O‘quv yili Tushuntirish xati


-modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega



Yüklə 18,08 Mb.
səhifə16/42
tarix21.10.2023
ölçüsü18,08 Mb.
#158442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
8-sinf sinf soati ish reja va konspekti

5-modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi. Shu jumladan tarixga nazar tashlasak, bizning qadimgi turkiy davlatlarimizning ham o`z bayrog`i bo`lganligining guvohi bo`lamiz.
S izning hukmingizga bir daqiqa tarixga nigoh tashlashingizni istardim va nima uchun har bir davlat o`z bayrog`ini ta’sis qilganligi, bayroq nima uchun muqaddas hisoblanganligini har birimiz o`zimizda his etib ko`rishimiz kerak.


Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`I - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i-mamlakat davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. U bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy an’analarini o`zida mujassamlashtiradi.


Respublikamizda davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi; O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yilning aprelidan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga alohida “Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat bayrog`i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum etish jazosi belgilangan.
Davlat ramzi- bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarida o`z ifodasini topadi.
Topshiriq: O`quvchilardan yana qaysi davlat bayroqlarini biladilar va ularga Markaziy Osiyodagi Davlatlar bayrog`ini tasvirlab berish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Yüklə 18,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin