O‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinshi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinshi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinshi yo‘l, ko‘pshilik mutaxassislarning e’tirofisha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingiliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (ush yil), ijtimoiy fanlar (ush yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi. Har bir yo‘nalish o‘z navbatida bir nesha qismga bo‘linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qo‘llashdan iborat barsha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritldi. 1985 yildan etiboran barsha yuqori bosqish kollejlarning to‘qson foizi shu besh bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bian ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik buyisha ta’lim xajmi qisqardi,shu bilan bir qatorda dastur shuqurlashtirilib o‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashtirildi. XX asrning 80- yillarida majburiy ta’lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada shuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada ush yangi: ingiliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa iqtisoslashtirish davrigasha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baxolamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni g‘arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta’lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta’lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingiliz tili adabiyoti, matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi. 80 yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingiliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan buldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘qvshilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir. Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, shet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida shiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlangish maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mexnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamshi predmetlarga bo‘linadi. Yaponiya maktablari ikkinshi jahon urushida keyinoq Amerika ta’limi yulidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ansha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’limi maktablarining yangi musiqa ta’limi o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan. Yapon xalqida «Hamma narsa unutilganda ham ta’lim esda qoladi» degan xikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana shu yo‘nalish asosida qurilmokda.