III:Mashg’ulotni yakunlash: O’quvchilarni navbat bilan qish fasli haqida fikrlar so’raymiz.Mazmunini savollar yordamida mustahkamlaymiz:
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 17-Mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir ( 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Vatanni asrash, har bir insonning burchi!”.
Maqsad: O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
D oskada: “Harbiy bo`lish – har bir yigitning orzusi” O`qituvchi:
Askar qo`shig`i