O`quv yili Tushuntirish xati



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə21/48
tarix30.11.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#170159
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
9-Sinf

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
12-mavzu: Kasblar haqida tushuncha

Kun shiori: Intilganga tole yor


Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”

Har bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati va fazilati bor. Qaysidir kasbni egallash uchun chuqur bilim, yana qaysidir kasbning ustasi bo‘lish uchun esa
tug‘ma iste’dod yoki mahorat talab etiladi. O‘qituvchilik sharafi kasblardan biri. Ustoz bo‘lishni istagan inson, eng avvalo, bolalarni chin dildan sevi-
shi, ke rak. O‘qituvchi bolalarga ilm-fan sirla rini o‘rgatadi, shu bilan birga, tarbiya ham beradi. Shuning uchun xalqimiz o‘qituvchilarni e’zozlab, «Ustoz otangdek ulug‘», – deydi.
Shifokor bo‘lishni orzu qilgan kishi o‘ta ziyrak, hushyor va bilimdon bo‘lishi lozim. Chunki bemor hayoti shifokorning qo‘lida. Shifokorning birgina xatosi tufayli inson bir umrga nogiron bo‘lib qolishi yoki hayoti xavf ostida qolishi mumkin.
San’atkor, rassom, shoir va yozuvchilar doimo el na zarida bo‘ladilar. Shuning uchun bu kasb egalari tug‘ma iste’dod bilan bir qatorda yana ko‘pgina fazilatlarga ham ega bo‘lishlari kerak. Ular xalqimiz tarixi,
madaniyatidan boxabar bo‘lishlari shart. Mehnatsevarlik ijod odamlari uchun eng zarur fazilat. Boisi ijodning bir foizi tug‘ma iste’dod bo‘lsa, to‘qson to‘qqiz foizi mehnatdir.
Xalqimiz tadbirkor insonlarni qadrlaydi. Chunki bunday kishilar xalq, Vatan uchun katta manfaat keltiradilar. Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlar o‘z
korxonalarida xalqimiz ehtiyoji va chet mamlakatlarga sotish uchun turli mahsulotlar ishlab chiqarmoqdalar.Fermerlik ham olijanob kasblardan biri. Fermer nafaqat dehqonchilik va chorvachilikdan, balki to‘g‘ri ish yuritish, hisob-kitob hamda ilm-fanning eng yangi yutuqlaridan ham xabardor bo‘lishi kerak. Shunda uning ishlari yanada rivoj topadi.Inson qaysi kasbni tanlashidan qat’i nazar, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi va uni amalga oshirish uchun tinmay intilishi lozim. Hayotda mashaqqatlarga chidagan va ularni yengib o‘tganlargina o‘z kasbining ustasi sifatida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladilar.


Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin