunday ediki, Dantening «Iloxiylik komediyasi”dan olingan uzundan-uzoq parchani bir marta qarab olgandan so‘ng, 15 daqiqadan so‘ng so‘zma- so‘z aytib berolgan. Shunisi xarakterli ediki, komediya unga notanish bo‘lgan italyan tilida yozilgan edi. Ko‘pchilikni qanday qilib yaxshi, mustahkam esda saqlab qolish muammosi qiziqtirsa, Shereshevskiy uchun qanday qilib un o‘tish masalasi murakkab edi. Uni xotira obrazlari doimo qiynar, ko‘rgan narsalari ko‘z oldida gavdalanaverar edi. Qanday qilib eslab qolasiz? degan savolga u shunday javob bergan: men «materialni” o‘zimga tanish va sevimli bo‘lgan Moskva ko‘chalariga joylashtiraman. Bir marta bir materialning bir bo‘lagi o‘sha «ko‘chaning” salkin tushgan yeriga tushib qolib, esga tushirishi ancha qiyin bo‘lgan ekan. Shunga o‘xshash har bir fenomenal xotira egalarining o‘ziga hos eslab qolish uslublari bo‘lar ekan.
Shotlandiyalik matematik A.Etkin 1933 yili 25 ta bir-biri bilan bog‘lanmagan so‘zlardan iborat ikki qatorni eslab qolib, xech bir hatosiz uni 27 yildan keyin esga tushira olgan. «Qilich va qalqon” kinofilmidagi rus razvedchigi I. Vaysning nasistlar tomonidan rejalashtirilgan birinchi navbatda batamom yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan ob’yektlar-shifrlari bilan ko‘rsatilgan ro‘yhatini bir karra ko‘rib chiqib, bir necha daqiqadan so‘ng esga tushirganini eslang. U ham go‘yoki, ko‘rib turganday o‘sha ro‘yhatlarni qaytadan o‘qiganday, takrorlaydi. Tarixda bunday kishilar bor va ular bizning oramizda ham yo‘q emas. Muhimi shundaki, ana shu fenomenal xotirani shaxs va jamiyat manfaatiga mos tarzda unumli ishlata bilishdir.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim muammo. Chunki ko‘pincha biz xotiramizda kechagina o‘qigan yoki yaqindagina o‘qituvchimiz aytib bergan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak vaqtda uni esga tushira olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi:
Mahmulotning anglanganligi. Biz o‘zimiz to‘la anglagan, tushungan narsalarni osonroq esga tushiramiz. Masalan, alfavitni juda oson esga tushiramiz, yoki 1, 2, 3, 4 va xokazo tartibli sonlarni bir ko‘rgandan so‘ng u milliongacha bo‘lsa ham esga tushirishimiz sirayam qiyin emas. Lekin shu sonlardan bor yo‘g‘i 7-8 tasini teskari yoki aralash tartibda yozilgan bo‘lsa, ularni esga tushirish ancha mushqul bo‘ladi. «Psixologiya” yozuvini esga tushirish juda oson, lekin «i p i o x o ya s l g” harflari to‘plami aynan o‘sha harflardan iborat bo‘lsa ham sira esga tushira olmaymiz. Demak, materialni yaxshilab esda saqlash va esga tushirish uchun uni tushunish va anglash kerak. Mazmunini va mohiyatini tushungan holda iloji bo‘lsa, o‘zimizdagi qiziqishlarga bog‘lay olishimiz kerak.
Kutilmagan ma’lumot. Kutilmaganda paydo bo‘lgan yangi va yaxshi ma’lumot ham yaxshi esga tushadi. Masalan, sonlar qatorida berilgan bitta harf, yoki aksincha, harflar orasidagi bitta son, ouzun jumlalar orasida paydo bo‘lgan qisqa jumla esga tezroq va aniqroq tushadi. Buning oddiy sababi-biz kutilmaganda paydo bo‘lgan ma’lumot yoki narsaga xayratlanamiz, jonli emosiyalar bilan javob beramiz, bu esa yaxshi eslab qolishga va kerak bo‘lganda, yorqin tiklashga asosdir.
Ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi. Masalan, agar ko‘plab bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar orasida «erkak” va «ayol” so‘zlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, bittasining esga tushirilishi ikkinchisining ham esda tiklanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar shunday birin-ketinlikda beriladiki, birini o‘zlashtirish ikkinchisining ham o‘zlashtirilishi, bir-birini to‘ldirishga hizmat kilsin.
Esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o‘rtasidagi farq. Odamda berilgan ma’lumotni idrok qilish va shu orqali esda saqlash vaqti qanchalik ko‘p bo‘lsa, esga tushirish ham osonroq bo‘ladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli xotirada saqlanadigan informasiya uzoq vaqt mobaynida, ko‘pincha bir necha marta qaytarib beriladi, qisqa muddatlida esa bir marta, qisqa fursatda beriladi va shu narsa esga tushirish kerak bo‘lganda, tiklanmaydi. Masalan, biror tekstni kompyuterga kiritish uchun o‘rtog‘ingizga berib, keyin nimalarni kiritganini so‘rang. Javob aniq: «Esimda yo‘q”. Ya’ni ma’lumotning umumiy mazmuni yodda qolsa ham, asosiy tushunchalar va mohiyat esda qolmaydi.
Shunday qilib, xotira faol jarayon bo‘lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning kimmatini tasavvur qilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Eng xarakterli narsa o‘qi, inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko‘rgan narsasining 50 foizgachasini, o‘zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko‘plab psixologik eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o‘zi o`ylab topib, o‘zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi. Agar talaba yoki o‘quvchi ham o‘zi biror teoremani mustaqil ravishda isbot qilgan bo‘lsa, yoki biror xulosaga mustaqil ravishda kelolgan bo‘lsa, o‘qituvchi tushuntirgan hodisaga yaqin narsa to‘g‘risida o‘rtoqlariga so‘zlab bergan bo‘lsa, albatta uni hohlagan paytda osongina esga tushiradi. Shuning uchun ham ohirgi paytlarda o‘yin metodlari, munozara metodlaridan o‘quv jarayonida ham keng foydalanilmoqda. Hattoki, kattalarni qisqa fursatda o‘qitish va malakalarini oshirishda ham turli xil amaliy o‘yinlardan, ijtimoiy psixologik treninglardan foydalanishning ma’nosi ham shunda-yaxshi va tez eslab qolish hamda samarali esga tushirish. Iqtisodiy o‘quvlarda turli xil «keys stadi”larni tahlil qilish va o‘z nuqtai nazaricha maqbul harakat shakllari qarorlar qabul qilish ham mutahassislar malakasini oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda xotiraning sakkiz qonunini eslab qo‘yishni taqlif etamiz:
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo‘lamiz.
Qizikish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi xazm qilish uchun uni ishtaxa bilan yutish kerak” deganda, albatta, materialga jonli kizikish bilan munosabatda bo‘lishimiz, va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his kilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi o‘zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo‘la oladi.
Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o‘qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, Siz: «Bugun ham yangi narsa o‘rganib chiqaman”, deb o‘zingizni ishontirasiz va okibatda natija ham yaxshi bo‘ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga tayyorlangan bo‘lsangiz, imtixon tugagach, go‘yoki miyangizni birov «yuvib qo‘yganday” tasavvur hosil bo‘ladi. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak, deb umringiz ohirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
Assosiasiyalar qonuni. Bu qonun xakida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, ayni konkret xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning uchib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak.
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo‘lish uchun har bir predmet yoki fanning mavzularini o‘ziga hos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan keyin adabiyot fanini, shehr yodlashni uyku oldidan amalga oshirmaslikni maslahat beramiz. Idrok va xotira jarayonlarining samaradorligi yana bir muhim psixik jarayonga bog‘liqki, u ongni u yoki bu idrok qilinadigan va eslab qolinadigan ob’yekt yoxud predmetga yo‘naltirib turadi. Bu psixik jarayonni psixologiyada diqqat deb atashadi. Diqqat-shunday psixik jarayonki, u shaxs ongining narsa va hodisalarga yo‘nalganligini aks ettiradi. Diqqat ham ta’lim-tarbiya tizimida boshqariladigan jarayondir. Talabalar o‘z faoliyatlarida uning salbiy jihatlarini ham bilishlari kerak. Bu birinchi navbatda-parishonxotirlik bilan bog‘liqdir. Bu sifat ish va o‘qish faoliyatida samaradorlikni pasaytiradi, diqqatning uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishda layoqasizlikda, tez-tez va oson bo‘linib turishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, diqqatning xaddan tashqari harakatchanligi(ko‘chuvchanligi) va aksincha, harakatsizligi(barqarorligi) kabi xususiyatlari ham kuzatiladi. Yuqorida biz alohida ta’kidlagan psixik jarayonlar-idrok, sezgilar, diqqat va xotira ob’yektiv olamning odam tomonidan aks ettirilishini ta’minlaydi, ushbu mazmunning tahliliy o‘zlashtirilishi esa tafakkur jarayoni vositasida amalga oshadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Bilish jarayonlari haqida so`zlab bering.

  2. Idrok nima va uning qonuniyatlarini sanab bering.

  3. Analizator necha qismga bo`linadi?

  4. Xotiraning sakkiz qonuni haqida so`zlab bering.

  5. Fenominal xotirali kishilardankimlarni bilasiz?

ADABIYOTLAR


1. Dyui Dj. "Psixologiya i pedagogika mыshleniya". M., Progress, 1998.
2. Karnegi D. "Kak zavoyevat druzey i okazjat na nix-vliyaniye".M., Progress, 1990.
3. Karimova V. M. Targ‘ibotning psixologik uslublari.-T.: Ma’naviyat, 2000 - 16 b.
4. Karimova V. M. Ota-ona maktabi — baxt kaliti.- T., 2002.
5. Oila psixologiyasi./ Prof. Gʻ. Shoumarov tahr. ostida.- T.: Sharq, 2001
6. Petrovskaya L.A. "Kompetentnost v obodenii". Sosialno-psixologicheskiy trening. M., Universitet, 1989.
10-Mavzu: Shaxsni individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish.
Reja:
1. Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi
2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
3. Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar
4. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi

Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.


Tayanch so‘zlar:. Individual-tipologik xususiyatlar, shaxs iqtidori qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar, qobiliyatlarning psixologik strukturasi


Ma’lumki, odamlar xulq-atvori va faoliyat motivlariga nisbatan teng bo‘lganda, bir xil tashqi ta’sir etganda, bir- biridan ta’sirchanligiga va ko‘rsatayotgan energiyasiga ko‘ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishilar sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoqtiradi, bir xil odamlarga xissiyotlarning tez uyg`onishi xos bo‘lsa, boshqasiga ma`noli mimika, boshqasini xarakterida og‘ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam xarakat qilishi bilan ajralib turadi. Kishining xarakatlardagi o‘zgarishi tabiiy ravishda ko‘pincha tarbiyalangan ustanovkalar va odatlarda vaziyatning talabiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo biz nazarda tutayotgan individual farqlar o‘zlarining tug‘ma asosiga ega. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar bolalikdayoq ma`lum bo‘la boshlaydi, xulk atvorning va faoliyatning turli soxalarida ko‘rinada va barqarorligi bilan ajralib turadi.
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi.
Har bir shaxs o‘ziga hos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi kiyofasi, bo‘yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe`li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan.
Shaxs-qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning indivi-dual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu-«individ” va «individuallik” tushunchalaridir. «Individ” tushunchasi umuman «odam” degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ-insonga aloqadorlik faktini tasdiklovchi ilmiy kategoriyadir.
«Individuallik”-yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, hulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o`tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo‘yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko‘z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o‘xshash sifatlari bir xil bo‘lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo‘lgan odamni topib bo‘lmaydi. Ular-individualdir.
Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament-insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Individga xos dinamik fazilatlar o‘zaro ichki bog‘lanishga ega bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishni tashkil etadi. Psixikaning individual jixatdan o‘ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko‘rinishlarining majmui kishining temperamenti deb ataladi. Qadimgi yunon meditsinasining yirik vakili Gippokrat siymosida organizmning xolati asosan «sharbat”larning, ya’ni organizmda mavjud suyuqlik-larning miqdoriy nisbatiga bog‘liqdir deb xisobladi. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati grekchasiga «krasis”-go‘zal so‘zi bilan atalgan. Bir necha asrdan keyin rimlik vrachlar bu tushunchani lotincha temperament so‘zi bilan ataganlar, bu «qismlarnig tegishli nisbati” degan ma`noni bildiradi.
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qon ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament deb ataldi (lotincha «sangvis” - qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik (grekcha «flegma” - shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganini xolerik (grekcha «xole” - o‘t so‘zidan); qora o‘t ko‘p bo‘lgan melanxolik (grekcha «meloyna xole” qora o‘t) temperament deb ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi xaqidagi tasavur odatda shu shaxs uchun xarakterli bo‘lgan psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Sezilarli psixik aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez munosabatini bildiruvchi, tasavvurlarini xadeb o‘zgar-tirishga intiluvchi, muvaffaqiyasizlikni va ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, xarakatchan, ifodali mimi-kasi va xarakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb ataladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doyimiy va chuqur xis-tuyg‘ularga, xarakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruxiy xolati tashqi tomondan ifoda etiladigan kishi flegmatik deyiladi. Juda g‘ayratli, ishga juda extiros bilan berilish kobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emosional «portlash” va kayfiyat-ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrof-dagi voqealarga uncha extibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan xarakatlar qiladigan va keskin ovoz chiqaradigan kishilar melan-xoliklar deb ataladi.
Temperamentlarning turli tumanligi to‘g‘risidagi masala fanda xali batafsil xal qilingan emas, lekin aytilgan tiplarni asosiy deb xisoblash mumkin.
Xarakter-shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o‘z- o‘ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar-har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
Emotsiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning hatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo‘naltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi koyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e’tiqodi bilan munosabatda bo‘lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. Shuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o‘rganamiz.
Nerv sistemasi tipi ancha kuchli bo‘lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi kishilar esa boshqa xil vazifalarni birmuncha oson xal qiladi.
Aslida xarakatchanligi bo‘sh ifodalanganlikning bo‘sh ifodalanishi ya’ni nerv jarayonlarining sustligi xam salbiy xam ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Sustlikning salbiy tomoni nerv jarayon-larining sekin kechishida ifodalansa, ijobiyligi esa psixik jarayonlarning uzoq saqlanishi barqarorligidir. Tegishli psixologik tafovutlar faoliyatning samaradorligini emas, aksincha eng avvalo faoliyatning davom etish xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Xarakatchan va ancha sust temperamentli talabalar o‘rtasida boshlang‘ich mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdagi farqlarni o‘rganish-da aniqlangan faktlar bu jihatdan xarakterlidir. Ma`lum bo‘lishicha, agar turli topshiriqlarni bajarishning tez sur`ati xarakatchan temperamentli talabalarning qimmatli sifati bo‘lsa, salbiy sifat esa ba’zii bir ishonchsizlikdir. Sekin xarakatlarni talab qiladigan topshiriqlar sust talabalar tomonidan ancha muvaffaqiyatli bir me`yorda va silliqqina bajariladi.
Intellektual qobiliyat darajasi bilan temperament tipi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudmi, degan savolga javob berish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aqliy qobiliyati yuksak darajada bo‘lgan kishilar xar xil temperamentga ega bo‘lishini, bir xil temperamentga ega shaxslar esa aqliy qobiliyatlarning turli darajalariga ega ekanligini ko‘rsatadi. Temperamentning xususiyat-lar, albatta aqliy mehnatga ham ta’sir etadi; aqliy operasiyalarining tezligi; diqqatning barqarorligi va ko‘chishi, ishga «jalb qilish” dinamikasi, ish davomida emotsional jihatdan o‘z-o‘zini tartibga solish, nervning ma`lum darajada zo‘riqishi va charchashiga ta’sir etishi mumkin. Biroq temperament xususiyatlari faoliyat uslubiga o‘ziga xoslik bag‘ishlagan xolda kishining aqliy imkoniyatlarini oldindan belgilab bermaydi. Temperament xususiyatlari muvaffaqiyatlar darajasini emas, balki ish yo‘llari va usullarini belgilaydi. O‘z navbatida kishining aqliy qobiliyatlari temperamentning kamchiliklari o‘rnini to‘ldirish uchun sharoit yaratadi. Ayrim kasblarda dinamik xususiyatlarga talablar shuncha yuqoriki, bunday fazilatlarga ega kishilarni oldindan tanlab olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Malumki xar bir sohadagi - fan, texnika, sanoat sohasidagi, har xil mehnat turlaridagi buyuk kishilar orasida temperamentning xar xil turlari vakillarini uchratish mumkin. Bunda ijodkor shaxs uchun hamisha ish usullarini individual-lashtirish xos bo‘ladi. Bunday faoliyatni bajarishda ongli ,ba’zian beixtiyor individual temperamentga mos keladigan aynan shunday rejim va individual vositalar qo‘llaniladi .
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga hoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql - zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. har bir normal odam o‘zining aqlli bo‘lishini hohlaydi, «Men aqlliman” demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan muloxazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini hohlaydi. «Aqlsiz, nodon” degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham xafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq xalqlarida biror kimsaga nisbatan « o‘ta aqlli” yoki « o‘ta nodon” iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o‘rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o‘g‘li anchagina aqlli bo‘libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo‘lib, ota-onasini qo‘ydirayotgan emish” degan iboralar aslida «aqllilik” kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng noziq sifatlariga aloqadorligini bildiradi.
Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’yekti bo‘lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatgichni o‘lchashga o‘ringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal(ya’ni so‘zlarda ifodalanadigan), miqdoriy(sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko‘rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq jihatlarni ham qo‘shganlar.
Ch.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatgichlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbot qilib, aqlning xaqiqatan ham murakkab tezilmaga ega bo‘lgan psixik xususiyat ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa bir olim Dj.Gilford esa aqlni bir qator aqliy operasiyalar(analiz, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikasiya qilish) natijasida namoyon bo‘ladigan xususiyat sifatida o‘rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so‘zidan ko‘ra intellekt so‘zini ko‘proq ishlatib, bu so‘zning o‘ziga hos talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan-shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borlikni va bo‘ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o‘rinda «intellekt” so‘zining lug‘aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt-lotincha so‘z-intellectus-tushunish, bilish va intellectum-aql so‘zlari negizidan paydo bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib bo‘ladi. Bu-intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko‘rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari-kelajagini XXI asr bilan bog‘lagan o‘g‘il-kizlarning intellekt darajasi ularning ota-bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o‘zlashtirib olmoqda, jahon tillaridan bir nechtasini bilish ko‘pchilik uchun muammo bo‘lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o‘zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, hohlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o‘zlashtira oladi. hattoki, bunday bolaga oliy o‘quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o‘ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni yechishni hohlaydi.
Qobiliyatlardagi to‘g‘ma va orttirilgan sifatlar. Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat to‘g‘ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning to‘g‘ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo‘lgan muammolardan. Psixologiyada to‘g‘malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi to‘g‘ma xususiyatlardan-oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo‘l-oyoqlarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari-ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa(bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat-bola to‘g‘ilishi bilan uni o`ragan muhit, muloqot uslublari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar(ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi-bu o‘sha individga aloqador bo‘lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi.
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri yo‘qi, ana shu ikki xil layoqat o`rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola to‘g‘ildi deylik. Unda rassomchilik uchun to‘g‘ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo‘lishini hohlamasligi, o‘ziga o‘xshash qo‘shiqchi bo‘lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo‘q, ijtimoiy layoqat o‘sishi uchun esa tabiiy, to‘g‘ma layoqat yo‘q bo‘lgani sababli, bolada hech qanday talant namoyon bo‘lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo‘shikchi bo‘lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi to‘g‘ma va orttirilgan belgilarni o‘rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.
Orttirilgan sifati yo‘qi, bola toki bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli to‘g‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashxur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs adashib, o‘zidagi xaqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Shuning uchun ham har bir ongli inson o‘zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, o‘sha o‘zi yaxshi ko‘rgan, «yuragi chopgan” ish bilan sho‘g‘ullansa, va undan ko`nikish olib, qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor-insonning o‘z hatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub’yektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o‘z- o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, o‘zlari sho‘g‘ullanayotgan ishni bajonidil, sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi o‘ta iste`dodli, lekin kamharakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste`dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor, zero iste`dod-har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi. Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va mahsus turlarga bo‘linadi va har birining o‘z psixologik tizimi va tezilishi bo‘ladi. Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o‘quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o‘zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishkoklik, chidam, kiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi.
Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko‘rsatkichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo‘yicha ishlayotgan ikki kishida o‘ziga hos maxsus qobiliyatlar bo‘lmasa bo‘lmaydi.
Har bir qobiliyat o‘zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, mavhum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy xayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va ko‘rgazmali obrazlar, estetik hislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa-pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o‘zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o‘xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi. Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat ko‘rtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Rimlik vrachlar qaysi tushunchani “temperament” so`zi bilan ataganlar?

  2. Shaxsning iqtidori nimalarda namoyon bo`ladi?

  3. To`g`ma va ortirilgan sifatlar o`rtasidagi farqni tushuntirib bering.

  4. Qobilyat va qiziqishlarni qanday aniqlash mumkin?

ADABIYOTLAR:


1. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T., 1998
2. Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii.-M.,1986
3. Merlin V. S. Struktura lichnosti. Xarakter, sposobnosti, samosoznaniye.-Perm, 1990
4. Merlin V. S. Ocherk integralnogo issledovaniya individualnosti.-M., 1986
5. Nemov R. S. Psixologiya.-V 2-x kn. Kn.1.-M., 1998
6. Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testы.-M., 1999
7. Psixologiya. Uchebnik.-Pod red. A. Krыlova-M., 1998
8. Magnusson, D. Individual development: aholictic, integrated model. In: Examining in context. Perspectives on the ecologo of human development. Washington, DC: APA, 1995, pp. 19-60.

11-mavzu: Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari. o‘spirinlik va yetuklik davrlari psixologiyasi. Akmeologiya.


REJA:
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.


2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.
3. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xosligi.
4. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar.
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o‘tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlariga ega bo‘lgan ko‘rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko‘rsatgich nuqtai nazaridan o‘rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko‘rsatishda ularga tayanmog‘i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, har bir davrning o‘z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o‘zining yetuklik fazasiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan bilishning yetuklik fazasi 18 - 25 yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko‘ra), intellektual, ijodiy yetuklik - 35 yoshlarda (Leman ma’lumotlari), shaxsning yetukligi 50 - 60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. Shunga o‘xshash xususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil kamolga yetib, rivojlanib borishini ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro‘y beradi. Masalan, bolalikning ilk bog‘cha yoshida fazoga moslashuv juda kuchaysa, keyinchalik uning o‘rnini vaqtni adekvat idrok qilish kuchayadi. Qariyalarning biror narsalar xususida bilimdonligi, ma’lumotlar dunyosidagi yaxshi oriyentasiyasi, psixomotorik funksiyalar va bevosita bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro‘y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-5 yosh davri tilni, uning lug‘aviy va strukturaviy xususiyatlarini o‘zlashtirishga juda maqbul bo‘lsa, yetuklik davri bo‘lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o‘zini yo‘qotadi («til qotib qoladi”).
Psixologiyaning maxsus tarmog‘i hisoblanmish yosh davrlari psixologiyasining eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik taraqqiyotida qanday omillar - genetik, tug‘ma yoki orttirilgan, ijtimoiy omillar roli yetakchi ekanligi masalasidir. Bir tomondan, bolaning o‘z ota - onalaridan meros sifatida o‘zlashtirgan sifatlari, masalan, anatomo - fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o‘ziga xosligi, tana tuzilishi (qo‘l, oyoq, yuz tuzilishi va boshq.) albatta psixologik jihatdan odam bolasining muhitga moslashuvi, unga erkin harakat qilishi, jarayonlarni ongida aks ettirishiga sabab bo‘ladi. Chunki oddiygina anatomik anomaliya holati (qo‘lning kaltaligi, bo‘yning juda kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o‘zini tutishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin ikkinchi tomondan tashqi muhit ta’sirini ham kamsitib bo‘lmaydi. Masalan, agar bola maxsus o‘quv maskanlarida o‘qimasa, unga tarbiyaviy ta’sirlar ko‘rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar L. Vugotskiy, J. Piaje, S. Rubinshteyn, A. Leontev va ko‘plab boshqa psixologlar ikkala omil rolini ham inkor qilmagan xolda ijtimoiy muhitning yetakchi ta’siri to‘g‘risidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o‘zaro munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo‘ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma’lumot masalalarining qanday hal qilinganligi kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o‘z-o‘zini anglashi va o‘zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga egaligiga shubha yo‘q. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov boshchiligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan «Sog‘lom avlod uchun” shiorini amalga oshirish siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan yetuk bo‘lishlariga qaratilgan. Jismonan sog‘lom tanada sog‘lom ruh bo‘lishi tabiiy.
2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining «davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo‘li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo‘lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o‘zi ham ikki turli bo‘ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish - «davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J. Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo‘lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan:
• sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh). Bunda asosan olti bosqich farqlanadi;
• konkret operasiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi (3 - 11 yoshlar);
• formal operasiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat bevosita ko‘rib turgan narsasi, balki mavhum tushunchalar va so‘zlar vositasida ham fikr yurita oladi.
D.B. Elkoninning yosh davrlari bosqichlari ham shu guruhga kiradi va u ham bolalikning uch davrini farqlaydi: ilk bolalik, bolalik va o‘smirlik. Har bir bosqichning o‘ziga xos yetakchi faoliyati, o‘zgarishlari va rivojlanish shart - sharoitlari mavjud bo‘ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o‘zgaradi, ularning o‘zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o‘zgarishiga mos tarzda ro‘y beradi.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyidagi 6 - jadvalda keltirilgan. U B.G. Ananev, chet ellik olim Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga yaqin bo‘lib, umumlashtirilgan toifalashdir.

7-Jadval.





T/r

Yosh davrlari

Erkaklarda

Ayollarda

1.

Chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

2.

Emiziklik davri

10 kundan - 1 yoshgacha

10 kundan - 1 yoshgacha

3.

Ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

4.

Bolalikning 1-davri

3-7 yosh

3-7 yosh

5.

Bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

6.

O`smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

7.

O`spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

8.

O`rta yetuklik davri:
Birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

9.

Ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

10.

Keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

11.

Qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

12.

Uzoq umr ko`ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq

Taraqqiyotni yosh davrlarga bo‘lishda o‘ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E. Erikson shaxs «Men” ining rivojlanish bosqichlarini ajratgan va har birida ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni ajratgan.


1 - bosqich (ishonch - ishonchsizlik) - bu hayotning 1 - yili.


2 - bosqich (mustaqillik va qat’iyasizlik) - 2 - 3 yoshlar.
3 - bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) - 4 - 5 yoshlar.
4 - bosqich (chaqqonlik va yetishmovchilik) - 6 - 11 yoshlar.
5 - bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkashligi) - 12 - 18 yoshlar.
6 - bosqich (yaqinlik va yolg‘izlik) - yetuklikning boshlanishi.
7 - bosqich (umuminsoniylik va o‘ziga berilish) - yetuklik davri.
8 - bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) - keksalik.
Erikson klassifikasiyasining o‘ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o‘zgarishi nazarda tutiladi. Shunga o‘xshash bosqichlarga bo‘lishlar oxirgi paytda yana ko‘plab mualliflar tomonidan taklif etilmoqda (G. Grimm, D. Bromley va boshk.). Ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadi-yu, shaxs unda qanday rivojlanish ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Ularni tabiiy o‘zgarishlarda bilish va o‘rganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo‘yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to‘g‘ri kelmaydi, yoki bog‘cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o‘ziga xos pedagogik taktni va o‘sha yosh sohasida bilimdonlikni talab qiladi.

3. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xosligi


O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o‘quv faoliyati bo‘lib, unda bola bilim olish bilan bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o‘zgarishlarga yuz tutadi.
O‘smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik - 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik, kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir.
O‘smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro‘y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu ham bola fe’lining o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.
O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq xolda ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog‘liq noxush his - kechinmalar, fikrlar paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyotning o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko‘plab qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv jarayonida kechgani uchun ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola psixikaning muozanati va uning turli fikr - o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi. Ayniksa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-uylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o‘sha kattalikka o‘tish bo‘lib, bolada o‘ziga xos «kattalik” hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning gapirishi va fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafasi, o‘z siyosati, baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha aqliy operasiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida harakat qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos o‘smirlik egosentrizmining shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakday fikrning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida bolalar o‘z ota-onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish ehtiyojining o‘zi unga juda yoqadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama - qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar” davri ham deb ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga” to‘skinlik qiladigan omillardan biri - bu ularning o‘z ota - onalaridan moddiy jihatdan qaramligi. Ruhan qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga ketayotib, onasidan yoki otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha munosabatda bo‘lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il bola otasining kiyimini toshoyna oldida kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar - hali qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib keladi. Ya’ni, bu yoshni «arosat” yoshi ham deb atash mumkin, chunki katta bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o‘smirlik davridagi ruhiy tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib, bilmay o‘z aqliy salohiyatini o‘stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu - uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarish hisoblanadi.
O‘smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri - o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini eshitish va «5” baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengkurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘qish motivlari ustivor bo‘lib boradi. Lekin I.V. Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emosiyalar va havotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.
O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinrok aloqada bo‘lishga intilish, guruh normalariga bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z- o‘zini anglash o‘rtasida ham qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudxish voqeaday qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi, hattoki, suisidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish) ni ham sodir etishi mumkin.
O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishnochli va foydali yo‘li - bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‘yish - bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o‘z «Men”i to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi ob’yektiv va adolatli bo‘ladi, o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi.
O‘spirinlik davri. Yuqori sinfga o‘tgan o‘spirin psixologiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o‘spirin turli kasblarga qiziqa boshlaydi, o‘zining kelajakda kim bo‘lishini tasavvur qila boshlaydi. Demak, o‘z-o‘zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish - o‘spirinlikning eng muhim yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, Ye.A. Klimov (1996), alohida «optasiya” (lotincha so‘z: optatio - xoxish, tanlov) bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni - odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. Optasiya bosqichi 11 - 12 yoshdan 14 - 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi.
Biror aniq kasb - xunarni tanlash va o‘z faoliyatini shunga yo‘naltirish o‘spirin shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat va to‘g‘ri bo‘lishi o‘spirindagi bilish bilan bog‘liq qiziqishlar va professional yo‘nalishning shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Professional qiziqishlarning shakllanishining o‘zi olimlar tomonidan to‘rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning birinchi bosqichi 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi va o‘ta o‘zgaruvchanligi, shaxsdagi bilish jarayonlari va asl iqtidor bilan bog‘lanmaganligi bilan xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga to‘g‘ri keladigan ikkinchi bosqichda qiziqishlar paydo bo‘ladi, ular ko‘p bo‘lib, bevosita bolaning bilish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uchinchi bosqichda - 16-17 yoshlarda qiziqishlarning shunday integrasiyasi ro‘y beradiki, ular avvalo jinsiy xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi. Masalan, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay boshlaydilar. L. Golovey (1996) fikricha, to‘rtinchi - hal qiluvchi bosqichda qiziqishlar doirasi sezilarli darajada torayib, professional yo‘nalish shakllanaib bo‘ladi va u kasb tanlash bilan yakunlanadi.
O‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan qiziqishlar o‘spirinning professional yo‘nalishi va to‘g‘ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Ular boladagi individual - psixologik xususiyatlar va jinsiy farqlar bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham o‘g‘il bolalar ko‘prok - texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarni, qizlar esa - ijtimoiy-gumanitar va badiiy sohalar bilan bog‘liq kasblarni tanlaydilar.
Umuman, inson hayotida professional o‘z-o‘zini anglash katta o‘rin tutadi va u juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda tasavvur qilish mumkin.
Birinchi bosqich: bolalar o‘yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu kasbga bog‘liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini o‘zicha «o‘ynaydi” («o‘qituvchi”, «doktor”, «traktorchi”, «futbolist”, «artist” va shunga o‘xshash).
Ikkinchi bosqich: o‘smirlik fantaziyasi - bunda o‘smir o‘ziga juda yoqqan professional rolni hayolan egallaydi.
Uchinchi bosqich: kasb-xunarni dastlabki tanlash - o‘smirlik va ilk o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab o‘smirning qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo‘lishim kerak”), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson yechaman, matematik yoki muhandis bo‘lsammikan?»), va nixoyat, o‘smirdagi qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim keladi, vrach bo‘laman”) toifalarga bo‘linadi va ajratiladi.
To‘rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish - kasbni tanlash. Bunda ikkita muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikasiyasi xususiyatlari, ishning hajmi, og‘irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Lekin oxirgi sosiologik ma’lumotlarga ko‘ra, oliy o‘quv yurtini tanlash, konkret kasb-hunarni tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o‘spirin qiz «Men baribir Nizomiy nomli universitetga kiraman”, deydi va so‘ngra konkret fakultet tanlanadi. Shuning uchun ham ko‘pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan «sovib qolish”lar ana shunday ustanovkalar bilan tushuntiriladi.
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham borki, ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to‘g‘ri, o‘z imkoniyatlari va kobiliyatlariga mos kasb-hunarning tanlanmasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, bunday omillarga oilaning moddiy shart-sharoiti, o‘qish joyining uydan uzoqligi, o‘quv tayyorgarligining saviyasi, emosional yetuklik, sog‘likning holati va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda qabul qilinishi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan, yuksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tashkil etilgan Tashxis markazlari 9-sinfni tamomlagan yoshlarning iqtidori va layoqati, qiziqishlarini o‘z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar yordamida diagnostika qilishni amalga oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-hunarga bo‘lgan yo‘nalishni adekvat qilish, o‘z yashash joyidan uzoq bo‘lmagan sharoitda zarur, o‘z layoqatiga mos hunar egasi bo‘lib yetishishga yordam beradi.

4. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar


Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub’yektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Sub’yektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emosiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot- yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’yekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’yektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari nafaqat professonal tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr bo‘lmay, bu davr yoshlarning o‘zligini anglash, o‘z qadr - qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo‘lish tajribasini egallash davri hamdir.
O‘smir ham o‘spirin ham qancha ichki ruhiy iztirob, qarama-qarshilik, mas’uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emosional olami, atrof - muhitda ro‘y berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta o‘rin tutadi. Aynan o‘smirlik davri bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o‘ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o‘zgarishlardan vofiq etish istagi va ehtiyojini uyg‘otadi. Birinchi marta «do‘stlik”, «muhabbat”, «sevgi » tushunchalari ham aynan shu davrda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham yetuklik va keksalik davridagi kishilar ham o‘smirlik va o‘spirinlik yillarini eng beg‘ubor, jozibali va yoqimli sifatida xotirlaydilar.
Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish hissiyotning paydo bo‘lishi uchun eng maqbul davrdir. Attraksiya (lotincha attrahere - yoqtirtirish, o‘ziga jalb etish) - bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, o‘zaro moyillikni tushuntiruvchi emosional hisdir. Bu bir odamda boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko‘rinishi bo‘lib, simpatiya - yoqtirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emosional bog‘liqlik ham shu his asosida paydo bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlar - sheriklarning bevosita bitta makon va zamonda ekanliklari, ularning tez - tez uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa, hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar ta’sirida paydo bo‘lishi va uning kechish mexanizmlari o‘rganiladi. Tadqiqotlar bu kabi emosional munosabatlar aynan balog‘at yoshi arafasida rivojlanishini isbot qilgan. Shunisi ahamiyatliki, attraksiyaning namoyon bo‘lishi, uning kuchi va mazmuni o‘smir - yoshning shaxs sifatida o‘zini idrok qilishi, o‘z-o‘zini hurmat qilishi va o‘zgalarga nisbatan munosabatlarda toqatliroq bo‘lishiga bevosita ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun ham ana shu davrda o‘smir va o‘spirin atrofida u yoqtirgan va uni yoqtiradigan odamlarning bo‘lishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining sabablaridan hisoblanadi.
Do‘stlik. O‘smirlik va o‘spirinlik yoshida paydo bo‘ladigan barcha muammolarni yechish va u bilan o‘rtoqlashish uchun bolaga do‘st kerak. Psixolog tili bilan aytganda, do‘st - bu «alter-Ego”, ya’ni ikkinchi «Men” bo‘lib, u o‘sha paytdagi «Men”ning bir qismi sifatida idrok qilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u bilan barcha dardu-hasratlarini muhokama qiladi, muammolarini uning oldiga to‘kib soladi. Do‘stlikning boshqa intim, emosional hissiyotlardan farqi shuki, u odatda bir jins vakillari o‘rtasida bo‘ladi va do‘stlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 3-4 kishi bo‘lishi mumkin.
Do‘stlikning ham ko‘zlagan maqsadlari bo‘ladi: u amaliy, ish - faoliyat bilan bog‘liq, sof emosional (ya’ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), rasional (intellektual muammolarni hal qilishga asoslangan), axloqiy (o‘zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo‘lishi mumkin. Do‘stlikning asosiy sharti - o‘zaro bir-birini tushunish. Shu shart bo‘lmasa, do‘stlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Agar ana shunday tushunish bo‘lsa, do‘stlar gap-so‘zsiz ham qiliqlar, yuz ifodasi, yurish - turishga qarab ham bir - birlarini tushunib olaveradilar.
Ikki jins vakillari o‘rtasida ham do‘stlik bo‘lishi mumkin, faqat u ko‘pincha tanishuv bilan sevgi-muhabbat o‘rtasidagi oralikni to‘ldirishga xizmat qiladi. Do‘stlarga xos bo‘lgan sifatlarga bir-birini ayash, g‘amxo‘rlik qilish, ishonch, shaxsiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, qo‘llab-quvvatlash, mehr kabilar kiradi. Ularning ardoqlanishi do‘stlikning uzoq davom etishi va ikkala tomon manfaatiga mos ishlarni amalga oshirishga undaydi. Do‘sti yo‘q o‘smir yoki o‘spirin o‘zini juda baxsiz, nochor hisoblaydi. Ayniksa, agar do‘sti xoinlik qilsa, uning kutishlariga zid ish qilsa, bu holat juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham har bir yosh o‘z do‘stini hafa qilib qo‘ymaslik, uning ko‘ngliga qarab ish qilishga harakat qiladi. Agar ilk o‘spirinlikda do‘stlik mazmunan ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida tashkil etilgan bo‘lsa, yosh o‘tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatiga aylanib boradi.
Sevgi. Agar do‘stlik attraksiya namoyon bo‘lishining birinchi ko‘rinishi bo‘lsa, sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir. Sevgi - bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo‘la olishdir. Shuning uchun ham o‘smirlar va o‘spirinlar uchun bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. Aynan o‘smirlir va ilk o‘spirinlikdagi sevgi beg‘ubor, tiniq, samimiy bo‘lib, yosh o‘tgan sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar ham o‘rin egallay boshlaydi. To‘g‘ri, o‘smir bilan o‘spirin sevgisida ham sifat farqlari bor. Masalan, o‘smirlar bir-birlariga mehr qo‘yishganda ko‘proq sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual imkoniyatlari va ijtimoiy mavqelariga e’tibor beradilar. Haqiqiy sevgi o‘spirinlik yillarining oxirlarida paydo bo‘lib, uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar emas, balki insoniy fazilatlar bo‘lib xizmat qiladi.
Sevgi - bu shunday tuyg‘uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan mutloq ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda bo‘lishni va bunda teng huquqli munosabatlar bo‘lishini xohlaydilar. Bu talab sevishganlar uchun ham qonun hisoblanadi. Do‘stlikdan farqli, bu yerda turli ko‘rinishlar yoki turlarni ajratish mumkin emas. Bu hissiyot shundayki, u tomonlarni faqat axloqan va ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lishini taqozo etadi. Sevgan yurak ma’naviy jihatdan yaxshi, ulug‘ va ijtimoiy jihatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar o‘quvchilik yillarida paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz cho‘chiydilar, uni cheklashga, hattoki, qizlarga ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin aynan shu hisning borligi yoshlarni ulug‘vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kuchliroq qiladi. Sevgida «ishi yurishmaganlarning” esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o‘zlarini tushkun, baxsiz, omadsiz hisoblaydilar.
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo‘lishi va uning psixologik tahlilini o‘rganishgan. Ma’lum bo‘lishicha, sevgining dastlabki bosqichi - o‘zaro yoqtirib qolish - simpatiya bo‘lib, bunda asosan sevgi ob’yektining tashqi jozibasi rol o‘ynaydi. Masalan, o‘zbek xonatlasini chiroyli qilib tiktirib olgan qizchaning davrada paydo bo‘lishi, tabiiy ko‘pgina yigitlarning e’tiborini beixtiyor o‘ziga tortadi. Ulardan ko‘pchiligi birdaniga, bir vaqtda aynan shu qizchani «yoqtirib” qolishadi. Lekin davradagi qaysi yigit unga ham ma’lum jihatlari bilan yoqib qolsa, o‘zaro simpatiya shu ikki shaxs o‘rtasida ro‘y beradi. Vaqtlar o‘tib, bu ikki yosh bir necha marta uchrashib turishsa, oddiy yoqtirish sevgiga, jiddiyroq narsaga aylanishi mumkin. Shu narsa ma’lumki, aynan shu qonuniyatni bilgani uchun ham ko‘pchilik o‘spirinlar birinchidan, davralarda bo‘lishni, qolaversa, birovlarga yoqish uchun tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor berishga harakat qiladilar. Yoqimtoy bo‘lishga harakat qilsa-yu, birortaning e’tiborini o‘ziga tortolmagan o‘spirin esa bu holatni juda chuqur qayg‘u bilan boshdan kechiradi. Agar xuddi shunday narsa bir necha marta surunkalik takrorlansa, o‘sha yosh davralarga ham bormay qo‘yadigan, o‘zi haqida yomon fikrlarga boradigan, faqat ayrim xollardagina hammani o‘ziga «dushman” bilib, hafa bo‘ladigan bo‘lib qoladi.
Eksperimental izlanishlarning ko‘rsatishicha, sevishganlik o‘spirin yoshlarning shaxs sifatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uning hatti - harakatlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, sevishganlar boshqalardan farqli, ikki marta ziyod o‘zaro gaplashishar, gaplari sira ado bo‘lmas ekan. Bundan tashqari, bundaylar sakkiz (!) marta ortiq bir - birlarining ko‘zlariga qarab vaqt o‘tkazisharkan.
Yana shu narsa aniqlanganki, sevgi bilan bog‘liq hissiyotlar har bir jins vakilida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Masalan, o‘spirin yoshlar qizlarga nisbatan romantizmga beriluvchan, tezginada yaxshi ko‘rib qoladigan bo‘lisharkan. Ularning tasavvuridagi sevgi ancha romantik, ideal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qizlar esa yigitlarga nisbatan sekinroq sevib qolishadi, lekin sevgini unutish, undan voz kechish ularda osonroq kecharkan. Agar yigitlar bir ko‘rishdayok yoqtirib qolgan qizni sevib ham qolishi ehtimoli yuqori bo‘lsa (eksperimentlarda sevgi bilan simpatiyaning korrelyasion bog‘liqligi kuchli), qizlarda bunday bog‘liqlik ancha past ekan, ya’ni hamma yoqtirganlarini ham sevmas ekan, umuman simpatiyaning paydo bo‘lishi ham biroz qiyin ekan.
Bunday tashqari, o‘spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat hissi nafaqat qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo‘ladi, balki aynan shu davrda ota-onaning kadrlanishi va ularga nisbatan sevgi-muhabbat, yaqinlar - aka-uka, opa-singil, hayotda ibrat bo‘ladigan kishilarni yaxshi ko‘rish, Vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi. Shuning uchun ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari bo‘lmish yoshlarni tarbiyalash - jamiyatda insoniy munosabatlarni barqarorlashtirish, odamlar o‘rtasida samimiy munosabatlar o‘rnatish va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida ana shunday samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ‘ib etish, kerak bo‘lsa, yoshlarga ana shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga singdirishimiz kerak. Sevgi va muhabbat hislari keng ma’noda - Vatanga, yurtga, halqqa, borliqqa, kasbga va yaqin kishilarga qaratilgan bo‘lishi kerak.


Qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzu orqali shaxs psixologiyasi va xarakterining yoshga bog‘liqligi, yosh davrlari klassifikasiyasi, har bir yosh davrining o‘ziga xosligi, yosh davrlari krizislari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Yoshlardagi attraksiya va emosional borlikning namoyon bo‘lishi, o‘spirinlik davridagi do‘stlik, sevgi va sadoqat hislarining ko‘rinishlari, ularni tarbiyalash yo‘llari ko‘rsatib utilgan. Yosh davrlari psixologiyasi va akmeologiyaning kasb tanlash va kasbga yunaltirish muammolari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Bu kabi ma’lumotlar talabalarning o‘z-o‘zini anglashlariga va tengqurlari, atrofdagilar bilan yetarlicha o‘zaro tushunishlariga yordam beradi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar qanday?
2. Qanay genotipik omillar shaxs taraqqiyotiga ta’sir etadi?
3. Yosh davrlari qanday klassifikasiyaga ega?
4. O‘smirlik davrining alohida belgilari qanday?
5. O‘spirinlik davri qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
6. Attraksiya - qanday manoni anglatadi?
7. Do‘stlikning belgilari nimada?
8. Sevgining psixologik mohiyati nimada?
9. Simpatiya qanday ko‘rinishga ega?
10. Vatan tuyg‘usining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?

ADABIYOTLAR



  1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid , barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati.- T., 1998

  2. Gamezo M.V., Domashenko I.A. Atlas po psixologii.- M., 1986

  3. Merlin V.S. Struktura lichnosti , Xarakter sposobnosti, samosoznaniye – perm., 1990

12-mavzu. Boshqaruv psixologiyasi
Reja:
1. Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar
2. Rahbar shaxsida professional qobiliyatlarni shakllantirish.
3. Boshqaruv jarayonida jamoadagi psixologik iqlim haqida.
4. Psixologik iqlimni rahbarga bog`likligi.
5. Rahbarlik sifatlari
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blits-so‘rov.

Tayanch so‘zlar: Rahbar, lider, boshqarish, tamoyil, qonuniyat, mehnat, qaror, bozor, menejer, usul, talab, nazorat, shaxs, jamoa, majlis, mutaxassis, tajriba


Yuqorida aytib o‘tilganidek rahbarda tug‘ma qobiliyat bo‘ladi deb ham aytib bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo‘lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko‘plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo‘lishi lozim bo‘lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim.
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo‘lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash hodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to‘siq bo‘lishini amaliyot va hayot ko‘rsatdi. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur.
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarda mustaqillik bo‘lsa, unda o‘ziga ishonch ham bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida rahbardagi sub’yektiv talablar darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo‘lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ziyoli" bo‘lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo‘lishdir. Boshliq o‘zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo‘ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog‘i lozim. Muomala madaniyati — bu o‘rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to‘g‘ri yo‘sinda gapira olmaslik yotadi. O‘zganing o‘rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo‘lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Jamoa faoliyatini va o‘z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo‘lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o‘z-o‘zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu o‘ziga xos kelajakni ko‘ra olish kobiliyati, kelajak obrazi bo‘lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u shaxsning o‘z diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o‘zini tiyish, qo‘l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o‘z vaqtida nazorat qilib, so‘rab olish imkoniyati bilan bog‘liq. O‘z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo‘lmog‘i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o‘sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to‘g‘risi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni to‘g‘ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira oladigan odam bo‘lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o‘zgalarni o‘z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki “O‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo‘lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.
Liderlik va superliderlik
Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuyell o‘zining «Industrialno-organizasionnaya psixologiya” (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo‘lmish liderlik masalasiga o‘zining o‘ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko‘rsatish uchun ochiq maydonlar yo‘q bo‘lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog‘i, kamaytirish hisobiga ro‘y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo‘g‘inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi - guruhning samarali faoliyat ko‘rsatish yo‘llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo‘lgan tushunchadan biri bu -«superlider” tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mants va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider - bu «superliderdir”. Bu shunday shaxski, u o‘z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o‘zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g‘oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o‘zi uchun lider bo‘la olsa, o‘zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-soat etib keladiki, jamoa o‘zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo‘lmagan mexanizmga aylanadi. Bu - superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr. ):
1 - o‘zi uchun lider bo‘lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o‘zini o‘zi kuzatish, o‘zini o‘zi rag‘batlantirish , hayoliy repitisiyalar va kognitiv tahlillar orqali o‘zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o‘zida boshqalarga o‘rnak bo‘luvchi sifatlar borligini anglash;
2 - yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o‘zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
3 - xodimlariga o‘zlarida tashabbus va o‘ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
4 - mustaqil qobilyat egalari bo‘lgan xodimlarni rag‘batlantirish, kerak bo‘lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
5 - o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga xadeb aralashaverishdan o‘zini tiyish.
Demak, samarali boshqaruv - aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko‘rinishidir. Shu ma’noda, liderlik - avval shaxsning o‘ziga, so‘ngra o‘zgalarga bera oladigan ta’sirida ko‘rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
Boshqarish qonuniyatlari
Boshqarishda ham o‘z qonuniyatlari bo‘lib, ular boshqarish sohasidagi tez-tez qaytarilib turuvchi hodisalar, boshqarish jarayonidagi voqealarning ichki tabiatini va mantiqiy bog‘liqligini tushunishga yordam beradi.
Avtomobilning yuki oshgan sari, benzin sarflanishning oshishi, korxonada mahsulot chiqaravchi xodimlar sonining oshishi, ma’muriy boshqaravchi xodimlar sonining oshishiga olib kelishi, murakkab tex-nologiya uchun ko‘p yoki murakkab stanoklarning jalb qilinishi boshqa-rishdagi qonuniyatlarga misol bo‘la oladi.
Adabiyotda e’lon qilingan ba’zi bir qonuniyatlarga biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida boshqarish tizimlari ko‘p bo‘g‘inli, ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin bo‘lib, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi xalqning farovonligi va madaniyatini rivojlantirish bo‘lib, ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi kerak. Xalq xo‘jaligining hamma bo‘g‘inlarida va shajaraviy boshqarishning hamma sathlarida boshqarish tamoyillarining birligi boshqarish, xo‘jalik yuritish oldiga qo‘yilgan maqsadlarning va ularni amalga oshiradigan usullarning birligidadir. Boshqarish va xo‘jalik yuritish bo‘g‘inlariga tarmoqlar, korxonalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va butun mamlakat misol bo‘la oladi.
Xalq xo‘jaligi, boshqarish tizimlarining bo‘Iaklari orasida mutanosiblikka maqbul o‘zaro munosabat (nisbat) ga erishish va uni saqlash. Xalq xo‘jaligi murakkab dinamik tizim bo‘lib, bir qancha tizimcha va elementlardan iboratdir. Bu tizimcha va elementlarga yoki bo‘laklarga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, savdo va maishiy xizmat, fan, madaniyat, tibbiyot, bank xizmati va hokazolar kiradi. Bo‘laklar orasidagi bog‘lanish uzviydir. Masalan, sanoat qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transportga va boshqalarga mehnat qurollarini yetkazib bersa, qishloq xo‘jaligi esa sanoat va boshqa bo‘laklarga xom ashyo va materiallar yetkazib beradi. Shularni inobatga olgan holda, xalq xo‘jaligining rivojlanishida bo‘laklar orasidagi bog‘lanishlar o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak.
Hayotda bu esa har bir bo‘lakning rivojlanishi boshqa bo‘laklarning talabini to‘liq qondiradigan darajada bo‘lishi kerak. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning quwatlari, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, ishlab chiqarishni uyushtirish orasida mutanosiblik va maqbul o‘zaro munosabat bo‘lishi kerak. Boshqarishda esa vaqti bilan (davriy holda) boshqariluvchi tizimchalarning holatini tahlil qilish, ulardagi nomutanosiblikni o‘z vaqtida yo‘qotishga imkon beradi.
U qonuniyatning bajarilishi xalq xo‘jaligi va boshqaruv bo‘limlarining marom va samarali ishlashini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish fondlari harakatining uzluksizligiga, maromligiga, aylanish davr tezligini oshirishga (maromiga yetkazishga) korxonaning ishlab chiqarish fondlari uning ishlab chiqarish qobiliyati bilan aniqlanib pul holatida ifodalanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining aylanish davri (vaqti) va elementlari yuqoridagi tarx (4-rasm) bilan ifodalanishi mumkin.

Xususiy aylanish vaqtlari tu t2, tz, t4, tnhar qanday korxonada mavjud bo‘lgan jarayonlar uzluksiz, maromli bo‘lib, vaqtlarning o‘zlari esa minimum bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina umumiy aylanish vaqti (davri) T minimum bo‘lishi mumkin. Aylanish vaqti T-ning kamayishi aylanuvchanlikni va daromadni oshiradi. Bunga esa ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ulgurji savdoni rivojlantirish, ishlab chiqarish fondlarini tez-tez va samarali yuqori bo‘lganlariga almashtirish, sotiladigan mollarning sifatini oshirish tufayli oldindan pul to‘lash usullarini, korxonada esa avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini yaratish, kompyuterli tizimlar joriy qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Boshqarish tamoyillari
Boshqarish tamoyillari deganda ma’lum bir ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarda, boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartib intizomlar, axloqiy me’yorlarni tushunamiz.Boshqarish tamoyillari bir nechta bo‘lib, ba’zi birlarini keltirishni o‘zimizga o‘rinli deb bildik.
Ishni reja asosida olib borish tamoyili.Bu tamoyil korxonadan tortib davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi.
Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi shart. Rejalangan mablag‘larning rejalanmagan ishlarga yo‘naltirilishi ajratilgan mablag‘larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning ko‘payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to‘zishiga olib keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat’iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Xo‘jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili. Bu tamoyil kerakli ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko‘rsatilgan yuqori sifatli har qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo‘lishi to‘g‘risida fikr yurgizadi.Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi (xodim) daromadining maksimal bo‘lishi tarafdoridir.
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo‘layotgan sarf-xarajatlarni, chunonchi ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan chiqindilarni, yonilg‘i, xom ashyo, issiqlik, elektroyenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da’vat qiladi.
Ishlab chiqarishda bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim) laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo‘llash uchun kerak bo‘lgan mablagiarni oshirishga olib keladi, ya’ni korxonaning samaradorligini oshiradi.
Xo‘jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh-qarishda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi. Masalan, ishlab chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik modellashni, hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini tatbiq qilish ko‘zda tutiladi.
Zamonaviy boshliq o‘zining ish jarayonida xo‘jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak.
Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‘ginni aniqlay olish tamoyili. Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko‘p va har xil masalalarga (muammolarga) duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o‘zi hal qilmoqchi bo‘lsa, uning kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya’ni birinchi navbatda yechilishi zarur bo‘lganlarini ko‘ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart, ya’ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo‘g‘inni aniqlay bilishi kerak.
Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e’lon qilingan, korxona yo‘nalishiga oid bo‘lgan materiallarni tahlil qilishi va o‘zida to‘g‘ri xulosa chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o‘rganib, ularni o‘z korxonasida qo‘llash yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or (raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o‘rganishi va iloji boricha korxonasida o‘rgangan usul va vositalarni qo‘llash va nihoyatda o‘z korxonasining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh korxonalarning faoliyati bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.
Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ilg‘or (raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko‘tarish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni (korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi.
Qabul qilinadigan qarorlarning obektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish faoliyatida rahbar odamda ko‘p masalalar bo‘yicha har xil qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan kimlar manfaatdor bo‘lishiga qarab, ular obektiv va subektiv bo‘lishlari mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni ko‘zda tutsa obektiv, subektiv, ya’ni qaror qabul qiluvchi shaxsning manfaatlarini ko‘zda tutsa subektiv qarorlar bo‘ladi. Ko‘pincha qabul qilingan qarorlarda subektivlik ancha foizni tashkil qiladi.Bunday holatlar ko‘pincha rahbar yoki qaror qabul qiluvchi shaxs jamoaning bir nechta xodimlari bilan qarama - qarshi (konflikt) holatda boisa sodir bo‘ladi.
Ikkala tomon ham o‘ch olish niyatida masalani salbiy hal qilishga harakat qiladi. Bunday sharoit esa ishlab chiqarishga, jamoaga va pirovardida davlatga katta ziyon keltirishi mumkin. Yoki yana bir holat: korxonadagi ikki yoki undan ko‘proq shaxslar (tanish-bilishlar, qarindoshlar) o‘zaro kelishib, qonuniy echimi bo‘lmagan masalani ijobiy hal qilishlari mumkin. Shuning uchun rahbarlar yoki rahbarlar bilan unga bo‘ysinuvchi xodimlar orasidagi xususiy munosabatlar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, muammolar ishlab chiqarish, jamoa va davlat manfaatlarini ko‘zda tutgan holda echilishi, ya’ni obektiv echilishi lozim. Xususiy munosabatlar yoki xafagarchiliklar ishlab chiqarish manfaatlariga hech qanday salbiy ta’sir o‘tkazmasligi kerak.
Qabul qilinadigan qarorlarning ilmiyligiga kelganimizda, bu masala rahbarning bilimdonligiga chambarchas bog‘liqdir. Agar rahbarlarning bilimdonligi qancha yuqori bo‘lsa u o‘zining bilimlarini fan, texnika, ilg‘or amaliyotning yutuqlari bilan boyitsa va ular rahbarning qabul qilayotgan qarorlarida o‘z aksini topsa, bunday qarorlar to‘g‘ri va haqiqiy bo‘ladi. Ilm asosida qabul qilingan qarorlar ijobiy natijaga, ilm-fan, texnika va ilg‘or amaliyot yutuqlariga tayanmagan qarorlar esa ko‘pincha salbiy natijaga olib keladi. Ilmiy boshqarish subektivizmning kushandasidir. Ilmiy boshqarish jamiyatning obektiv rivojlanish qonunlari, boshqarishning qonuniyatlari va bashoratlashni tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, hozirgi paytda ishlab chiqarish va boshqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan hamma bo‘g‘inlarning rahbarlari texnika, texnologiya, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni zamon talablari aso-sida uyushtirish, boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari va usullarini hamma vaqtdagidan farqli o‘laroq, yaxshi bilishlari shart. Bu qonuniyatlarning amaliyotdagi o‘rni rahbar zamonaviy ilmlar majmuasiga tayanib jamoa va ishlab chiqarishni boshqarishidadir.
Xodimlarni tanlash, jamiyat va boshqarishning hamma bo‘g‘inlarida siyosiy jihatdan etuk, har tomonlama ish biladigan, qobiliyatli rahbarlar boshliq bo‘lishini nazarda tutadi. Hozirgi kungacha «hamma narsani ka-drlar hal qiladi” degan ibora o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Kadrlarning ish samarasini oshirish, ularga shaxsiy yondashish aso-sida bo‘lib, kadrlardan butun kuch va energiyasini berib ishlashni taqozo etadi.
Xodimlarning ish faoliyatini ularning haqiqiy (mavjud) natijalar bilan baholash asosiy mezon bo‘lmog‘i zarur va shunday hamdir. Kadrlarni to‘g‘ri joylashtirish, ularning tajriba, ilm va xususiy sifatlaridan to‘liq foydalana bilish rahbarning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kadrlarga bo‘lgan mehribonlik va talabchanlik, ish foydasi, qo‘yilgan masalalarni aniq va tezkorlik bilan hal qilish doirasida bo‘lishi va ularga bo‘ysunishi kerak. Kishilarga bo‘lgan talabchanlik, tanbeh berish qo‘pollikka, odobsizlikka, mayda-chuyda tiqilinchlarga aylanmasdan mehribonlik va odoblik bilan ularning kamchiliklarini va kuchlik to-monlarini ko‘rsatishdan iboratdir. Rahbarlarga rezerv (zaxira) tayyorlash kelajak uchun zamin tayyorlashdir.Shuning uchun ham ularning ishbilarmonlik, siyosiy, ma’naviy sifatlariga e’tibor bergan holda, ularni konkret ishlab chiqarish, jamoaviy topshiriqlarda tekshirish, kerakli lavozimlarda stajirovkalar uyushtirish zarurdir.
Shular bilan bir qatorda rezerv kadrlarda nazariy bilimlarini oshirish, ishbilarmonlik xususiyatlarini, siyosiy va ma’naviy etukligini, yergashtira olish, qiladigan takliflarini shakllantirish kadrlar tayyor-lashdagi asosiy maqsadlardan biri bo‘lishi kerak. Jamiyatimizning tezkorlik bilan rivoj-lanishida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni tarbiyalash katta ahamiyatga egadir.
Mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili. Ish unumdorligini oshirishda, sarf-xarajatlarni kamaytirishda, chiqarayotgan mahsulot va xizmat sifatini oshirishda mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish muhim rol o‘ynaydi. Tamoyilning asosiy masalasi moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish orqali xodimlarni jamoaning umumiy ko‘rsatkichlarini yuqori pog‘onalarga olib chiqarishdir. Moddiy rag‘batlantirish deganda, ish haqiga qo‘shimchalar, mukofotlar va boshqamoddiy yordamlarni tushunsak, ma’naviy rag‘batlantirish deganda, jamoa oldida tashakkurnomalar e’lon qilish, nomlarini faxriy kitoblarga kiritish, faxriy yorliqlar berish, hurmat taxtasidan joy ajratish, davlatimizning medal, ordenlariga, faxriy unvonlariga taqdim yetishni tushunamiz. Boshqarish amaliyotida rag‘batlantirish munosib bo‘lmagan odamlarni rag‘batlantirish hollarini butunlay yo‘qotish madsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bunday hollarda jamoa ichida noroziliklar, guruhvozliklar, tarafma - tarafliklar keltirib chiqarish ish samaradorligiga katta ziyon yetkazadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Rahbar bo`lishning o`ziga xos shartlari va sifatlari nimalar?

  2. Liderlik va Superliderlik haqida nimalarni bilasiz?

  3. Boshqarish qonuniyatlarini aytib bering/

  4. Zamonaviy boshliq nimalarga ahamiyat berish kerak?

ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. T., 1997.
2. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T., 1997.
3. A.Sultonov X. Jo‘rayev N. «Vatan tuyg‘usi”. T., 1998.
4. Inog‘omov R. Toshmurodova K. «Pedagogika fani XXI asrda”. T., 2000. «Yangi asr avlodi” nashriyoti.
5. Munavvarov A.K. «Pedagogika”. T., «O‘qituvchi”. 1996.
6. Tursunov I. Nishonaliyev U. «Pedagogika kursi”. T., 1997.
7. «O‘zbek xalq pedagogikasi antalogiyasi”. T., «O‘qituvchi”. 1995.
8. A.Zununov, M.Xayrullayev, B.To‘xliyev, N.Xotamov. Pedagogika tarixi. T., 2000.
9. R.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyev. Pedagogika. T., 2001.
10. Gʻoziyev E. «Psixologiya”. T., 1994.
11. Karimova V. «Ijtimoiy psixologiya”. T., 1994.
12. Abduraxmonov, Davletshin. «Qadimgi Sharq mamlakatlarida psixologik fikrlar taraqqiyoti”. T., 1995.
13. Davletshin va boshqalar. «Psixologiya”, «Izoxli lug‘at”. T., 1996.
14. Gʻoziyev E. «Oliy maktab psixologiyasi”. T., 1997.
15. Gʻoziyev E va boshqalar. «Psixologiya muammolari”. T., 1999.
16. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”. T. «O‘zbekiston”. 2000.
17. «Psixologiya” fanidan ma’ruza matnlari. FarPI. Farg‘ona. 1999.
18. Karimov V.M. va boshqalar. «Mustaqil fikrlash”. T., «Sharq”. 2000.
19. Karimov V.M., Akramova F.A. «Psixologiya” fanidan ma’ruza matnlari. T., 2000.
20. Pedagogika (Ma’ruza matnlari). T., 2000.
21. V.M.Karimova. Psixologiya fanidan o‘quv qo‘llanma. T., 2002.
Mavzu-13. Psixologik va information xavfsizlik

Reja:
1. Axborot sivilizatsiyasi.


2. Hozirgi zamonaviy axborot tizimi.
3. Axborot sohasidagi milliy xavfsizlik.

Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, undan besh ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi. Undan besh yuz yil o‘tib telefon, radio va televediniyega ega bo‘ldi. An’anaviy eshituv - ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo‘ldi, xolos.


O‘zbekiston yagona axborot tizimining faol sub’yektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5 %), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, ta’mi yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida.
Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo‘llash zarur deb hisoblaymiz
 Sotsiologik yo‘nalish
 Statistik yo‘nalish siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya
 Mantiqiy tizim va funsional taxlil
 Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi (mafkuraviy immunitet )

Sotsiologik yo‘nalish


 Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo‘nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o‘rganishni yo‘lga quyish kerak.

Statistik yo‘nalish


 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan siyosiy nizolarni o‘rganib borish.

Siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya


turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan manbalarni o‘rganish, omillarni aniqlash hamda uning natijasida jamiyatda shakllanishi mumkin bo‘lgan jamoatchilik fikri, ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o‘rganib borilmog‘i lozim.

Matiqiy tizim funksional taxlil


Axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baholab, voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy-tahliliy, nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikrni fan nuqtai nazaridan izchil o‘rganish
Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi
Har qanday fuqaro axborot bozoridan “mahsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi xatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Axborot sivilizatsiyasiga qachon kirib kelgan?

  2. Hozirgi zamonaviy axborot tizimi qanday?

  3. Milliy xavfsizlikni ta`minlashning qanday usullari mavjud?

ADABIYOTLAR


1. I. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz ¾ jamiyatni demokratlashtirish va isloh etishdir. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2005 yil, 29 yanvar.
2. I. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild. Toshkent, 1997 yil, 149-bet.
3. I. Karimov. Demokratik o‘zgarishlar ¾ jamiyatimiz yangilanishi asosi. Diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq. 1996 yil 27 dekabr. Yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi.-T.: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 290-bet.
4. I. Karimov. ªonunlarimiz xalq manfaatlariga xizmat qilsin. I.Karimov. yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild.. -T: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 283-bet.
5. I.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. I. Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida.-T.: “O‘zbekiston”, 1998 yil, 208-bet.
6. I.Karimov. Xotin-qizlar faolligini oshirish ¾ davr talabi.GʻGʻ I.Karimov. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq.-T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 350-bet
7. I.Karimov. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami O‘zbekiston siyosiy maydonida o‘z o‘rnini egallashi lozim. I.Karimov. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq.-T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 21-bet.
Mavzu-14. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Reja:
1. Oila tarbiyasi
2. Oilada sog‘lom turmush tarsi
3. Oilaning regulativ funksiyasi
Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch - oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning a’zolari o‘rtasidagi munosabat samimiy bo‘lsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Oila tarbiyasida ota-ona obro‘si, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Bola hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. An’ana va marosim oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, oila tarbiyasi bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir ota-ona oila tarbiyasida o‘zlarining burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob o‘qishga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb etish ham oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yo‘qligi yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta’sir kuchi yo‘qoladi, oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi, kattalarga ishonmay qo‘yadi, o‘qishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obro‘si katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar o‘rtasidagi ta’limtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o‘rnatishi, farzandining darslarini o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor bo‘lib turishi, tarbiya masalalarida o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan so‘ng nima bilan mashg‘ulligi haqida o‘qituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. O‘z navbatida o‘qituvchi va sinf rahbari ham bolaning o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda o‘zini tuta bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tug‘ilganda paydo bo‘lgan muammolarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining a’zosi bo‘lib qolishi kerak. O‘qituvchi va sinf rahbari ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yo‘lga qo‘ymog‘i lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
«Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila axl va totuv boisi, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikqa erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik huqm suradi. Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir”. I.A.Karimov
Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-muraqqab ijtimoiy guruh. U biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga qeladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashqil etadi.
«Oila-kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua. Ya’ni mikroijtimoiy tuzilmadir”, - deb ta’kidlaydi O‘zbekistonlik olim A. O‘lmasov.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mutsahqamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida”gi 242-sonli qarorining bajarilishi mamlakatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.
Oila-jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta’minlanganligi hamda ta’lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarqib topib borishini jadallashtiradi.
Yoshlarning xulqida uchraydigan nuqsonlar: yolg‘onchilik, agressivlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‘quv maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiyaning ta’sirini oshirish yo‘llarini tadqiq etishda oila diagnostikasining muhim ahamiyati mavjud.
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q. Leongard, Myunsenberg, Dembo-Rubinshteyn, E. Olimov, I. Grebenniqov, A.Q. Munavvarov, M. Qur’onov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluqsiz va ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim datsurlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqIab, ularga real yordam qo‘rsatish, ya’ni oilada valeologiq sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim ahamiyat qasb etadi.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijti-moiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
haqoratlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil yetish, ularning tavsifiga qo‘ra, ota-onalarni qichiq guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish qabi faoliyatdir;
diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Bu oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaqi, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi” (42,54), - deb ta’qidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.
O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini-o‘zi anglash, milliy tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy qiyinish va yurish-turishda o‘z aqsini topadiqi, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.
Oilashunos olimlar: D.Abdullayeva, N.Ismoilova, F.Habibullayevlar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikasi qilingan. Bu o‘rinda oila funksiyalarini sanab o‘tish bilan qifoyalanmay, balki ularni bir tomondan odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va iqqinchi tomondan, emosional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo`lmish-oilalarning vazifalari turli-tuman.
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommuniativ, regulativ (boshqaruv).
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini ko‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi (37, 41).
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Oilaning rekreativ funksiyasi. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga qolgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo`lib kelgan.
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi - o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri - bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluqsizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish insinkti insonda farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi, odatda, o‘zini baxtiyor his eta olmaydi.
Oilaning felisitologik funksiyasi. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felisitologik funksiyasidir (italyancha «felicite” - baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada, er- xotinning bir-birini to‘liq tushunishi-ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi”. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning regulativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksasiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demaqdir.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta’sir yetadi.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy qoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiyena talablariga rioya etishi lozim bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maqtab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
bolalarning darsga hech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va chidamliligini oshirish;
bolalarni vijdonli va rotsgo‘y bo`lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish.
Oiladagi soglom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat qabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, mehnasevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin-ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona - 4-5 soat, ish bilan mashg‘ul deb qaraluvchi ota - 12 minut, ona - 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas.
Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki ham vaqtni egallaydi. Shu sababli, bugungi kunda ko`cha bezori, deviant xulqi buzilgan bolalar paydo bo‘lmoqda.
Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘la-dir. «Oilaviy hayotning «qorong`u tomonlari” televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi” (30, 450).
«Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘lik. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta’sir qo‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so‘ng, ko‘p holatlarda bolalar o‘zlariga kela olmay, xomush yurishadi.
Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlari va shaharlarida yaqin ora (2002-2006 yillar)da ajralgan ellik sakkizta oilalarning bolalari turmush tarzini hamda hayotini o‘rganish shundan dalolat berdiki, mazkur oilalardagi 4-6 yoshli maktabgacha davr yoshidagi, 7-11 kichik maktab yoshidagi hamda 12-14 yoshli o‘smirlar va 15-17 yoshli ilk o‘spirinlar stress ta’siri ostida ekanligi aniqlandi. 2001 yilning kuz oyida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan 142 ta bolaning qariyb barchasi ajralish vaqtida o‘tkir emostional holatni boshidan kechirganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ba’zan yuz bergan holat uchun o‘zlarini aybdor hisoblab, kuchli tashvish va iztirob chekishgan. 12-14 yoshdagi o‘smirlarning 69 tasida, ya’ni 48,6 foizi ajralish natijasida xulqida qo‘rslik, qo‘pollik alomatlari kuzatildi. 15-17 yoshdagi 57 nafar o‘spirin ota-onalarining niyatlarini tushunsalarda, lekin ajralish oqibatlari va o‘zlarining kelajaklari uchun xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Ularning 40,1 foizida g‘azablanish va agressivlik holatlari kuzatildi. Biroq to‘rt yillik davr oxirida (2005-yil) bolalarning 2-3 qismi uydagi hayotidan va tevarak-atrofdagilari bilan muloqotidan har holda qo‘niqqanliklarini bildirishdi. Ularning 1-3 qismi yolg‘izlik va yaqin odamlarini yo‘qotish qayg‘usida o‘z hayotlaridan qoniqmaganliklarini namoyish etishdi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bolalar ota-onalarining har ikkalasi bilan muntazam muomalaga kirishishi o‘ta zarur pedagogik jarayondir. Bu jarayonda ularning xulqida ijobiy sifatlarni shakllantirish mumkin”.
Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo‘yicha 1954 yili T. Liri, R.L. Laforje, R.F. Sucheklar tomonidan ota-onalaraing interpersonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o‘zining dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Ma’lumki, inson doimiy ravishda tevarak-atrofdagilar bilan muloqotda bo‘ladi, shu sababli uning interpersonal xulqini 16 ko‘rsatgich bo‘yicha turkumlash mumkin ( Bizning fikrimizcha, ota-onalarning oilada individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.



Har bir ota-ona interpersonal omillarning besh bosqichini o‘z boshidan albatta kechiradi. Ayniqsa, 1, 2, 5-bosqichlar muhim ahamiyatga ega. 1-bosqich toifasiga mansub ota-onalar o‘zgalar tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalarini qabul qilishga tayyor kishilar deb baholanadi. 2-bosqich guruhiga moyil insonlar esa ko‘proq yaqin kishilarining ota-onasi, rafiqasi, qarindosh-urug‘i, do‘stlari va h.k.ning axloq normalariga bo`lgan qarashlarini inobatga oladi va mazkur qoidalarga binoan yashashga harakat qilishadi. 5-bosqich insonlarning idealiga mos ravishda, o‘zining axloqiy -«Men”ini aks ettiradi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 16 ta omilning barchasi «Bo‘ysunish dominantaligi” va «Do‘stona-muholiflik” omillariga aloqador. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, barcha interpersonal omillar ushbu to‘rtta bosqichga tobedir. Ularning kombinasiyasi shaxsning vertiqal o‘q orqali to‘rtga bo‘lingan aylanadagi bo‘laklar o‘rnini belgilaydi (bo‘ysunish-dominantlik) va gorizontal o‘q (do‘stona-muholiflik).
O‘zgaruvchanlar orasidagi munosabat aylanada kamayuvchi funksiyani tashkil etishini ko‘zda tutsak, ballar yig‘indisi (vertikal o‘qdagi) AR omillar dominantalik qiluvchi indeksida o‘z aksini topadi. Aylana markazidan olingan ko‘rsatkichlargacha bo‘lgan masofa shaxsning interpersonal xulqidagi adaptasiyaga yoki ham adaptasiyalikka moyillikni bildiradi.
Yuqorida keltirilgan ota-onalarning interpersonal xulq kategoriyalariga qarab oilada ular bilan ijtimoiy-pedagogik diagnostikani olib borish mumkin.
Fikrimizcha, ota-onalarning interpersonal xulqini nafaqat 16 omili tizim bo‘yicha, balki xulq omillarini sakkiz ko‘rgazmali xulq kategoriyalari bo‘yicha ham tavsiflash mumkin. Buning uchun yonma-yon joylashgan qo‘shni omillar bittaga umumlashtirilib, izlanuvchi 8 ta kategoriyani topish mumkin . Bu o‘spirinlar ota-onalarining interpersonal xulq-atvorini, u yoki bu vaziyatga nisbatan bildirishadigan munosabatini ham o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Masalan, AR kodli shaxsning A(dominantalik) va R(tan olingan mashhurlik) omillari uchun quyidagi xususiyatlar ustunlik qilar ekan.
Hukm, kuch va ambisiya (tez xafa bo‘lish) xususiyatlarini namoyish etishadi. Adaptasion shaklda bu inson qobiliyatlariga asoslangan energetik mutasaddi xulq va obro‘ bo‘lsa, ekstremal holatda avtokratik, diqqat va pedantizmga xos xususiyatni namoyish etishi mumkin. Bunday tipdagi ota-onalar IJ (Harflar aylanadagi xulq turlariga mansub belgilarni bildirishadi) xulqiga mansubligini namoyon etadi.
yegosentrik shaxs - VS (o‘zligini namoyish etuvchi):
V - o‘ziga ortiqcha erk berish;
S - raqobatga asoslangan o‘zligini namoyish etish.
Adaptiv holatda bunday ota-onalar bolalari bilan erkin muloqotga kirishishi, ularda ishonch hissini hosil qilishlari, o‘sib kelayotgan avlodda esa hurmat hissini o‘yg‘otishlari mumkin. Ekstremal (kutilmagan, g‘ayritasodifiy) vaziyatlarda ularda egoizm, egosentrizm, eksgibisionizm xislatlari kuchayadiki, bu ularni o‘z bolalaridan uzoqlashtiradi, yoshlarning his-tuyg‘ularini tushunmaslikka olib keladi. Natijada, bola tarbiyasida salbiy o‘zgarishlar sodir bo`ladi. Bu xulq GHIJ bilan belgilanadi.
Oila, maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu, albatta, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Davlatimiz, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan bugungi kunda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz farmoni bilan 2003-yil «Obod mahalla”, 2004-yil «Mehr-muruvvat”, 2005-yil «Sihat-salomatlik” yillari deb e’lon qilindi. Mahallalarning obodonligini ta’minlash, yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi, dasturlar ishlab chiqildi. Shunday amalga oshirilayotgan ishlardan biri sifatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil tasdiqlangan «Mahalla pedagog-tarbiyachisi To‘g‘risidagi Nizom”ini qeltirish mumkin. Mahallaning jamiyat hayotidagi faoliyatini yanada oshirish, oila va maqtab bilan hamqorligini mutsahkamlash, undagi yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida bu lavozim tashkil etilib, har bir mahallaga pedagog lavozimi kiritildi.
Ushbu Nizom bo‘yicha mahalla pedagoglari quyidagi faoliyatni amalga oshirishadi:
Pedagog-tarbiyachilar ishini tashkil etish.
«Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimlari, kasb-hunar kollejlari, litsey va maktab ma’muriyatlari bilan hamkorlikda tadbirlarni o‘tkazish.
Sport-soglomlashtirish tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritish.
Mahalladagi fuqarolar yig‘inlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar.
Ijtimoiy ta’minot va mehnat bo‘limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar.
Mahalladagi ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy tarbiya bo‘yicha mutasaddilarning xizmat faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qilishi, yuqori darajada madaniyatli bo‘lishi lozim. Bu lavozimga mahallada doimiy istiqomat qiluvchi, kamida 5 yillik pedagogik sajga ega, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashga qobiliyatli, tashabbuskor, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan yetuk, hurmat e’tiborli, pedagogik hamda tarbiyaviy yo‘nalishda oliy ma’lumotli, sudlanmagan kishi tayinlanishi lozim.
Mahalladagi ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy-tarbiya bo‘yicha mutasaddilarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mahalla hududida yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida tegishli muassasalar bilan hamkorlikda har chorakka mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqadi va shu asosda tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallada voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tarbiyaviy-profilaktik ishni amalga oshiradi;
xuubuzarlik va jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoshlarni aniqlaydi, ular bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlar olib boradi;
mahallada voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari, huquqshunoslar, taniqli sportchilar, san’atkorlar, psixologlar, tibbiyot xodimlari ishtirokida tarbiyaviy aksiyalar, uchrashuvlar, davra suhbatlarini tashkillashtiradi;
yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy ong, milliy isiqlol g‘oyasi, milliy odob, fidoiylik fazilatlarini shakllantirishda ta’lim muassasalari, ijodiy tashkilotlar va boshqalar bilan hamkorlik qiladi;
yoshlar orasida har qanday ko‘rinishdagi separatizm va ekstremizmga qarshi qaratilgan bilim beruvchi qiziqarli uchrashuvlar tashkil etadi;
ota-onalarga farzandlarning tarbiyasi bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarni mahallada faollar o‘rtasida muhokama qiladi;
mahalla hududida istikomat kiluvchi yoshlarning qanchasi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgani, nechtasi ishga joylashgani, qanchasi o‘qimay-ishlamay yurganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Mahalla pedagogi «Kamolot” yoshlar harakati tizimlari, «Xotin-qizlar qo‘mitasi”, sport tashkilotlari, fuqarolar yig‘ini va ijtimoiy ta’minot bo‘limlari bilan hamkorlikda qator ishlarni amalga oshiradi.
Shunday qilib, oilaviy tarbiyani oqilona tashkillashtirib, ta’lim bosqichlari, oila, mahalla, keng jamoatchilik bilan birgalikda ta’limi va tarbiyaviy masalalarni ijobiy hal qilish mumkin.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. O`zbek xalqining milliy xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Oilaning rekreativ funksiyasi deganda nimani tushunasiz?

  3. Felistologika nima?

  4. Mahallaning obodonligini ta`minlash va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda qanday dasturlar ishlab chiqilgan?

ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet.
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology
Copyright © 2009 Kelvin Seifert.
15-Mavzu: Verbal va noverbal muloqot.
Reja:
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot.
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.
4. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik. Chet el adabiyotlarida muloqotning o‘rganilishi.
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli hil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqot psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi:
«Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shahsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shahslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni”.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi.
Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o‘rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir.
Muloqot funksiyalari. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol - ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
Muloqotning shakllari va bosqichlari. Muloqot jarayoni o‘ziga
xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich — odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani ―Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi”— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiymuloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarnnng fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emostional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqotning verbal vositasi bu so‘zlar hisoblanadi.Verbal ta’sir – bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir.
Nutq o‘zining fiziologik negiziga ko‘ra, eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobig‘ida tashqi olam tomonidan bo‘ladigan turli xil qo‘zg‘atuvchilar bilan so‘zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, xiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o‘rtasidagi muvaqqat bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So‘z, I.P.Pavlov fikricha, ―signallar signalidir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo‘lgan fikrning ma’naviy o‘zagini tuzish -birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz chiqarib ayta boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ruyobga chiqadi. Shunday qilib, ―gapirish‖ jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bo‘lgan axborotni kodlashtiradi. Restipiyent tinglash jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo‘lgan so‘zning anglab etilishini ta’minlaydi. Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og‘zaki muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro‘y bersa, kishi nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so‘zlashish va tushunish qobiliyatining yo‘qotilishi) sodir bo‘ladi. XIX asrning o‘rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki peshona qismidagi burmalari orqali orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so‘zlarni talaffuz etishda buzilish ro‘y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so‘zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi.
Miya to‘qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (―Broka markazi‖) va nutqni tushunish (―Vernike markazi‖) ―markazlari‖ deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn, P.K.Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari (―Nutq markazlari‖) faoliyatidan ko‘ra ko‘proq yaxlit holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq - ravshan bo‘ldi. Shunday qilib, nutq funksiyalarining jo‘shqin, ya’ni anatomik tarzda emas, balki harakatchan tarzda cheklanishi to‘g‘risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy asab tizimining keng ravishda kompensastiyalab turish imkoniyatlaridan foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to‘g‘rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikastiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikastiya - so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi.
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo‘q degani, ruslarniki teskarisi bo‘ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikastiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalar ko‘pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o‘z xohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilan bayon yetishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikastiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.
O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan habar topib, unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikastiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g‘amgin tutadi, past ohangda, qo‘llarini yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo‘rsinib gapiradi va h.k.
Nutqsiz kommunikastiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikastiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan etkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og‘zaki va ham nutqsiz kommunikastiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy kiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi.
Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chogda ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va halklarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘grilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik yeksperimentlarda o‘z isbotini topdi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Kasbiy muloqotning ahamiyati haqida gapiring.
2. Ta’limda shaxslararo munosabatlar, ularning psixologik xususiyatlarini o‘rganish masalasi dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatib bering.
3. Kasbiy psixologik muloqot tushunchasini izohlang.
4. Pedagogik muloqotning tarbiyaviy didaktik ahamiyati nimadan iborat?
5. Ta’lim tarbiya jarayonida o‘qituvchi qanday kommunikativ vazifalarni amalga oshiradi?
6. Yosh o‘qituvchi muloqot madaniyatiga qanday uslublar bilan erishadi?
7. Pedagogik ta’sir eitshning mantqiy obrazini tasvirlab bering.
8. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?
9. Jamoalarda psixologik moslik tushunchasiga misol keltiring.

MA`RUZA MASHGʻULOTLARI MAVZULARIDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet.
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology
Copyright © 2009 Kelvin Seifert.
5. Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.
6. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.:
Pedagogika, 2002.
7. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari uchun qo‘llanma. -T.: Istiqlol. 2003
8. Gʻulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.:
―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2000.
9. Egamberdiyev E., Xo‘jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. – T.:
Ma’naviyat, 2003.
10. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001.
11. E. G. Goziyev, K. Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003 y.
12. N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskova i dr. ―Psixologiya professionalnogo obrazovaniya‖ (sibirskiy federalnыy universitet) SFU, 2010g.

INTERNET SAYTLARI


1. www.edu.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.tuit.uz



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin